❗️Фирибгарликнинг янги туридан эҳтиёт бўлинг!
Диққат! Фирибгарлар одамларга "мурожаат" билан чиқди!
Видеони кўриш 👉 https://youtu.be/jNAa03ze9Bg
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

YouTube
Firibgarlikning yangi turidan ehtiyot bo‘ling!
Diqqat! Firibgarlar odamlarga "murojaat" bilan chiqdi!
#Adliya_hudud
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Isoqov Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrifi davomida boshqarma boshlig‘i A.Isoqov adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo'limi hamda "Madad" NNT byurosi xodimlari bilan individual suhbatlashib, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning xizmat faoliyati hamda oilaviy sharoitidagi muammolarini o‘rgandi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘i A.Isoqov xodimlarning ish faoliyatida hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yuzaga kelayotgan muammo va takliflarini o‘rganib, o‘zining fikr va mulohazalarini bildirdi.
Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya

👍6🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o'ttiz to'rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–222-son, 10.07.2025 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko'ra, milliy istiqlolimizning 34 yillik shonli sanasi Yangi O'zbekistonning taraqqiyot darajasi, jahon maydonidagi obro'-e'tiboriga har tomonlama munosib tarzda, yuksak saviyada nishonlanadi.
📙 Mustaqillikning 34 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbirlari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g'oyani o'zida mujassam etgan holda o'tkaziladi.
✔️ Mustaqillik bayrami Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar hamda tumanlar, qishloq va ovullarda munosib nishonlanishi ta'minlanadi.
📜 “Ona diyor – ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulug', eng aziz” kabi an'anaviy ko'rik-tanlovlar yuqori darajada o'tkaziladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️ Mustaqilligimizning 34 yilligi yuksak saviyada nishonlanadi

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Manba: PF-98-son, 23.06.2025-yil.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️ Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati yanada rivojlantiriladi
Manba: PF-98-son, 23.06.2025-yil.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Меҳнат шартномасини бекор қилиш чоғида ҳомиладор аёллар учун кафолатлар
Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексининг 408-моддасига кўра, ҳомиладор аёллар билан тузилган меҳнат шартномасини иш берувчининг ташаббусига кўра бекор қилишга йўл қўйилмайди, бундан ташкилот тугатилган ёки якка тартибдаги тадбиркорнинг иш фаолияти тугатилган ҳоллар мустасно.
Батафсил 👉 Ўқиш
Каналга уланиш 👉 @hudud24official

🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–1074-son, 10.07.2025 y.) qabul qilindi.
🔰 Qonunga ko'ra, shaxslarning yashashi uchun uy-joy maydonini beruvchi turar joy mulkdori yoki uni tasarruf etish huquqiga ega shaxs ushbu shaxslarni yashash joyi yoki turgan joyi bo'yicha o'z vaqtida ro'yxatdan o'tkazishi kerak.
📋 Joylashtirish vositalarida turgan shaxslarni turgan joyi bo'yicha xabardor qilish tartibida ro'yxatdan o'tkazish mas'ul xodimlar tomonidan “E-mehmon” tizimi orqali amalga oshiriladi.
📝 O'zbekistonning xorijda doimiy yashovchi fuqarolari O'zbekistonga kirgan kundan 10 ish kunidan kechiktirmay yashash joyi yoki turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tishi shart.
✔️ O'zbekiston fuqarolarini yashash joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazish quyidagilarda amalga oshiriladi:
▪️ ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'linmalarida;
▪️ davlat xizmatlari markazlarida;
▪️ YIDXP (my.gov.uz) orqali.
🔗 Yashash joyi va turgan joy bo'yicha ro'yxatdan o'tkazishda uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga rioya etish talab qilinadi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️ Fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni yashash joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazish tartibi belgilandi

Qonun (O'RQ–1075-son, 10.07.2025-y.) bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
🔰 Qonun bilan Kodeksga ayrim huquqbuzarliklar uchun ma'muriy javobgarlikni bekor qilishga qaratilgan o'zgartirishlar kiritildi, jumladan:
🔹 avtomat telefonlarni shikastlantirganlik;
🔹 ruxsatsiz radiouzatkich shoxobchasi o'rnatish va (yoki) undan foydalanganlik.
✍️ Shuningdek, ayrim belgilangan ma'muriy huquqbuzarliklar (xususan, tuhmat, haqorat qilish va boshqalar) jabrlanuvchining huquqbuzarni javobgarlikka tortish haqidagi arizasiga ko'ra javobgarlikka sabab bo'lishi belgilandi.
📜 Biroq, jabrlanuvchi nochor ahvolda bo'lganligi, voyaga yetmaganligi yoki boshqa sabablarga ko'ra o'z huquqlarini himoya qila olmasa, vakolatli organning mansabdor shaxsi jabrlanuvchining arizasisiz ish yuritishni boshlashi shart.
📍 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️ Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni yuritishda xususiy ayblov instituti joriy etiladi
Qonun (O'RQ–1075-son, 10.07.2025-y.) bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
🔰 Qonun bilan Kodeksga ayrim huquqbuzarliklar uchun ma'muriy javobgarlikni bekor qilishga qaratilgan o'zgartirishlar kiritildi, jumladan:
🔹 avtomat telefonlarni shikastlantirganlik;
🔹 ruxsatsiz radiouzatkich shoxobchasi o'rnatish va (yoki) undan foydalanganlik.
✍️ Shuningdek, ayrim belgilangan ma'muriy huquqbuzarliklar (xususan, tuhmat, haqorat qilish va boshqalar) jabrlanuvchining huquqbuzarni javobgarlikka tortish haqidagi arizasiga ko'ra javobgarlikka sabab bo'lishi belgilandi.
📜 Biroq, jabrlanuvchi nochor ahvolda bo'lganligi, voyaga yetmaganligi yoki boshqa sabablarga ko'ra o'z huquqlarini himoya qila olmasa, vakolatli organning mansabdor shaxsi jabrlanuvchining arizasisiz ish yuritishni boshlashi shart.
📍 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
⚠️ Qonunchilikka ko'ra, Kambag'al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi 6 oy davomida muntazam sport va san'at to'garaklariga qatnashayotgan yoshlar uchun BHMning 10 baravaridan oshmaydigan maxsus sport forma, inventar, musiqa va cholg'u asboblarini xarid qilish xarajatlari qoplab beriladi.

📙 Konstitusiyaga ko'ra, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar o'ziga nisbatan insoniy muomalada bo'linishi hamda inson shaxsiga xos bo'lgan sha'ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega.
⛔️ Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo'lishi mumkin emas.

Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–223-son, 11.07.2025 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorni qabul qilishdan ko'zlangan maqsad etib tadbirkorlar va soliq organlari o'rtasidagi nizolarni hal qilish uchun sarflanadigan vaqt va xarajatlarni kamaytirish belgilandi.
📘 Qarorga ko'ra, Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq masalalari bo'yicha ekspertlardan iborat Soliqqa oid nizolar bo'yicha ekspert kengashi tashkil etiladi.
⌛️ Ekspert kengashining majlislari 1 oyda kamida 2 marta o'tkaziladi.
📝 Ekspert kengashiga soliqqa oid nizolarni ko'rib chiqishda quyidagi vakolatlar beriladi:
🔹 soliq organlarining qarorlaridan norozi bo'lgan tadbirkorlarning murojaatlarini ko'rib chiqish, bundan jinoyat ishi doirasida yoki sud tartibida ko'rib chiqilayotgan soliqqa oid nizolar mustasno;
🔹 murojaatlarni ko'rib chiqish natijasi yuzasidan xulosa qabul qilish;
🔹 qabul qilingan xulosalarni majburiy tartibda ko'rib chiqish uchun soliq, bojxona va tegishli davlat organlariga yuborish hamda bu haqda tadbirkorni xabardor qilish.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️ Soliqqa oid nizolar bo'yicha ekspert kengashi tashkil etiladi

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Davlat xizmatlari yangiliklari
📌 Davlat xizmatlari markazlarining asosiy vazifalaridan biri – arizangizni to‘g‘ri va o‘z vaqtida yo'naltirib berishdir.
🧾 DXM siz nomingizdan ariza yoki so‘rovnomani to‘ldiradi, hujjatlarni tegishli davlat organlariga yuboradi va belgilangan muddatda qaror qabul qilinishi hamda rasmiylashtirilishini ta’minlaydi.
❗️E’tibor bering:
DXM – vakolatli organ emas va qaror chiqarmaydi (franshizing shartnomalarini hamda yuridik va jismoniy shaxslarni ro'yxatdan o'tkazish bundan mustasno).
U siz va davlat idoralari o‘rtasida ishonchli ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi:
✅ xizmat ko'rsatish tartibini tushuntiradi,
✅ hujjatlaringizni tekshiradi,
✅ to‘g‘ri rasmiylashtiradi,
✅ tegishli vakolatli organga yuboradi.
🔔 Bugungi kunda ko‘plab xizmatlar – shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirishdan tortib, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazishgacha – aynan DXM orqali markazlashgan holda ko‘rsatilmoqda.
Bu fuqarolar uchun katta qulaylik – bir joyga kelib, ko‘plab xizmatlardan foydalanish mumkin.
🎯 Maqsad – fuqarolarga qulay, tezkor va shaffof xizmat ko‘rsatish.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Forwarded from Davlat xizmatlari yangiliklari
#Bilasizmi
❓Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash tartibidan xabardormisiz?
✅ Davlat xizmatidan foydalanish uchun talabgor Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.
🏛 Vakolatli organ: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.
💻Kasbiy sertifikat olish uchun talabgor kompyuterda test shaklida nazorat sinovi topshirishi lozim.
🗓Nazorat sinovi har yili mart - may oylarida o‘tkaziladi.
💰Birinchi marta nazorat sinovida ishtirok etish bepul.
🧾Nazorat sinovi yakunlari bo‘yicha kasbiy sertifikat rasmiylashtiriladi.
⏳Kasbiy sertifikat cheklanmagan muddatga beriladi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoniga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik kasblariga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan talabgorlarni kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etilgan.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Forwarded from Davlat xizmatlari yangiliklari
#Bilasizmi
❓Jismoniy shaxslarni Professional mediatorlar reyestriga kiritish tartibidan xabardormisiz?
✅ Davlat xizmatidan foydalanish uchun talabgor Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.
🏛 Vakolatli organ: Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari.
💰 Xizmat bepul ko‘rsatiladi.
⏳ Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-oktabrdagi 544-son qarori.

❗️Eslatma: Professional asosdagi mediator faoliyatini Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kursidan o‘tgan, shuningdek Professional mediatorlar reyestriga kiritilgan shaxs amalga oshirishi mumkin.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-oktabrdagi 544-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari
Qaror loyihasi yuzasidan hududlarda so'rovnomalar o'tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Notariat institutini yanada rivojlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori loyihasida yuzasidan hududlarda so'rovnomalar o'tkazilmoqda.
Xususan, Surxondaryo viloyatida faoliyat ko'rsatayotgan "Airitom free zone" xalqaro savdo markazi, "Yashil dunyo" markaziy dehqon bozori, "Bog‘i shamol" mahallasi hamda shaharda faoliyat olib boruvchi shirkat xo‘jaligi - "Sarvar-Termiz-Servis" PBT MChJda qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan tushuntirish berildi.
Shuningdek, qaror loyihasi yuzasidan xodimlar orasida so'rovnoma o'tkazildi.

👍2🔥1