Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
5.41K photos
597 videos
43 files
2.72K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Ishonch telefoni: 73 241 70 61
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Maxsus iqtisodiy zonalardagi yuridik shaxslarga davlat ro‘yxatidan o‘tish soddalashtiriladi


“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
👉VMQ-30-son, 22.01.2025-y.

Mazkur qaror bilan:

🔹maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yuridik shaxs elektron onlayn-auksion savdolari natijalariga koʻra gʻolib deb topilgan taqdirda qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi belgilandi;

🔹yangi ro‘yxatdan o‘tayotgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 10 kun muddatda arizada ko‘rsatilgan yoxud boshqa ko‘chmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish shartnomasini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilmagan taqdirda, ushbu yuridik shaxs o‘zi ko‘rsatgan joylashgan yerida (pochta manzilida) mavjud emasligi to'g'risidagi tartib maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxslarga tatbiq etilmaydigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz❗️ Ilgari yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 10 kun muddatda arizada ko‘rsatilgan yoxud boshqa ko‘chmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish shartnomasini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilmagan taqdirda yuridik shaxs o‘zi ko‘rsatgan joylashgan yerida (pochta manzilida) yo‘q deb e’tirof etilar edi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Naslchilik uchun berilgan soliq imtiyozlari muddati uzaytirildi

📃“Chorvachilik va parrandachilikni qo‘llab-quvvatlash, sohada yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-34-son, 30.01.2025) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, naslchilik korxonalari uchun ularning asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni 50 foiz pasaytirilgan stavkada to‘lash shaklidagi soliq imtiyozlarining amal qilish muddati 2028-yil 1-yanvargacha uzaytiriladi.

Ma’lumot uchun: PQ-403-son qarorga asosan, naslchilik subyektlari uchun soliq imtiyozlari 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilgandi.

📌Shuningdek, 2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvargacha chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari tomonidan Davlat budjetiga to‘langan QQSning 50 foizini har oyning 25-sanasigacha qaytarish tartibi joriy etiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlarning vaqt va mablag‘ bilan bog‘liq ortiqcha xarajatlarini qisqartirish

“Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Qarori qabul qilindi.
👉 PQ-33, 30.01.2025-yil

2025-yil 1-maydan tadbirkorlar tan olgan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha soliq organi tadbirkorlarning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish tartibi joriy etiladi:

◽️tadbirkor soliqqa oid huquqbuzarlikni tan olganda, soliq organi mustaqil ravishda bank operatsiyalarini to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
◽️tadbirkor soliqqa oid huquqbuzarlikni tan olmagan va e'tiroz bildirgan taqdirda, amaldagi tartibga muvofiq sud tomonidan hal etilishi belgilanmoqda.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli o‘zgarishlar kiritilganidan keyin amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi
2- va 75-moddasi

Amaldagi tartib qanday?

Soliq to‘lovchilar soliq hisobotlarini belgilangan muddatdan keyin 10 kun ichida taqdim etmaganda, bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari to‘xtatib turiladi.

◽️Soliq organi faqat 10 kundan ko‘p bo‘lmaganda hisobvaraq operatsiyalarini to‘xtatib turishi mumkin.
◽️10 kundan ko‘p bo‘lganda, faqat sudning qarori asosida amalga oshiriladi.
👉 Soliq kodeksi 111-moddasi

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar #QQS

QQS bo‘yicha o‘zgarishlar

2025-yilda QQS stavkasi 12% miqdorida saqlanib qolindi.

QQS va foyda solig‘i stavkalari 2028-yil 1-yanvarga qadar o‘zgarmaydi.

2025-yil 1-iyuldan yo‘lovchilarni yagona tariflar bo‘yicha tashish xizmatlari QQSga tortiladi.
Avval soliqdan ozod etilgan edi.

Davlat mol-mulkini, shu jumladan mulk huquqi asosida qishloq xo'jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini realizatsiya qilish QQSga tortilmaydi.

👉 Soliq kodeksi 243-modda

Mahsulotlarning eksportini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

▫️kontrakt (kontrakntning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi);

▫️tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish uchun asos bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyasi (Ilgari O'zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tovarlarni olib chiqish uchun bojxona organining belgisi bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyasi);

▫️O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar ortilgan transport vositalari bojxona chegarasini kesib o‘tganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan tovarning kuzatuv hujjatlari (ilgari tovar belgilangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan)

Bojxona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvi vositasida soliq organlariga taqdim etiladigan tovarlar bojxona chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos bo‘ladi.

👉 Soliq kodeksi 261-modda

QQSdan quyidagilar ozod qilinadi:

▪️2027-yil 1-yanvargacha – Prezident qarori bilan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha protez moslamalarini va ularning butlovchi, ehtiyot qismlarini O'zbekiston hududiga olib kirish;

▪️2024-yil 1-noyabrdan 2026-yil 1-yanvargacha - O'zbekiston rezidentlari bo'lgan vagon (konteyner)lar operatorlarining temir yo'l transportida tashish jarayonida vagonlarni (konteynerlarni) ijara shartnomasi asosida foydalanishga berish xizmatlari;

▪️2030-yil 1-yanvargacha - O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini jihozlash hamda ularning faoliyatini ta’minlash uchun O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan, zamonaviy o‘quv va laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, o‘quv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnika resurslari.

Shuningdek, budjet tashkilotlarining Xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi qaysi infratuzilma loyihalari bo‘yicha tovarlar (xizmatlar) QQSdan ozod etilishiga aniqlik kiritildi:
▫️elektr, gaz va issiqlik ta'minoti;
▫️suv ta'minoti va kanalizatsiya;
▫️suv xo'jaligi;
▫️yo'l-transport infratuzilmasi;
▫️aloqa va telekommunikatsiya;
▫️agrologistika;
▫️sanitariya jihatdan tozalash;
▫️qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish
.
Imtiyoz loyiha ishtirokchilariga ham qo‘llaniladi.

👉 Soliq kodeksi 483-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-18, 03.02.2025) ga ko‘ra, soliq qonunchiligiga kiritilayotgan o‘zgarishlar yuzasidan Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi bosh inspektori Sh.Xalilov sharhi.

©️Farg‘ona MTRK

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Taksi haydovchilari o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
👉PQ-78-son, 27.02.2025 y

Qarorga ko‘ra, yengil avtotransport vositalarida yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritiladi hamda ular ushbu faoliyat bilan litsenziya varaqasi asosida shug‘ullanishi belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, 📃PQ-311-son qarorga muvofiq, 2022-yil 1-sentabrdan 2024-yil oxiriga qadar yoʻlovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga kiritilgandi.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy soliqning imtiyozli stavkasi uzaytirildi


📃PQ-78-son qarorga ko‘ra, xizmatlar sohasi uchun 1% ijtimoiy soliq stavkasining amal qilish muddati 2028-yil 1-yanvargacha uzaytirildi. Bu quyidagi faoliyat turlariga:

▫️chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
▫️mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari;
▫️avtotransportda yoʻlovchi va yuk tashish;
▫️transport vositalarini taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish;
▫️kompyuter xizmatlari;
▫️ maishiy texnikani taʼmirlash;
▫️ agro va veterinariya hamda koʻngilochar maskanlardagi xizmatlar.


❗️Imtiyoz 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga taalluqli bo‘lib, ularning oylik maoshi 2,5 MHTEKM (2 887 500 so‘m) dan kam bo‘lmasligi kerak.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ayrim soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlanganda birinchi marta ogohlantirish beriladi

📃PQ-78-son qarorga asosan, 2025-yil 1-apreldan boshlab soliq organlari xodimlari o‘zlariga biriktirilgan korxonalarda yoki mahallalardagi tadbirkorlik subyektlarida Ro‘yxatdagi soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlanganda quyidagi tartib joriy etiladi:

👉 birinchi marta ogohlantirish;

👉 ogohlantirishdan so‘ng 3 kun muddatda huquqbuzarlik bartaraf etilmagani yoki takroran aniqlangani sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazishga asos bo‘lishi;

👉 sayyor soliq tekshiruvini Ro‘yxatda keltirilgan huquqbuzarliklar bo‘yicha amalga oshirish va uni tekshirish boshlangandan so‘ng 24 soat ichida "Yagona davlat nazorati" axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibida amalga oshirishga ruxsat etish;

👉 sayyor soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma qaror qabul qilish uchun asos bo‘lib hisoblanishi.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
👉PF-50-son, 19.03.2015-y.

Unga ko‘ra:

🔹2025-yil 1-maydan o‘z faoliyatini o‘rta yoki yirik biznes toifasigacha yiriklashtirgan tadbirkorlik subyektlariga – 1 yil davomida QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) 7 kun muddatda tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi;
Amalda yirik, eksport qiluvchi va «AAA» toifadagi subyektlarga qaytariladi.

🔹2025-yil 1-iyuldan 2028-yil 1-yanvarga qadar:

▫️kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun qo‘shimcha talablar va majburiyatlarni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga moratoriy eʼlon qilinadi;
▫️tadbirkorlik subyektlariga yangi tartibga solish vositalarini belgilovchi yoki amaldagilarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirish sanasi 1-yanvar yoki 1-iyul etib belgilanadi;
▫️kichik tadbirkorlik subyektlari birinchi faoliyat yili davomida ilk bor sodir etgan savdo va tadbirkorlik sohalariga oid maʼmuriy huquqbuzarlik uchun maʼmuriy javobgarlikdan ozod etiladi;

🔹2025-yil 1-sentabrdan boshlab bir vaqtning o‘zida quyidagi barcha mezonlarga javob beruvchi kichik va o‘rta biznes subyektlarini ixtiyoriy tugatishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi:

▫️oxirgi 3 yilda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan jami daromadi 10 mlrd so‘mdan oshmagan;
▫️budjet va kreditorlar oldida qarzdorligi mavjud bo‘lmagan hamda muntazam ravishda soliq hisobotlarini taqdim etayotgan;
▫️ “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida xavf darajasi past bo‘lgan.

🔹2026-yil 1-yanvardan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlarini qisqartiriladi;
Amaldagi 106 ta faoliyat turi 72 taga qisqartirilmoqda. Asosan YTT shug‘ullanadigan (xonalarni tozalash, mebel yig‘ish, avtomobillarni taʼmirlash, kosmetolog) va sanoat usulida amalga oshiriladigan (pechka va kaminlar yasash, shisha puflash, ko‘zgu tayyorlash, soatsozlik) yo‘nalishlar qisqarmoqda.

🔹fermer xo‘jaliklarining soliq qarzdorligi bo‘yicha hisoblangan penya hisobidan chiqariladi hamda sud va ijro ishlarining ushbu penyani undirish bilan bog‘liq qismi tugatiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
O‘zini_o‘zi_band_qiladigan_shaxslar_uchun_faoliyat_ishlar,_xizmatlar.pdf
1.6 MB
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2026-yil 1-yanvardan o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat turlari ro'yxati

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 1-yanvardan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan amaldagi 106 ta faoliyat turi 72 taga qisqartirilmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2025-yil 1-apreldan...

👉Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi

👉2028-yil 1-yanvarga qadar chorvachilik va parrandachilik xo'jaliklari tomonidan budjetga to'langan QQSning 50%i qaytariladi

👉Ayrim huquqbuzarliklar uchun birinchi marta ogohlantirish beriladi

👉Paxta xomashyosi realizatsiya qilinganda EHF bilan birga tovar-transport yuk xati ham rasmiylashtiriladi

👉2028-yil 1-yanvarga qadar yangi tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi va dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash kooperativlari uchun ijtimoiy soliq hamda ularga ishga qabul qilingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 1% etib belgilanadi

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berildi

📃O'zbekiston Respublikasi Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
👉O'RQ-1063-son, 16.05.2025-yil.

Unga ko‘ra:

2030-yil 1-yanvargacha parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.

Bundan tashqari, 2027-yil 1- yanvargacha Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi:

▫️bino va inshootlarni, yer uchastkalarini ijaraga berishdan olinadigan daromadlari bo‘yicha – foyda solig‘i;

▫️ijaraga berilgan obyektlar va ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha – mol-mulk solig‘i hamda yer solig‘i.

Pivo va pivo ichimlimklari, tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlar to’lanadi.

Bunda yuridik shaxs pivo va pivo ichimlimklari hamda tamaki mahsulotlari, YTTlar tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqida vakolatli davlat organini xabardor qilingani to‘g‘risida tasdiqnomaga ega bo‘lganda ushbu yig‘imlar to‘lovchilari hisoblanadilar.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Markirovka tizimi: mahsulot sifati, ishonch va shaffoflik

 
Markirovkalash tizimi samaradorligini oshirish va bu boradagi nazorat mexanizmlarini takomillashtirish orqali aholini sifatli va ishonchli mahsulotlar bilan taʼminlash hamda yashirin iqtisodiyotni yanada qisqartirish maqsadida Prezident qarori qabul qilindi.
👉PQ-190-son, 23.05.2025-yil.

Qarorga muvofiq tadbirkorlarga quyidagi qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi:

▫️olingan markirovka kodlarini mahsulotlarga qo‘llash uchun belgilangan 90 kalendar kunlik muddat bekor qilindi. Bunda foydalanilmasdan turgan markirovka kodlari uchun amalga oshirilgan to‘lovlar yangi markirovka kodlarini sotib olishda hisobga olinadi;

▫️markirovka kodlari mahsulotga bevosita qo‘llangandan keyin ular uchun to‘lov amalga oshiriladi (amalda oldindan to‘lov qilinar edi);

▫️raqamli markirovkalangan mahsulotlarni agregatsiyalashda qo‘llanadigan markirovka kodlari, barcha turdagi lampalarni markirovkalashda markirovka kodlari hamda ishlab chiqarish narxi 7,5 ming so‘mgacha bo‘lgan (amalda 3 750 so‘m edi) 630ga yaqin dori vositalari uchun markirovka kodlari Operator tomonidan bepul taqdim etiladi;

▫️tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tezkor hal etish maqsadida Operator tomonidan tun-u kun ishlaydigan Call-markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilandi.

Shuningdek, agregatsiyalash tizimini joriy qilish muddati:
▫️dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan - 2025-yil 1-oktabrga qadar;
▫️suv va salqin ichimliklarni ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun 2026-yil 1-aprelga qadar uzaytirildi (amalda 2025-yil 1-may edi).

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
#qonunchilikdagi_yangiliklar Markirovka tizimi: mahsulot sifati, ishonch va shaffoflik   Markirovkalash tizimi samaradorligini oshirish va bu boradagi nazorat mexanizmlarini takomillashtirish orqali aholini sifatli va ishonchli mahsulotlar bilan taʼminlash…
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ichki bozorda raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida 2025-yil 1-iyuldan boshlab:

▫️import qiluvchi tashkilot tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan dori vositalarini ularning ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki uning rasmiy dilerlari orqali realizatsiya qilish elektron hisobvaraq-faktura asosida amalga oshiriladi;

▫️raqamli markirovkalangan mahsulotlarni ulgurji sotish faqat naqd pulsiz shaklda bank hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi.

❗️Shuningdek, endi chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar tomonidan markirovkalangan tovarlarni realizatsiya qilishda ulgurji tarzda sotilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

👉PQ-190-son, 23.05.2025-yil.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi tashkil etiladi

🏛 Qarorga ko‘ra, Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi tashkil etiladi.

Raqamli markirovkalangan mahsulotlar aylanmasining barcha bosqichlarida tizimli nazoratni ta’minlash Inspeksiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

📋 2025-yil 1-sentabrdan:

🔹 xavfni tahlil qilish tizimida majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlari soliq xavfi darajasini yuqori deb baholash uchun asos bo‘ladi;

🔹 majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni realizatsiya qilishda markirovka kodi biriktirilmagan elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi;

🔹 majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni chakana realizatsiya qilishda:

▪️ markirovka kodi kiritilgandan so‘ng onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa cheki shakllantiriladi;

▪️ avval foydalanilgan markirovka kodlari kiritilganda onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa chekini shakllantirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Mebel mahsulotlarini tayyorlovchilar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yuritishlari mumkin

📃O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mebel va yog‘ochsozlik sanoatining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
👉PQ 193-son, 27.05.2025-yil

Unga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan boshlab

🔹o‘z xonadonida faoliyat yuritadigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga mebel mahsulotlarini tayyorlash faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Zargarlik buyumlari ishlab chiqarish yoki sotish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga QQSning 80%i qaytariladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
👉
PQ-207-son, 26.06.2025-yil.

Qarorga muvofiq:

Zargarlik sohasida xufiyona iqtisodiyot ulushini kamaytirish maqsadida, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:

▫️qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani QQSdan ozod qilishga doir imtiyoz bekor qilinadi;

Amalda mazkur aylanma QQSdan ozod qilingan.
👉
Soliq kodeksi 243-modda

▫️Shuningdek, oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yig‘im bekor qilinadi;

Ma’lumot uchun, oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yig‘im miqdori har yili qonunchilikda belgilangan tartibda 1 grammi uchun tasdiqlanadi.

▫️zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yoki sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari daromadidan qatʼi nazar, QQS to‘lovchilari sifatida tan olinadi.

2026-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar QQS bazasini zargarlik buyumlari hamda yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish narxi bilan ularning tarkibidagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar narxi o‘rtasidagi ijobiy farq asosida aniqlaydi. Bunda:

▫️zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish narxidan faqat "Navoiy KMK" AJ, "Olmaliq KMK" AJ hamda birja savdolari orqali sotib olingan qimmatbaho metallar narxi hamda import qilingan qimmatbaho toshlar narxi chegirib tashlashga ruxsat etiladi;

▫️zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlar tarkibidagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar narxi Soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadigan narxlarga muvofiq hisoblanadi.

Shuningdek, qaror bilan 2028-yil 1-yanvargacha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yoki ularni sotish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga to‘langan QQSning 80 foizi har oyning 25-sanasigacha avtomatik tarzda respublika budjetidan qaytarilishi belgilandi.

Ushbu tartib yuqoridagi subyektlar tomonidan soliq davrida jami daromadining kamida 80 foizi zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va chakana savdo qilishdan olingan taqdirda tatbiq etiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yakka tartibdagi tadbirkorlar zargarlik buyumlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanishiga ruxsat beriladi


📃Prezidentning PQ-207-son qaroriga ko‘ra,

2025-yil 1-sentabrdan boshlab:


▫️yakka tartibdagi tadbirkorlarga zargarlik buyumlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.

Shuningdek, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi qonunchilikka oid huquqbuzarliklar haqida "Soliq" mobil ilovasi orqali xabar bergan shaxslarga undirilgan jarima miqdorining 50 foizi miqdorida mukofot to‘lanadi.

Samarali nazorat tizimini joriy etish maqsadida 2026-yil 1-yanvarga qadar:

▫️Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi va soliq organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi qonunchilikka oid huquqbuzarliklar aniqlanganda ular birinchi marta ogohlantiriladi;

▫️ogohlantirishdan so‘ng bir oy ichida huquqbuzarlik bartaraf etilmasa yoki takroran aniqlansa, Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi hamda soliq organlari tomonidan sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazishga asos bo‘ladi;

▫️sayyor soliq tekshiruvi faqat qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi qonunchilikka oid huquqbuzarliklar bo‘yicha o‘tkaziladi hamda tekshiruv boshlangandan so‘ng 24 soat ichida "Yagona davlat nazorati" axborot tizimida ro‘yxatga olinib, Biznes-ombudsmanni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi;

▫️Sayyor soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma va qaror tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralarini qo‘llashga asos bo‘ladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Farg‘ona viloyatidagi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun daromad solig‘i stavkalari

2025-yilda jismoniy shaxslardan olinadigan qat‘iy belgilangan daromad solig‘i stavkalari o‘zgardi. Farg‘ona viloyati uchun belgilangan stavkalar bilan jadvalda batafsil tanishishingiz mumkin.


📌Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortishdagi o‘zgarishlar

🔹Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari tumanlar va shaharlarning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib, YTTlar uchun qat’iy soliq stavkalarining eng kam va yuqori stavkalari doirasida qat’iy soliq stavkalarining miqdorini belgilaydi.
👉Soliq kodeksining 383-moddasi

🔹YTTlarga (daromadi 100 mln so'mdan oshmaydigan) yollanma ishchilari daromadlaridan 12% o‘rniga qat'iy soliq stavkasining yarmini to‘lash huquqi berildi.
👉Soliq kodeksining 385-moddasi

Masalan, Oltiariq tumanidagi dehqon bozorida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chakana sotuvchi YTT o‘zi uchun oyiga 72 ming so'm qat’iy soliq to'laydi. Avval yollanma xodimga 1 mln so'm ish haqi hisoblansa, undan 12% stavka bo'yicha, ya'ni 120 ming so'm daromad solig'i to'lanar edi. Bu yildan boshlab yakka tartibdagi tadbirkor o'z xodimi uchun qat'iy soliqning yarmini, ya'ni 36 ming so'm to‘lash huquqiga ega.

🔹Endi savdo komplekslari va bozorlarda faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning yollanma xodimlari uchun ijtimoiy soliq yiliga kamida 1 BHM miqdorida to'lanadi.
Oldin oyiga 50% BHM edi
.

🔹Yollanma xodimlar uchun ijtimoiy soliq 31-dekabrgacha to‘lanadi.
(avval 1-dekabrgacha)
👉Soliq kodeksining 408-moddasi

#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar
#YTT

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlari takomillashtirildi

Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining “Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.
👉PQ-223, 11.07.2025-yil

Qarorga asosan Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq masalalari boʻyicha ekspertlardan iborat Soliqqa oid nizolar boʻyicha ekspert kengashi (Kengash) tashkil etildi.

Ekspert kengashi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari:
✔️ tadbirkorlik subyektlari va soliq organlari oʻrtasida yuzaga kelgan soliqqa oid nizolarni koʻrib chiqish va ular yuzasidan xulosalar berish;
✔️soliq qonunchiligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning qoʻllanishini oʻrganish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
✔️soliqqa oid nizolarni koʻrib chiqishda biznes hamjamiyati, davlat organlari va tashkilotlari hamda ilmiy tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik oʻrnatish.

⚡️Ekspert kengashi doimiy faoliyat yurituvchi kollegial organ sifatida tashkil etiladi hamda uning majlislari bir oyda kamida ikki marta oʻtkaziladi. Savdo-sanoat palatasi Kengash faoliyatini tashkil etish boʻyicha ishchi organ hisoblanadi.

❗️Ekspert kengashiga quyidagi vakolatlar berildi:
✔️soliq organlarining qarorlaridan norozi boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini koʻrib chiqish, bundan jinoyat ishi doirasida yoki sud tartibida koʻrib chiqilayotgan soliqqa oid nizolar mustasno;
✔️murojaatlarni koʻrib chiqish natijasi yuzasidan xulosa qabul qilish;
✔️qabul qilingan xulosalarni majburiy tartibda koʻrib chiqish uchun soliq, bojxona va tegishli davlat organlariga yuborish hamda bu haqda tadbirkorlik subyektini xabardor qilish.

✍️Ekspert kengashiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlar berildi:
✔️soliq, bojxona, iqtisodiyot, moliya va huquq sohasida yetarli bilim, malaka va koʻnikmalarga ega bo‘lgan mutaxassis va ekspertlarni jalb qilish;
✔️zarur hujjatlar va axborotlarni davlat organlari hamda boshqa tashkilotlardan bepul soʻrab olish, bundan qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlangan holatlar mustasno.

Soliq qoʻmitasi soliqqa oid nizolarni sudgacha koʻrib chiqish jarayoni raqamlashtirilishi, sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy etilishi hamda idoralararo elektron maʼlumot almashinuvi yaxshilanishini taʼminlaydi.

Shuningdek, soliqqa oid nizolar koʻrib chiqiladigan majlislarda masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlari yaratilib, nizolarni sudgacha koʻrib chiqishda soliq toʻlovchining (vakilining) ishtirok etishiga shart-sharoit yaratilishini, jumladan, alohida maxsus xonalar tashkil etilishiga masʼul hisoblanadi.

Maʼlumot uchun, 2025-yil 1-iyul holatiga Soliq qoʻmitasiga jami 1 275,7 mlrd soʻmlik 109 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.

Shundan:
🔸soliq auditi boʻyicha – 1 109,7 mlrd soʻmlik 75 ta;
🔸sayyor soliq tekshiruvi boʻyicha — 166 mlrd soʻmlik 34 ta.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads