Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.98K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

✔️Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash va to‘lash tartibi ham saqlab qolindi.

🔁Soliq stavkalari o‘rtacha 1,1 baravarga, iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari (sanoat korxonalari, elektr stansiyalari va kommunal xo‘jaliklardan tashqari) uchun esa 1,3 baravarga indeksatsiya qilindi.

💦Bunda qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliq yetishtirish (o‘stirish), shu jumladan dehqon xo‘jaliklari uchun foydalaniladigan suv hajmi bo‘yicha soliq stavkalari saqlab qolindi – 1 м³ uchun 40 so‘m.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

Qishloq xo‘jaligi korxonalariga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash, hisobotini taqdim etish tartibi va to‘lov muddatlari

🔹
1-oktabrga qadarsoliq summasi soliq organlari tomonidan belgilangan soliq stavkalaridan* kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun avvalgi soliq davrida** foydalanilgan suv hajmining 70 foizi miqdorida aniqlanadi.

Avvalgi soliq davrida qishloq xo‘jaligi korxonasi tomonidan foydalanilgan suvning hajmi to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliq summasi suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv iste’moli normativlari bo‘yicha aniqlanadi.

🔹15-dekabrdan kechiktirmay – joriy soliq davrida foydalanilgan suv hajmi bo‘yicha soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyi bo‘yicha soliq organlariga taqdim etiladi.
👉
Soliq kodeksi 447-modda

Toʻlov muddatlari:
🔸 1-oktabrga qadar soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizi;
🔸 15-dekabrga qadar – soliqning qolgan summasi.
👉 Soliq kodeksi 448-modda

*Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun foydalaniladigan 1 kub metr suv hajmi uchun soliq stavkasi 45 so‘m.
👉
Soliq kodeksi 445-modda
**Kalendar yil – suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq davri hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 446-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

15-dekabr – suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

2023-yilda qishloq xo‘jaligi korxonalari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini soliq organlariga 15-dekabrdan kechiktirmay taqdim etadi.

Qishloq xo‘jaligi korxonalari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizini 1-oktabrga qadar, qolgan soliq summasini 15-dekabrgacha to‘laydi.

Eslatma! Qishloq xo‘jaligi korxonalariga 1 kub. metr suv uchun soliq stavkasi 45 so‘m miqdorda belgilanadi.

Soliq to‘lovchilar 2023-yil uchun hisobot yuborishda my.soliq.uz portalidagi 10601_11-raqamli hisobot shaklidan foydalanadi.

Shuningdek, belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanish uchun shaxsiy kabinetdan “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” interaktiv xizmati orqali murojaat qilish lozim.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

2024-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha maʼlumotnoma shakllari

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar joriy yilning 20-yanvaridan kechiktirmay, yangi tashkil etilganlari esa davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran 30 kundan kechiktirmay, suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyidagi soliq organlariga moʻljallanayotgan soliq bazasidan (suv hajmidan) va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan 2024-yil uchun soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etadi.
👉Soliq kodeksi 448-modda

2024-yil uchun Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha joriy toʻlovlarni hisoblash boʻyicha maʼlumotnoma shakllari my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan. Bunda, soliq davrida soliq summasi:
▫️ BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan yuridik shaxslar uchun ma'lumotnoma shakli – 10608_11;
▫️ BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar uchun ma'lumotnoma shakli – 10608_12.

2024-yilda foydalanishi kutilayotgan suv hajmlarining yer osti va yer usti nisbatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar havolada 👉https://soliq.uz/storage/files/January2024/000000008c4470d3018cdd227a03001f.pdf

❗️Eslatma, 2023-yil uchun soliq hisobotini (10601_13) taqdim etish muddatlari:
🔹Oʻzbekistonda faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek YTTlar tomonidan — joriy yilning 20-yanvaridan kechiktirmay;
🔹Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tomonidan, (qishloq xoʻjaligi korxonalari bundan mustasno) — joriy yilning 1-martidan kechiktirmay.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

1-mart – 2023-yil uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

❗️
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari (qishloq xoʻjaligi korxonalari bundan mustasno) 2023-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini 2024-yilning 1-martidan kechiktirmay taqdim etishi lozim.

2023-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari
2024-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
16-dekabrga qadar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash va hisobotni taqdim etishni unutmang!

Qishloq xoʻjaligi korxonalari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini yilda bir marta -15-dekabrdan kechiktirmay taqdim etadi

👉 Soliq kodeksi 447-modda

2024-yil uchun 10601_14-sonli hisobot shakli my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan.
📑 Hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

Soliq toʻlash muddati:
▫️1-oktabrga qadar — yillik soliq summasining 70 foizi;
▫️15-dekabrga qadar — soliqning qolgan summasi.
👉Soliq kodeksi 448-modda

Ushbu soliq hisoboti suv iste'moli sohasidagi vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar asosida shakllanadi.

❗️15-dekabr dam olish kuni (ishlanmaydigan kun) bo‘lgani uchun hisobot taqdim etish va soliq to‘lash muddati 16-dekabrga ko‘chiriladi.

#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube