Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
4.8K photos
528 videos
42 files
2.46K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Mahallaga biriktirilgan soliq inspektorlari faoliyati o‘rganilmoqda

Mahallani joylarda muammoni hal qiladigan institutga aylantirish maqsadida “mahalla yettiligi” faoliyatini yo‘lga qo‘yildi, xususan, tadbirkorlarning soliq ma’muriyatchiligi bilan bog‘liq muammolarini o‘rganish va joyida hal qilish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlarini legallashtirish, pirovardda esa soliq bazasini kengaytirish maqsadida har bir mahallaga soliq inspektorlari biriktirildi.

Boshqarma rahbariyati mahallaga biriktirilgan inspektorlar ish jarayoni bilan tanishish, zarur ko‘rsatmalar berish maqsadida hududlarga tashrif buyurmoqda. Xususan, Farg‘ona shahar hududida bo‘lgan Shodiyona MFYga biriktirilgan inspektor faoliyati o‘rganildi. Ish jarayonini “mahalla yettiligi” bilan birgalikda tashkillash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, jarayonning o‘zida 4-sektor hududidagi fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi hamda ularning murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Telegram I Facebook I Instagram I
#antikorrupsiya #uchrashuv

Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Marg‘ilon shahri, Dang‘ara, Yozyovon, Farg‘ona va O‘zbekiston tumanlari soliq inspeksiyalarida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda so‘zga chiqqanlar tomonidan korrupsiya va uning mohiyati, oqibatlari, shuningdek, soliq xodimlarining yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etishlari hamda har qanday ko‘rinishdagi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Xodimlar soliq to‘lovchilar bilan muloqot davomida xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish, shaxsiy manfaatni davlat manfaatidan ustun qo‘ymaslik, mansab va vakolatini suiisteʻmol qilmaslik ahamiyati ta'kidlab o‘tildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim

Joriy yil 1-martga qadar fuqarolarga obyektlari uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari toʻgʻrisidagi SMS-xabarnoma yuboriladi.

📲 Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

❗️Avvalgi yillarda to‘lanmay qolgan soliq summasi ilovada qarzdorlik sifatida ko‘rsatilgan.

👉Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Yanvar oyida yig‘ilgan keshbek summalari tasdiqlandi

💳 Keshbeklarni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o‘tkazib olishingiz mumkin.

♻️ Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

❗️Iste'molchilar bir oyda BHMning 60 baravaridan (20 400 000 so‘m) oshmagan xaridlari uchun 1% keshbek (204 000 so‘m) olishi mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingida yuqori toifaga kirish mexanizmlari tadbirkorlarga yetkazilmoqda

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida ularning faoliyat manziliga borgan holda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Muloqotlarda tadbirkorlarga 100 ball olish imkonini beruvchi 10 ta umumiy mezon, yana qo‘shimcha 45 ball olish mumkin bo‘lgan rag‘batlantiruvchi, shu bilan birga, kamaytiruvchi mezonlar batafsil tushuntirilmoqda.

Xususan, Farg‘ona shahrida faoliyat yurituvchi "Ferghana wonderland textile" hamda "Big building capital group" MChJlari o‘rta toifada (BB) ekanliklari, shuningdek, ular shaxsiy kabinet orqali reytingdagi toifasini muntazam kuzatib borishlari, qanday mezonlarga asosan qancha ball berilganligi va kamchiliklarni qanday bartaraf etish haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkinligi tushuntirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#yer_soligi #imtiyoz

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

📌Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan quyidagilar ozod qilinadi 👉👉👉

«O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;

urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;

boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir;

Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar;

energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar – qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga asosan qoʻllanilgan jarima summasining 98 %i hisobdan chiqariladi

🖊O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-39 son Farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra:
Fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar birinchi marta sodir etilganda – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 %i (avval 100%);

♻️Bir yil davomida takror sodir etilganda – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 %i miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar (227 prim 1-modda) uchun qoʻllanilgan moliyaviy jarimalar boʻyicha mavjud qarzdorlikning 98 %i hisobdan chiqariladi va qarzdorlikni undirish bilan bogʻliq sud va ijro ishlari tugatiladi.

📌Undirilgan jarima summalarining 98%i kelgusi toʻlovlar hisobiga tadbirkorlik subyektlariga qaytariladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

Soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Dildora Xashimova ishtirokidagi brifing


Dastlabki hisob kitoblarga koʻra, Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun 2022-yil 13-iyundan bugungi kunga qadar 1,5 ming nafar tadbirkorlarga nisbatan 694 mlrd soʻm jarima qoʻllanilib, shundan 39 mlrd soʻmi undirilgan.
———-

#брифинг

Брифинг при участии начальника управления Налогового комитета Дилдоры Хашимовой

По предварительным подсчетам, с 13 июня 2022 года по сегодняшний день за правонарушения, предусмотренные ст.227 прим.1 Налогового кодекса, в отношении 1,5 тысяч предпринимателей были применены штрафы в размере 694 млрд сумов, из них взыскано 39 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

Hisoblangan soliqlarning belgilangan muddatlarda to‘lanishi Tadbirkorlarning barqarorlik reytingida qanday tartibda baholanadi?

"Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomga muvofiq, hisoblangan soliqlarning belgilangan muddatlarda to‘lanish ko‘rsatkichi hisoblangan soliq summalarining belgilangan muddatda to‘langanligidan kelib chiqib, quyidagicha baholanadi:
👉 belgilangan muddatda to‘langanda — 10 ball beriladi;
👉 kechiktirib to‘langanda yoki to‘lanmaganda — ball berilmaydi.

Bunda har oyda to‘lov muddati kelgan hisoblangan soliq summasi inobatga olinadi.

Bundan tashqari, hisoblangan soliqlar
👉 to‘lov topshiriqnomasi bilan to‘langan bo‘lsa — 10 ball beriladi;
👉 soliq organining inkasso topshiriqnomasi orqali undirilgan bo‘lsa — 5 ball chegiriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt