Forwarded from Huquqiy axborot
#Адлия_хабари
Йўл ҳаракати қоидалари бўйича тест бошланди
❗️ Рўйхатдан ўтганлар yhq.adliya.uz сайтида тест жараёнларида иштирок этиши мумкин.
🗓 Тест синови соат 13.00 гача онлайн тарзда бўлиб ўтади.
✅ Тест саволларининг барчасига энг тез ва тўғри жавоб берган иштирокчиларнинг 10 нафари танлаб олиниб, уларнинг ижодий саволга берилган жавоблари кўриб чиқилади. Натижаларга кўра, энг юқори балл тўплаган иштирокчи ғолиб деб топилади
🎁 Тест синови ғолиби велосипед билан тақдирланади.
Барча иштирокчиларга омад тилаймиз!
Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot

#Bilasizmi
📌 Davlat xizmatlari markazlari orqali xizmatlardan foydalanishda ortiqcha to'langan to'lovlar soddalashtirilgan tartibda 1 ish kuni ichida qaytariladi.

🔰 Qonunchilikka ko'ra, o'zini o'zi band qilgan shaxslar uchun nazarda tutilgan faoliyat turlari bilan shug'ullanuvchi, ishtirokchilari soni kamida 3 nafar bo'lgan oilaviy korxonalar aylanmadan soliqni belgilangan miqdordan 50 foizga kamaytirilgan stavkada to'laydilar.

#Qoidalarga_amal_qiling
🚫 Haydovchilarga harakatlanish tezligi bilan bog'liq quyidagi harakatlar taqiqlanadi:
🔸 tezlikni mazkur transport vositasining texnik tavsifnomasida ko'rsatilgan eng yuqori tezlikdan oshirish;
🔸 tezlikni transport vositasiga o'rnatilgan “Tezlik cheklangan” taniqlik belgisida ko'rsatilganidan oshirish;
🔸 zaruriyat bo'lmaganda juda past tezlikda harakatlanib, boshqa transport vositalariga xalaqit berish;
🔸 yo'l-transport hodisasining oldini olish zaruriyati bo'lmaganda keskin tormoz berish.

Joriy yilning 6-iyun kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi binosida boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari xodimlarining ishtirokida sudlarga kiritilayotgan da’vo arizalarining asosliligini ta’minlash hamda xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida viloyat sudi hamda viloyat ma’muriy sudlarining tajribali sudyalarini jalb etgan holda ZOOM orqali o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘ulot davomida sudlarga da’vo arizalar kiritishda ahamiyat qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar haqida atroflicha muhokama bo‘lib, xodimlar o‘z amaliyotlarida duch kelayotgan muammoli holatlar yuzasidan bergan savollariga javob oldilar.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari
Davlat xizmatlari yonalishida fuqarolardan kelib tushgan qiziqarli savollarga javob beramiz!
❓ Xususiy korxona mulkdori o‘z ulushini sotgan taqdirda, o‘zgarishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun qaysi hujjatlarni taqdim qilishi lozim?
👉Javob
❓ Davlat xizmatlari markazi xodimining korxonani sotish shartnomasini notarial tasdiqlatish talabini qonuniy asosini tushintirib bersangiz?

Yana bir davlat xizmati ishga tushdi
Hukumat qaroriga (304-son, 07.06.2022 y.) muvofiq, Qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o'tkazish bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.
✅ Reglamentga ko'ra, malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to'xtatib turish, tugatish va uni bekor qilish bo'yicha davlat xizmatlari DXM va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ko'rsatiladi.
➡️ Malaka sertifikati talabgorlarga 5 yil amal qilish muddati bilan beriladi.
🗓 Malaka sertifikatining amal qilish muddati tugagan shaxslar 30 kundan kechiktirmasdan majburiy attestatsiyadan o'tishi lozim.
🔰Quyidagi shaxslar qimmatli qog'ozlar bozori mutaxassisining malakasi sertifikatini olish uchun attestatsiyadan o'tishlari shart:
🔹qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchilarining ijro organi rahbarlari, markaziy depozitariy va uning tuzilmaviy bo'linmalari rahbarlari, fond birjalarning ijro organi va uning tuzilmaviy bo'linmalari rahbarlari va valyuta birjalarining fond bo'limi rahbarlari;
🔹qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi, xizmatlar ko'rsatuvchi va (yoki) qimmatli qog'ozlar bozorida ishlarni bajaruvchi qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchilarining, markaziy depozitariyning qimmatli qog'ozlar bilan bog'liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi bo'limlarining, fond birjasining va valyuta birjalari fond bo'limlarining mutaxassislari.
💰Talabgorlarning tegishli malaka sertifikatini berish to'g'risidagi so'rovnomasini ko'rib chiqish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatilganligi uchun BHMning 1 baravari (300 ming so'm) miqdorida yig'im undiriladi.
⏩ YIDXP orqali murojaat etilganda, mazkur miqdor 270 ming so'mni tashkil etadi.
🔘 Reglament talablari qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilarida, Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi, fond birjalari va valyuta birjalarining fond bo'limlarida ishlashga talabgor bo'lgan yoki ishlayotgan hamda oliy ma'lumotga ega jismoniy shaxslarga nisbatan qo'llaniladi.

Forwarded from Adliya yangiliklari/Новости юстиции
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Fikr
Huquqbuzarlikka befarq bo‘lmagan fuqaro “chaqimchi”mi?
Siz bu holatga qanday munosabatdasiz?
@adliyangiliklari

#Diqqat_loyiha
✅ YTTlarga qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish huquqi berilmoqda
📌 Tadbirkorlik kodeksi loyihasi muhokamasi davom etmoqda. Ushbu havola orqali loyiha muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d/61999
✅ YTTlarga qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish huquqi berilmoqda
📌 Tadbirkorlik kodeksi loyihasi muhokamasi davom etmoqda. Ushbu havola orqali loyiha muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d/61999
Forwarded from Adliya yangiliklari/Новости юстиции
#Onlayn_muloqot
Yuridik texnikumlar bitiruvchilarining OTMga suhbat asosida o‘qishga kirish tartibi tasdiqlandi
“Yuridik texnikumlar bitiruvchilariga OTMga suhbat asosida o‘qishga kirish bo‘yicha yo‘llanmalar berish" mavzusida onlayn muloqot davom etmoqda.
Muloqot vazirlikning Facebook dagi “Adliya bilan muloqot/Диалог с юстицией” guruhi va YouTube dagi “Adliya vazirligi Ministry of Justice” kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilmoqda.
Onlayn muloqotda Adliya vazirligi va Yuridik universitetning mas'ul xodimlari ishtirok etib, fuqarolarning savollariga javob beradi.
Mavzu yuzasi bo‘yicha savollarni @adliyaga_savolbot manzili orqali yuborishingiz mumkin.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Reklamada milliy va oilaviy an'analarga zid bo'lgan obrazlardan foydalanish taqiqlanadi
“Reklama to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–776-son, 07.06.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi
🔰 Qonunga ko'ra reklamada, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:
▫️maktabgacha ta'limda hamda tarbiyada, umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'limda foydalaniladigan bosma nashrlarda (darsliklarda, maktab kundaliklarida, maktab daftarlarida va boshqalarda) tovarlarni reklama qilish;
▫️narxlarni (tariflarni) chet el valyutasida ko'rsatish;
▫️bolalarni ularning sog'lig'iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to'g'risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda axborot mahsulotini yosh tasnifini ko'rsatmasdan reklama qilish;
▫️milliy va oilaviy an'analarga, shuningdek axloq va ma'naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo'lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish.
🚫 Qonunga muvofiq, voyaga yetmaganlarning ishonchini va tajribasi yetishmasligini suiiste'mol qilishdan himoya etish maqsadida reklamada, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:
🔹xavfli vaziyatlarda, shu bilan birga ularning hayoti va (yoki) sog'lig'iga tahdid soluvchi xatti-harakatlarni sodir etishga, shu jumladan o'z sog'ligiga zarar yetkazishga undovchi vaziyatlarda voyaga yetmaganlarni namoyish etishdan foydalanish;
🔹ota-onalar va tarbiyachilarni obro'sizlantirish, voyaga yetmaganlarning ularga bo'lgan ishonchiga putur yetkazish;
🔹voyaga yetmaganlar olishi yoki iste'mol qilishi taqiqlangan tovarlarni voyaga yetmaganlar uchun mo'ljallangan telekanallarda, teleko'rsatuvlar va radioeshittirishlarda reklama qilish.
📌 Bundan tashqari, dori vositalarini reklama qilishda taniqli shaxslarning, tibbiyot xodimlarining yoki tashqi ko'rinishi shifokorlarning tashqi ko'rinishiga o'xshash shaxslarning ishtirok etishi taqiqlanadi.
☑️ Telekanallar efirida, tele-, video-, kinoxronikali dasturlarda tarqatilayotgan reklamaning umumiy davomiyligi ko'rsatuv vaqtining 1 soati davomida 20 foizdan, biroq bir sutkada ko'rsatuv vaqtining 15 foizidan oshishi mumkin emas. Ushbu talab faqat reklama teledasturlariga ixtisoslashtirilgan telekanallarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
⚠️ Davomiyligi 10 daqiqadan kam bo'lgan teleko'rsatuvlarni reklama bilan uzib qo'yishga va reklama bilan birga namoyish etishga yo'l qo'yilmaydi.
Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran uch oy o'tgach kuchga kiradi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, faxriylariga qo'shimcha to'lov va kompensatsiya beriladi
“Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy ta'minotini yaxshilash hamda yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–274-son, 08.06.2022-y.) qabul qilindi
✅ Qarorga muvofiq:
🔸1941–1945 yillardagi urush faxriylari va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga, shuningdek, o'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarga bepul yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena tovarlari o'rniga har oyda BHMning 1 baravari (300 ming so'm) miqdorida qo'shimcha to'lov to'lab boriladi;
🔸1941–1945 yillardagi urush faxriylari va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga bepul yetkazib beriladigan zarur kiyim-kechak va poyabzallar o'rniga kiyim-kechak xaridi uchun har yili avgust oyida BHMning 15 baravari (4 mln 500 ming so'm) miqdorida to'lanadigan kompensatsiya joriy etiladi.
➡️ Bunda, qo'shimcha to'lov Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan pensiyalarni va nafaqalarni tayinlashga mas'ul bo'lgan tashkilotga o'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan yolg'iz keksalar yoki nogironligi bo'lgan shaxslar to'g'risida taqdim etiladigan ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi.

#Huquqiy_bilimlar_kuni
Joriy yilning 9-iyun kuni adliya boshqarmasi xodimlari Q.Ulug‘ov, Sh.Tilovov, S.Yuldashevalar ishtirokida Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialida navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. O‘tkazilgan davra suhbati davomida qonunchiligimiz bilan talaba yoshlarga ta’lim va boshqa sohalarda berilayotgan imtiyozlar, qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalar, davlat xizmatlaridan elektron tartibda foydalanish mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Tadbir davomida talabalar “talaba ishlashi mumkinmi?”, “magistratura bosqichida o‘qimoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga joriy yildan qanday imtiyozlar qo‘llanadi?” va shu kabi huquqiy savollariga asoslantirilgan javoblar oldilar.
Mazkur tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlar o'rtasida huquqiy nigilizm holatlarini bartaraf qilish, ularda huquqbuzarliklarning jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun salbiy illat ekanligiga oid dunyoqarashni shakkllantishdan iborat.