Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.94K subscribers
4.72K photos
523 videos
41 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
So‘xlik tadbirkorlarga ko‘rsatilgan ko‘mak natijasida 2 ta yangi subyekt tashkil etildi

Xabaringiz bor, sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib So‘x tumani 5-toifaga kiritilgan bo‘lib, tadbirkorlar uchun Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bir qator soliq imtiyozlari berilgan. Mazkur yengilliklarni keng jamoatchilik va tumandagi tadbirkorlik subyektlariga yetkazish maqsadida soliq xizmati organlari tomonidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga, So‘x tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida mahalliy tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar tizimli o‘rganilmoqda hamda ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, Qal’a MFYda “Sulaymon ota” va Chashma MFYda “Dilshodbeku Diyorbek” korxonalari rahbarlari tadbirkorlik faoliyatini boshlash maqsadida kredit olish uchun hujjat ramsiylashtirishdi, biroq ayrim sabablarga ko‘ra kredit olishda qiynalishdi.

Mazkur holat So‘x tumani DSI xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi hamda tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Natijada, har bir fuqaroga berilgan 250 mln so‘m miqdoridagi kredit hisobiga tumanda 2 ta tadbirkorlik subyekti tashkil etildi. Eng muhimi, savdo obyektlari ochilishi natijasida tumandagi 5 nafar ishsiz yoshlar bandligi ta’minlandi.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

Eslatma❗️2023-yil 10-fevral

yanvar oyi uchun:

🔹aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism);

fevral oyi uchun:

🔹 AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism);

🔹 AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan mol- mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism).

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tax_free

Tax free – chet el fuqarolari O‘zbekistonda ayrim turdagi tovarlar uchun QQS summasini qaytarib olishi mumkin

👉5 ta aeroportda "tax free" tizimi joriy etildi

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.

📊Hujjat bilan tadbirkorlik subyektlari quyidagi mezonlar asosida toifalarga ajratiladi:

📌 kichik tadbirkorlik subyektlari:
🔹 yakka tartibdagi tadbirkorlar;
🔹 mikrofirmalar – taʼsischilari (ishtirokchilari) jismoniy shaxslar boʻlgan hamda jami daromadi kalendar yil davomida 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlik subyektlari;
🔹 kichik korxonalar – jami daromadi kalendar yil davomida 1 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmgacha boʻlgan hamda ushbu kichik bandning uchinchi xatboshisidagi taʼsischilari (ishtirokchilari) yuridik shaxslar boʻlgan tadbirkorlik subyektlari;

📌oʻrta tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi kalendar yil davomida 10 mlrd soʻmdan 100 mlrd soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlik subyektlari;

📌 yirik tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi kalendar yil davomida 100 mlrd soʻm va undan yuqori boʻlgan tadbirkorlik subyektlari.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2023-yil 1-maydan quyidagilar majburiy hisoblanadi:

🔸avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida elektron oʻlchash uskunalari va onlayn video kameralarini oʻrnatish hamda ularni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;

🔸paxta, gʻalla yoki sholini qabul qilish va hisobini yuritish boʻyicha axborot tizimlarining operatorlari oʻz tizimlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilishi.

🔸shuningdek, toʻlov xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar oʻrtasida pul oʻtkazmalari amalga oshirilganda, ularga koʻrsatilgan xizmatlar uchun (olingan haq, komissiya uchun “0” soʻm boʻlgan taqdirda ham) elektron hisobvaraq-fakturalar taqdim etadi va rasmiylashtiradi.

Shu bilan bir qatorda, ushbu EHFlarni qayta ishlash, uzatish va markazlashgan holda saqlash bo‘yicha olinadigan xizmat haqini kamaytirish (bekor qilish) bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi va bu bo‘yicha aniq yechimlar qabul qilinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#rasmiy_munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining axboroti

Prezident farmoniga muvofiq Soliq qo‘mitasi 2023-yil 1-oktabrga qadar tajriba tariqasida QQS to‘lash bo‘yicha soliq uzilishi aniqlanganda soliq nazorati tadbirlarini amalga oshirishi mumkin.

QQS bilvosita soliq bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun uning neytralligi hisob-kitob mexanizmi orqali ta’minlanishi sababli, tovar (xizmat)lar realizatsiyasining har bir bosqichida soliq budjetga to‘lanishi zarur.

Shuni amalga oshirish maqsadida intizomsiz soliq to‘lovchilar tomonidan QQSni noqonuniy qoplashni oldini olish bo‘yicha tajriba o‘tkaziladi.

Bu Yevropa va MDH davlatlarida keng qo‘llaniladigan butunjaxon amaliyotdir. Ushbu mamlakatlarning soliq ma’murchiligida tovar (xizmat)larni yetkazib berish zanjirida QQS uzilishlari aniqlanganida, soliqni asossiz qoplashda nafga ega bo‘layotgan benefitsiarlarni aniqlash uchun bunday yetkazib berish jarayonlarida ishtirok etgan barcha shaxslarga nisbatan qat’iy soliq nazorati tadbirlari o‘tkaziladi.

❗️Muhim. Tajriba doirasida o‘tkaziladigan soliq nazorati choralari ommaviy xarakterga ega bo‘lmaydi.

Biroq, soxta tadbirkor - soliq to‘lovchilar tomonidan QQSni budjetga to‘lamaslik shart-sharoitlarining yaratilishi tovar (xizmat)larni yetkazib berish zanjirining barcha ishtirokchilarini, hatto ular bilan bog‘liq bo‘lmagan insofli tadbirkorlarni, soliq huquqbuzarligi sodir etlishi mumkin bo`lgan xavf guruhiga kirib qolishiga olib kelmoqda.

Shu bois, soliq organlarining vazifasi haqiqiy benefitsiarlar hamda ularga aloqador shaxslarni va noqonuniy qoplangan soliqlarni aniqlashdan iborat.

Bugungi kunda Soliq qoʻmitasining soliq maʼmuriyatchiligini raqamlashtirish tajribasi qoʻshilgan qiymatni yaratish va oʻtkazish, shuningdek, QQSni budjetga toʻlash zanjirining toʻliq xaritasini shakllantirish imkonini beradi.

Ushbu imkoniyatdan kelib chiqib, soliq uzilishi ko‘rsatkichini qoʻllash faqat soliqdan qochishning agressiv usullariga murojaat qiladigan intizomsiz soliq to‘lovchilarga nisbatan amalga oshiriladi.

Ta’kidlash joizki, manzilli ishlar firibgarlik sxemalardan foydalangan holda asossiz soliq nafi olish bilan bog‘liq bo‘lmagan insofli soliq to‘lovchilarning huquqlarini himoya qilish imkonini beradi. Bunday aniq va manzilli ishlarni amalga oshirish zarurligi ishbilarmon doiralar va professional jamoatchilik vakillari tomonidan ham bildirilgan.

Tajriba keng jamoatchilik va ekspertlar hamjamiyatini jalb qilgan holda o‘tkaziladi va uning natijalari, jumladan, dastlabkilari OAVda yoritiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Фарғона вилоятида жорий йилнинг 13-19 февраль кунлари Ички ишлар вазирлиги Киберхавфсизлик маркази, вилоятдаги манфаатдор идора ва ташкилотлар билан ҳамкорликда “Кибермаконда содир этиладиган жиноятларга қарши курашиш ҳафталиги” (Cyber-Week) комплекс тарғибот тадбирлари ўтказилади.

👉 "Cyber-Week” тарғибот тадбирларида қуйидаги танловларни ўтказиш белгиланган:

🟢 “Киберхавфсизлик билимдонлари” интеллектуал ўйини;
🟢Энг яхши контент” танлови;
🟢 “Энг яхши монолог” танлови;
🟢 “Энг яхши иншо" танлови;
🟢 “Энг яхши шеър" танлови;
🟢 “Банк картаси кодини ҳеч кимга бермайман” шиори остида, катта ёшли аҳоли, нафақахўрлар ўртасидаги танлов;
🟢 "Интернет тармоғидан хавфсиз фойдаланаман” шиори остида, тиббиёт ходимлари ўртасида танлов;
🟢 “Энг яхши маҳалла” танловлари.

🎁 Танлов ғолиблари қимматбаҳо совғалар билан тақдирланади.

Танлов учун материаллар Сyber102Bot телеграм боти орқали қабул қилинади.

🗺 “Энг яхши маҳалла” танлови учун овоз бериш СyberMahallaBot телеграм боти орқали амалга оширирилади.

"Cyber-Week” тарғибот тадбирлари ҳақида CyberWeek.uz веб-саҳифаси орқали батафсил танишиб боришингиз мумкин.

Эслатма: танловда Фарғона вилоятида яшовчи фуқаролар иштирок этиши мумкин.

❗️Танловларда фаол иштирок этинг ва ўз кибер маданиятингизни оширинг

Бизни кузатиб боринг👇👇👇
https://t.iss.one/cyber_102
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Keshbek: kimlar shubhali xaridor hisoblanadi?

Shubhali xaridorlar –
keshbekka ega bo‘lish uchun boshqa fuqarolar cheklarini egasining ruxsatisiz ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslar.

Xaridni amalga oshirgan shaxs o‘z cheki boshqa foydalanuvchi tomonidan Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganligini aniqlasa:

▫️chekni ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxs foydasiga keshbekdan voz kechishi mumkin;
▫️yoki ushbu shaxs ustidan shikoyat qilishi mumkin. Buning uchun Soliq ilovasida ochiladigan maxsus oynada shikoyat qilishni istaysizmi so‘roviga "ha" javobini tanlash kerak.

Mobil ilova orqali o‘zgalarga tegishli bo‘lgan 15 va undan ortiq QR-kodli chekni ro‘yxatdan o‘tkazganligi haqida shikoyat kelib tushgan jismoniy shaxslar shubhali xaridorlar reestriga kiritiladi.

Boshqalar ro‘yxatdan o‘tkazgan o‘z cheki uchun keshbek olsa bo‘ladimi?

Agar shikoyat qilish paytida keshbek to'lanmagan bo'lsa, chekning haqiqiy egasi soliq organlariga aynan o'sha xaridni amalga oshirganligi va QR-kodli chekni olganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etsa unga tegishli keshbek hisoblanadi.

Agar ushbu faktlarni tasdiqlashning imkoni bo'lmasa, keshbek sud qarori asosida qaytariladi.

Shubhali xaridorlar reestridan qachon chiqariladi?

🔸Soliq organiga keshbek olish huquqi qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar yoki sud qarorini taqdim etganda;

🔸Shubhali xaridorlar reestrga kiritilgan kundan boshlab o‘n ikki kalendar oy o‘tganidan keyin.

👉VM-255-son qarori 12.05.2022-yil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Hurmatli soliq toʻlovchilar!!!

2023-yil yanvar oyidan boshlab Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (JSHODS)ning (46-kod) hisobot shakli oʻzgarganligi sababli, toʻlov manbaida ushlab qolingan jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan daromad soligʻi (186-kod) uchun yangi shaxsiy hisobvaraqasi ochilgan.

Soliq toʻlovchilar tomonidan soliq hisoboti taqdim etilganda, toʻlov manbaida ushlab qolingan jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan daromad soligʻi uchun tegishli soliq kodi hamda gʻazna hisobraqami avtomat shakllanadi.

Mazkur soliq turi uchun to‘lovlarni amalga oshirishda, shaxsiy kabinetdan “Yuridik shaxslarning soliqlarini to‘lash” bo‘limi so‘ngra “Soliq turlarini yangilash” tugmasi bosiladi.

Agarda soliq toʻlovchi, hisobot taqdim etmasdan, toʻlovlarni amalga oshirmoqchi boʻlsa, mazkur soliq kodini (186-kod) ochish uchun soliq organiga murojaat qilishi lozim (bog‘lanish uchun telefon raqamlari “Yuridik shaxslarning soliqlarini toʻlash” xizmatida mavjud).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona shahridagi avtoturargohlarda haydovchilarga kassa cheki berilyaptimi?

©️Zo'r TV

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

Qatʼiy belgilangan summada AOS to‘lovchilar uchun

2023-yil 1-yanvardan
soliq to‘lovchilarga jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmaganda yiliga 20 mln soʻmlik, jami daromad 500 mln soʻmdan oshganda esa yiliga 30 mln soʻmlik qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni tanlash huquqi berildi.

Aylanmadan olinadigan soliqni qatʼiy belgilangan summada to‘lashni tanlaganalar AOS hisobotini taqdim etmaydi.

Qat'iy soliq summasi soliq to‘lovchi shaxsiy hisobvarag‘ining 100-kodida to‘lashga avtomatik hisoblanadi.

Qatʼiy belgilangan summadagi soliq teng ulushlarda har oyda, kalendar oydan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay toʻlanadi.

Ushbu tartib boʻyicha soliq toʻlashga oʻtish uchun soliq organiga keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin xabarnoma yuborishning o‘zi yetarli.

2023-yil mart oyidan oʻtish uchun xabarnomani 2023-yil 15-fevralgacha taqdim etish lozim.

AOSni qat'iy belgilangan summada to‘lashga o‘tish ixtiyoriy.

Qat'iy belgilangan soliqqa o'tish uchun qanday murojaat qilish kerak?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha yangi videoqoʻllanma

💻Endilikda "kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish uchun soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatining yangi versiyasida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

♻️Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
▫️ipoteka kreditlari.

☝️Bu haqda batafsil videoqoʻllanmada tanishing

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

👉Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatganlarga soliq imtiyozlari beriladi

🖊O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2023-yil 1-apreldan boshlab:

🔹Umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk va yer solig‘idan hamda yuridik shaxslar umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi bo‘yicha foyda solig‘idan 3 yil muddatga, o‘rnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa – 10 yil muddatga ozod etiladi;

🔹Aholi xonadonlariga kichik umumiy quvvati 50 kVt gacha bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi.

Uning doirasida jismoniy shaxslarga tegishli obyektlarda o‘rnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga Davlat budjetidan 1000 so‘mdan subsidiya ajratiladi .

Subsidiya soliq organlari tomonidan har oyda “Soliq” mobil ilovasi orqali hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar fuqarolarning bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

Eslatma❗️2023-yil 20-fevral

yanvar oyi uchun:

🔹 QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1-2 qismlar);

🔹 dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

🔹 norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq agenti tomonidan soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

🔹 yuridik shaxslar tomonidan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3-4 qismlar);

fevral oyi uchun:

🔹 soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qat’iy belgilangan summada soliq to‘lash tartibiga o‘tish afzalliklari tadbirkorlarga yetkazilmoqda

©️Farg‘ona TV

#AOS #soliq_xabarlari

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM