Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
4.71K photos
523 videos
41 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#aksiz_soligi

2023-yil 1-fevraldan
neft mahsulotlari hamda ishlab chiqariladigan alkogol va tamaki mahsulotlari bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalari 10 %ga indeksatsiya qilindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Soliq to'lovchilar ortiqcha soliq to'lovlarini avtomatik ravishda o‘tkazishdan voz kechishlari mumkin

Soliq to'lovchi tomonidan ortiqcha to'langan ortiqcha soliq summasini uning soliq qarzini so‘ndirish hisobiga hisob-kitob qilish soliq organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
👉 Soliq kodeksi 104-modda 1-qism

Agar hisobga olinadigan summa BHMning 20 barobaridan oshmasa, elektron topshiriqnomalar soliq xizmati organlarining axborot tizimi orqali avtomatik tarzda yaratilishi va elektron shaklda yuborilishi mumkin.
👉Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi YO‘RIQNOMA 33-band

2022-yil 1-maydan ushbu jarayon bir necha turdagi soliqlar bo‘yicha soliq organlari tomonidan avtomatlashtirilgan.

Soliq to'lovchilar ortiqcha soliq to'lovlarini avtomatik ravishda hisob-kitob qilishdan voz kechish huquqiga ega. Bu haqda my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinet orqali soliq organlarini xabardor qilish zarur:

1. "Xizmatlar" bo'limida "YuSh ortiqcha toʻlangan soliq summalarini qaytarish yoki boshqa soliq turiga oʻtkazish" bandi tanlanadi.

2. Ochilgan oynada ko‘k rangdagi “Ortiqcha to‘langan (undirilgan) soliq summalarini boshqa soliqlar bo‘yicha mavjud qarzlarni uzish hisobiga avtomatik hisob-kitob qilish” qatori tanlanadi.

3. Avtomatik hisob-kitob qilish funksiyasini o‘chirish uchun berilgan savolga "Yo‘q" javobini tanlab, "Yuborish" tugmasi bosiladi.

4. Shundan so'ng, "Avtomat xulosa yuborish tizimi yoqilgan"ligi haqida ma’lumot paydo bo'ladi.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

Farg‘ona viloyatida 4,5 ming nafardan ortiq AOS to‘lovchi qat’iy belgilangan summada soliq to‘lash tartibiga o‘tdi

Avval xabar berganimizdek, 2023-yil 1-yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliqni qat'iy belgilangan summada to‘lash tartibi joriy etildi.

2023-yilning dastlabki oyida Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan 4 517 ta aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi qat’iy belgilangan summada soliq to‘lash tartibiga o‘tdilar:

🔹3 451 ta subyekt - 20 million so‘mlik,
🔹1 066 ta subyekt - 30 million so‘mlik tartibni tanladilar.

Ta'kidlash joiz, ushbu tartib tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagi yengilliklarni yaratib beradi:

❇️soliq organlariga moliyaviy hisobotlar va aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish majburiyati yuzaga kelmaydi;

❇️bank hisobvaragʻidan dividend tarzida yechib olinadigan mablagʻlar soliqqa tortilmaydi;

❇️tovarlar hisobini yuritish talab etilmaydi.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) hisob-kitobiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Xususan:

🔸AOS stavkasi unifikatsiya qilinganligidan kelib chiqib, mazkur soliq hisobotining hisob-kitob shaklidagi faoliyat turlari qisqartirildi;

🔸4 va 5-toifa hududlari ham faoliyat turi qatoriga qoʻshilib ushbu toifalar tanlanganda stavka avtomat oʻzgaradi;

🔸AOS hisob-kitobi 2-ilova 0204-satridan tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olingan daromadlarning jami daromad ulushidagi 15%lik chegara olib tashlandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#QQS

QQS hisobotining 3-ilovasiga oʻzgartirishlar kiritildi

Ilovada quyidagi maʼlumotlar aks ettirildi:

🔸01121-satrguvohnoma holati aktiv emas;
🔸01122-satr kontragent guvohnomasi holati aktiv emas;
🔸01123-satrhisobga olingan EHFlarga soliq organlari tomonidan tuzatish kiritilgan;
🔸01124-satrnotijorat va budjet tashkilotlari tomonidan oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida.

Ilovaning 012-satrida endilikda Soliq kodeksining 269 - 270-moddalarida nazarda tutilgan hollarda QQSni hisobga olish holatlari aks ettiriladi (Bunda mazkur satr maʼlumotlari hisobotning 5-ilovasi orqali shakllanadi).

✍️3-ilovaning 0121 hamda 0122-satri maʼlumot uchun soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil toʻldiriladi.

Shuningdek, 1100-satr (ilgari hisobga olingan soliq summalariga kiritiladigan tuzatish) SKning 266-267 hamda 269-moddalariga asosan hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan quyidagi mezonlar bilan toʻldirildi:

🔸1109-satryetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar qalbaki yoki koʻzboʻyamachilik bitimi natijasida tuzilgan deb eʼtirof etilganda;
🔸1110-satr tovarlar tekinga olinganda;
🔸1111-satrfaoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan tovarlar (xizmatlar) xarid qilib olinganda.

👉QQS hisobotining yangi paket kodi: 10006_36

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2023-yil 1-apreldan boshlab jismoniy shaxslarning hayotini uzoq muddatga sug‘urtalash haqini to‘lashga yo‘naltiriladigan jismoniy shaxslarning daromadlari qismida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinmoqda.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Aylanmadan olinadigan soliq o‘rniga qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashni tanlagan soliq to‘lovchi soliq to‘lashning amaldagi tartibiga qaytib o‘tishi mumkinmi?

Soliq kodeksining 4701-moddasiga asosan soliq to‘lovchilar navbatdagi soliq davridan boshlab qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashni rad etishga haqli bo‘ladi.

❗️Buning uchun soliq to‘lovchi navbatdagi soliq davri boshlanishiga qadar o‘n kundan kechiktirmay qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashni rad etish to‘g‘risida xabarnoma yuborishi lozim.

#savol_javob #AOS

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli soliq toʻlovchilar!!!

2023-yil yanvar oyidan boshlab Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (JSHODS)ning (46-kod) hisobot shakli oʻzgarganligi sababli, toʻlov manbaida ushlab qolingan jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan daromad soligʻi (186-kod) uchun yangi shaxsiy hisobvaraqasi ochildi.

Soliq toʻlovchilar tomonidan soliq hisoboti taqdim etilganda, toʻlov manbaida ushlab qolingan jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan daromad soligʻi uchun tegishli soliq kodi hamda gʻazna hisobraqami avtomat shakllanadi.

Mazkur soliq turi uchun toʻlovlarni amalga oshirishda, shaxsiy kabinetdan “Yuridik shaxslarning soliqlarini toʻlash” boʻlimi soʻngra “Soliq turlarini yangilash” tugmasini bociladi.

Agarda soliq toʻlovchi, hisobot taqdim etmasdan, toʻlovlarni amalga oshirmoqchi boʻlsa, mazkur soliq kodini (186-kod) ochish uchun soliq organiga murojaat qilishi lozim (bog‘lanish uchun telefon raqamlari “Yuridik shaxslarning soliqlarini toʻlash” xizmatida mavjud).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash vaqtincha to‘xtatildi

📃“Havo harorati keskin sovib ketishining iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–43-son, 03.02.2023 y.) qabul qilindi.

🔹Qarorga ko‘ra, tadbirkorlarning 2023-yil 1-yanvarga nisbatan 1-fevral holatiga oshgan (hosil bo‘lgan) soliq qarzini 2023-yil 1-martdan 1-iyulgacha foizlarsiz, qo‘shimcha shartlar qo‘ymasdan va ta’minot talab etmasdan teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

🔹 Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash 2023-yil 1-aprelgacha to‘xtatiladi.

🔹 Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga 2023-yil 1-aprelgacha jarimalar qo‘llanilmaydi.

🔹 Shuningdek, tadbirkorlar 2022-yil dekabr va 2023-yil yanvar-fevral oylarida davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlarini 2023-yil 1-martdan 1-iyulgacha teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin.

🔹Havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlarga nisbatan 2023-yil 1-aprelgacha davlat foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosi to‘xtatiladi.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qat’iy belgilangan summada soliq to‘lash tartibiga o‘tish afzalliklari yuzasidan Quva tumanida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

📌Xabaringiz bor, 2023-yil 1-yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliq (AOS)ni qat'iy belgilangan summada to‘lash tartibi joriy etildi.

Mazkur o‘zgarish mazmun-mohiyati va qulayliklarini soliq to‘lovchilarga yetkazish maqsadida Quva tumanida ham oziq va nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi, dorixona, umumiy ovqatlanish shoxobchasi kabi sohalarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari joyiga chiqqan holda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

“Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida o‘tkazilayotgan uchrashuvlar jarayonida AOSdan qat’iy belgilangan soliq to‘lash tartibiga o‘tganda yaratiladigan yengilliklar batafsil tushuntirilmoqda:

🫥soliq organlariga moliyaviy hisobotlar va aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish majburiyati yuzaga kelmaydi;

🫥bank hisobvaragʻidan dividend tarzida yechib olinadigan mablagʻlar soliqqa tortilmaydi;

🫥tovarlar hisobini yuritish talab etilmaydi.

💬Ma’lumot uchun, 2023-yil boshidan 7-fevralga qadar Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan 5 587 ta AOS to‘lovchi ixtiyoriy ravishda qat’iy belgilangan summada soliq to‘lash tartibiga o‘tdilar.

#AOS #soliqchi_komakchi

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jismoniy shaxs o‘ziga tegishli bo‘lgan turar joyni sotganida soliq to‘laydimi ?

Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan, soliq to‘lovchilarning xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlariga soliq solinmaydi.

❗️O‘ttiz olti kalendar oydan kam muddatda soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan olinadigan daromadlari bundan mustasno.

➡️Misol uchun, jismoniy shaxs egaligiga 2021-yilda o‘tgan turar joy 2022-yilda qayta sotilsa, olingan daromad soliqqa tortiladi, 2025-yilda sotilganda esa, aksincha, soliqqa tortilmaydi.

#savol_javob

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM