Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ўзбекистон Республикаси Президентлигига номзод Шавкат Мирзиёев Қашқадарё вилояти сайловчилари билан учрашди ва ўзининг сайловолди дастури юзасидан маъруза қилди.
Шавкат Мирзиёев учрашув қатнашчилари, туман студияларидаги сайловчилар билан суҳбатлашди. Улар вилоятни ривожлантириш имкониятлари, жойлардаги муаммолар бўйича фикрларини билдирди. Номзод аҳоли таклифларини ўз дастурига киритиш ва амалга оширишга ваъда берди.
—
Кандидат в Президенты Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев встретился с избирателями Кашкадарьинской области и выступил с докладом о своей предвыборной программе.
Шавкат Мирзиёев пообщался с участниками встречи, избирателями, собравшимися в районных студиях. Они высказали свои мнения о возможностях развития региона, имеющихся проблемах на местах. Кандидат пообещал включить в свою программу и реализовать прозвучавшие предложения.
#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #uchrashuv
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti - BESH MUHIM TASHABBUS (Nurbek Rustamovich)
🔊#Uchrashuv📢
⚡️Qarshi davlat universiteti talabalari hamda Qashqadaryo viloyati "Kelajak liderlari" klubi a'zolari uchun Qashqadaryo farzandi, oʻz asari orqali "Qoʻrqma"y millatning asrlar oshgan dard-u tashvishini baralla badiiy boʻyoqlar bilan ayta olgan ijodkor Jovlon Jovliyev bilan ZOOM platformasida online uchrashuv tashkil etilmoqda.
🔰Uchrashuvda kitobxonlar ko'nglidan joy olgan "Qo'rqma" asari mohiyati, asarda ko'rsatilgan aktual jihatlar - yozuvchi bilan samimiy suhbat bo'lib o'tishi kutilmoqda. Qatnashmoqchi bo'lgan barcha kitobxonlarni taklif etamiz! 📌Boshlanish vaqti: 📅18 oktyabr ⏰ soat:16:00!
➡️Havola e'lon qilinadi!👈
📚Uchrashuvda o'zining asar haqida ajoyib mulohazalari bilan qatnashgan ishtirokchilarga muallif tomonidan "Qo'rqma" asari sovg'a sifatida taqdim etiladi!
📍Siz - kitobxonlar uchun foydali uchrashuv bo'lishi kutilmoqda!🤝

#Uchrashuv
⚡️⚡️ Qarshi davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti talabalarni ajoyib ko'ngilochar uchrashuvga taklif etadi.
🎙Uchrashuvga xalqimiz, ayniqsa, yoshlar orasida sevimli qo'shiqlari bilan tanilgan san'atkor Shuhrat Daryo hamda yoshlarimizming sevimli shoiri Shuhrat Orif taklif etilgan‼️
📆Uchrashuv: 2021 yil 27 noyabr soat 14:00 da boshlanadi❗️
✅Tadbirga barchani taklif etamiz❗️
✨Tadbir eng esda qolarli hodisalarga boy bo'lishi kutimoqda
➡️Tadbirga ro'yxatdan o'tish uchun - @Aziza_Orzu15
👉@qarduuz 👈

#LIVE
#Uchrashuv
✍️ Avval xabar berilganidek, Qarshi shahridagi Yoshlar markazida estradamizning yorqin yulduzi Shuhrat Daryo, ajoyib shoir Shuhrat Orif hamda "Qo'rqma" asari muallifi Javlon Jovliyev ishtirokida ijodiy uchrashuv bo'lib o'tmoqda. Tadbirda Qarshi davlat universitetining faol talaba-yoshlari ham ishtirok etishmoqda.

Forwarded from Ibragimov Elyor Hakimovich (Ravshanov Doston)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uchrashuv🎸🎙
⭕️ Bugungi zamonaviy dunyoda yoshlarimizning ta'lim-tarbiyasida san'at va adabiyotning o'rni beqiyosdir: san'at kundalik hayotdan tashqariga chiqishga imkon yaratib, shaxlarning dunyoqarashi, iste'dodi va tasavvuridan chiqqan ijod mahsulidan qalblarga ezgulik singdiradi, adabiyot esa inson tafakkurini shakllantiruvchi, unga sayqal beruvchi manbadir.
🔰QarshiDU Roman-german filologiyasi fakulteti dekan o’rinbosari N.Suyarov hamda QarshiDU Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi D.Ravshanov tashabbusi bilan Shom.uz sayti hamkorligida Qashqadaryo viloyati Yoshlar markazida badiiy-ijodiy tadbir tashkil etildi.
🎶 Uchrashuvga xalqimiz, ayniqsa, yoshlar orasida sevimli qo'shiqlari bilan tanilgan san'atkor Shuhrat Daryo hamda yoshlarimizming sevimli shoiri Shuhrat Orif taklif etildi. Tadbir ishtirokchilari ajoyib adabiy, badiiy hamda san'at asarlari ijrosidan bahramand bo'lishdi. Tadbir davomida, shuningdek, QarshiDU faol ijodkor talabalari ham o'zlarining chiqishlarini namoyish qilishdi.

#uchrashuv
⚡️ Rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
Qarshi davlat universiteti "Yoshlar markazi"da shahar hokimi Normo‘min Xolboyevning talaba-yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" ochiq va samimiy muloqot hamda savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.
Uchrashuv davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi. Shu bilan birga o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi. Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbir yakunida talaba-yoshlar shahar hokimi bilan esdalik uchun suratga tushishdi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
✅ Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1
#uchrashuv
⚡️ Faxriylar va yoshlar uchrashuvi
Shu kunlarda Qarshi davlat universitetida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida “Faxriylar va yoshlar”, “Uch avlod uchrashuvi” kabi mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Xususan, bugun Sport fakulteti professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari va universitet profilaktika inspektori M.Jabbarov ishtirokida tashkil etilgan tadbirga O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi Qarshi shahar bo‘linmasi raisi Q.Rahmonqulov, jangchi-faxriylardan, Qarshi shahar Mustaqillik mahallasi raisi F.Bozorov taklif qilindi.
Muloqotda tinchlik oliy ne’mat, uni asrab-avaylash esa muqaddas burch ekanligi ta’kidlandi, davlatimiz tomonidan jangchi-faxriylarga qaratilayotgan e’tibor va imkoniyatlar haqida so‘z bordi. Tadbir mehmonlari o‘zlarining amaliy tajribalarini, hayotiy ibratga boy voqealarni so‘zlab berishdi. Uchrashuv qizg‘in suhbatlarga boy bo‘lib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz

👍14
#uchrashuv
Bugun, 6-fevral kuni Qarshi davlat universitetida “Xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi ijtimoiy o‘rni” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova, viloyat hokimi o‘rinbosari — viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i K.Karomova, Qarshi davlat universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti va TATU Qarshi filialida tahsil olayotgan iqtidorli talaba-qizlar ishtirok etdi. Muloqotda mehmonlar tomonidan qizlarning o‘qishi, kasb-hunar egallashi, ularlarning faolligini, yetakchilik salohiyatini oshirish, hayot maktabiga tayyorlash, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish xususida fikr va mulohazalar bildirildi.
Ayni paytda Qarshi davlat universitetida 21 ming nafardan ortiq talabalar tahsil olmoqda. Shundan 13 ming nafardan ortiqrog‘i xotin-qizlardan iboart. E’tiborlisi, ular orasidan 33 nafari Qoraqalpog‘istondan kelib universitetda o‘qiydigan talaba-qizlardir. Umuman olganda, viloyatimiz OTMlarida qoraqalpog‘istonlik talaba-qizlar soni 78 nafarni tashkil qiladi. Tadbirda davlatimiz rahbarining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son farmoni bilan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun davlat granti asosida 3 mingta, to‘lov-kontrakt asosida 6,5 mingta qo‘shimcha kvota ajratilganligi, imkoniyat va imtiyozlar haqida ham so‘z bordi.
– Prezidentimiz tashabbusi bilan bugun yurtimiz yoshlari, jumladan, talaba qizlarimiz uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilgan, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova. – Ilm-fan, san’at, sport, tadbirkorlik va turli sohalarda yuksak natijalarga erishayotgan qizlarimiz safi yildan-yilga ortayotganligi quvonarli holdir.
Ishtirokchilarning faolligi, qizg‘in savol-javoblar tarzida o‘tgan tadbirda talaba-qizlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarildi.

👍13
#uchrashuv
⚡️ Yoshlar bilan muloqot tashkil qilindi
Fiziklar, texnologlar, kimyogarlar keyingi 10 yilda eng yuqori maosh oladi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov hamda Qarshi davlat universiteti talaba-yoshlari bilan bugun bo‘lib o‘tgan uchrashuvda shu xususda so‘z bordi.
Uchrashuv davomida yoshlar oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarini qanday amalga oshirish borasida fikr almashildi. Ilm barcha muvaffaqiyatlarning kaliti ekanligi hayotiy misollar orqali ifoda etildi.
Samimiy ruhda kechgan muloqotda talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Faol talabalarga Otabek Hasanov o‘zining “Liderlar” kitobini sovg‘a qildi.

👍10👏1
#hamkorlik #uchrashuv
⚡️ Dehqonobod tumani ixtisoslashtirilgan maktabida bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirokida ‘‘Kelajak - yoshlar qo‘lida” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirga Qarshi davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi dotsenti A.Pardayev, Psixologiya kafedrasi dotsenti I.Jabborov, katta o‘qituvchi N.Ismoilov taklif qilindi. Samimiy ruhda kechgan muloqotda yoshlarning qiziqishlari, orzu umidlari va kelajakdagi rejalari haqida so‘z bordi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
✅ Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_oyligi
#uchrashuv
🔍 Xabar manbasi: https://t.iss.one/Yoshlar_karvoni
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
✅ Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
#uchrashuv
Yoshlar oyligi doirasida Qarshi davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyida Qashqadaryo viloyat sudi raisi A.Mahkamov bilan “Sud-huquq va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Qizg'in savol-javoblar, turli sahna ko'rinishlari, iqtidorlilarni taqdirlash asnosida o'tgan muloqotda universitet talaba-yoshlari ham faol ishtirok etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🤩1
#turizm_elchilari #uchrashuv
Joriy yilning 2-iyul kuni "Yosh turizm elchilari uchrashuvi" bo’lib o’tdi.
Uchrashuv davomida yoshlar turizmi bilan bog’liq muammolarni o’rganish, viloyatda amalga oshirilishi lozim bo’lgan turizm loyihalari ustida ishlash hamda joriy yilning avgust oyida Qashqadaryo viloyatida o’tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro “Turizm quriltoyi”ning tashkiliy masalalari ko’rib chiqildi.
Mazkur uchrashuv Qashqadaryo viloyati Turizm elchilari a’zolari, QarDU Turizm va marketing kafedrasi professor-o’qituvchilari va talabalari hamda Respublika ishchi guruhi tomonidan tashkil etildi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
✅ Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
Joriy yilning 2-iyul kuni "Yosh turizm elchilari uchrashuvi" bo’lib o’tdi.
Uchrashuv davomida yoshlar turizmi bilan bog’liq muammolarni o’rganish, viloyatda amalga oshirilishi lozim bo’lgan turizm loyihalari ustida ishlash hamda joriy yilning avgust oyida Qashqadaryo viloyatida o’tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro “Turizm quriltoyi”ning tashkiliy masalalari ko’rib chiqildi.
Mazkur uchrashuv Qashqadaryo viloyati Turizm elchilari a’zolari, QarDU Turizm va marketing kafedrasi professor-o’qituvchilari va talabalari hamda Respublika ishchi guruhi tomonidan tashkil etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
#uchrashuv
18-sentyabr kuni Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti talabalari istiqomat qilayotgan 3-talabalar turar joyida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot jarayonida talabalar turar joyi tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari, o‘zaro hurmat, muomala, kiyinish madaniyati, mavjud umumiy xizmat ko‘rsatish joylaridan foydalanish haqida hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun tashkil etilgan to‘garaklar haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbirda rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev, Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sh.Akramov, profilaktika inspektori D.Ro'ziyeva, fakultet dekani N.Eshqorayeva, dekan o‘rinbosari A.Jo'rayev, Yoshlar bilan ishlash bo'limi tyutorlari ishtirok etdi.

👍6🔥2
#uchrashuv #muloqot
24-sentyabr kuni Qarshi davlat universitetida O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki rahbariyati, viloyat tijorat banklari rahbarlari, tadbirkorlar bilan seminar-trening tashkil etildi. Seminarda Iqtisodiyot fakultetining iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) va inson resurslarini boshqarish yo`nalishlarining bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etdi.
Muloqotda banklar tomonidan tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozlar, kichik biznesni tashkil etish va ularni mikrokredit bilan qo`llab-quvvatlash yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar haqida so‘z bordi. Mavzu doirasida yig‘ilish ishtirokchilarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javob berildi.

Qarshi davlat universiteti kafedra mudirlari, magistrantlari va doktorantlari ishtirokida “Maktabgacha va maktab ta'limi”, “Muhandislik va iqtisodiyot” hamda “Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot” ilmiy jurnallari muharriri Sherzod Qurbonov bilan uchrashuv o'tkazildi.
Muloqotda yig‘ilganlarga ilmiy maqolalar yozish va ularni nashrga tayyorlash, maqola tayyorlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy uslub, mavzuni to‘g‘ri tanlash, adabiyotlardan foydalanish bo‘yicha batafsil ma'lumotlar berildi.
Uchrashuv jarayonida Sherzod Qurbonov doktorlik dissertatsiyalari ustida ishlayotgan tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida nashr jarayonlarida universitet jamoasi bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

👍9
#OʻzPFL #QarDU
#Uchrashuv #Live
Birozdan soʻng OʻzPFL bosh direktori D.Imomxoʻjayev va Qarshi davlat universiteti rektori D.Nabiyev ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtadi.
Unda "Lochin" futbol klubining Ligaga aʼzolik toʻgʻrisida hamkorlik shartnomasi imzolanishi rejalashtirilgan.
Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt

Bizni kuzating
Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
👍20🔥1👏1
#OʻzPFL #QarDU
#Uchrashuv #Hamkorlik
🟢 "Lochin" futbol klubi rasman liga aʼzosi boʻldi
Joriy yilning 4-aprel kuni OʻzPFL bosh direktori D.Imomxoʻjayev va Qarshi davlat universiteti rektori D.Nabiyev ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muloqotda universitet "Lochin" futbol klubining istiqboli xususida soʻz bordi. Jumladan, Professional futbol liga talablari asosida universitet hududidagi mavjud futbol stadionini rekonstruksiya qilish va zamonaviy, muhtasham baza bunyod etish, klub infratuzilmasini yanada rivojlantirish, klub menedjerlari uchun seminarlar tashkil qilish kabi qator masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida har ikki tomon ham yoʻlga qoʻyilayotgan ushbu samarali hamkorlikdan mamnun ekanliklarini bildirib, "Lochin" futbol klubining Oʻzbekiston Professional futbol ligasiga aʼzolik toʻgʻrisidagi hamkorlik shartnomasini imzolashdi.

👍40🎉11👏5🔥2🤩2
#uchrashuv
⚡️ Tajriba va maslahatlar: faxriylar bilan ochiq muloqot
San’atshunoslik fakulteti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi tomonidan arxitektura yo‘nalishi talabalari uchun “Qashqadaryo viloyat Gaz sanoat fuqaro loyiha” MCHJ rahbari Tog‘ayev G‘aybullo Davlatovich ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda bunyodkorlik ishlari, zamonaviy qurilish texnologiyalari, shaharsozlik rivoji va amaliy ko‘nikmalar xususida tushunchalar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

👍3