#Kredit_modul_tizimi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 19 noyabrdagi 483-sonli buyrug‘i asosida oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlari uchun “Kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish” bo‘yicha qisqa muddatli trenerlar tayyorlash kursi tashkil etilmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlari 4 ta siklda guruhlarga bo‘lingan holda Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster, Toshkent davlat iqtisodiyot hamda Toshkent davlat yuridik universitetlari bazasida tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 22-25 noyabr kunlari ushbu kurslarning 1 sikli, 29 noyabr - 2-dekabr kunlari ushbu kurslarning 2-sikli bo‘lib o‘tdi.
Kurs yakunida tinglovchilarning o‘zlashtirish natijalarini aniqlash maqsadida test sinovlari o‘tkazildi. Test sinovi natijalari asosida 56 foiz va undan yuqori ball to‘plagan tinglovchilarga “Trenerlik guvoxnomasi” hamda 55 foizdan past ball olgan tinglovchilarga kurslarda o‘qiganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma taqdim etildi.
Treninglarda Qarshi davlat universitetining professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etishmoqda.
Kurslarning uchinchi va to‘rtinchi sikllari 6 – 16 dekabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
👉@qarduuz 👈

Forwarded from Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari
#Kredit_modul
#Talabalar_diqqatiga
📌 1- va 2-bosqich talabalar qanday holatlarda akademik qarzdor hisoblanadi!?
1️⃣- HOLAT: Agar talaba bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizi va undan ortiq hajmini sababsiz qoldirsa;
2️⃣ - HOLAT: Fan yakunida joriy nazorat bo‘yicha to‘plagan o‘rtacha bali 60 dan kam bo‘lgan talaba;
3️⃣ - HOLAT: Agar talaba fan yakuni bo`yicha oraliq (ON) yoki yakuniy nazorat (YaN) imtihonlaridan 60 dan kam bal to'plasa.(Bunda talabaga ONni qayta topshirish uchun 2 marta (dekanat ruxsati va koordinatsion kengash qarori asosida), YaNni qayta topshirish 2 marta (1-marta dekanat ruxsati bilan, 2-marta koordinatsion kengash qaroriga binoan pullik asosida attestatsiya davrida amalga oshiriladi, bunda to‘lov qiymati yozgi semestr uchun to‘lanadigan pul miqdorining 30%ni tashkil qiladi) imkoniyat beriladi.
Akademik qarzdor talabalarga o‘z xohishiga ko‘ra, yozgi ta’til vaqtida o‘rnatilgan tartibda to'lovni amalga oshirgandan so‘ng qayta ta'lim olishi imkoniyati beriladi.
ASOS
Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://t.iss.one/OTM_Minbari

👍15🔥5🎉2