Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.36K subscribers
13.5K photos
1.63K videos
59 files
11.5K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#Adliya_hudud

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Isoqov Muzrabot va Termiz tuman adliya bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Muzrabot va Termiz tumaniga tashrifi davomida boshqarma boshlig‘i A.Isoqov adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo'limi xodimlari bilan individual suhbatlashib, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning xizmat faoliyati hamda oilaviy sharoitidagi muammolarini o‘rgandi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i A.Isoqov xodimlarning ish faoliyatida hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yuzaga kelayotgan muammo va takliflarini o‘rganib, o‘zining fikr va mulohazalarini bildirdi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍31
#Adliya_xabari

Adliya yoshlarni qo‘llab-quvvatlaydi

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo`limi tomonidan yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning bandligini ta'minlashda yaqindan ko'maklashish hamda o'z biznesini yo'lga qo'yishda yordam berish maqsadida tumanning "Jiydali" mahallasida yashovchi yosh, bo'lajak tadbirkor O.Jo'rayevga chorvachilik faoliyatini boshlash uchun Biznesni rivojlantirish bankidan 45 000 000 so'm kredit ajratilishida amaliy yordam ko'rsatildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
2👍1
#Adliya_xabari

❗️ Nogironligi bo'lgan shaxslarga moslashtirilgan "Huquqiy axborot|Plus" telegram kanali ishga tushirildi.


✔️ Telegram kanalda quyidagilar taqdim etib boriladi:

🔹 qonunchilikdagi yangiliklar haqida audio formatdagi tushuntirishlar;

🔹 imo-ishora muloqoti shaklidagi huquqiy video materiallar;

🔹 nogironligi bo'lgan shaxslar uchun foydali axborotlar.

🔗 Kanalga ushbu manzil orqali obuna bo'lish mumkin: https://t.iss.one/huquqiyaxborot_plus
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️ Ayrim ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlari vaucher asosida qoplab beriladi
Manba: PQ-171-son, 08.05.2025-yil

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ “Eng namunali yashil turizm obyekti” tanlovi o'tkaziladi


Manba: VMQ-385-son, 24.06.2025 yil.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#subsidiya

❗️ Uyli bo‘lish orzusi bilan yurganlar diqqatiga! Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olish bo‘yicha arizalar qabuli qayta ishga tushirildi.

Arizani qayerga topshirish mumkin?
Davlat xizmatlari markaziga borib;
Yoki my.gov.uz orqali onlayn jo‘natish mumkin.

Ma'lumot uchun:
Xizmat Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya ajratishning foydalanilmay qolingan maqsadli ko‘rsatkichlari asosida qayta ishga tushirilgan.

UY OLUVCHILARGA YUBORAMIZ👉
#Adliya_xabari #Bir_murojaat_izidan

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo`limi tomonidan tumanning "Mustaqillik" mahallasida uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy muammolari o‘rganilganda ushbu mahallada yashovchi fuqaro S.Mamatova I guruh nogironi ekanligi va shu sababli nogironlik aravachasi so‘rab yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqish uchun bo‘lim ish yurituviga qabul qilindi.

O‘rganish davomida, fuqaro S.Mamatovaga haqiqatan yurish uchun imkoniyati cheklanganligi sababli elektron yurutmali nogironlik aravachasi topshirildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍4🔥1
#Adliya_xabari #PQ1

Sherobod tuman adliya bo‘limi xodimlari
va tumandagi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi "Galaguzar" mahallasidagi fuqarolar bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan manzilli huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha chora tadbirlar dasturi yuzasidan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ta’sirchan huquqiy targ'ibot o'tkazildi.

Kanalga
ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
🔥2
#Bilasizmi

🔖 Qonunchilikka muvofiq yer egasi qo'shni yer egasining yeridan foydalanishni talab qilishi mumkin (servitut huquqi).

✔️ Servitut quyidagi maqsadlar uchun belgilanadi:

▪️ yerdan piyoda va transportda o'tish;
▪️ elektr, aloqa, quvur liniyalarini o'tkazish;
▪️ suv bilan ta'minlash va boshqa shu kabi holatlar.

⛔️ Yerga servitut belgilanishi yer egasining ushbu uchastkaga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlaridan mahrum etmaydi.

📜 Servitut uni talab qilgan shaxs va yer egasi o'rtasidagi bitimga asosan belgilanadi.

🔗 Agar ikki taraf kelisha olmasa, ushbu masala fuqarolik sudida ko'rib chiqiladi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍2
#OAV

"Darakchi" gazetasining navbatdagi sonida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va mediatsiya sho‘basi bosh maslahatchisi A.Malikovning maqolasi chop etildi.

🌟 Foydali ma'lumotlarni yaqinlaringiz bilan ulashing va bizni kuzatishda davom eting!

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
2