Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
668 subscribers
11K photos
1.7K videos
137 files
2.85K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Gafur_Gulomning_120_yilligi

🏒 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

πŸŽ“O'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida 8-"B" sinf o'quvchilari bilan donishmand shoir G'afur G'ulom hayoti va ijodi yuzasidan viktorina bo'lib o'tdi. O'quvchilar "Qaqnus" va "Idrok" guruhlariga bo'linishdi.

πŸ“šTarbiyachi-pedagog M.Xolmatova xasos shoir haqidagi O'zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhorning quyidagi fikrlarini ta'kidladi: "G'afur G'ulom ijodiyoti β€” zo'r gulxan, uning har qanday ko'rinishi, xilma-xil yonish, ya'ni nur va harorat demakdir".

πŸŽ—Viktorinada shoirning "Sog'inish" va "Vaqt" she'rlari guruhlar tomonidan tahlil qilindi. Shuningdek, bellashuvda ijodkor asarlariga oid qiziqarli ma'lumotlar yuzasidan bellashishdi. "Qaqnus" jamoasi 26 ball, "Idrok" jamoasi 23 ball olib, "Qaqnus" jamoasi g'alaba qozondi

🎯 Bellashuv juda qiziqarli va mazmunli o'tdi.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
| Telegram | Facebook| #Instagram | You Tube |