Qarshi davlat universiteti
10.3K subscribers
23.4K photos
1.66K videos
370 files
7.73K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#talabalar_ligasi #rektor_kubogi
#besh_tashabbus_olimpiadasi
#natijalar

Talabalar ligasi doirasida "Rektor kubogi" va “Besh tashabbus olimpiadasi”ning futbol bellashuvlarida g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlandi.

🥇 Sport fakulteti jamoasi
🥈 Kimyo-biologiya fakulteti jamoasi
🥉 Tibbiyot fakulteti jamoasi


Shuningdek, shaxmat sport turi bo‘yicha talaba-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvda ham g‘oliblar aniqlandi.

🥇 Sport faoliyati 1-kurs magistranti Zarnigor Omonova
🥈 Fizika fakulteti 1-kurs talabasi Sanobar Boqiyeva
🥉 Pedagogika fakulteti 2-kurs talabasi Mashhura Jo‘rayeva


Talaba yigitlar o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan bugungi bahslarda quyidagi natijalar qayd etildi.

Xorijiy tillar fakulteti jamoasi 0-1 Fizika fakulteti jamoasi
Tarix fakulteti jamoasi 2-0 San’atshunoslik fakulteti jamoasi
Iqtisodiyot fakulteti jamoasi 2-0 Pedagogika fakulteti jamoasi

Musobaqalar davom etmoqda.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥1
#talabalar_ligasi #rektor_kubogi
#besh_tashabbus_olimpiadasi
#natijalar

Talabalar ligasi doirasida "Rektor kubogi" va “Besh tashabbus olimpiadasi”ning shaxmat bellashuvida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

🥇Lochin Ismoilov - Geografiya va agronomiya fakulteti 3-kurs talabasi
🥈Sardor Sobirov – Tibbiyot fakulteti 3-kurs talabasi
🥉Diyorbek Islomov - Axborot tizimlari (tarmoqlar bo‘yicha) mutaxassisligi 2-kurs magistranti


Shuningdek, voleybol (o‘g‘il bolalar o‘rtasida) bahslarida quyidagi natijalar qayd etildi:
Geografiya va agronomiya fakulteti 2-0 Filologiya fakulteti
Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti 1-2 Kimyo-biologiya fakulteti
Sport fakulteti 2-0 Tibbiyot fakulteti

Musobaqalar davom etmoqda.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
#talabalar_ligasi #rektor_kubogi
#besh_tashabbus_olimpiadasi
#natijalar

Talabalar ligasi doirasida "Rektor kubogi" va “Besh tashabbus olimpiadasi”ning voleybol sport turi bo'yicha talaba yigitlar o'rtasida o'tkazilgan bellashuvlarda g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlandi.

🥇Sport fakulteti jamoasi
🥈Tarix fakulteti jamoasi
🥉Fizika fakulteti jamoasi


Musobaqalar davom etmoqda.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏4
#talabalar_ligasi #rektor_kubogi
#besh_tashabbus_olimpiadasi
#natijalar

14-oktyabr kuni Talabalar ligasi doirasida "Rektor kubogi" va “Besh tashabbus olimpiadasi”ning stritbol bellashuvlarda g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlandi.

🥇Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti jamoasi
🥈Pedagogika fakulteti jamoasi
🥉Sport fakulteti jamoasi


Shuningdek, stol tennisi sport turi bo'yicha ham qator bahslar bo'lib o'tdi. Musobaqalar davom etmoqda.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥1
#talabalar_ligasi #rektor_kubogi
#besh_tashabbus_olimpiadasi
#natijalar

Bugun, 15-oktyabr kuni, Talabalar ligasi doirasida "Rektor kubogi" va “Besh tashabbus olimpiadasi”ning talaba-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan stritbol bellashuvlarda g‘olib va sovrindor jamoalar nomi ma'lum bo‘ldi.

🥇Fizika fakulteti jamoasi
🥈Sport fakulteti jamoasi
🥉Kimyo-biologiya fakulteti jamoasi


Shuningdek, stol tennisi sport turi bo'yicha ham bo‘lib o‘tgan bahslarda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Talaba yigitlar
🥇Asilbek Xudoyberdiyev (Fizika fakulteti)
🥈Aziz Usmonov (Kimyo-biologiya fakulteti)
🥉Dilshod Mavlonov (Sport fakulteti)


Talaba qizlar
🥇Sohiba Ismoilova (Xorijiy tillar fakulteti)
🥈Iroda Iskandarova (Sport fakulteti)
🥉Matluba Saitqulova (Iqtisodiyot fakulteti)


Musobaqalar davom etmoqda.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥1🎉1
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#QarDU_jamoasi_g'olib


Xabar berilganidek, ayni kunlarda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida qator sport turlari bo‘yicha "Besh tashabbus olimpiadasi”ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Ahamiyatlisi, mazkur musobaqalarda Qarshi davlat universitetining talaba yigitlardan iborat jamoalari mini-futbol va stritbol bahslarida g‘alaba qozonib, respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Endilikda talaba-qizlarimiz ham muvaffaqiyatlarni davom ettirgan holda voleybol bellashuvlarida birinchi o‘rinni egallab, respublika final bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldilar.

Talaba-qizlarimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz hamda respublika bosqichida ham omad tilaymiz.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🎉1
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#QarDU_jamoasi_yana_g'olib


Bugun Qarshi davlat universiteti Sport sog‘lomlashtirish majmuasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha "Besh tashabbus olimpiadasi”ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Keskin va shiddatli kurashlar ostida kechgan musobaqada Qarshi davlat universitetining talaba yigitlaridan iborat jamoa birinchi o‘rinni egallab, respublika final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Xushxabar ketidan xushxabar. Jamoani mazkur muvaffaqiyat bilan chin dildan qutlaymiz va respublika bosqichida ham omad tilaymiz.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🎉5🔥3🤩1
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus #final_bosqichi #talabalar

Ertaga “
Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika final bosqichiga start beriladi

Joriy yilning 10-13-dekabr kunlari Qarshi shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidaBesh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Bellashuvlar turli sport turlari boʻyicha quyidagi manzillarda tashkil etiladi:

Qarshi davlat universitetida — mini-futbol, stritbol, stol tennisi;
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida — voleybol;
Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida — voleybol va yengil atletika;
Qarshi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabida — stritbol.

Musobaqalar yuqori saviyada oʻtishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24👏4
#Besh_tashabbus #final_bosqichi #talabalar
#Live

⚡️Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika final bosqichi boshlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi tashabbusi bilan Qarshi davlat universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarining respublika final bosqichiga start berildi. Joriy yildagi musobaqalar Qarshi davlat universiteti va Qashqadaryo viloyatining boshqa oliy ta’lim muassasalari mezbonligida o‘tkazilmoqda.

Besh tashabbus olimpiadasi” final bosqichining tantanali ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi rahbarlari, Qashqadaryo viloyati hokimligi vakillari, shuningdek, sport sohasida e’tirof etilgan mutaxassislar marosimning faxriy mehmonlari sifatida tashrif buyurdi.

Tantanali marosimda mas’ullar musobaqada qatnashuvchi barcha sportchi-talabalarni qizg‘in qutlab, ularga omad va muvaffaqiyat tiladilar. So‘zga chiqqanlar ushbu olimpiada yoshlarning iqtidorlarini yuzaga chiqarish, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida musobaqalar oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportning mini-futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika, stritbol turlari bo‘yicha to‘rt bosqichda o‘tkazilmoqda.

Joriy yilda 147 ta oliy ta’lim muassasasida sportning 5 turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Ularda 441 869 nafar talaba ishtirok etdi, shulardan 211 777 nafari qizlardir. Hududiy bosqichlarda g‘olib chiqqan jamoalar Qarshi shahrida 9-13-dekabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan respublika final bosqichida ishtirok etmoqda. Joriy yilgi final bosqichida umumiy hisobda 574 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👏5🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus #final_bosqichi #talabalar
#Live #videolavha

⚡️Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika final bosqichi boshlandi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus #final_bosqichi #talabalar #intervyu

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus #final_bosqichi #talabalar #intervyu

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus #final_bosqichi #talabalar #intervyu

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

Besh tashabbus olimpiadasi respublikamizning barcha hududlaridan minglab yigit-qizlarni Qarshi shahrida jamladi!


Guruhlar, fakultetlar, oliygohlar hamda hududlararo 4 bosqichda oʻtgan musobaqalarda toblangan, saralangan epchil va zukko yosh sportchilar finalda yuzlashishdi.

Olimpiadasining respublika bosqichida mini-futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika, stritbol boʻyicha oʻtgan murosasiz bellashuvlarda jami 574 nafar talaba-yoshlar qatnashib, eng munosiblar aniqlanmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👏12🤩3👍1
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Madaniy_hordiq

Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari ishtirokchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Abu Muin Nasafiy” spektakli namoyishi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tarixiy asar dramaturg Nafas Shodmonov ijodiga mansub boʻlib, rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Valixon Umarov tomonidan sahnalashtirilgan. Barcha rollarni viloyat musiqali drama teatri aktyorlari mahorat bilan ijro etdilar.

Spektaklda kalom ilmining allomasi – mutakallim faqih olim Abu Muin Nasafiy yashagan davr – XI asr voqealari gavdalantirilgan.

Tomosha barcha yig‘ilganlarda oʻzgacha taassurot qoldirdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus #talabalar #intervyu

"Mening ismim Retush Tomas. Yoshim 22 da, Hindistondanman. Ikki yildan buyon Toshkentdaman. Men uchun ushbu ikki yil juda ham yaxshi tajriba boʻldi. O'zbek xalqi juda ham xushmuomala va mehmondoʻst, bu yerda vaqtim juda ham maroqli o'tyapti, deya olaman. Oʻzbekistonda juda koʻp imkoniyatlar bor. Masalan, sport, tibbiyot boshqa sohalarda rivojlanish kuzatilayapti. Ushbu musobaqa juda ajoyib tarzda o'tyapti, shuningdek, sharoitlar ham barcha talablarga javob beradi.

Stol tennisi bo'yicha musobaqalarning oxirgi bosqichi juda qiziqarli bo'ldi. Raqib jamoalar ham juda puxta tayyorgarlik bilan kelishganini sezdim. Biz uchun kuchli bellashuv boʻldi, lekin oxiri yaxshi natija bilan yakunlandi. Ikki yil oldin Toshkent tibbiyot akademiyasida men kabi xorijiy talabalar kam edi. Lekin hozirda 500 nafardan ortiq talabalar tahsil oladilar. O'zbekistonning boshqa oliygohlarida ham hindistonlik talabalarni uchratish men uchun ajoyibdir".


Ma’lumot o‘rnida, Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi Tomas Retush Allen talaba yigitlar oʻrtasida oʻtkazilgan stol tennisi musobaqalarida 2-oʻrinni qo‘lga kiritdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🤩1
Forwarded from Edu.uz
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilayotgan ommaviy sport musobaqalarida kuchlilar saralanmoqda.

12-dekabr kuni qizlar oʻrtasida o‘tgan stol tennisi musobaqasi gʻolib va sovrindorlari maʼlum boʻldi:
1-oʻrin.
Shahrizoda Sharipova — Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
2-oʻrin.
Naziraxon Usmonova Andijon davlat universiteti;
3-oʻrin.
Nozli Toshboyeva Guliston davlat universiteti.

Stritbol musobaqasi ham yakuniga yetdi. Dastlabki uch oʻrin egalari saralandi.
Yigitlar oʻrtasida:
1-oʻrin.
Toshkent viloyati;
2-oʻrin.
Jizzax viloyati;
3-oʻrin.
Sirdaryo viloyati.

Stritbolchi qizlar bahsida esa:
1-oʻrin.
Fargʻona viloyati;
2-oʻrin.
Surxondaryo viloyati;
3-oʻrin.
Jizzax viloyati.

Shuningdek,
voleybol va mini futbol boʻyicha chorak final hamda yarim final oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

Sportchi talabalarning natijalari ushbu
👉 havolada.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13👏2🤩1
Forwarded from Edu.uz
#Besh_tashabbus_olimpiadasi #natija

Respublika oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasidagi “
Besh tashabbus olimpiadasi” ommaviy sport musobaqalarining final bosqichi yakunlandi.

Bellashuvlar sportning mini futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika, stritbol turlari boʻyicha boʻlib oʻtdi. Final bosqichida umumiy hisobda 574 nafar sportsevar yoshlar ishtirok etdi.

Bugun barcha gʻolib va sovrindorlarga diplomlar, medallar va kuboklar topshirildi.

Taqdirlash marosimida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Sport vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi, viloyat hokimligi rahbar va masʼul xodimlari, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbirda soʻz olganlar ushbu olimpiada jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdilar.

Sport musobaqalarining barcha natijalari ushbu havolada.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16🎉4
#Besh_tashabbus #rektorlar #tanishuv

Besh tashabbus olimpiadasi” respublika final bosqichi musobaqalari yakuniga bag‘ishlangan tantanali marosimga tashrif buyurgan yurtimizdagi OTM rektorlari Qarshi davlat universitetida sifatli ta’lim uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi.

Xususan, Tibbiyot fakulteti o‘quv laboratoriyalari, Xorijiy tillar fakulteti o‘quv binosi, Akademik faoliyat va registrator boshqarmasi (Talabalarga xizmat ko‘rsatish markazi), Inkubatsiya markazi, Turizm amaliyot markazi va Muqobil energiya manbalaridan foydalanish laboratoriyalari mehmonlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#besh_tashabbus_olimpiadasi #batafsil

⚡️Qarshi shahri talabalar o‘rtasidagi ommaviy sport musobaqalariga mezbonlik qildi

10-13-dekabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Sport vazirliklari tashabbusi bilan Qarshi davlat universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Joriy yildagi musobaqalar Qarshi davlat universiteti va viloyatning boshqa oliy ta’lim muassasalari mezbonligida o‘tkazildi. To‘rt kun davom etgan musobaqalar ko‘plab iqtidor egalarini kashf etgani, jamoalarni yanada jipslashtirgani, yoshlar o‘rtasida hamjihatlik tuyg‘ularini, do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlagani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Bellashuvlar mini futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika, stritbol kabi sport turlari bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Final bosqichida umumiy hisobda 574 nafar sportsevar talaba ishtirok etdi. Qarshi davlat universitetida tashkil etilgan taqdirlash marosimida barcha g‘olib va sovrindorlarga kubok, diplom va medallar tantanali topshirildi. Taqdirlash marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Sport vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi, viloyat hokimligi rahbar va mas’ul xodimlari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olganlar ushbu olimpiada jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlashdi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, yengil atletika bo‘yicha 1-o‘rin Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasiga nasib etdi. Yigitlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha 1-o‘rinni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Shahzod Toshtemirov qo‘lga kiritgan bo‘lsa, qizlar o‘rtasida Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi Shahrizoda Sharipovaga teng keladigan raqib topilmadi. Stritbol musobaqalari ham keskin bahs va munozaralarga boy tarzda o‘tib, yigitlar o‘rtasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi 1-o‘rinni, qizlar o‘rtasida esa Farg‘ona davlat universiteti jamoasi yuqori o‘rinni egalladi. Futbol bo‘yicha o‘tkazilgan o‘yinlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi o‘yinchilarining qo‘li baland keldi. Yigitlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan voleybol o‘yinlarida O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti jamoasi g‘olib bo‘ldi. Qizlar o‘rtasida esa Buxoro davlat universiteti voleybolchi qizlari ustunlikka erishdi. Mezbon Qarshi davlat universiteti talaba yigitlari mini-futbol bellashuvlarida kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan voleybol musobaqasida universitet jamoasi bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Qarshi davlat universiteti bu kabi yirik musobaqalarga ilk bora mezbonlik qilmoqda. Shu bois, ushbu musobaqa sharafiga universitetda “Ziyolilar bog‘i” ham barpo etildi. “Besh tashabbus olimpiadasi” respublika final bosqichi musobaqalari yakuniga bag‘ishlangan tantanali marosimga tashrif buyurgan yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bog‘i”ga ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etdi. Mehmonlar tomonidan oliygohning belgilangan hududida mahalliy iqlim sharoitiga mos mevali daraxt ko‘chatlari ekildi. Yaxshi niyatlar bilan barpo etilgan ushbu mo‘jaz bog‘ kelgusida oliy ta’lim muassasasi hududini yanada go‘zal va betakror yashil maskanga aylantirishi shubhasizdir.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16