Computer_simulations_Uz
546 subscribers
491 photos
83 videos
92 files
416 links
Ushbu kanal talabalarda kompyuterda modellashtirish ko’nikmalarini hosil qilish va kelajakda sohada yetuk kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.
Download Telegram
[UZ] Guruhimizdan navbatdagi xush xabar! So'nggi tadqiqotimiz karbonat angidrid (CO2), vodorod sulfidi (H2S) va metan (CH4) molekulalarini ion suyuqliklar (IS) yordamida tutib qolish va ajratish uchun o'zaro ta'sirlarni o'rganadi. Molekulyar dinamika simulyatsiyalaridan foydalanib, gaz molekulalarini ikkita maxsus ISda yutilish mexanizmlarini va ularning molekulyar darajadagi tabiati haqida batafsil tushunchalarni qo’lga kiritdik. Natijalarimiz atrof-muhit va sanoatda qo’llash uchun yanada samarali ISlarni loyihalash uchun yo'l ochadi. To'liq ma’lumot uchun maqolamizni o'qing! (Birinchi PhD studentimdan birinchi maqola. Bugun o’zgacha xursand bo’ldim. Tabriklayman Akbar Qodirov [Fluid Phase Equilibria - IF-2.6]) #Research #IonicLiquids #GasCapture #EnvironmentalScience

[EN] Exciting news from our research team! Our latest study explores how carbon dioxide (CO2), hydrogen sulfide (H2S), and methane (CH4) molecules interact with ionic liquids (ILs) for gas capture and separation applications. Using advanced molecular dynamics simulations, we investigated the absorption mechanisms of these gases in two specific ILs, revealing fascinating insights into their behavior at the molecular level. This research paves the way for designing more efficient ILs for environmental and industrial applications. Read our paper for the full story! (First paper from my first PhD student. I am very happy today. Congrats Akbar [Fluid Phase Equilibria - IF-2.6]) #Research #IonicLiquids #GasCapture #EnvironmentalScience
https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0378381224000578?via%3Dihub
👍15👏4
🎉 Navbatdagi ilmiy maqola! 🌟
PhD talabam Akbar Qodirovning ilmiy ishi Computational and Theoretical Chemistry ( IF-2.8 ) jurnalida chop etildi! 🧪📄
🔹 Tadqiqotda imidazoliy asosidagi ion suyuqliklar ([BMIM][SCN] va [BMIM][DCA]) tarkibida CO₂, H₂S va CH₄ gazlarining o‘zaro ta’siri molekulyar dinamika simulyatsiyalari yordamida chuqur o‘rganildi.
🔹 Natijalar shuni ko‘rsatadiki, CO₂ va H₂S ion suyuqlik yuzasida to‘planishga moyil bo‘lib, ayniqsa [BMIM][DCA] muhitida anion-gaz o‘zaro ta’siri kuchliroq ekanligi aniqlandi.
🔹 CH₄ esa zaif bog‘lanishlar hosil qilgani uchun suyuqlik tarkibiga kamroq kiradi va past eruvchanlikka ega.
🔹 Shuningdek, harorat omili gazlarning harakatchanligiga sezilarli darajada ta’sir qiladi.
🌍 Ushbu tadqiqot atmosferadagi xavfli gazlarni tutib qolish va global isish oqibatlarini kamaytirish uchun katta ahamiyatga ega. Ion suyuqliklar kelajakda bu gazlarni ushlab qolish va past bosim sharoitida xavfsiz saqlash uchun istiqbolli yechim bo‘lishi mumkin.
🙏 Shuningdek, ushbu tadqiqotga qo‘shgan qimmatli hissasi uchun Malayziyadagi Sunway universiteti professori Mohamed Kheireddine Arouaga ham samimiy minnatdorchilik bildiramiz!
Akbarni ushbu ulkan yutuq bilan tabriklayman! 👏
#Science #Research #ClimateChange #GasCapture #PhD #ionicliquids https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S2210271X25003822?via%3Dihub
👍8🔥6👏1