Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.35K subscribers
13.5K photos
1.63K videos
59 files
11.5K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#Muqaddasdir_vatan_bayrog‘i
#Konstitutsiyamizning_30_yilligi

🇺🇿 Bugun Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Q.Ulug‘ov ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasida davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi va bayroq qabul qilingan kun, Konstitutsiyamizning 30 yilligi munosabati bilan targ‘ibot tadbiri tashkil qilinib, “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni hamda bosh qomusimiz bilan belgilangan huquq va majburiyatlarimiz xususida tushuntirishlar berildi, zero, Konstitutsiya – davlatning asosiy qonuni bo‘lib, fuqaro, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning oqilona va adolatli huquqiy yechimidir.

📍 Shu bilan birga, ishtirokchilarga Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori mazmun-mohiyati bo‘yicha ham tushunchalar berildi.
👍3👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

⚡️ “HUQUQIY KO‘MAK DARCHALARI” FAOLIYATI TASHKIL QILINDI

🟢 Fuqarolarning sudlar faoliyati bilan bog‘liq masalalari yuzasidan hamda sud-protsessual tartiblar haqida huquqiy tushuntirishlar berish, ushbu holatlar bilan bog‘liq masalalarda huquqiy ko‘mak ko‘rsatish, fuqarolarning ortiqcha sarsongarchiligini oldini olish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlarida “Huquqiy ko‘mak darchalari” faoliyati tashkil qilindi.

🟢 “Huquqiy ko‘mak darchalari” qonunchilikdagi sudlar faoliyati bilan bog‘liq hamda sud-protsessual tartiblar haqida fuqarolarga og‘zaki huquqiy tushuntirishlar hamda maslahatlar berish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiradi.

‼️ “Huquqiy ko‘mak darchalari”ning asosiy maqsadi
fuqarolarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatilishini ta’minlash, shuningdek, aholida sud organlariga murojaat qilishda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish hamda fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga hissa qo‘shishdan iborat.
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 18-noyabr – O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun!

🔹 Mazkur sana munosabati bilan Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchilari tomonidan videorolik tayyorlandi.


🏢 Surxondaryo viloyat adliya bosharmasi
👍11🤔1
#Конституцияга_30_йил

Давлат фуқароларнинг Конституция ва қонунларда мустаҳкамланган ҳуқуқлари ва эркинликларини таъминлайди.

⚖️ Ҳар бир шахсга ўз ҳуқуқ ва эркинликларини суд орқали ҳимоя қилиш, давлат органлари, мансабдор шахслар, жамоат бирлашмаларининг ғайриқонуний хатти-ҳаракатлари устидан судга шикоят қилиш ҳуқуқи кафолатланади.

Вояга етмаганлар, меҳнатга лаёқатсизлар ва ёлғиз кексаларнинг ҳуқуқлари давлат ҳимоясидадир.

📌 Хотин-қизлар ва эркаклар тенг ҳуқуқлидирлар.

Ўзбекистон Республикаси Конституцияси, 43-, 44-, 45-, 46-моддалар

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

⚡️ “HUQUQIY KO‘MAK DARCHALARI” FAOLIYATI TASHKIL QILINDI

🟢 Fuqarolarning sudlar faoliyati bilan bog‘liq masalalari yuzasidan hamda sud-protsessual tartiblar haqida huquqiy tushuntirishlar berish, ushbu holatlar bilan bog‘liq masalalarda huquqiy ko‘mak ko‘rsatish, fuqarolarning ortiqcha sarsongarchiligini oldini olish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlarida “Huquqiy ko‘mak darchalari” faoliyati tashkil qilindi.

🟢 “Huquqiy ko‘mak darchalari” qonunchilikdagi sudlar faoliyati bilan bog‘liq hamda sud-protsessual tartiblar haqida fuqarolarga og‘zaki huquqiy tushuntirishlar hamda maslahatlar berish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiradi.

‼️ “Huquqiy ko‘mak darchalari”ning asosiy maqsadi
fuqarolarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatilishini ta’minlash, shuningdek, aholida sud organlariga murojaat qilishda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish hamda fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga hissa qo‘shishdan iborat.
👍4
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Qurilish obyektlarini ro'yxatga olishdan foydalanishga qabul qilishgacha bo'lgan barcha jarayonlar raqamlashtiriladi

“Qurilish loyihalarini amalga oshirishda nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, jarayonning ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–425-son, 17.11.2022 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra, 2023 yil 1 yanvardan tegishli davlat dasturlari va loyihalari doirasida obyektlarning bosh loyiha-qidiruv va bosh qurilish-pudrat tashkilotlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida elektron tender (tanlov) savdolari orqali aniqlanadi.

❗️ Hokim yordamchisi, mahalla faollari va yoshlar yetakchilari, ommaviy axborot vositalari va boshqa jamoat tashkilotlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarning holati ustidan jamoatchilik nazorati o'rnatiladi.

🗓 Har chorakda viloyat, tuman (shahar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan qurilish sohasida korrupsiya va qonun buzilishi holatlarining oldini olish yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar haqida keng jamoatchilikka axborot berib borilishi ta'minlanadi.

☑️ 2023 yil 1 yanvarga qadar qurilish obyektlarini ro'yxatga olishdan boshlab, foydalanishga qabul qilishgacha bo'lgan barcha jarayonlar raqamlashtiriladi.

📝 “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida 2023 yil 1 yanvarga qadar Dasturlar va Loyihalarning ro'yxatlarini yuritish, ularga kiritiladigan barcha o'zgartirish va qo'shimchalar aks ettiriladi.

📲 Shuningdek, qarorga ko'ra, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining mobil ilovasi yaratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Huquqiy_savodxonlik_davr_talabi

Denov tuman adliya bòlimi davlat xizmatlari markazi xodimlari tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga davlat xizmatlari va qonunchilikdagi yangiliklar borasida huquqiy tushuntirishlar berishdi.


🏢 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
👍1
#Sayyor_xizmat_qulay_imkoniyat

Insonga baxtli lahzalarni hadya etish uchun unga ko‘mak qo'lini cho‘zmoq,  mushkulini oson qilishga tirishishning o‘zi kifoya. Ayniqsa, to‘shakda mixlanib qolgan, keksa yoki imkoniyati cheklangan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ular uchun umrga tatigulik yaxshilik bo'lsa ajabmas.

Qiziriq tumani "Do‘stlik" mahallasida istiqomad qiluvchi fuqaro Yuldoshev Erkinjon betobligi va imkoniyati cheklanganligi bois, Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun  Davlat xizmatlari markaziga  kela olmasligini ma‘lum qildi.

Qiziriq tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari otaxon murojaatiga binoan, fuqaro xonadonida mobil sayyor xizmati ko‘rsatib, fuqaroni Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o`tkazib,  tadbirkorlik guvohnomasi topshirildi.

🏢 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
#Конституцияга_30_йил

Барча фуқаролар Конституцияда белгилаб қўйилган бурчларини бажарадилар.

🔰 Конституцияда фуқароларнинг қуйидаги бурчлари белгиланган:

🔸Конституция ва қонунларга риоя этиш, бошқа кишиларнинг ҳуқуқлари эркинликлари, шаъни ва қадр-қимматини ҳурмат қилиш;
🔸Ўзбекистон халқининг тарихий, маънавий ва маданий меросини авайлаб асраш;
🔸атроф табиий муҳитга эҳтиёткорона муносабатда бўлиш;
🔸солиқлар ва маҳаллий йиғимларни тўлаш;
🔸Ўзбекистон Республикасини ҳимоя қилиш.

Ўзбекистон Республикаси Конституцияси, 47–52-моддалар

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
👍2👏2