Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.9K subscribers
4.75K photos
526 videos
42 files
2.45K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#matbuot_anjumani

Ayni paytda Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev ishtirokida soliq ma'muriyatchiligidagi so‘nggi yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

📹Matbuot-anjumanini ushbu havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda kuzating:

👉 Youtube
__________________________
#пресс_конференция

Началась пресс-конференция, посвященная обсуждению нововведений в сфере налогового администрирования, с участием председателя Государственного налогового комитета Шерзода Кудбиева.

📹Прямой эфир смотрите по ссылке:

👉 Youtube

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#matbuot_anjumani

Bugungi kunda ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi 175 mingta subyektlar shoxobchalariga 212,6 mingta onlayn nazorat-kassa mashinalari o‘rnatilgan.

Mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodlari (MXIK) soni hozirgi kunga kelib 255 860 taga yetkazilgan.

Bundan tashqari, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 1 635 476 nafarni tashkil etmoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#matbuot_anjumani

2021-yil 1-chorakda onlayn nazorat-kassa texnikalari orqali 80,9 mln ta, 2022-yil 1-chorakda 147,1 mln dona chek chop etilgan.

📲Joriy yilning 1-choragi davomida 11,6 mln ta chek keshbek uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ushbu cheklarga 107,1 mlrd so‘m keshbek hisoblangan.

97,6 mlrd so‘m keshbek tasdiqlangan.
9,5 mlrd so‘m keshbek rad etilgan.
💰Isteʼmolchilarga 58,9 mlrd so‘m keshbek to‘langan.

Qolgan keshbek summalari ham to‘lab borilmoqda.
______
#пресс_конференция

В I квартале 2021 года было выдано 80,9 млн, а в I квартале 2022 года - 147,1 млн чеков онлайн контрольно-кассовой техники.

📲За I квартал этого года с целью получения кешбэка зарегистрировано 11,6 млн чеков. Сумма начисленного по ним кешбэка составила 107,1 млрд сумов.

Подтверждено 97,6 млрд сумов кешбэка.
Отклонено 9,5 млрд сумов кешбэка.
💰Потребителям выплачено 58,9 млрд сумов кешбэка.

Оставшаяся сумма кешбэка также будет выплачена.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#matbuot_anjumani

Joriy yil boshidan bugungi kunga qadar 9,9 ming nafar fuqaro tomonidan “Soliq hamkor” orqali 46325 ta murojaat yo‘llangan.

Murojaatlarning
:
🔹42796 tasi chek bermaslik;
🔹1620 tasi plastik kartaga savdo qilmaslik;
🔹174 tasi mahsulotni plastik kartaga qimmat sotish;
🔹1735 tasi boshqa soliq huquqbuzarliklari bo‘yicha kelib tushgan.

🔗Bugungi kunda murojaatlarning 25283 tasi o‘rganilgan.

"Soliq hamkor" orqali murojaat yuborgan fuqarolarning 10205 nafariga 5,7 mlrd so‘m mukofot to‘lab berilgan.
_____
#пресс_конференция

С начала этого года и по сегодняшний день 9,9 тыс. граждан направили 46 325 обращений через систему «Налоговый партнер».

Из них:
🔹42 796 обращений о невыдаче чека;
🔹1 620 - об отказе принять к оплате пластиковую карту;
🔹174 - о завышении цены товара при оплате пластиковой картой;
🔹1 735 - о других налоговых правонарушениях.

🔗На сегодняшний день рассмотрено 25 283 обращений.

10 205 гражданам, подавшим обращение в системе "Налоговый партнер", выплачено вознаграждение в размере
5,7 млрд сумов.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Matbuot anjumani: naqd pullarni o‘z vaqtida kassaga kirim qilgan tadbirkor jarimaga tortilmaydi

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan “Soliq-hamkor” va keshbek tizimi – samarali jamoatchilik nazorati olib borishda muhim omil” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalarida faoliyat ko‘rsatuvchi jurnalistlar, bloggerlar ishtirok etdilar.

Matbuot anjumanini Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Polvonov Nazarjon ochib berdi va PQ-5252-son Prezident qarori hamda VM-255-son qaror ijrosi yuzasidan viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdi.

Xususan, keshbek amaliyoti doirasida joriy yil 1-choragida ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar uchun fuqarolarga respublika bo‘yicha 68,1 mlrd so‘m, Farg‘ona viloyati bo‘yicha esa 4,8 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi.

Anjumanda ta’kidlanganidek, davlat byudjetidan shuncha mablag‘ sarflab keshbek tizimini joriy qilishdan asosiy maqsad fuqarolarimizda kassa cheki olish madaniyatini shakllantirish va bu orqali noqonuniy pul aylanmasini qisqartirishdir.

Shuningdek, iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirish, sohada ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni ta’minlash maqsadida “Soliq hamkor” tizimi joriy etildi. Naqd pulga savdo qilganda chek bermaslik, plastikka savdo qilmaslik, hujjatsiz faoliyat yuritish kabi soliqqa oid huquqbuzarliklar borasida mazkur tizim orqali Farg‘ona viloyatida joriy yil 1-yanvardan 19-mayga qadar fuqarolardan 2 300 dan ortiq murojaatlar kelib tushganligi qayd etildi.

Soliq idoralari tomonidan qonuniy ishlayotgan, ya’ni naqd pulni yoki to’lov terminali orqali qabul qilingan to’lovlarni o’z vaqtida onlayn-NKMga kirim qilgan biror tadbirkor asossiz jarimaga tortilmasligi ta’kidlandi. Chek bermaslik holati bo‘yicha murojaat kelib tushgach, soliqchi borib tekshirish o‘tkazsa, o‘z-o‘zidan jarima qo‘llaniladi degani emasligi, agar o‘sha vaziyatda chek bermaslik holati tasdiqlansagina jarima qo‘llanilishi mumkinligi eslatib o‘tildi.

Qizg‘in baxs-munozalarga boy bo‘lgan matbuot anjumani davomida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

#matbuot_anjumani #keshbek #soliq_hamkor

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Yer va mol-mulk soliqlarini o‘z vaqtida to‘lash – har birimizning fuqarolik burchimiz

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida “Soliq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va mahalliy soliqlarning ahamiyati” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Farg‘ona soliq texnikumi talabalari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbir boshqarma rahbariyat tomonidan ochib berildi hamda 2023-yil davomida soliq tizimida amalga oshirilgan islohotlar va amaliy ishlarga to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soliqlarini o‘z vaqtida to‘lab borishlari ahamiyati, mahalliy budjetni shakllantirishdagi o‘rni haqida ham batafsil axborot berildi.

Tadbir jarayonida ishtirokchidar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan zarur tushuntirishlar oldilar.

#matbuot_anjumani

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

“2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonun va Budjetnoma muhokamasida asosiy soliq turlari boʻyicha soliq stavkalari oʻzgarishsiz qoldirish, tarkibida shakar mavjud boʻlgan gazlangan ichimliklar uchun aksiz soligʻi joriy etish va ayrim soliq imtiyozlarini bekor qilish taklif etildi

Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#matbuot_anjumani

Mahallabay tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida joriy etilayotgan o‘zgarishlarga bag‘ishlangan
matbuot anjumani o‘tkazildi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalarida faoliyat ko‘rsatuvchi jurnalistlar, blogerlar ishtirok etdilar.

Matbuot anjumanini Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudxon Mamatxanov ochib berdi va soliq xizmati organlari tomonidan mahallabay tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida joriy etilayotgan o‘zgarishlar haqida axborot berdi.

Matbuot anjumani davomida 2024-yil 1-fevraldan boshlab joriy etilgan Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingiga ham batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirda OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#matbuot_anjumani #budjetnoma

Soliq siyosati: 2025-yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz
qoldirilmoqda

▫️foyda solig‘i -
15%;
▫️QQS -
12%;
▫️JShODS -
12%;
▫️yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘i -
1,5%;
▫️AOS -
4%;
▫️qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘i -
0,95%;
▫️qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun suv solig‘i -
100 so‘m.

Sog'lom turmush tarzini yaxshilash va tabiat resurslarini asrash:

▫️Alkogol va tamaki mahsulotlari uchun
aksiz solig'i stavkalarini JST talablariga bosqichma-bosqich muvofiqlashtirilmoqda;
▫️ barcha shirin ichimliklarga
aksiz solig'i joriy etilmoqda. (Amalda gazlangan shirin ichimliklarlarda)
▫️ suvni isrof qilishni kamaytirish maqsadida avtomobillarni yuvishda foydalaniladigan
suv uchun soliq stavkasi qayta ko'rib chiqilmoqda (1 kub metr uchun 15 ming so'm)

Tadbirkorlarga teng sharoitlar yaratish:

▫️JST talablariga asosan tovar va xizmatlar eksporti bo'yicha
foyda solig'i imtiyozi bekor qilinmoqda;
▫️Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari ( sanoat, xizmatlar, qurilish va boshqalar) uchun
suv solig'ini bir xil belgilash.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads