Qarshi davlat universiteti
10.3K subscribers
23.4K photos
1.66K videos
370 files
7.73K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#hamkorlik

Qarshi davlat universiteti va Rossiyaning Boltiqbo'yi gumanitar instituti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik kelishuviga muvofiq, bugun universitetga hamkor institutning Psixologiya kafedrasi dotsenti Fedosenko Yekaterina Vladimirovna tashrif buyurdi. Dastlab Qarshi davlat universitetining Psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan tajriba almashinib, mahorat darslari tashkil etildi.

So‘ngra, Pedagogika fakulteti pedagogika-psixologiya yo‘nalishi 4-bosqich talabalariga "Deviant xulq-atvorning o‘smir xulqida namoyon bo‘lishi" mavzusida yangi pedagogik texnologiyalar asosida ma’ruza mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ma’ruza mashg‘uloti bahs-munozaraga boy o‘tdi va talabalar o‘z mutaxassisliklari dorasida qo‘shimcha ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Darslar davom etmoqda.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
#hamkorlik
#dars_mashg'uloti


Xabar berilganidek, Qarshi davlat universiteti va Rossiyaning Boltiqbo'yi gumanitar instituti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik kelishuviga muvofiq, hamkor oliygohning Psixologiya kafedrasi dotsenti Fedosenko Yekaterina Vladimirovna ayni vaqtda Pedagogika fakulteti talabalariga dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

Xususan, joriy yilning 13-fevral kuni rossiyalik mutaxassis tomonidan Psixologiya kafedrasi magistrantlari ishtirokida “Hozirgi zamon psixologiyasining dolzarb muammolari va ushbu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish” mavzusida ma’ruza mashg‘uloti tashkil etildi.

Magistrlarning o‘quv mashg‘ulotida faol ishtirok etishi, ularning bir necha xorijiy tillarni bilishi va bundan mashg‘ulot davomida samarali foydalanayotganligi xorijlik o‘qituvchi tomonidan yuqori baholandi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12
#hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya institutida o’tkaziladigan mashg’ulotlar mazmuni, samaradorligi va ahamiyatini oshirish, o’zaro tajriba almashinuvni ta’minlash maqsadida 19-21-fevral kunlari Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida uslubiy yig‘inlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Xususan, joriy yilning 20-fevral kuni Pedagogika kafedrasi professor-o’qituvchilari A.Sultonov, Z.Murodova, Y.Ismoilova O’zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya institutida bo‘lib, “Ilmiy innovatsion ishlarni olib borish doirasida rahbariy hujjatlar talablari”, “O’quv mashg’ulotlarini o’tkazishda qo’llaniladigan zamonaviy interfaol metodlar” mavzularida ma’ruza mashg’ulotlari o‘tishdi.

Mavzular doirasida taqdimotlar, savol-javoblar, keng muhokama va munozaralar, taklif va xulosalar bildirildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#hamkorlik

Xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya institutida joriy yilning 19-21-fevral kunlari Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida uslubiy yig‘inlar o‘tkazildi.

Jumladan, yig'inlarda ishtirok etgan Pedagogika kafedrasi professor-o’qituvchilari S.Begmatova, O.Davronova “'Zamonaviy ta'limda kreativ yondashuvlar”, G.Berdiyeva, A.Qurbonova “O’quv mashg’ulotlarini o’tkazishda qo’llaniladigan zamonaviy interfaol metodlar” mavzularida ma’ruza qilishdi.

Mavzular doirasida keng muhokama va munozaralar, taklif va xulosalar bildirildi. Hamkorlik uchun universitet professor-o‘qituvchilari “Minnatdorchilik” yorlig‘i bilan taqdirlandi.

👉@qarduuz 👈
👍10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ilmiy_tur #hamkorlik

Qarshi davlat universitetining 23 nafar professor-o‘qituvchilaridan iborat jamoasi Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurib, ilmiy-tadqiqot natijalarining tijoratlashtirish yo‘nalishlari, "I-INNOTURIZM" mas'uliyati cheklangan jamiyati, Robototexnika o'quv markazi hamda Kovorking markazi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.


#videolavha

👉@qarduuz 👈
👍9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

Xabar berilganidek, Qarshi davlat universiteti rektori, professor D.Nabiyev boshchiligida oliygoh professor-o‘qituvchilari Koson, Kasbi va Muborak tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarga tashrif buyurishdi.

Muloqot jarayonlari 📹 videolavhada...


👉@qarduuz 👈
👍15
#hamkorlik

Qarshi davlat universiteti va Toshkent davlat transport universiteti o‘rtasida tuzilgan o‘zaro hamkorlik memorandumiga asosan, yuqori kasbiy va ilmiy salohiyatga ega professor-o‘qituvchilarni dars mashg‘ulotlariga jalb etish yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, hamkorlik doirasida kuni kecha Toshkent davlat transport universiteti Transport logistikasi kafedrasi dotsenti M.Jo‘rayev Qarshi davlat universitetida bo‘lib, Transport logistikasi (avtomobil transporti) ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalariga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarini olib bordi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1
#hamkorlik

⚡️Kimyo-biologiya fakulteti Noorganik kimyo kafedrasi oʻqituvchilari Qarshi shahridagi 35-maktabga bordilar. Maktab o’quvchilari bilan uchrashuvda Qarshi davlat universitetida haqida ma’lumot berildi, laboratoriya tajribalaridan namunalar ko’rsatildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏1
#hamkorlik #uchrashuv

⚡️Dehqonobod tumani ixtisoslashtirilgan maktabida bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirokida ‘‘Kelajak - yoshlar qo‘lida” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirga Qarshi davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi dotsenti A.Pardayev, Psixologiya kafedrasi dotsenti I.Jabborov, katta o‘qituvchi N.Ismoilov taklif qilindi. Samimiy ruhda kechgan muloqotda yoshlarning qiziqishlari, orzu umidlari va kelajakdagi rejalari haqida so‘z bordi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18
#hamkorlik

4-may kuni Iqtisodiyot kafedrasi professori G`.Qo`chqorov, dotsent v.b. O.Djurayev, o`qituvchilar Sh.Xolliyev, Sh.Hazratqulov G`uzor sanoat texnikumiga bordilar. Professor-o`qituvchilardan iborat jamoa texnikum talabalariga mahorat darsi o`tib berishdi.

Dars davomida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlar to`g`risida fikr yuritildi. Darsda taqdimot slaydlari hamda hozirgi kundagi qabul qilinayotgan qonunlar, yangi statistik ma`lumotlardan keng foydalanildi. Mahorat darsi qizg`in savol-javoblar asosida o`tkazildi.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
#hamkorlik

Ayni kunlarda xizmat safari bilan Ozarbayjon davlatida bo‘lib turgan Qarshi davlat universiteti prorektorlari I.Bekpulatov, X.Djurayev Radiatsiya muammolari instituti va Xazar universiteti bilan o‘zaro anglashuv memorandumlarini imzolashdi.

Memorandumga ko‘ra, mazkur oliy ta'lim muassasasi, ilmiy tadqiqot instituti bilan birgalikda qisqa muddatli ilmiy stajirovkalar, Scopus ma'lumotlar bazasida indekslanadigan konferensiyalar, yangi jurnal tashkil qilish va laboratoriya qurilmalaridan foydalanish borasida kelishuvlar amalga oshiriladi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
#hamkorlik #jarayon

⚡️Ayni kunlarda Rossiya Fedaratsiyasi Altay davlat universiteti Iqtisodiy geografiya va kartografiya kafedrasi mudiri, dotsent Yevgeniy Petrovich Krupochkin Qarshi davlat universiteti Geografiya va agronomiya fakulteti talabalariga dars mashg'ulotlarini olib bormoqda.

🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥1
#hamkorlik

10-oktyabr kuni Gyote institutining Toshkent shahridagi filialida “Nemis tilini o‘qitishni o‘rganish (DLL) dasturini o‘quv jarayoniga implementatsiyasi” loyihasi asosida qator oliy ta'lim muassasalari bilan shartnoma imzolash marosimi bo’ib o’tdi.

Unda Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori I.Bekpulatov, Nemis tili va adabiyoti kafedrasi mudiri A.Mahmudov va kafedra o’qituvchi N.Mahmudova ishtirok etdi.

Tadbir davomida O'zbekistondagi Gyote institutining rahbari Maren Nimayer xonim hamda Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori I.Bekpulatov ikki oliygoh o'rtasida samarali hamkorlikni nazarda tutuvchi shartnoma imzoladilar.

Ushbu maqsadli yo‘naltirilgan hamkorlik orqali talabalar metodika va didaktikaga asoslangan ta’lim modulini joriy qilish bo‘yicha aralash ta’lim yondashuvidan foydalanishni o‘rganishga muvaffaq bo‘ladilar.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2👏1
#hamkorlik

Qarshi davlat universitetining Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari fakulteti davolash ishi hamda pediatriya ta’lim yo‘nalishlarida 126 nafar talabalar tahsil olmoqda.

2024-2025 o‘quv yilida shartnomaga mufoviq fakultetning 30 nafar talabalari ilk bor akademik mobillik asosida hamkor OTM - Rossiyaning Privoljsk tadqiqot tibbiyot universitetiga 4-5-6-kurslarda o‘qishlarini davom ettirish maqsadida yuborildi. Hozirgi kunda talabalar tibbiyot ilmi va klinik mashg‘ulotlarining ilg‘or tajribalarini dars jarayonida o‘rganib kelmoqdalar.

Joriy o‘quv yilida, shuningdek, Qarshi davlat universitetiga Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilarining akademik mobilligi asosida tashrifi rejalashtirilganligi sababli, 25-noyabrdan tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Tatyana Vladimirovna Maxrova mikrobiologiya fanidan Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari fakulteti davolash ishi, pediatriya ta’lim yo‘nalishlari talabalariga ma’ruza, master-klass, amaliy mashg‘ulotlar o‘tmoqda.

Qolaversa, hamkor OTM o’qituvchisiga Tibbiyot fakultetining dars jarayonlari ham tanishtirildi. Akademik mobillik asosida tashkil etiladigan oquv mashg‘ulotlar 2025-yil mart oyida ham davom ettiriladi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
#Mirziyoyev #ochiq_muloqot #yoshlar #munosabat #xorijiy_tillar #hamkorlik

Inson uchun ona tili bilan birga xorijiy tillarni bilish dunyoga chiqishda juda muhim. Ayniqsa, tijoratda buning oʻrni beqiyos. Shavkat Mirziyoyev


Kuni kecha Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz yoshlari bilan ochiq va do‘stona muloqoti bo‘lib o‘tdi. Aytib o‘tish joyizki, yoshlar masalasi doimo davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolaveradi.
Uchrashuvda davlatimiz rahbari yoshlar bilan ishlash natijadorligini yanada oshirish, ularga keng imkoniyatlar yaratish chora-tadbirlarini muhokama qilish bilan bir qatorda xorijiy tillar o‘qitilishiga ham alohida eʼtibor qaratdi. Shuningdek, yig‘ilish davomida hozirgi kunda zamon talabi hisoblanmish bir nechta xorijiy tillarni bilish Yangi O‘zbekiston yoshlariga dunyo eshiklarini keng ochib berishi aytib o‘tildi.

Prezidentimiz tomonidan xorijiy tillar o‘qitilishini keng qamrovda va yuqori darajada yo‘lga qo‘yish borasida belgilab bergan vazifalariga hamohang tarzda Qarshi davlat universitetida ham turli xil xorijiy tillarga, ya’ni ingliz, fransuz, nemis, koreys va xitoy tillariga ixtisoslashtirilgan bir nechta zamonaviy Til o‘rgatish markazlari tashkil qilinib, xorijiy oliygohlardan tajribali mutaxassislar ishga jalb qilingan. Shu jumladan, fransuz tili o‘qitilishiga mo‘ljallangan Institut français til o‘rgatish markaziga Fransiyaning nufuzli Bordeaux-3 universitetidan FLE bo‘yicha mutaxassis Filip Rene Lyusi xonim taklif qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, Institut français til o‘rgatish markazi kelgusida Qashqadaryo viloyatining xorijiy til sifatida fransuz tili o‘qitiladigan 100 dan ziyod maktablarida faoliyat yuritib kelayotgan 200 nafarga yaqin fransuz tili o‘qituvchilari uchun markazlashgan yagona o‘quv-metodik yordam ko‘rsatadigan HUB sifatida xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari ushbu markaz hozirda dolzarb bo‘lgan milliy va xalqaro DELF, DALF sertifikatlari olish uchun tayyorlov kurslarini, Toshkent Alyans Fransez tashkiloti bilan hamkorlikda DELF, DALF imtihonlarini o‘tkazish jarayonlarini, shuningdek, “Kelajak kasblari loyihasi” doirasida (French+Law, French+Business, French+Tourism, French+Hotel, gid-tarjimonlik) kabi kasbga yo‘naltirilgan maxsus til o‘rgatish kurslarini tashkil qilish hamda dunyoning frankofon davlatlari ish beruvchilari talablari asosida maqsadli tayyorlov kurslari va sinov testlari o‘tkazishga mo‘ljallangan.

Shu bilan birga ushbu markazda viloyatdagi barcha umumta’lim maktablari fransuz tili o‘qituvchilariga professional uslubiy tavsiyalar berish maqsadida yuqori malakali soha mutaxassislari tomonidan yozgi maktablar, xalqaro va respublika miqyosidagi seminar-trening va mahorat darslarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

A.Zoirova
Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati


Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
👍11🔥1👏1
#hamkorlik

2025-yil 26-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev boshchiligidagi delegatsiya Gruziya Respublikasining taʼlim, fan va yoshlar vazirining birinchi oʻrinbosari Giorgi Modebadze bilan muzokaralar oʻtkazdi. Uchrashuvda, shuningdek, Gruziya taʼlim, fan va yoshlar vazirining oʻrinbosarlari Baya Kvitsiani hamda Tamar Gvamichava ishtirok etdi.

Muloqotda ikki davlat oʻrtasidagi oliy va yuqori darajada erishilgan kelishuvlarga asosan, oliy talim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida yangi tashabbuslar ilgari surildi. Tomonlar taʼlim va fan yoʻnalishidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va oʻzaro professor-oʻqituvchilar almashinuvini kengaytirish boʻyicha fikr almashdilar.

Uchrashuvda Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori I.Bekpulatov ham ishtirok etdi. Tadbir doirasida Gruziyaning Telavi davlat universiteti bilan hamkorlik shartnomasi hamda Gruziya texnika universiteti bilan memorandumi imzolandi.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
👍11👏1
#hamkorlik

Qarshi davlat universitetining Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari fakulteti davolash ishi hamda pediatriya ta’lim yo‘nalishlarida 126 nafar talabalar tahsil olmoqda.

2024/2025-o‘quv yilida shartnomaga mufoviq fakultetning 30 nafar talabalari ilk bor akademik mobillik asosida hamkor OTM - Rossiyaning Privoljsk tadqiqot tibbiyot universitetiga 4-5-6-kurslarda o‘qishlarini davom ettirish maqsadida yuborildi. Hozirgi kunda talabalar tibbiyot ilmi va klinik mashg‘ulotlarining ilg‘or tajribalarini o‘zlashtirmoqdalar.

Shuningdek, joriy o‘quv yilida Qarshi davlat universitetiga Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilarining akademik mobilligi asosida tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Vladimir Yevgenevich Savelev va Ekaterina Aleksandrovna Ermolina tashrif buyurib, anatomiya va biologiya fanlaridan Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari fakulteti davolash ishi, pediatriya ta’lim yo‘nalishlari talabalariga ma’ruza, master-klass va amaliy mashg‘ulotlar o‘tmoqda.

Dars mashg‘ulotlaridan bo‘sh vaqtda Rossiyalik o‘qituvchilar universitet tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi, Tibbiyot fakulteti kutubxonasi va Turizm amaliyot markazi faoliyati bilan tanishtirildi. Akademik mobillik asosida tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlari aprel oyida ham davom ettiriladi.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
👍7🔥1👏1🎉1🤩1
#OʻzPFL #QarDU
#Uchrashuv #Hamkorlik

🟢 "Lochin" futbol klubi rasman liga aʼzosi boʻldi

Joriy yilning 4-aprel kuni OʻzPFL bosh direktori D.Imomxoʻjayev va Qarshi davlat universiteti rektori D.Nabiyev ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Muloqotda universitet "Lochin" futbol klubining istiqboli xususida soʻz bordi. Jumladan, Professional futbol liga talablari asosida universitet hududidagi mavjud futbol stadionini rekonstruksiya qilish va zamonaviy, muhtasham baza bunyod etish, klub infratuzilmasini yanada rivojlantirish, klub menedjerlari uchun seminarlar tashkil qilish kabi qator masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida har ikki tomon ham yoʻlga qoʻyilayotgan ushbu samarali hamkorlikdan mamnun ekanliklarini bildirib, "Lochin" futbol klubining Oʻzbekiston Professional futbol ligasiga aʼzolik toʻgʻrisidagi hamkorlik shartnomasini imzolashdi.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍40🎉11👏5🔥2🤩2
⚡️Qarshi davlat universiteti va harbiy qism o‘rtasida psixologik hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

14-aprel kuni Qarshi davlat universiteti Psixologiya kafedrasi va Talabalar amaliyoti bo‘limi tashabbusi bilan Mudofaa vazirligiga qarashli 15473-sonli harbiy qism bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi. Tadbirda Psixologiya kafedrasi mudiri B. Jo‘rayev, Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i B. Primqulov hamda psixologiya yo‘nalishining 2-bosqich talabalari ishtirok etdi.

Ushbu hamkorlik harbiy xizmatchilarni xizmat sharoitlariga moslashtirish, ularning ruhiy holatini mustahkamlash va stressga chidamliligini oshirishga qaratilgan. Psixotrening va psixoprofilaktik mashg‘ulotlar aynan shu maqsadda rejalashtirilgan.

Tadbir davomida talabalar amaliy bilimlarini sinovdan o‘tkazib, harbiylar bilan jonli muloqotda bo‘lishdi. Mazkur hamkorlik nafaqat talabalar uchun amaliy tajriba maktabi, balki harbiylar uchun ruhiy barqarorlikni ta’minlovchi muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

#QarDU #Psixologiya #HarbiyQism #Hamkorlik

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 Veb-sayt
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#Belgiya #MonsUniversiteti #Hamkorlik

⚡️Hamkorlik yo‘lida yangi qadam

Qarshi davlat universiteti rektori, professor D.Nabiyev boshchiligidagi delegatsiya Yevropaga xizmat safari doirasida Belgiyaning Mons universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Mons universiteti rektori, professor Filipp Dyubua bilan uchrashuv o‘tkazildi. Suhbat chog‘ida ikki universitet o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, talabalar almashinuvi, o‘qituvchilar malakasini oshirish va madaniy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 Veb-sayt
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18👏3