Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.92K subscribers
5.45K photos
603 videos
45 files
2.74K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Ishonch telefoni: 73 241 70 61
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Kibersport bo‘yicha "Soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogi" qizg‘'in davom etmoqda

Yozgi ta'til vaqtida umumta'lim maktablari o'quvchilari, talabalar hamda mahalladagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Farg‘ona viloyat soliq boshqarmasi tomonidan kibersport bo‘yicha "Soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogi" o‘tkazilmoqda.

Ayni kunlarda mazkur musobaqaning shahar va tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda yoshlar keng ommalashgan zamonaviy intellektual-kompyuter o‘yinlari – "Counter-Strike" va "Dota" yo‘nalishlarida bahslashmoqdalar.

Musobaqaning asosiy maqsadi – yoshlar o‘rtasida zamonaviy texnologiyalardan ongli va samarali foydalanish madaniyatini shakllantirish, ularning mantiqiy fikrlash, strategik qaror qabul qilish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, sog‘lom raqobat muhitini yaratishdan iboratdir.

G‘oliblar mutasaddilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar hamda viloyat bosqichi uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar.

Telegram I Facebook I
Keyinchalik_sotish_uchun_ko'rsatilgan_turar_joy_kochmas_mulk_obyektlari.pdf
276.5 KB
Qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida keyinchalik sotish uchun ko‘rsatilgan turar joy ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha murojaat yuborish tartibi

#kop_beriladigan_savollar

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mendeklaratsiyatopshirdim_challenge

Mas’uliyatli yondashuv – Otabek Muhammadzohid san’atkorlarni deklaratsiya topshirishga chaqirdi

Endilikda “Soliq” mobil ilovasida “Konsert-tomosha faoliyati” xizmati orqali xonanda va ijrochilar o‘z yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani onlayn tarzda, qulay va tez rasmiylashtirishlari mumkin.

Taniqli san’atkor Otabek Muhammadzohid ushbu imkoniyatdan foydalanib, yillik daromadi bo‘yicha deklaratsiyasini taqdim etdi. Shu orqali u hamkasblariga ibrat bo‘ldi.

“Soliq to‘lash – bu fuqarolik burchim. Endi esa, deklaratsiyani Soliq ilovasi orqali topshirishni boshqa hamkasblarimga ham tavsiya qilaman”, – deydi san’atkor.


❗️Agar ijodkor o‘zi mustaqil ravishda deklaratsiyani to‘ldirish imkoni bo‘lmasa, mobil ilova orqali administratoriga bu huquqni (dostupni) berishi mumkin. Bu esa jarayonni yanada osonlashtiradi.

📲 Buning uchun “Soliq” mobil ilovasini yuklab oling, “Konsert-tomosha faoliyati” bo‘limiga kiring va deklaratsiyani onlayn yuboring.

Navbat yo‘q.
Qog‘ozbozlik yo‘q.
✔️ Faqat bir necha daqiqalik mas’uliyatli qadam.


Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#shunday_bolishi_mumkinmi?

1 trln soʻmlik shartnoma: beeʼtiborlikmi yoki huquqbuzarlik?


Soliq sohasini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan qoʻpol xato va kamchiliklarni barvaqt aniqlab, xufiyona iqtisodiyotning oldini olishga xizmat qilmoqda.

Xususan, bugungi kunda Soliq qoʻmitasi tomonidan mavjud maʼlumotlar bazasini raqamli tahlil qilish asosida elektron hisobvaraq-faktura (EHF)larning xavf darajasini aniqlash boʻyicha maxsus axborot tizimi ishlab chiqilmoqda.

Mazkur tizim hozirda ishlab chiqish jarayonida boʻlishiga qaramasdan, EHFni rasmiylashtirishdagi qoʻpol qonunbuzilish holatlarini aniqlab koʻrsatmoqda.

Masalan: «Alfa» MCHJ (nomi oʻzgartirilgan) chorvachilik xoʻjaligi sifatida joriy yil iyul oyida roʻyxatdan oʻtib, faoliyatini boshlagan. Tadbirkor sifatidagi ilk shartnomasiga koʻra, salkam 1 trln soʻm, aniqrogʻi 896 mlrd soʻmlik (QQS – 96 mlrd soʻm) qora metall realizatsiyasi boʻyicha EHF rasmiylashtirgan.

Yana bir kompaniya – «Beta» MCHJ (nomi oʻzgartirilgan), asosiy faoliyati chakana savdo boʻlgani holda, EHF orqali 225 mlrd soʻmlik (QQS – 27 mlrd soʻm) qurilish materiallarini realizatsiya qilgan, biroq ushbu mahsulotlar amalda kirim qilinmagan. Shuningdek, rasman roʻyxatdan oʻtgan xodimlari va asosiy vositalari mavjud emasligiga qaramay, vositachilik asosida paxta tolasini qayta ishlash xizmatlari boʻyicha 11 mlrd soʻmlik (QQS – 1,2 mlrd soʻm) bir nechta EHF rasmiylashtirgan.

Maʼlumot uchun: EHFlarning xavf darajasini aniqlash boʻyicha maxsus axborot tizimi hozirda test rejimida ishga tushirilgan va unda aniqlangan qonunbuzilish holatlari boʻyicha hali biron jazo choralari qoʻllanilmagan.

___________
#разве_такое_возможно?

Договор на 1 трлн сумов: умышленное нарушение или халатность?

Реформы, проводимые в сфере цифровизации налоговой системы, способствуют заблаговременному выявлению грубых ошибок и нарушений, допускаемых субъектами предпринимательства, а также предотвращению теневой экономики.

В частности, в настоящее время Налоговым комитетом разрабатывается специальная информационно-аналитическая система для определения уровня риска электронных счетов-фактур (ЭСФ) на основе цифрового анализа существующей базы данных.

Несмотря на то, что данная система находится в стадии разработки, она уже позволяет выявлять грубые нарушения законодательства при оформлении ЭСФ.

К примеру: В июле текущего года ООО «Альфа» (название изменено) регистрируется в качестве животноводческого хозяйства. Своим первым договором в качестве предпринимателя оформляет электронный счет-фактуру (ЭСФ) на реализацию черного металла почти на 1 трлн сумов, а точнее – на 896 млрд сумов (НДС – 96 млрд сумов).

Еще одна компания – ООО «Бета» (название изменено), основным видом деятельности которой является розничная торговля, оформила через ЭСФ реализацию строительных материалов на 225 млрд сумов (НДС – 27 млрд сумов), но данный товар фактически не оприходован. К тому же несмотря на отсутствие официально зарегистрированных работников и основных средств, оформляет несколько ЭСФ на сумму 11 млрд сумов (НДС – 1,2 млрд сумов) за услуги по давальческой обработке хлопкового волокна.

Для справки: специальная информационная система по определению уровня риска ЭСФ в настоящее время запущена в тестовом режиме и в отношении выявленных нарушений никакие меры не применены.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

📺Ayni damda farmatsevtika, tibbiy asbob-uskunalar sanoati va savdosi sohasidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtmoqda.

Unda Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov, Biznes-ombudsman, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi va boshqa masʼul idoralar rahbarlari ishtirok etmoqda.

📱 Muloqot toʻgʻridan toʻgʻri efirda namoyish etilmoqda – kuzatib boring va faol ishtirok eting!

Uchrashuvda sohadagi mavjud muammolar va ularning amaliy yechimlari, shuningdek, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan takliflar muhokama qilinmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kichik va oʻrta biznes vakillari ishtirokida Buvayda tumanida o‘tkazilgan uchrashuv

©️Farg‘ona MTRK

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#ijtimoiy_soliq

1-avgustdan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o'zini o'zi band qilgan shaxslar uchun ijtimoiy soliq miqdori o‘zgaradi

❗️2025-yil 1-avgustdan bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 412 000 so‘mni tashkil etadi.
👉 PF-91-son, 02.06.2025-yil.

Avgust oyidan boshlab ijtimoiy soliq quyidagi miqdorlarda to'lanadi:

🔹yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) oyiga 412 000 so‘m;

🔹boshqa YTTlarning yollanma xodimlari uchun – yiliga 412 000 so'm;

🔹oilaviy tadbirkorlar (yuridik shaxs tashkil etmagan):
▫️YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi – oyiga 412 000 so‘m;
▫️oilaning boshqa a’zolari (18 yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno) – yiliga 206 000 so‘m.

🔹 o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 31-dekabrga qadar ixtiyoriy asosdayiliga 412 000 so'm.

👉 Soliq kodeksi 408-modda

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#konstitutsiyaviy_burch

Soliqlarni toʻlamaslik qanday oqibatlarga olib keladi?


Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart.

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 63-modda

Davlat soliq xizmati organlari davlatning boshqa boshqaruv organlari, davlat hokimiyati mahalliy organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, statistika va moliya organlari, banklar hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda soliq va yigʻimlarning davlat budjetiga oʻz vaqtida va toʻliq tushishini taʼminlaydi.

Shuningdek, mazkur organlar va tashkilotlar soliq haqidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish va soliqlar boʻyicha huquqbuzarliklarga qarshi kurashda davlat soliq xizmati organlariga koʻmaklashadilar.
👉OʻRQ-474-I, 7-modda

Eslatma: Soliqlarni oʻz vaqtida toʻlamaslik, kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun penya hisoblanishiga sabab boʻladi.
👉 Soliq kodeksi 110-modda

Agar jismoniy shaxsning umumiy soliq qarzi 1 mln soʻmdan oshsa, qarz sud orqali qarzdorning mulki hisobidan undirilishi mumkin.
👉 Soliq kodeksi 125-modda

Bu esa qarzdorning mol-mulki xatlanishi va ayrim cheklovlar oʻrnatilishiga sabab boʻlishi mumkin.
👉 OʻRQ-258-II,  21-modda

❗️Shu sababli soliqlarni oʻz vaqtida toʻlashni unutmang!

Toʻlovni Soliq mobil ilovasi orqali soliq yoki bank idoralariga bormasdan, masofadan turib amalga oshirish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mendeklaratsiyatopshirdim_challenge

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Komilov ham deklaratsiya topshirdi!

“Soliq” mobil ilovasidagi “Konsert-tomosha faoliyati” xizmati san’atkor va ijrochilar uchun o‘z daromadlari bo‘yicha deklaratsiyani onlayn rasmiylashtirish imkonini bermoqda.

Endilikda taniqli xonanda Ravshan Komilov ham ushbu imkoniyatdan foydalanib, yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani mobil ilova orqali taqdim etdi.

Deklaratsiya topshirish – bu nafaqat qonuniy majburiyat, balki ochiqlik va halollik tamoyilining ifodasidir.


❗️Agar ijodkor deklaratsiyani mustaqil to‘ldira olmasa, ilova orqali administratorga vakolat (dostup) berish orqali jarayonni soddalashtirishi mumkin.

📲Soliq” ilovasini yuklab oling➡️ “Konsert-tomosha faoliyati” bo‘limiga kiring ➡️ deklaratsiyani onlayn yuboring.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buvayda tumanida soliq organlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

©️Farg’ona MTRK

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Issiqxona ishchilari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga tushiriladi

Prezidentimiz raisligida meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini ko‘paytirishda yangi zaxira va imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda ta’kidlanishicha👉

🔹bundan buyon issiqxonalar, toifasidan qat’i nazar, yer solig‘ini qishloq xo‘jaligi yerlari stavkasida to‘lashi belgilandi.

🔹2028-yilga qadar issiqxona ishchilari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga tushiriladi.

Soliq qo‘mitasiga butun tizimi, tahliliy va aql markazlarini safarbar etib, issiqxonalardan qisqartirilgan gaz qaysi sohalarga yo‘naltirilgani va ularning samaradorligini o‘rganish, agar gaz berilgan boshqa sohalarda qo‘shilgan qiymat kam bo‘lsa, gazni issiqxonalarga yo‘naltirish topshirildi.

#imtiyoz

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Asosiy mezon - samaradorlik

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini koʻpaytirishda yangi zaxira va imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan 30-iyulda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini soʻzsiz taʼminlash maqsadida Soliq qoʻmitasining navbatdan tashqari Hayʼat yigʻilishi oʻtkazildi.

✍️Unda, issiqxonalardan qisqartirilib sohalarga yoʻnaltirilgani tabiiy gaz sarfining samaradorligini oʻrganish, baholash va natijalari bilan tegishli xulosa tayyorlash maqsadida qoʻmitaning respublika Ishchi shtabi tashkil etildi.

Amalga oshiriladigan aniq vazifalar belgilanib, 4 ta ishchi guruhi tuzildi. Ularning asosiy vazifasi:

issiqxonalarni maxsus savolnomalar asosida toʻliq xatlovdan oʻtkazish, ular bilan uchrashish, muammolarini aniqlash;

issiqxonalarning hisobi, yer maydoni, ishlab chiqaradigan mahsuloti, ishlatiladigan yoqilgʻi hajmi hisobi, elektron gaz hisoblagichlar integratsiyasini nazarda tutuvchi yagona elektron dashbord ishlab chiqish;

ishlatilgan tabiiy gaz hajmi samaradorligini sohalar boʻyicha baholash;

issiqxonalarga soliq majburiyatini bajarishga koʻmaklashish, jumladan qoʻllanilgan moliyaviy jarimalarni tegishli qaror qabul qilingunga qadar ijroga qaratish muddatini oʻzgartirish orqali ularning hisob raqamlari harakatini barqarorlashtirish;

issiqxonalar faoliyatida mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan me’yoriy hujjat loyihasini ishlab chiqishga qaror qilindi.

Soliq qoʻmitasi Raisi va oʻrinbosarlari boshchiligidagi ishchi guruhlari 31-iyuldan bevosita hududlarda ish olib boradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatganlik uchun jismoniy shaxslarga berilgan soliq imtiyozlari

Soliq kodeksining 421- va 436-moddalariga muvofiq, quyidagi jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ini 2 BHMdan oshmaydiganyer solig‘ini esa 1 BHMdan oshmaydigan summaga kamaytirishi mumkin:


📉 uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlarida umumiy quvvati 100 kVtgacha bo'lgan QTEMdan foydalanuvchilar – o'rnatilgan oydan boshlab 3 yil davomida;

☀️quyosh panellari quvvatidan 25%dan kam bo‘lmagan elektr energiyasini to'plash tizimiga ega quyosh panellarini o'rnatilganda – bu panellar foydalanishga topshirillgan oydan boshlab 10 yil davomida.

❗️Imtiyoz faqat 1 marta 1 ta uy-joy fondi ko'chmas mol-mulk obyekti (ko‘chmas mulk obyektlari bilan band bo‘lgan bitta yer uchastkasi)ga nisbatan energiya ta'minoti tashkiloti tomonidan berilgan ma'lumotnomaga asosan beriladi va jismoniy shaxs tomonidan umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq QTEM qurilmalari o'rnatilgan taqdirda qo'llaniladi.

📎Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.

#imtiyoz #yer_soligi #mol_mulk_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#issiqxona_xojaligi

Amaliy tadbirlar davom ettirilmoqda

Avval xabar qilinganidek, Soliq qoʻmitasida tuzilgan Ishchi shtabi issiqxona xoʻjaliklaridagi muammolarni oʻrganish va amaliy yordam koʻrsatishni boshladi.

Ishchi guruhlar tomonidan joylarga chiqib, issiqxona xoʻjaliklarining faoliyatidagi muammo va takliflar atroflicha oʻrganilmoqda. Jumladan, ushbu jarayonda tadbirkorlarga soliq majburiyatlarini bajarishga yaqindan koʻmaklashilmoqda.

↗️ Xususan, Soliq qoʻmitasi tomonidan 3,3 mingta issiqxona xoʻjaligining har biri boʻyicha soliq qarzi va moliyaviy jarimalarni toʻlash muddati ularning shaxsiy hisob kartochkalarida uzaytirilib, tijorat banklaridagi hisob raqamlari harakati barqarorlashtirilmoqda.

Joriy yilning 31-iyul soat 15:00 holatiga 2 644 ta subyekt boʻyicha 449,7 mlrd soʻmlik soliq toʻlovlari muddati 2026-yil 1-yanvargacha uzaytirildi. Qolgan subyektlar boʻyicha ishlar davom ettirilmoqda va bugun yakunlanishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, 2 490 ta xoʻjalik subyektiga tegishli 2 831 ta obyekt boʻyicha 8,7 ming gektar yer maydoni sanoat toifasidan qishloq xoʻjaligi toifasiga oʻtkazildi. Natijada ularning ixtiyorida 48,8 mlrd soʻm mablagʻ qoladi.

🧮Bu oʻz navbatida sohada faoliyat koʻrsatayotgan biznes subyektlari aylanma mablagʻlarini koʻpayishi va iqtisodiy holatining yaxshilanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SOLIQ_TAQVIMI_AVGUST_2025.pdf
169.5 KB
#soliq_taqvimi

🗓 Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2025-yil avgust oyi uchun kalendari

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#ijtimoiy_soliq

1-avgustdan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o'zini o'zi band qilgan shaxslar uchun ijtimoiy soliq miqdori o‘zgaradi

❗️2025-yil 1-avgustdan bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 412 000 so‘mni tashkil etadi.
👉 PF-91-son, 02.06.2025-yil.

Avgust oyidan boshlab ijtimoiy soliq quyidagi miqdorlarda to'lanadi:

🔹yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) oyiga 412 000 so‘m;

🔹boshqa YTTlarning yollanma xodimlari uchun – yiliga 412 000 so'm;

🔹oilaviy tadbirkorlar (yuridik shaxs tashkil etmagan):
▫️YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi – oyiga 412 000 so‘m;
▫️oilaning boshqa a’zolari (18 yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno) – yiliga 206 000 so‘m.

🔹 o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 31-dekabrga qadar ixtiyoriy asosdayiliga 412 000 so'm.

👉 Soliq kodeksi 408-modda

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#munosabat #onlayn_NKM

Xizmat ko‘rsatish sohasida ham to‘lov naqd pul yoki plastik kartada amalga oshirilishidan qat'i nazar QR-kodli xarid cheki berilishi shart❗️

Quva tumanida yangi ochilgan sport zalga tashrif buyuruvchilar tomonidan amalga oshirilgan to‘lov uchun xarid cheki berilishi talab qilinayotganligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

📃Prezidentning PF-5813-son Farmoniga asosan, onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga o‘tgan tadbirkorlik subyektlari tovar (ish, xizmat)lar uchun to‘lov naqd pul yoki plastik karta orqali amalga oshirilishidan qat’i nazar, xaridorlarga QR-kodli chek berishi shart.


❗️Mazkur normaga rioya qilmaslik, nazorat-kassa mashinasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik besh million so‘m miqdorida jarima qo‘llashga sabab bo‘ladi.
👉Soliq kodeksining 221-moddasi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Mehnat staji hisoblanishi uchun kimlar ixtiyoriy tartibda soliq to‘lashlari mumkin?

📃Soliq kodeksining 408-moddasiga asosan, mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun quyidagi jismoniy shaxslar tomonidan yiliga BHM*ning kamida bir baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliq to‘lanishi mumkin:

👉 o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar;

👉 shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida band bo‘lgan yoki mazkur maydonda chorvachilik (qoramol, qo‘ylar, echkilar, otlar va boshqalar), issiqxona xo‘jaligi, parrandachilik (tovuqlar, bedanalar, kurkalar, g‘ozlar, o‘rdaklar), quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bog‘dorchilik, limonchilik, gulchilik bilan shug‘ullanayotgan shaxsiy tomorqa yer uchastkalarining egalari yoki ularning oila a’zolari bo‘lgan fuqarolar (ularga tegishli tomorqa yer uchastkasining maydonidan yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qat’i nazar);

👉 dehqon xo‘jaligining a’zolari (bundan dehqon xo‘jaligi boshlig‘i mustasno) va dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan jismoniy shaxslar;

👉 mehnat shartnomasi asosida chet elda yollanib ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;

👉 O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan), tashkilotlarda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;

👉 ishlamaydigan eri (xotini) uchun soliq to‘lovini amalga oshiruvchi ishlayotgan fuqarolar.

* 2025-yil 1-avgustdan bazaviy hisoblash miqdori (BHM)  412 000 so‘m.

#bilasizmi

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube