Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
5.4K photos
595 videos
43 files
2.71K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Ishonch telefoni: 73 241 70 61
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKM

Farg‘ona viloyatida 15 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektlari onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanmoqda. Amalga oshirilgan xarid uchun ularning barchasida iste'molchilarga QR-kodli kassa cheki berilyaptimi?

Farg‘ona shahrida olib borilgan o‘rganishlar ana shu haqida.

❗️Eslatib o‘tamiz, to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'iy nazar xaridorga fiskal chek berilishi lozim.
👉PF-5813-son 06.09.2019-yil

Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik 5 mln so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

©️Farg'ona TV

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq_hisoboti_qo‘llanmasi.pdf
662.1 KB
#soliq_taqvimi

Yuridik shaxslar diqqatiga!

Yuridik shaxslar tomonidan (bundan qishloq xo‘jaligi korxonalari mustasno) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoboti suvdan foydalanish joyi bo‘yicha soliq organlariga hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay taqdim etiladi va shu muddatdan kechiktirmay to‘lov amalga oshiriladi.

👉Soliq kodeksi 447-modda

🔸2022-yil suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoboti shakli my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan.

👉Hisobot paket kodi 10601_10.

♻️Imtiyozlar mavjud bo‘lsa, ularni soliq hisobotida qo‘llash uchun avvaldan shaxsiy kabinetdagi “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” bo‘limi orqali soliq organlariga elektron ariza taqdim etish lozim.

👆Hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bog‘dod va Buvayda tumanlarida aholi muammolari uyma-uy yurib o‘rganildi

Aholi muammolarini xonadonbay o‘rganish, joyida bartaraf etish maqsadida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati tomonidan Bog‘dod va Buvayda tumanlarining Oydinbuloq va Ing‘irchoq MFYlarida sayyor qabul o‘tkazildi.

Uyma-uy yurib o‘tkazilgan suhbatlar jarayonida 25 nafar fuqarodan 31 ta masala bo‘yicha turli murojaatlar kelib tushdi hamda mas’ullar ko‘magida bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 20 ta oilaga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari berildi, shuningdek, o‘zini o‘zi band qilib daromad topishni niyat qilgan 2 nafar fuqaroga tikuv mashinalari topshirildi.

#4_sektor

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

❗️Agar tadbirkorlik subyekti tomonidan nol hisobot topshirganlik soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) maqsadida qilingan bo‘lsa va ushbu holat tasdiqlansa 👉

Soliq kodeksining 223-moddasiga asosan, soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) —yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodimlarning haqiqiy ish haqi summasi soliq hisobotida aks ettirilmaganligi yoki mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarning soliq hisobotida aks ettirilmaganligi ham soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb e’tirof etiladi. Ushbu soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha yashirilgan soliq bazasi summasi oxirgi o‘n ikki oy uchun aniqlanadi.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash vaqtincha to‘xtatildi

©️Farg‘ona TV

#soliq_xabarlari

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #mysoliquz

Soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portali – my.soliq.uz da jami 65 ta xizmat turi mavjud

Joriy yilning yanvar oyi davomida elektron xizmatlardan 25,3 mln marta foydalinilgan.

Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 % ga oshgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma❗️2023-yil 23-fevral

fevral oyi uchun:

❇️ jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Fermer xo'jaliklari ishchilariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini qaytarib berish tartibi joriy etiladi

📃Joriy yil 23-fevral kuni Prezidentimizning “Qishloq xo‘jaligida aholi bandligini oshirish va yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Qarorga ko‘ra,

🗓2023-yil 1-apreldan 2024-yil 1-mayga qadar:

🔹eksperiment tariqasida respublika budjetidan paxta va (yoki) g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga ularning ishchilarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga rioya qilinganda qaytarib berish tartibi joriy etiladi:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan har bir gektar yer uchun oyiga kamida bir nafar ishchining bandligi ta’minlanganda;

har bir nafar ishchi uchun oyiga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromad mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanganda;

paxta va (yoki) g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi o‘tgan yil yakuni bo‘yicha Soliq kodeksining 57-moddasi talablariga javob berganda.

🗓2023-yil 1-apreldan boshlab

🔹tadbirkorlik subyektlari yangi qurilgan ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolari, shu jumladan, 2023-yil 1-yanvardan keyin foydalanishga topshirilgan binolar yuzasidan (respublikaning shaharlari, shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida joylashgan binolar bundan mustasno) yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha hisoblangan summani 👉

uch qavatli binoga – 0,9,
to‘rt qavatli binoga – 0,8,
besh qavatli binoga – 0,7,
olti qavatli binoga – 0,6,
yetti va undan yuqori qavatli binoga – 0,5 pasaytiruvchi koeffitsientni qo‘llagan holda, bino foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘laydi.

❗️Pasaytiruvchi koeffitsient 👉

mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yordamchi xonalar bilan (ofis uchun xonalar va o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni sotish uchun, kasbni egallash maqsadida tashkil etilgan o‘quv-ishlab chiqarish xonalari va h.k.) birga, agar ularning maydoni yangi qurilgan ko‘p qavatli ishlab chiqarish binosining umumiy maydonining 20 foizidan oshmagan bo‘lsa;

ishlab chiqarish maqsadlarida bino bir nechta xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan birgalikda foydalanilayotgan bo‘lsa, bunday binoning har bir mulkdori tomonidan qo‘llaniladi.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Yanvar oyi uchun keshbek summalari tasdiqlanyapti

Keshbek summalari to'liq tasdiqlangach, fevral oyining 25-sanasidan keyin bank kartangizga o'tkazib olishingiz mumkin.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari

©️Farg‘ona TV

#soliq_xabarlari

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #QQS

Farg‘ona viloyatida QQS to‘lovchilar 13 mingdan oshdi

2023-yil 1-fevral holatiga respublika bo'yicha QQS toʻlovchilar soni 173,4 mingtaga yetib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 15,1%ga (22,7 mingta) oʻsdi.

Farg‘ona viloyatida esa 13 268 taga (o‘sish - 17,6%) yetdi.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Keshbek olishda FACE IDdan o‘tiladi

Buning uchun:

📱Face ID bo'limiga kiring;
🪪jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JShShIR) ko‘rsating;
👨 yuzingizni to'liq suratga oling va tasdiqlashga yuboring.

✔️Muvaffaqiyatli avtorizatsiyadan so'ng shaxsingiz tasdiqlanadi.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент қарори билан жорий этилган ва 2022 йил 10 декабрдан бошлаб амал қилаётган АИ-80 русумли автобензин учун акциз солиғини “ноль” ставкада қўллашнинг амал қилиш муддати эртага, 2023 йил 1 март куни якунига етиши керак эди.

Давлатимиз раҳбари томонидан бугун имзоланган қарорга мувофиқ, истеъмолчиларнинг нефть маҳсулотларига бўлган талабини қондириш ҳамда нархлар барқарорлигини таъминлаш мақсадида импорт қилинадиган, маҳаллий корхоналар томонидан ишлаб чиқариладиган ва тадбиркорлик субъектлари томонидан якуний истеъмолчиларга сотиладиган АИ-80 русумли автобензин маҳсулоти учун акциз солиғини “ноль” ставкада қўллаш муддати 2023 йил 31 декабрга қадар узайтирилди.

Завтра, 1 марта 2023 года должен был истечь срок действия введенной постановлением Президента с 10 декабря 2022 года нулевой ставки акцизного налога к автобензину марки АИ-80.

В соответствии с постановлением, подписанным главой государства сегодня, в целях удовлетворения потребности на нефтепродукты и обеспечения стабильности цен, применение нулевой ставки акцизного налога к автобензину марки АИ-80, импортируемому, производимому отечественными предприятиями и реализуемому субъектами предпринимательства конечным потребителям, продлено до 31 декабря 2023 года.

Facebook|Instagram|Twitter