Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
665 subscribers
10.8K photos
1.69K videos
136 files
2.82K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Puppy_theatre
#english_club

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🎭 Bugun 8-sinf o'quvchilari bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida ochiq havoda " Friends" (do'stlar) nomli qo'g'irchoq teatrini ijro etishdi. Ushbu qo'g'irchoq teatrini 8-"A" va 8-"B" sinf o'quvchilari zavqlanib tomosha qilishdi. Qo'g'irchoq teatrini Jabborova O'razgul,Mustofoqulova Sojida,Xazratqulova Zarnigorlar ijro etishdi.

🎪Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 8-''B" sinf tarbiyachisi Tuychiyeva Dildora

📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda
#Telegram I #Facebook #/Veb-sayt  #Instagram | #YouTube
#Adabiyot_gulshani

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun ijod maktabining 7-"A" sinf o'quvchilari uchun ,,Adabiyot gulshani'' nomli o'quv mashg'uloti bõlib õtdi. Mashg'ulotda o'quvchilar Tohir Malikning ,,Alvido bolalik" asari haqida mulohaza yuritishdi. O'quvchilar asarning bosh qahramonlari bo'lgan Qamariddin va Asror timsollarining ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qilishdi. O'quvchilar mashg'ulotda o'zlariga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni olishdi. Õquv mashg'uloti juda qiziqarli bõldi.

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 7-"A" sinf tarbiyachisi F. Musurmonqulova.


Biz ijtimoiy tarmoqlarda
#You_tube #Telegram #Facebook #Instagram
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga qabul qilingan jajji o'quvchilardan tashkil topgan 7-"A" sinfda rejissor Shuhrat Bekmurodov ishtirokida " Vatanga xizmat- oliy saodat" mavzusida "Mahorat darsi" tashkil etildi.

"Mahorat darsi" da Vatan, Vatanga muhabbat, vatanparvarlik haqida, Vatanga munosib farzand bo'lish haqida suhbatlashildi.

O'quvchilar tomonidan ona yurt, unga bo'lgan cheksiz mehr haqida she'rlar o'qildi, iliq fikrlar bildirildi.

Sinf rahbari: Sotvoldiyeva Xursandoy

🔰Bizni kuzatishda davom eting ✔️
#Telegram_Instagram_You tube
#Facebook_Veb-sayt
#Yangi_hayot_uchun_Yangi_Õzbekiston_uchun

🏫 Ixtisoslashtirilgan ta'lim  muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun 8-'' A '' sinf o'quvchilari dars avvalida mustaqillik haqida va mustaqillikga erishguncha yurtimiz boshidan o'tgan qiyinchiliklar haqida so'zlashishdi va undan so'ng turli xildagi o'yinlar o'ynashdi. Bular : '' Meni top '' va '' Iboralar '' deb nomlanadi .

❇️ O'yindan so'ng o'quvchilar ''yangi'' so'zining tushunchasi va yurtimizda olib borilayotgan o'zgarishlar haqida so'zlashishdi.

🟢 Keyin darsni yanada qizg'inlashtirish maqsadida o'quvchilar guruhlarga bo'linib , o'z guruhlariga kasb yo'nalishidagi sohalarni bo'lib olishdi va shu soha bo'yicha qanday o'zgartirishlar kiritish haqida o'z fikrlarini bo'lishishdi.

Sinf rahbar : Qalandarova Mavjuda

🔰Bizni kuzatishda davom eting ✔️
#Telegram_Instagram_You tube
#Facebook_Veb-sayt
#Õzbekiston_manzarali

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

  O'quvchilarda ona Vatanga muhabbat va davlat qudratiga ishonch uyg'otish maqsadida 8- sinf o'quvchilari bilan O'zbekiston manzaralari va ulkan o'zgarishlarni Toshkent shahri misolida ko'rib chiqildi.
Yaqin 2-3 yil ichida Toshkentda ulkan bunyodkorlik ishlari olib borilganligi haqida suhbat qurildi.

  💫 "Yangi O'zbekiston bog'i", "Toshkent City", "Ertaklar shahri"  qurilishlari misolida ko'rishimiz mumkin. O'quvchilar bilan zamonaviy inshootlarga onlayn sayohat uyushtirildi

🏆Bunday mashg'ulotlar o'quvchilar qalbida Vatanning buyuk va qudratli kelajagi hamda mamlakatdagi bo'layotgan  tubdan o'garishlarning bardavom ekanligiga bo'lgan ishonchni oshirishga katta xizmat qiladi

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇

#Telegram#Instagram |#Youtube | #Facebook |