Qarshi davlat universiteti
10.3K subscribers
23.4K photos
1.66K videos
371 files
7.73K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
Qurolli Kuchlari akademiyasi “Psixologiya” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqichini tamomlagan talabalarni o‘qishga taklif etadi

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida kuch tuzilmalari uchun “Psixologiya (harbiy psixolog)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ofitser kadrlarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Bu tizimda oliy ta’lim muassasalari Psixologiya ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan, o‘qishini Qurolli Kuchlar akademiyasida davom ettirish va kelgusida kontrakt asosida harbiy xizmatni o‘tash istagidagi, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli, 26 yoshgacha bo‘lgan talabalar orasidan nomzodlar saralab olinadi. Nomzodlar harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi shart emas.

Talabgorlar 2 yillik dastur asosida o‘qitiladi va bitiruvchilarga bakalavr darajasi beriladi.

Arizalar hududlardagi Mudofaa ishlari bo‘limlari orqali 31-martga qadar qabul qilinadi.

Qoʻshimcha maʼlumot: 13-57 qisqa raqami

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6450

#Qurolli_Kuchlar #Psixologiya #o‘qish

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍6🔥1
⚡️Qarshi davlat universiteti va harbiy qism o‘rtasida psixologik hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

14-aprel kuni Qarshi davlat universiteti Psixologiya kafedrasi va Talabalar amaliyoti bo‘limi tashabbusi bilan Mudofaa vazirligiga qarashli 15473-sonli harbiy qism bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi. Tadbirda Psixologiya kafedrasi mudiri B. Jo‘rayev, Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i B. Primqulov hamda psixologiya yo‘nalishining 2-bosqich talabalari ishtirok etdi.

Ushbu hamkorlik harbiy xizmatchilarni xizmat sharoitlariga moslashtirish, ularning ruhiy holatini mustahkamlash va stressga chidamliligini oshirishga qaratilgan. Psixotrening va psixoprofilaktik mashg‘ulotlar aynan shu maqsadda rejalashtirilgan.

Tadbir davomida talabalar amaliy bilimlarini sinovdan o‘tkazib, harbiylar bilan jonli muloqotda bo‘lishdi. Mazkur hamkorlik nafaqat talabalar uchun amaliy tajriba maktabi, balki harbiylar uchun ruhiy barqarorlikni ta’minlovchi muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

#QarDU #Psixologiya #HarbiyQism #Hamkorlik

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 Veb-sayt
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4