Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
5.18K photos
566 videos
43 files
2.6K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Ishonch telefoni: 73 241 70 61
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#yer_soligi

Jismoniy shaxslar yer solig'i qaysi obyektlar uchun to'lanadi?

Jismoniy shaxslar yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.
👉 Soliq kodeksi 440-modda

Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini to‘laydi.
👉 Soliq kodeksi 433-modda

Quyidagilar yer soligʻi obyektlari hisoblanadi:
▫️qishloq va dehqon xoʻjaligi uchun berilgan;
▫️yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun berilgan;
▫️jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchilik uchun berilgan,
▫️yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan;
▫️meros yoki hadya qilingan va sotib olinganda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi oʻtgan;
▫️qonunchilikda belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan;
▫️tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilganda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari ostidagi yer uchastkalari.
▫️xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
▫️ko‘p kvartirali uylarda joylashgan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari
👉 Soliq kodeksi 434-modda

👉2024-yil uchun yer solig‘i bazaviy stavkalari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#yer_soligi #imtiyoz

Jismoniy shaxslardan olinadigan
yer solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

📌Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan quyidagilar ozod qilinadi 👉👉👉

«O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;

urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;

boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir;

Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar;

energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar – qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#suniy_intellekt #ai

Ertaga,
15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun yer va mol-mulk solig‘i to‘lashning so‘nggi kuni!

Videorolik sun'iy intellekt yordamida tayyorlangan.

#15_oktabr #yer_soligi #mol_mulk_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoniga yer solig‘i qanday hisoblanadi?

Jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi (Soliq kodeksi, 437-modda).

#savol_javob #yer_soligi #mol_mulk_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Otam pensioner, yashab turgan hovlimiz ularning nomida, mol-mulk va yer soliqlaridan qanday imtiyoz bor?

Soliq kodeksiga ko‘ra, pensioner bo‘lgan jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi.

Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha esa imtiyoz faqat yolg‘iz pensionerlarga tatbiq etiladi. Ular yer solig‘idan butunlay ozod etilgan.

Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogironligi bo‘lgan bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi.

Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

#savol_javob #yer_soligi #mol_mulk_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari (Farg‘ona viloyati uchun)

Joriy yilda qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalari 2024-yilga nisbatan indeksatsiya qilindi.

Ma'lumot uchun❗️Soliq stavkalarining aniq miqdori tuman va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlardan foydalangan holda belgilanadi.
________
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i boʻyicha kiritilgan o‘zgarishlar

Qishloq xo'jaligi korxonalari balansida bo'lgan, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash, shuningdek ipak qurti yetishtirishda foydalaniladigan bino va inshootlar joylashgan yerlar uchun soliq xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,2 koeffitsientini qo'llanilgan holda to'lanadi.
❗️Ijara huquqi asosida foydalaniladigan yer uchastkalarida joylashgan va imtiyozlar tatbiq etiladigan obyektlar bundan mustasno.

Shahar va shaharchalar chegaralarida joylashgan qishloq xo'jaligi yerlari uchun yer solig‘i 1 baravar miqdorida to'lanadi.
Avval 2 barobar miqdorda to‘lanar edi.
👉 Soliq kodeksi 429-modda

Yangi barpo etilgan bog'lar, tokzorlar, tutzorlar egallagan yer uchastkalari (daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanishidan qat'i nazar) 5 yil muddatga 50% kamaytirilgan stavkalar bo'yicha soliq to'lanadi. Vakolatli organ tomonidan bog' va tokzorlarni iqtisodiy jihatdan samarasiz va past hosildorligi deb topish to'g'risida xulosa berilgan kundan e'tiboran 12 oy ichida yangi bog' va tokzorlar barpo etilmagan yer uchastkalariga nisbatan soliq stavkasi 3 barobar oshirilgan holda belgilanadi.

Yangi ko'chatlar ekish uchun soliq imtiyozini hisoblash muddati:
🍁kuzda ekilgan – keyingi yilning 1-yanvaridan;
☘️bahorda ekilgan – joriy soliq davrining 1-yanvaridan.
❗️Avval bunday yerlar soliqqa tortilmas edi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) o‘rnatish uchun soliq imtiyozlari

QTEMlarning umumiy quvvati quyidagicha bo‘lgan alohida turuvchi qurilmalari bilan band bo‘lgan yer uchastkalari soliqqa tortilmaydi:

📉 100 kVt gacha - qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 3 yil muddatga;

☀️quyosh panellari quvvatining 25%dan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to'plash tizimi mavjud bo‘lgan quyosh panellari o'rnatilganda – ushbu panellar foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 10 yil muddatga;

📈 100 kVt va undan ko‘proq – foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 10 yil muddatga.

👉 Soliq kodeksi 428-modda

#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar #yer_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslarga 2025-yil uchun
yer va mol-mulk solig'i hisoblandi

Ushbu soliqlar teng ulushlarda 15-aprel va 15-oktabrga qadar to‘lanadi.

Soliq organlari har yili 1-martdan kechiktirmay soliq to'lovchilarga to'lov xabarnomasini quyidagi usullarda topshiradi:
✍️ imzo qo'ydirilgan holda;
💻 soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda;
📲 uyali telefon raqamiga SMS-xabarnoma tarzida;
Soliq mobil ilovasi orqali.

Hisoblangan soliq summalarini bilishning eng tez, qulay va xavfsiz usuli:
✔️Soliq mobil ilovasini
📱 Play Market
📱 App Store dan yuklab oling
✔️va unda Face ID dan o'ting.

Sizga tegishli bo'lgan barcha obyektlar haqidagi ma'lumotlar avtomatik ravishda ko'rsatiladi.

Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig'i to'g'risida
👉Qaysi obyektlar uchun to'lanadi?
👉2025-yilda qanday soliq stavkalari amal qiladi?
👉Kimlar mol-mulk solig'i bo'yicha imtiyozlarga ega?

Jismoniy shaxslarning yer solig'i to'g'risida
👉Qaysi obyektlar uchun to'lanadi?
👉2025-yilda yer solig'ining asosiy stavkalari qanday?
👉Kimlar yer solig'ini to'lashdan ozod qilinadi?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulk_soligi #yer_soligi

Soliq mobil ilovasida soliqlarni uydan chiqmasdan to'lang!

Jismoniy shaxslar 2025-yil uchun mol-mulk va yer solig‘ini masofadan turib to‘lashlari mumkin.

Hisoblangan summa “Mening soliqlarim” “Soliqlarni to‘lash” bo‘limida soliq to‘lovchilarga jami qancha to‘lashi zarurligini eslatish uchun “Yillik” sifatida onlayn aks ettiriladi, “Joriy ” ustunida esa 15-aprelgacha qarz miqdori ko‘rsatilmaydi.

❗️ Eslatib o‘tamiz, 2025-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer solig‘i summasi 15-aprel va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to‘lanadi.
👉Soliq kodeksining 423-moddasi va 440-moddasi

"To'lov summasi" qatorida ko'rsatilgan summaga o'zgartirishlar kiritish va istalgan miqdordagi summani to'lash mumkin. To'lovdan oldin tizim qo'shimcha tasdiqlashni so'raydi.

Ilova foydalanuvchilari soliq qarzlarini avtomatik to'lash rejimini ham yoqishlari mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulk_soligi #yer_soligi #15_aprel

🗓15-aprel – yer va mol-mulk soliqlari teng yarmini to‘lashning so‘nggi kuni!

Jismoniy shaxslar 2025-yil uchun mol-mulk va yer solig‘ini Soliq mobil ilovasi orqali masofadan turib to‘lashlari mumkin.

Hisoblangan summa “Mening soliqlarim” “Soliqlarni to‘lash” bo‘limida soliq to‘lovchilarga jami qancha to‘lashi zarurligini eslatish uchun “Yillik” sifatida onlayn aks ettiriladi, “Joriy ” ustunida esa 15-aprelgacha qarz miqdori ko‘rsatilmaydi.

✔️ Eslatib o‘tamiz, 2025-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer solig‘i summasi 15-aprel va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to‘lanadi.

❗️Avvalgi yillarda to‘lanmay qolgan soliq summasi ilovada qarzdorlik sifatida ko‘rsatilgan.

👉Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
🗓15-aprel – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i teng yarmini to‘lashning oxirgi kuni!

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2025-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni tez va oson amalga oshirishingiz mumkin.

👉Yer va mol-mulk soliqlarini Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash

#15_aprel #yer_soligi #mol_mulk_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Otam pensioner, yashab turgan hovlimiz ularning nomida, mol-mulk va yer soliqlaridan qanday imtiyoz bor?

Soliq kodeksiga ko‘ra, pensioner bo‘lgan jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi.

Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha esa imtiyoz faqat yolg‘iz pensionerlarga tatbiq etiladi. Ular yer solig‘idan butunlay ozod etilgan.

Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogironligi bo‘lgan bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi.

Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

#savol_javob #yer_soligi #mol_mulk_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#yer_soligi #imtiyoz

Jismoniy shaxslardan olinadigan
yer solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

📌Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan quyidagilar ozod qilinadi 👉👉👉

«O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;

urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;

boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir;

Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar;

energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar – qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yer va mol-mulk soliqlari imtiyozlari kimlarga nisbatan tatbiq etiladi?

"Farg‘ona" telekanali "Xayrli kun!" dasturida viloyat soliq boshqarmasi xodimi batafsil tushuntirish berdi.

©️Farg‘ona MTRK

#yer_soligi #mol_mulk_soligi #imtiyoz