Computer_simulations_Uz
547 subscribers
457 photos
81 videos
89 files
398 links
Ushbu kanal talabalarda kompyuterda modellashtirish ko’nikmalarini hosil qilish va kelajakda sohada yetuk kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.
Download Telegram
Forwarded from DTPI rasmiy kanali
#seminar

🔬 2019-yilda Belgiya Qirolligi, Antwerp Universitetida “Plazma tibbiyoti uchun molekulyar darajada modellashtirish” mavzusida PhD ilmiy darajasini olgan, biofizikaviy va biokimyoviy jarayonlarni kompyuterda modellashtirish bo‘yicha yuksak ilmiy salohiyatga ega, hozirda “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti qoshidagi “Fundamental va Amaliy tadqiqot instituti” direktori – Dr. Jamoliddin Razzokov ishtirokida DTPIda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🎤 “Ilm-fan taraqqiyotida sun’iy intellektning o‘rni” mavzusida o‘tkazilgan seminarda magistrlar, doktorantlar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Tadbir davomida sun’iy intellektning ilmiy izlanishlar va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirishdagi ahamiyati, shuningdek, kelajak istiqbollari yuzasidan ilmiy va amaliy tavsiyalar berildi.


⚡️ Shuningdek, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti va TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti bilan memorandum imzolandi.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
👍6
🎉 Navbatdagi ilmiy maqola! 🌟
PhD talabam Akbar Qodirovning ilmiy ishi Computational and Theoretical Chemistry ( IF-2.8 ) jurnalida chop etildi! 🧪📄
🔹 Tadqiqotda imidazoliy asosidagi ion suyuqliklar ([BMIM][SCN] va [BMIM][DCA]) tarkibida CO₂, H₂S va CH₄ gazlarining o‘zaro ta’siri molekulyar dinamika simulyatsiyalari yordamida chuqur o‘rganildi.
🔹 Natijalar shuni ko‘rsatadiki, CO₂ va H₂S ion suyuqlik yuzasida to‘planishga moyil bo‘lib, ayniqsa [BMIM][DCA] muhitida anion-gaz o‘zaro ta’siri kuchliroq ekanligi aniqlandi.
🔹 CH₄ esa zaif bog‘lanishlar hosil qilgani uchun suyuqlik tarkibiga kamroq kiradi va past eruvchanlikka ega.
🔹 Shuningdek, harorat omili gazlarning harakatchanligiga sezilarli darajada ta’sir qiladi.
🌍 Ushbu tadqiqot atmosferadagi xavfli gazlarni tutib qolish va global isish oqibatlarini kamaytirish uchun katta ahamiyatga ega. Ion suyuqliklar kelajakda bu gazlarni ushlab qolish va past bosim sharoitida xavfsiz saqlash uchun istiqbolli yechim bo‘lishi mumkin.
🙏 Shuningdek, ushbu tadqiqotga qo‘shgan qimmatli hissasi uchun Malayziyadagi Sunway universiteti professori Mohamed Kheireddine Arouaga ham samimiy minnatdorchilik bildiramiz!
Akbarni ushbu ulkan yutuq bilan tabriklayman! 👏
#Science #Research #ClimateChange #GasCapture #PhD #ionicliquids https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S2210271X25003822?via%3Dihub
👍8🔥6👏1
Forwarded from Jamoliddin Razzokov
🎉🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi muborak! 🇺🇿🎉
Aziz hamkasblar!
Barchangizni O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi bilan chin yurakdan tabriklayman! 🌿
Dunyo hozirgi kunda murakkab jarayonlarni boshdan kechirmoqda 🌍⚡️. Ayniqsa, geosiyosiy silkinishlar davlatlarni jiddiy sinovdan o'tkazmoqda 🛡. Bunday sharoitda millatning birlashishi, o‘zaro hamkorlik va birdamlik — Mustaqilligimizni yanada mustahkamlash uchun eng muhim omillardandir 🤝🇺🇿.
📚 Ilm — taraqqiyot kaliti!
Bugungi kunda har qanday bilimni chuqur o‘zlashtirish, o‘z texnologiyamizni ishlab chiqarish va innovatsion rivojlanish — kelajagimiz poydevori ekanligi hammamizga ayon 🔬🚀. Ayniqsa, yoshlarimiz ilmga intilishi, malakali kadr sifatida yetishib chiqishi — davlatimiz ravnaqi uchun beqiyos ahamiyatga ega 👩‍🎓👨‍🎓.
Keling, barchamiz birlashib, o‘z vazifamizni sidqidildan ado etsak 🌟, yurtimiz yanada yuksaladi, kelajagimiz yanada porloq bo‘ladi 🌅🇺🇿.
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Bayram barchamizga quvonch, baxt va ilhom olib kelsin! 🎊🌿
Bayramingiz muborak, aziz vatandoshlar! 🎆🇺🇿
👍5👏3
Shogirdim Rasul Mashalovga ilmiy faoliyatidagi yangi bosqichda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! 🎓🚀
Rasulbek 2022-yildan beri loyihalarimda ishlab kelgan. Bu vaqt davomida u molekulyar dinamika (MD) simulyatsiyalari bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib bordi va biz birgalikda ilmiy maqolalar chop etishga ham muvaffaq bo'ldik (Journal of Structural Biology IF-3.0, Frontiers in Physics IF-2.1). 🔬 O'zining ilmga bo'lgan intilishi va tinimsiz mehnati bilan u magistraturani endilikda Yevropaning eng qadimiy va nufuzli oliygohlaridan biri bo'lgan Debretsen Universitetida (University of Debrecen, 1538-yilda asos solingan) davom ettirmoqda.
U Vengriyaning nufuzli Stipendium Hungaricum 🇭🇺 davlat grantini to'liq qo'lga kiritdi.
Rasulbek universitetda "Kompyuter Injiniringi" (Computer Science Engineering) 💻 kabi zamonamizning eng talabgir va murakkab sohalaridan birida o'z bilimlarini chuqurlashtiradi.
Biz – ustozlari uchun unga shunday ishonch bildirilgani va Yevropaning ilg'or ta'lim tizimiga qabul qilingani katta iftixordir!
Uning yangi bosqichdagi yutuqlarga erishishiga va yaqin kelajakda Vatanimiz ravnaqiga o'zining munosib hissasini qo'shadigan yetuk kadr bo'lib yetishishiga ishonamiz.
#StipendiumHungaricum #DebrecenUniversity #Hungary #Uzbekistan #ComputerScience #motivation
👍29