Qarshi davlat universiteti
10.3K subscribers
23.4K photos
1.66K videos
370 files
7.73K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#talabalar_ligasi #rektor_kubogi
#besh_tashabbus_olimpiadasi
#natijalar

14-oktyabr kuni Talabalar ligasi doirasida "Rektor kubogi" va “Besh tashabbus olimpiadasi”ning stritbol bellashuvlarda g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlandi.

🥇Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti jamoasi
🥈Pedagogika fakulteti jamoasi
🥉Sport fakulteti jamoasi


Shuningdek, stol tennisi sport turi bo'yicha ham qator bahslar bo'lib o'tdi. Musobaqalar davom etmoqda.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥1
#talabalar_ligasi #rektor_kubogi
#besh_tashabbus_olimpiadasi
#natijalar

Bugun, 15-oktyabr kuni, Talabalar ligasi doirasida "Rektor kubogi" va “Besh tashabbus olimpiadasi”ning talaba-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan stritbol bellashuvlarda g‘olib va sovrindor jamoalar nomi ma'lum bo‘ldi.

🥇Fizika fakulteti jamoasi
🥈Sport fakulteti jamoasi
🥉Kimyo-biologiya fakulteti jamoasi


Shuningdek, stol tennisi sport turi bo'yicha ham bo‘lib o‘tgan bahslarda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Talaba yigitlar
🥇Asilbek Xudoyberdiyev (Fizika fakulteti)
🥈Aziz Usmonov (Kimyo-biologiya fakulteti)
🥉Dilshod Mavlonov (Sport fakulteti)


Talaba qizlar
🥇Sohiba Ismoilova (Xorijiy tillar fakulteti)
🥈Iroda Iskandarova (Sport fakulteti)
🥉Matluba Saitqulova (Iqtisodiyot fakulteti)


Musobaqalar davom etmoqda.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥1🎉1
#talabalar_yutug'i

“Til bilimdonlari” hamda “Kitobxon yoshlar ligasi” resublika tanlovi g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi

Joriy yilning 8-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosi amfiteatrida “Til bilimdonlari” hamda “Kitobxon yoshlar ligasi” resublika tanlovi g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi. Quvonarlisi, ular orasida Qarshi davlat universiteti talabalari ham bor. Jumladan, Filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi Ulasheva Dinara Mirvohid qizi “Til bilimdonlari” tanlovida faxrli uchinchi o‘rinni egalladi hamda 5 million so‘m pul mukofoti va III darajali diplom bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Tarix fakulteti 3-kurs talabasi Normurodova Sevinch O‘tkir qizi “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi 4-mavsumida uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi va planshet, III darajali diplomni qo‘lga kiritdi. Qolaversa, har ikki tanlovning rag‘batlantiruvchi o‘rinlariga Filologiya fakulteti 4-kurs talabalari Yangiboyeva Dilafruz Shuxrat qizi, Samadova Ismigul Sanjar qizi, Shermamatova
Shohista Baxtiyor qizi munosib ko‘rilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining sertifikatlari va smartfonlar bilan taqdirlandi.

Talabalarimizning ushbu yutug‘i bilan samimiy qutlaymiz!

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🎉4🔥2👏2🤩2
#talabalar_diqqatiga

⚡️Qarshi davlat universiteti Inkubatsiya markazida 2024-yil hisobida 1 000 nafardan ortiq talabalarimiz bepul Web dasturlash tillari va komputer savodxonligi kurslarida o'qidilar, ulardan 500 nafarga yaqini xalqaro darajadagi IT sertifikatlarini qo'lga kiritishdi.

📱 Hurmatli yoshlar! Yil yakuniga qadar davom etadigan kurslarimizga barchangizni taklif etamiz.


Murojaat uchun:
@TrBoburjon
+99891 963 07 70

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🎉2🤩1
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus #final_bosqichi #talabalar

Ertaga “Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika final bosqichiga start beriladi


Joriy yilning 10-13-dekabr kunlari Qarshi shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Bellashuvlar turli sport turlari boʻyicha quyidagi manzillarda tashkil etiladi:

Qarshi davlat universitetida — mini-futbol, stritbol, stol tennisi;
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida — voleybol;
Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida — voleybol va yengil atletika;
Qarshi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabida — stritbol.

Musobaqalar yuqori saviyada oʻtishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24👏4
#Besh_tashabbus #final_bosqichi #talabalar
#Live

⚡️“Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika final bosqichi boshlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi tashabbusi bilan Qarshi davlat universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarining respublika final bosqichiga start berildi. Joriy yildagi musobaqalar Qarshi davlat universiteti va Qashqadaryo viloyatining boshqa oliy ta’lim muassasalari mezbonligida o‘tkazilmoqda.

“Besh tashabbus olimpiadasi” final bosqichining tantanali ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi rahbarlari, Qashqadaryo viloyati hokimligi vakillari, shuningdek, sport sohasida e’tirof etilgan mutaxassislar marosimning faxriy mehmonlari sifatida tashrif buyurdi.

Tantanali marosimda mas’ullar musobaqada qatnashuvchi barcha sportchi-talabalarni qizg‘in qutlab, ularga omad va muvaffaqiyat tiladilar. So‘zga chiqqanlar ushbu olimpiada yoshlarning iqtidorlarini yuzaga chiqarish, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida musobaqalar oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportning mini-futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika, stritbol turlari bo‘yicha to‘rt bosqichda o‘tkazilmoqda.

Joriy yilda 147 ta oliy ta’lim muassasasida sportning 5 turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Ularda 441 869 nafar talaba ishtirok etdi, shulardan 211 777 nafari qizlardir. Hududiy bosqichlarda g‘olib chiqqan jamoalar Qarshi shahrida 9-13-dekabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan respublika final bosqichida ishtirok etmoqda. Joriy yilgi final bosqichida umumiy hisobda 574 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👏5🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus #final_bosqichi #talabalar
#Live #videolavha

⚡️“Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika final bosqichi boshlandi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus #final_bosqichi #talabalar #intervyu

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus #final_bosqichi #talabalar #intervyu

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus #final_bosqichi #talabalar #intervyu

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus #talabalar #intervyu

"Mening ismim Retush Tomas. Yoshim 22 da, Hindistondanman. Ikki yildan buyon Toshkentdaman. Men uchun ushbu ikki yil juda ham yaxshi tajriba boʻldi. O'zbek xalqi juda ham xushmuomala va mehmondoʻst, bu yerda vaqtim juda ham maroqli o'tyapti, deya olaman. Oʻzbekistonda juda koʻp imkoniyatlar bor. Masalan, sport, tibbiyot boshqa sohalarda rivojlanish kuzatilayapti. Ushbu musobaqa juda ajoyib tarzda o'tyapti, shuningdek, sharoitlar ham barcha talablarga javob beradi.

Stol tennisi bo'yicha musobaqalarning oxirgi bosqichi juda qiziqarli bo'ldi. Raqib jamoalar ham juda puxta tayyorgarlik bilan kelishganini sezdim. Biz uchun kuchli bellashuv boʻldi, lekin oxiri yaxshi natija bilan yakunlandi. Ikki yil oldin Toshkent tibbiyot akademiyasida men kabi xorijiy
talabalar kam edi. Lekin hozirda 500 nafardan ortiq talabalar tahsil oladilar. O'zbekistonning boshqa oliygohlarida ham hindistonlik talabalarni uchratish men uchun ajoyibdir".


Ma’lumot o‘rnida, Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi Tomas Retush Allen talaba yigitlar oʻrtasida oʻtkazilgan stol tennisi musobaqalarida 2-oʻrinni qo‘lga kiritdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🤩1
#talabalar_yutug'i

⚡️Qarshi davlat universitetining 2024/2025 o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichining Nomli davlat stipendiyalari g‘oliblari bilan tanishing.

Navoiy nomli davlat stipendiyasi
1️⃣. Shomurodova Marjona Oybek qizi – Filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi;
2️⃣. Erkinova Sevinch Mahmanazar qizi – Xorijiy tillar fakulteti 4-bosqich talabasi;
3️⃣. Ismoilova Farangiz Karim qizi – Iqtisodiyot fakulteti 4-bosqich talabasi;
4️⃣. O'roqova Sevinch O'tkir qizi – Xorijiy tillar fakulteti 3-bosqich talabasi;
5️⃣. Muhammadiyev Sardorbek Shokir o‘g‘li – Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich talabasi;
6️⃣. Usmonova Mohidil Laziz qizi – Filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi;
7️⃣. Shermamatova Shohista Baxtiyor qizi – Filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi;
8️⃣. Alimardonova Gulfizoda Alimardonovna – Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich talabasi;

Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi
9️⃣. Ibadullayev Jamshid Ikrom o‘g‘li – Fizika fakulteti 4-bosqich talabasi.

Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasi
1️⃣0️⃣. O‘tayeva Sitora Malik qizi – Kimyo-biologiya fakulteti 4-bosqich talabasi;
1️⃣1️⃣. Xoliyorova E’zoza Xurshid qizi - Fizika fakulteti 3-bosqich talabasi.

Bobur nomli davlat stipendiyasi
1️⃣2️⃣. O‘roqova Dilnoza Ilhom qizi – Tarix fakulteti 3-bosqich talabasi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37👏10🔥7🤩4
#Kredit_modul
#Talabalar_diqqatiga

📌 1- va 2-bosqich talabalar qanday holatlarda akademik qarzdor hisoblanadi!?

1️⃣- HOLAT: Agar talaba bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizi va undan ortiq hajmini sababsiz qoldirsa;

2️⃣ - HOLAT: Fan yakunida joriy nazorat bo‘yicha to‘plagan o‘rtacha bali 60 dan kam bo‘lgan talaba;

3️⃣ - HOLAT: Agar talaba fan yakuni bo`yicha oraliq (ON) yoki yakuniy nazorat (YaN) imtihonlaridan 60 dan kam bal to'plasa.(Bunda talabaga ONni qayta topshirish uchun 2 marta (dekanat ruxsati va koordinatsion kengash qarori asosida), YaNni qayta topshirish 2 marta (1-marta dekanat ruxsati bilan, 2-marta koordinatsion kengash qaroriga binoan pullik asosida attestatsiya davrida amalga oshiriladi, bunda to‘lov qiymati yozgi semestr uchun to‘lanadigan pul miqdorining 30%ni tashkil qiladi) imkoniyat beriladi.

Akademik qarzdor talabalarga o‘z xohishiga ko‘ra, yozgi ta’til vaqtida o‘rnatilgan tartibda to'lovni amalga oshirgandan so‘ng qayta ta'lim olishi imkoniyati beriladi.

ASOS

Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://t.iss.one/OTM_Minbari
👍15🔥5🎉2
#talabalar_teatrda

Bugun viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekiston Qahramoni, fidoyi va faxriy pedagog Muhabbat Sharapova hayot yo‘li va mehnat faoliyatiga bag‘ishlangan "Muhabbat" spektakli namoyish etildi.

Spektakl ssenariysini dramaturg Shodiya Xudoynazarova yozgan, sahnalashtiruvchi rejissor - Farhod Boynazarov. Rollarni viloyat teatrining aktyor va aktrisalari ijro etishgan.

Spektakl tomoshasida qatnashgan universitet Yoshlar bilan bilan ishlash bo‘limi tyutorlari, talaba-yoshlari samimiy inson va mohir pedagog haqidagi tasavvurlarini yanada boyitishdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 Veb-sayt
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4
#Universiada #Talabalar_yutug'i

20-fevral kuni Qashqadaryo viloyat sport boshqarmasi kurash turlari markazida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Universiada-2024” respublika sport musobaqasining erkin kurash va yunon-rum kurashi sport turlari bo‘yicha viloyat birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

Unda o‘g‘il bolalar jami 16 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Quvonarlisi, deyarli barcha vazn toifalarida Qarshi davlat universiteti talabalari g‘alaba qozonishdi.

Musobaqaning respublika bosqichida ham jamoamiz murabbiylari Behzod Atavullayev va G'affor
Yomg'irov boshchiligida talabalarimizga omad tilaymiz.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 Veb-sayt
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍8👏1🤩1
#talabalar_ligasi #kurash
#hududiy_bosqich

Talaba-yoshlar o‘rtasida qatorasiga ikkinchi marta 9 ta sport turi bo‘yicha respublikamizda faoliyat yuritayotgan 200 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari o‘tkazilmoqda. Musobaqalar “Talabalar ligasi” sport turlari bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, 2024-2025 o‘quv yili mobaynida 3 bosqichda (oliy ta’lim muassasasi-hududiy-respublika final bosqichi) tashkil etiladi.

Bugun Qarshi davlat universiteti kurash zalida musobaqaning kurash sport turi bo‘yicha hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Viloyat oliygohlaridan qator iqtidorli sportchi yoshlarni jamlagan ushbu musobaqada o‘g‘il bolalar 7 ta, qizlar esa 8 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun gilamga chiqdilar. Quvonarlisi, o‘g‘il bolalar o‘rtasida barcha vazn toifalarida, qizlar bahsida esa uchta vazn toifasida Qarshi davlat universiteti sportchilari “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
👍9🔥1
#talabalar_yutug‘i

Qarshi davlat universiteti talabalari Aziza Nasretdinova, Boburjon Abdug'aniyev “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tanlovining Qarshi shahar bosqichi gʻolibi boʻldilar.

10-mart kuni “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tanlovining Qarshi shahar bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tanlov Qarshi davlat texnika universiteti “Nuriston” akademik litseyida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining viloyat hududiy boshqarmasi mutaxassislari hamda viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari hakamligida 16-25 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida yuqori saviyada tashkil qilindi.

Qizgʻin va murosasiz oʻtkazilgan innovatsion gʻoyalar tanlovi yakunida 5 nafar iqtidorli talaba va oʻquvchilar gʻolib sifatida eʼtirof etildi. Ular endi tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etadilar.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
👍6👏6🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabalar_diqqatiga

Grantlarni qayta taqsimlash tartibi haqida ayrim tushuntirishlar

Mazkur tartib bo’yicha ko’plab savollar yuzaga kelayotgani sababli, Oliy ta’lim vazirligining mas’ullari bilan bog’lanib, ayrim masalalarga aniqlik kiritishga harakat qildim.

Nechanchi kurslarga taalluqli?

JAVOB: ushbu tartibni qo’llash 2024/2025-o’quv yilida talaba bo’lganlardan boshlanadi. Boshqacha aytganda, hozirgi 1-kurslarga taalluqli. Ya’ni hozirgi 1-kurslar uchun yoz oyida grant o’rinlari qayta taqsimlanadi.

Hozirda ikkinchi va undan yuqori kursda o’qiyotgan talabalarda hech narsa o’zgarmaydi. Ya’ni hozir 2-kursda grantda o’qiyotgan talaba toki tugatgungacha grantda qoladi, o’zlashtirish ko’rsatkichidan qat’i nazar.

Magistrlarga taalluqlimi?

JAVOB: ha, ushbu tartib magistrlarga ham taalluqli. Ya’ni 1-kursda o’qiyotgan magistrlarning grantlari yozda qayta taqsimlanadi.

Bunda, quyidagilarni inobatga olish zarur:

1) o’zlashtirish ko’rsatkichidan qat’i nazar, magistraturada tahsil olayotgan qizlar uchun davlat byudjetidan kontraktlarini to’lab berish davom etadi;

2) to’liq davlat grantidan iborat mutaxassisliklar uchun ushbu tartib qo’llanmaydi, chunki bundan ma’no yo’q;

3) o’qish muddati 1 yilni tashkil qiluvchi mutaxassisliklarda ham ushbu tartib qo’llanmaydi, bu ham mantiqan tushunarli.

Imtiyoz bilan grantga kirganlarga ham amal qiladimi?

JAVOB: imtiyoz asosida davlat grantiga kirgan talabalarga ushbu tartib qo’llanmaydi, ya’ni ularga grant 4 yil muddatga beriladi. Bunda o’zlashtirish ko’rsatkichi ahamiyatga ega emas. Imtiyoz deganda, masalan, xalqaro olimpiada g’oliblari, turli davlat mukofoti sohiblari, organ xodimlarining farzandlari, nogironligi bor abituriyentlar, tavsiyanoma olgan xotin-qizlar va boshqalar nazarda tutilmoqda.

Maqsadli qabul bilan kirganlarga-chi?

JAVOB: maqsadli qabulga kirganlar uchun ham, o’zlashtirish ko’rsatkichidan qat’i nazar, davlat granti 4 yilga beriladi. Yangi tartib ularga qo’llanmaydi.

Bir marta davlat grantidan mahrum bo’lgan talaba keyingi o’quv yilida yana grantga talabgor bo’la oladimi?

JAVOB: Ha, talabgor bo’la oladi. Grant o’rinlari uchun tanlov har yili iyul-avgust oylarida yangidan o’tkaziladi. Bunda o’tgan yilgi tanlov natijalari hisobga olinmaydi. Barchasi yangidan boshlanadi. Joriy o’quv yili davomida GPA ko’rsatkichi 3,5 dan baland bo’lgan barcha talabalar grantga da’vo qila oladi.

Boshqacha aytganda, bir marta grantdan mahrum bo’lgan talaba kelasi yili yaxshi o’qisa, yana grant olishi mumkin.

Manba: @xushnudbek

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12👏4
#talabalar_teatrda

Milliy madaniyatimizning uzviy qismi bo‘lgan teatr san’ati xususida so‘z borar ekan, buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Teatr - bu ibratxonadur” deb aytgan fikrini eslash o‘rinlidir. Zero, teatr ma’rifat ulashuvchi, sahna va tomoshabin o‘rtasida jonli muloqot o‘rnatuvchi maskan bo‘lib, bu dargohda yuksak fazilatlar hamda umuminsoniy g‘oyalar tarannum etiladi.

Bugun Qarshi davlat universiteti talaba-yoshlari, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari viloyat musiqali drama teatrida rus adibi A.Chexovning “Taklif” hamda “To‘y” hikoyalari asosida Portugaliyalik rejissor Rui Madeyra tomonidan sahnalashtirilgan spektaklni tomosha qildilar. Talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu madaniy tadbir katta qiziqish, olqish va e’tirof bilan qarshi olindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍5
#Talabalar_ligasi #natija

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari o‘tkazilmoqda. Musobaqalar “Talabalar ligasi” sport turlari bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, 2024-2025 o‘quv yili mobaynida 3 bosqichda (oliy ta’lim muassasasi-hududiy-respublika final bosqichi) tashkil etiladi.

Bugun Qarshi davlat texnika universitetida musobaqaning mini-futbol sport turi bo‘yicha hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, shiddatli ruhda kechgan bellashuvda Qarshi davlat universiteti futbolchilari murabbiylar B.Nuriddinov va B.Abduxoliqov qo'l ostida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 Veb-sayt
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4🤩2🎉1