Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.36K subscribers
13.3K photos
1.62K videos
59 files
11.4K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#Qoidalarga_amal_qiling

🚕 Yo‘lovchilar transport vositasiga faqat u to‘la to‘xtagandan so‘ng trotuar yoki yo‘l yoqasi tomondan chiqishga va tushishga majburdirlar.
👉 Buning iloji bo‘lmagan hollarda, agar bu harakat xavf tug‘dirmasa yoki boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga xalaqit bermasa, yo‘lning qatnov qismi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
🚫Yo‘lovchilarga quyidagilar taqiqlanadi:
▪️transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalg‘itish va unga xalaqit berish;
▪️harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida o‘tirish;
▪️transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish;
▪️transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda salondan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) chiqarish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Qoidalarga_amal_qiling

🚫 Haydovchilarga harakatlanish tezligi bilan bog'liq quyidagi harakatlar taqiqlanadi:

🔸 tezlikni mazkur transport vositasining texnik tavsifnomasida ko'rsatilgan eng yuqori tezlikdan oshirish;

🔸 tezlikni transport vositasiga o'rnatilgan “Tezlik cheklangan” taniqlik belgisida ko'rsatilganidan oshirish;

🔸 zaruriyat bo'lmaganda juda past tezlikda harakatlanib, boshqa transport vositalariga xalaqit berish;

🔸 yo'l-transport hodisasining oldini olish zaruriyati bo'lmaganda keskin tormoz berish.
#Qoidalarga_amal_qiling

Avtobuslarning, taksilarning, marshrut taksilarining, shahar elektr transportining va metropoliten vagonlarining oynalari va ichki jihozlariga shikast yetkazish BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1,5 mln so'mdan 3 mln so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qoidalarga_amal_qiling

Avtobuslarning, taksilarning, marshrut taksilarining, shahar elektr transportining va metropoliten vagonlarining oynalari va ichki jihozlariga shikast yetkazish BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 650 ming so'mdan 3 mln 300 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️
Telegram I 💬 Facebook I 📹 Youtube I 🌐 Web-site
#Qoidalarga_amal_qiling

🔘 Haydovchi mastlik holati bo'yicha tekshiruvdan bo'yin tovlasa, 1 yilu 6 oydan 3 yilgacha muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi va 4 mln 950 ming so'm miqdorida jarimaga tortiladi.

➡️ Xuddi shunday huquqbuzarlik transportni boshqarish huquqi bo'lmagan shaxs tomonidan sodir etilsa, 9 mln 900 ming so'm miqdorida jarima yoki 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi qo'llaniladi.

☑️ Mazkur huquqbuzarlikning moped, velosiped haydovchi, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxs tomonidan sodir etilishi BHMning 3 baravari (990 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 📹 Youtube I 🌐 Web-site