#QQS
QQSni qaytarib olish uchun ariza shart emas. Salbiy summani hisobotda ko‘rsatish kifoya
Soliq to‘lovchi QQS salbiy farq summasini qaytarib olish uchun alohida ariza taqdim etmasdan QQS hisobotini taqdim etish jarayonida ushbu summani ko‘rsatib o‘tish orqali soliq organlarini xabardor qilishi mumkin.
Buning uchun hisobot shaklining “Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limida tegishli jadval joylashtirilgan. Sariq katakchalarda ma'lumotlar avtomatik ravishda to'ldiriladi. Ko'k kataklarga quyidagilar qo'lda kiritilishi lozim:
🔹qaytarilishi talab etiladigan soliq summasi;
🔹QQS salbiy farq summasini kelgusi to‘lovlar uchun hisobga olish talabi;
🔹qaytarishning tartibi: umumiy yoki tezlashtirilgan.
Soliq organlari murojaatlarni ma'lumot olingan kundan boshlab umumiy tartibda 30 kun ichida, tezlashtirilgan tartibda esa 7 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqadi va salbiy farq summasi qaytarilishi (yoki qaytarish rad etilganligi) haqida soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga qaror nusxasini yuboradi.
👉Kimlar QQSni tezlashtirilgan tartibda qaytarib olishga haqli?
Shunindek, barqarorlik reyting “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) bir kun muddatda tekshiruvlarsiz avtomatlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Telegram I Facebook I Instagram I Youtube

Farg‘ona shahrida sayyor qabul o‘tkazildi
Aholi muammolarini joyida o‘rganish va ijobiy yechim topish maqsadida Farg‘ona viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabullar davom ettirilmoqda.
Navbatdagi qabul Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tdi, unda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudxon Mamatxanov ham bevosita ishtirok etdi va fuqarolar muammolarini yaqindan tingladi.
Qabul davomida QQS qaytarish, yer va mol-mulk soliqlari, korxona faoliyatini tugatishda amaliy yordam ko‘rsatish, uy-joy ta’mirlashda ko‘maklashish, moddiy yordam ajratish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Shu kunning o‘zida aksariyat murojaatlarga ijobiy yechim topildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

“OCHIQ ESHIKLAR KUNI” TASHKIL ETILDI
Joriy yilning 1-noyabridan 29-noyabriga qadar soliq organlarida o‘tkazilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida OAV vakillari hamda talabalar uchun “Ochiq eshiklar kuni” va matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbir doirasida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Botiraliyev mehmonlar bilan uchrashib, soliq tizimida korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, Prezidentimiz tashabbusi bilan soliq organlarida "mahallabay" va "korxonabay" ishlash tizimining yo‘lga qo‘yilganligi, erishilayotgan natijalar va ish samaradorligidan kelib chiqib xodimlar rag‘batlantirilayotganligini ta’kidladi.
“Ochiq eshiklar kuni” jarayonida OAV vakillari hamda talabalar viloyat soliq boshqarmasi faoliyati, tizim xodimlarining ish jarayonlari, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
#ochiq_eshiklar_kuni