Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.36K subscribers
13.5K photos
1.63K videos
59 files
11.5K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-219-son, 07.07.2025 y.) qabul qilindi


🔰 Qarorga ko'ra, 2010-yil 10-dekabrdagi Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a'zo davlatlarning Shaxslarni davlatlararo qidirish to'g'risidagi shartnomasiga o'zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnoma tasdiqlandi.

🗓 Bayonnoma 2024-yil 18-oktabrda Moskva shahrida imzolangan.

🏢 Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organlar etib belgilandi.

📝 Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari #OAV

"Qumqo‘rg‘on sadosi" gazetasining navbatdagi sonida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari S.Yuldasheva hamda Sh.Mirzayevning maqolasi chop etildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍1
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-220-son, 08.07.2025-y.) qabul qilindi


🔰 Qarorga ko'ra, O'zbekiston Hukumati va Fransiya Hukumati o'rtasidagi readmissiya to'g'risidagi bitim tasdiqlandi.

🗓 Mazkur bitim 2025-yil 12-martda Parij shahrida imzolangan.

🏢 Ichki ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organ etib belgilandi.

📝 Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ O'zbekiston sportchilari Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga kompleks tayyorlanadi


“2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) bo'lib o'tadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–221-son, 08.07.2025-y.) qabul qilindi.

🔰 Quyidagilar O'zbekiston sportchilarini Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorlashning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:

🔹 sportning ustuvor toifadagi boks, dzyudo, taekvondo, erkin kurash, og'ir atletika turlari bo'yicha medallar sonini oshirish;

🔹 sportning rivojlanayotgan toifadagi triatlon, voleybol, stol tennisi, basketbol, zamonaviy besh kurash kabi 21 ta turi bo'yicha lisenziyalarni qo'lga kiritish;

🔹 xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.

✔️ Shuningdek, Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida erishgan natijalardan kelib chiqib, sport turlari ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalarga ajratiladi.

📜 Ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalardagi sport turlari ro'yxati har 4 yilda Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari o'tkazilgan kalendar yilning yakuniga qadar qayta ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ “Yangi O'zbekiston Olimpiya cho'qqilari” sport musobaqalari o'tkaziladi


🔰 Qarorga ko'ra, 2025-yildan o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatlarini uch bosqichli “Yangi O'zbekiston Olimpiya cho'qqilari” sport musobaqalari shaklida o'tkazib borish tizimi yo'lga qo'yiladi.

🔗 Ushbu sport musobaqalarda yoshlarni sport bilan doimiy shug'ullantirish xizmatini ko'rsatadigan jismoniy va yuridik shaxslarning sport tayyorgarligiga ega bo'lgan sportchilari ishtirok etishadi.

🖼 Musobaqalarning respublika final bosqichi har yili Olimpiya shaharchasida “Prezident Olimpiadasi” sifatida o'tkaziladi.

✔️ Musobaqalarning respublika bosqichida saralangan sportchilar quyidagi sport-ta'lim tashkilotlariga milliy terma jamoalarga zaxira sifatida tayyorlash uchun yo'naltirib boriladi:

🔹 1- va 2-o'rinlarni qo'lga kiritgan sportchilar – Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga;

🔹 3-o'rinni qo'lga kiritgan sportchilar – hududiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi faoliyati rivojlantiriladi


🔰 Qarorga ko'ra, 2025/2026-o'quv yilidan Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o'qish jarayoni 2 ta bosqichda amalga oshiriladi.

🏛 1-bosqichda 8–11-sinflar uchun Olimpiya va Paralimpiya maktabi, 2-bosqichda 1–2-kurslar uchun Olimpiya va Paralimpiya kolleji faoliyat ko'rsatadi.

✔️ 2026-yildan:

🔹 Markaz o'quvchi-sportchilari kontingenti 800 nafarga yetkaziladi;

🔹 Markazning Olimpiya va Paralimpiya kolleji o'quvchi-sportchilariga Sport vazirligining stipendiyasi uchun nazarda tutilgan mablag'lar doirasida oylik stipendiya ta'sis etiladi.

📍 Olimpiya o'yinlari va ushbu musobaqa dasturiga kiritilgan sport turlari bo'yicha jahon chempionatlari g'olib va sovrindorlari oliy harbiy (ixtisoslashtirilgan) ta'lim muassasalariga to'g'ridan-to'g'ri qabul qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_targibot_kuni

Sherobod tumani "Taroqli" mahallasida "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbiri o‘tkazildi.



Sherobod tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan
hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi "Taroqli" mahallasida fuqarolar bilan O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligining Surxondaryo viloyati bo'yicha 2025-yil uchun mo'ljallangan sohaviy faoliyat reja-dasturining 25-bandida belgilangan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami uchun qonunchilik hujjatlarida ko'rsatilgan imtiyozlar va kafolatlar qo'llanilishini ta’minlash yuzasidan huquqiy targ'ibot o'tkazildi.

Shuningdek, fuqarolarning o'zini qiziqtirgan savollarga soha vakillari tomonidan batafsil tushuntirishlar olib borildi.


Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍2
#Huquqiy_targibot_kuni

Adliya kuni munosabati bilan sayyor qabul o'tkazildi

Qiziriq tuman adliya bo‘limi DXM, FHDY va YXKM mas’ul xodimlari tomonidan tumanning "Mustaqillik" mahallasida “Huquqiy targʻibot kuni” va "Adliya kuni" doirasida sayyor qabul oʻtkazildi.

Fuqarolar bilan uchrashuv jarayonida aniqlangan huquqiy muammolar yuzasidan fuqarolarga to’liq birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilib, ayrim murojaatlar o‘rganish muddat talab etganligi sababli bo’lim ish yurituviga qabul qilindi.

Sayyor qabul jarayonida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 03-yanvar kunidagi PQ-1-sonli qarori va 2024-yil 24-maydagi PF-80-son farmoni ijrosi yuzasidan huquqiy tushunchalar, shuningdek sohaga taalluqli boshqa qonun hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o'tildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

⚠️ Qonunchilikka ko'ra, yong'in, suv toshqini, zilzila va boshqa texnogen hodisalar oqibatida zarar ko'rgan Kambag'al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga uy-joylarini tiklash va ta'mirlash xarajatlarini qoplash uchun BHMning 150 baravarigacha bo'lgan miqdorda yordam ko'rsatish belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘lim
i tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli farmoni ijrosi yuzasidan “Huquqiy mahalla” konsepsiyasiga tushgan "Navbahor" mahallasida sayyor qabul va uyma-uy yurgan holda aholining murojaatlari o‘rganildi.

NATIJA:

I guruh nogironligi
bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha bo‘lgan, nogironligi bor bo‘lgan, shuningdek o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksalarga qarab turilgan vaqt ish staji qo‘shilmayotganligi yuzasidan 25 nafar;

Soliq qonunchiligida bevosita ko`rsatilgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinishini so‘rab murojaat qilgan 298 nafar fuqaroning murojaati ish yurituviga olindi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍2