Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.89K subscribers
4.73K photos
524 videos
42 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

"Mol-mulk solig‘i hisobotini to'ldirish"
mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉https://youtube.com/live/H_iqboAb4vw?feature=share
__________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Начался онлайн семинар-тренинг на тему "Заполнение налоговой отчетности по налогу на имущество".

🌐 Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/H_iqboAb4vw?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#imtiyoz #mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

📌 Soliq kodeksining 421-moddasiga asosan quyidagi jismoniy shaxslarning egaligida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi👉

🔹“O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan🎖🏅fuqarolar;

🔹urush nogironlari va qatnashchilari🛂, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

🔹sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining🛃 ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari);

🔹energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi👉

🔹 o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining👨‍👨‍👧‍👧;

🔹pensionerlarning;

🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning♿️.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

1-mart – 2023-yil uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

❗️
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari (qishloq xoʻjaligi korxonalari bundan mustasno) 2023-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini 2024-yilning 1-martidan kechiktirmay taqdim etishi lozim.

2023-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari
2024-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#foyda_soligi

2023-yil yakunlari bo‘yicha foyda solig‘i hisoboti 2024-yil 1-martdan kechiktirmay taqdim etiladi.
Soliq kodeksi 339-modda

👉Foyda solig'i hisobotini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#deklaratsiya

Deklaratsiya topshirishi lozim bo‘lgan fuqarolarga SMS yuborildi

📝 Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlari to‘g‘risidagi jami yillik deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etishi va hisoblangan soliq summasini 1-iyunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan.

📩Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, ularning uyali telefonlariga 2023-yilda olgan daromadlari bo‘yicha joriy yil 1-aprelga qadar deklaratsiya (noturar obyektlari va 36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida olgan daromadlari) taqdim etishi lozimligi yuzasidan SMS yuborildi.

🔗 SMSdagi “Batafsil” havolasi orqali fuqaro olgan daromadi manbai, hisoblanishi kutilayotgan daromad soligʻi summasi va boshqa ma'lumotlar bilan tanishishi mumkin.

2023-yilda olingan daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali yuboriladi.
👉Deklaratsiya yuborish bo‘yicha videoqo‘llanma

❗️Eʼtibor bering: SMS Soliq_uz manzilidan (Perfectum abonentlariga 6079 raqamidan) yuborilmoqda. Boshqa manzildan yuborilgan SMSlar soliq organiga tegishli emas.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingidagi 23 ta mezon mohiyati tadbirkorlarga yetkazilmoqda

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida ularning faoliyat manziliga borgan holda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Muloqotlarda tadbirkorlarga 100 ball olish imkonini beruvchi 10 ta umumiy mezon, yana qo‘shimcha 45 ball olish mumkin bo‘lgan rag‘batlantiruvchi, shu bilan birga, kamaytiruvchi mezonlar batafsil tushuntirilmoqda.

Xususan, Farg‘ona shahrida faoliyat yurituvchi "Antract family" (CC) hamda "Idea concept group" MChJlari (C) qoniqarli toifada ekanliklari, shuningdek, ular shaxsiy kabinet orqali reytingdagi toifasini muntazam kuzatib borishlari, kamchiliklarni qanday bartaraf etish haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkinligi tushuntirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#matbuot_anjumani

Mahallabay tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida joriy etilayotgan o‘zgarishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi


Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalarida faoliyat ko‘rsatuvchi jurnalistlar, blogerlar ishtirok etdilar.

Matbuot anjumanini Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudxon Mamatxanov ochib berdi va soliq xizmati organlari tomonidan mahallabay tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida joriy etilayotgan o‘zgarishlar haqida axborot berdi.

Matbuot anjumani davomida 2024-yil 1-fevraldan boshlab joriy etilgan Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingiga ham batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirda OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt