Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
668 subscribers
10.9K photos
1.69K videos
137 files
2.83K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Puppy_theatre
#english_club

🏒 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🎭 Bugun 8-sinf o'quvchilari bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida ochiq havoda " Friends" (do'stlar) nomli qo'g'irchoq teatrini ijro etishdi. Ushbu qo'g'irchoq teatrini 8-"A" va 8-"B" sinf o'quvchilari zavqlanib tomosha qilishdi. Qo'g'irchoq teatrini Jabborova O'razgul,Mustofoqulova Sojida,Xazratqulova Zarnigorlar ijro etishdi.

πŸŽͺHalima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 8-''B" sinf tarbiyachisi Tuychiyeva Dildora

πŸ“ŒBiz ijtimoiy tarmoqlarda
#Telegram I #Facebook #/Veb-sayt  #Instagram | #YouTube
#Adabiyot_gulshani

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun ijod maktabining 7-"A" sinf o'quvchilari uchun ,,Adabiyot gulshani'' nomli o'quv mashg'uloti bΓ΅lib Γ΅tdi. Mashg'ulotda o'quvchilar Tohir Malikning ,,Alvido bolalik" asari haqida mulohaza yuritishdi. O'quvchilar asarning bosh qahramonlari bo'lgan Qamariddin va Asror timsollarining ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qilishdi. O'quvchilar mashg'ulotda o'zlariga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni olishdi. Γ•quv mashg'uloti juda qiziqarli bΓ΅ldi.

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 7-"A" sinf tarbiyachisi F. Musurmonqulova.


Biz ijtimoiy tarmoqlarda
#You_tube #Telegram #Facebook #Instagram
#Gafur_Gulomning_120_yilligi

🏒 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

πŸŽ“O'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida 8-"B" sinf o'quvchilari bilan donishmand shoir G'afur G'ulom hayoti va ijodi yuzasidan viktorina bo'lib o'tdi. O'quvchilar "Qaqnus" va "Idrok" guruhlariga bo'linishdi.

πŸ“šTarbiyachi-pedagog M.Xolmatova xasos shoir haqidagi O'zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhorning quyidagi fikrlarini ta'kidladi: "G'afur G'ulom ijodiyoti β€” zo'r gulxan, uning har qanday ko'rinishi, xilma-xil yonish, ya'ni nur va harorat demakdir".

πŸŽ—Viktorinada shoirning "Sog'inish" va "Vaqt" she'rlari guruhlar tomonidan tahlil qilindi. Shuningdek, bellashuvda ijodkor asarlariga oid qiziqarli ma'lumotlar yuzasidan bellashishdi. "Qaqnus" jamoasi 26 ball, "Idrok" jamoasi 23 ball olib, "Qaqnus" jamoasi g'alaba qozondi

🎯 Bellashuv juda qiziqarli va mazmunli o'tdi.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
| Telegram | Facebook| #Instagram | You Tube |
#besh_tashabbus_amalda
#shaxmat_daholar_oyini

🏒 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

❇️ O'quvchilarning bo'sh vaqtini samarali va mazmunli o'tkazish maqsadida bugun 8-"A" sinf o'quvchilari bilan shaxmat va shashka musobaqalari tashkil etildi.

❇️ Ushbu bahslar o'quvchilarning diqqatini yanada oshirishga va shu bilan bir qatorda ularning zehnini rivojlantirishga yordam berdi.

Musobaqa natijalariga kora:

πŸ”° Shaxmat

πŸ₯‡ Muhammadjonova Mushtariy
πŸ₯ˆ Xasanova Sevinch
πŸ₯‰Turgunboyeva Xadicha

πŸ”° Shashka

πŸ₯‡ Asqaraliyeva Lola
πŸ₯ˆ Nurmamatova Satima
πŸ₯‰ Rustamjonova Shaxruza

βœ… Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

#Instagram_Telegram_Fasebook
#Γ•zbekiston_manzarali

🏒 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

  ✨O'quvchilarda ona Vatanga muhabbat va davlat qudratiga ishonch uyg'otish maqsadida 8- sinf o'quvchilari bilan O'zbekiston manzaralari va ulkan o'zgarishlarni Toshkent shahri misolida ko'rib chiqildi.
Yaqin 2-3 yil ichida Toshkentda ulkan bunyodkorlik ishlari olib borilganligi haqida suhbat qurildi.

  πŸ’« "Yangi O'zbekiston bog'i", "Toshkent City", "Ertaklar shahri"  qurilishlari misolida ko'rishimiz mumkin. O'quvchilar bilan zamonaviy inshootlarga onlayn sayohat uyushtirildi

πŸ†Bunday mashg'ulotlar o'quvchilar qalbida Vatanning buyuk va qudratli kelajagi hamda mamlakatdagi bo'layotgan  tubdan o'garishlarning bardavom ekanligiga bo'lgan ishonchni oshirishga katta xizmat qiladi

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:πŸ‘‡

#Telegram#Instagram |#Youtube | #Facebook |
#Ijodiy_tanlov
#Sharq_tamaddunining_ikki_buyuk_allomasi

🏒 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏫 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

* * *
So'zlarni tizaman misralar aro,
Joziba qo'shaman, beraman oro.
Mukammallik sari intilgum, zero,
Maqsadim sizningdek bo'lmoq, Navoiy!

Har gal qo'llarimga qo'nganda qalam,
Satrlarim bo'lar dillarga malham,
Sizdek shoir bo'lmoq o'zgarmas qasam:
Xalqqa dilkash bo'lgum, hazrat Navoiy!


✍ Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o'quvchisi Mushtariy Muhammadjonova


πŸ“Œ Biz ijtimoiy tarmoqlarda πŸ‘‡

#Instagram_Telegram_Facebook_YouTube