Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.88K subscribers
4.72K photos
524 videos
42 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
"Mahallabay" ishlash tizimi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich qayd etgan xodimlar rag‘batlantirildi

Joriy yil oktabr oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida Farg‘ona viloyatidagi 1 063 ta mahallaga biriktirilgan 435 nafar soliq inspektorining samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) - 81,5 ballni tashkil etdi.

E'tirof etish joiz, So‘x tumani soliq inspeksiyasi xodimlarining umumiy KPI ko‘rsatkichi 96,9 bo‘lib, respublikadagi 208 ta tuman va shaharlar ichida eng yuqorisi bo‘ldi.

Shu munosabat bilan, boshqarma rahbariyati tomonidan inspeksiya boshlig‘iga Soliq qo‘mitasi raisining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari yetkazildi.

Bundan tashqari, o‘tgan oylarda viloyatda eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan xodimlar ham taqdirlandilar:

🔹D.Xatamov – Quva tumani soliq inspeksiyasi;
🔹R.Ergashev – Oltiariq tumani soliq inspeksiyasi.

#mahallabay

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Stol tennisi boʻyicha Farg‘onada o‘tkazilgan U-15 “O‘zbekiston kubogi" musobaqasi

#stol_tennisi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig‘idan ozod qilinadi

📃Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-1001-son, 15.11.2024 y.) bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritildi

🔰Qonunga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar:

🔹jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish (kasanachilik) faoliyatidan olingan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi;

🔹uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi;

🔹tutzorlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsient qo‘llanilgan holda hisoblab chiqariladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hisobga_olish

Korxona rahbari, hisobchisi hamda ularning telefon raqamlari o‘zgarganda bu ma’lumotlarni masofadan turgan holda yangilash imkoni mavjudligini bilasizmi?


Buni my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan “Yuridik shaxsning profilini ko‘rish va hisob ma’lumotlarini o‘zgartirish” xizmati orqali amalga oshirsa bo‘ladi.

Korxonaning rahbar yoki hisobchi to‘g‘risidagi ma’lumotlari o‘zgarganligini shaxsiy kabinetdagi “Hisob ma’lumotlari” bo‘limida tekshirib ko‘rish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingida ballarni kamaytiruvchi mezonlar tadbirkorlarga yetkazilmoqda

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida "Super Print" XK vakillari bilan uchrashib, reytingdagi mezonlarni batafsil tushuntirdilar.

Xususan, reytingga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi kamaytiruvchi mezonlar haqida batafsil axborot berdilar. Misol uchun, oxirgi 12 oy davomida tadbirkorlik subyekti joylashgan joyi (pochta manzili) 3 va undan ko‘p marotaba o‘zgartirilgan bo‘lsa, shuningdek, tadbirkorlik subyekti rahbari 3 va undan ko‘p marotaba o‘zgartirilgan bo‘lsa, ballar yig‘indisidan 5 balldan chegirilishi xususida tushuntirish berildi.

Shu bilan birga, tadbirkorni "AAA" toifaga chiqarish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Har bir tadbirkor bilan yuzma-yuz uchrashgan holda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda

Joriy yil 1-noyabrdan 29-noyabrga qadar soliq xizmati xodimlari o‘rtasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirishga qaratilgan "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan, Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Oltiariq tumanida chakana savdo, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda tadbirkorlarning huquqlari hamda soliq majburiyatlarini bajarish chog‘ida kuzatilishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar, bunday vaziyatda mas'ullarga xabar berish qulayliklari tushuntirildi va flayerlar tarqatildi.

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 20-noyabr

oktabr oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1- va 2-qismlari);

- agar oktabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3- va 4-qismlari);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi).

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube