BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18.3K subscribers
35.2K photos
3.22K videos
181 files
14.3K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#tashabbus
❇️QOROVULBOZORDA 4-SINF O‘QUVCHILARI O‘RTASIDA “YOSH MATEMATIKLAR OLIMPIADASI O‘TKAZILDI

🔹Qorovulbozor tumanidagi 8-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida 4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh matematiklar” olimpiadasi tashkil etildi.
🔹Unda tumandagi umumta’lim maktablarining 100 nafardan oshiq o‘quvchilari ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

🔹Yakuniy natijalarga ko‘ra 2-maktab o‘quvchisi Shoxrux Shoyimardonov 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 5-maktab o‘quvchisi O‘lmasoy Hamidova 2-, 1-maktab o‘quvchisi Sevara Aldashova 3-o‘rinni egalladi.

🔹8-IDUM direktori Aziz Primov tomonidan 1 –o‘rin sohibi 100 ming so‘m, 2-o‘rin sohibi 80 ming so‘m, 3-o‘rin sohibi 70 ming so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
🔹Shuningdek, kuchli o‘ntalikdan o‘rin olgan o‘quvchilarning har biriga ham 50 ming so‘m miqdorida pul mukofotlari taqdim etildi.

Telegram |Сайт | Facebook |
#tashabbus
❇️MAKTABNING “ENG YAXSHI YOSH KITOBXON”I VELOSIPED BILAN TAQDIRLANDI

🔰Vobkent tumanidagi 39-umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadadi kitobxonlik tanlovi e’lon qilingan edi.
Bugun tanlov g‘oliblarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔰Belgilangan shartlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichni qo‘lga kiritgan 1-sinf o‘quvchisi Shahnoza Baxtiyorova g‘olib sifatida e’tirof etilib, tantanali ravishda velosiped bilan taqdirlandi.

🔰2- va 3-o‘rinlarni egallagan 8-sinf o‘quvchisi Dilobar Ramazonova hamda 6-sinf o‘quvchisi Dilnora Ramazonovalar ham sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Ushbu tashabbus o‘quvchilarning kitob o‘qishga qiziqishini oshirib, ularning intellektual salohiyatini yuksalishiga xizmat qilmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍6
#tashabbus
❇️VOBKENTDA “MAKTABLAR KUNI” LOYIHASI

🔹Vobkent tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan har oy tanlab olingan 2 ta maktabda tumandagi barcha maktab direktorlari ishtirokida amaliy seminar tashkil etilib, ushbu ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishib borish yo‘lga qo‘yilgan.

🔹“Maktablar kuni” sifatida belgilangan ushbu tadbir jarayonida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbilash, ularga ikki til va bitta kasb o‘rgatish hamda “Besh tashabbus” doirasida hamda ta’lim sifat samaradorligini oshirish borasida amalga oshrilayotgan ishlar tahlil qilib boriladi.

🔹Loyiha doirasidagi navbatdagi seminar 14-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Tashabbus
❇️TA’LIM MUASSASALARIDA ISSIQXONALAR TASHKIL ETILIB, MAVSUMIY ISHLAR BOSHLAB YUBORILDI

🔹Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i ttomonidan imkoniyati mavjud ta’lim muassasalarida issiqxonalar tashkil etish va bu orqali qo‘shimcha daromad topib, ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini boyitishga hissa qo‘shish taklifi berilgan edi.

🍀Ayni paytda ushbu taklif asosida viloyatimizdagi bir qator ta’lim muassasalarida issiqxonalar tashkil etilib, mavsumiy ishlar boshlab yuborildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
#Tashabbus
❇️BUXORODA O‘QUVCHILAR BILIMINI SHAFFOF VA TEZKOR BAHOLASHNING YANGICHA PLATFORMASI ISHLAB CHIQILDI

🔹Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Buxoro innovatsiyalar universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan mazkur zamonaviy test platformasi ta’lim oluvchilarning bilimlarini shaffof va tezkor baholash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida joriy etildi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-03-06-2

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
👍2
#Tashabbus
❇️MAKTABDA TEJAMKOR ISSIQXONA FAOLIYAT BOSHLADI

🔹Joriy yilgi bahor mavsumida Gʻijduvon tumanidagi 22-umumta’lim maktabida yangi issiqxona tashkil etildi.
0,7 sotix maydonni tashkil etigan ushbu moʻjaz issiqxonaga pomidor ko‘chatlari o‘tqazilib, suvni 15-20 marta iqtisod qiluvchi tomchilab sug‘orish texnologiyasi orqali parvarishlash yo‘lga qo‘yildi.

Mavjud yerlardan samarali foydalanish-bugungi kun talabidir, -deydi maktab direktori Jahongir Jalilov. -Issiqxonadan qo‘shimcha daromad topib, maktabning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashni rejalashtirganmiz. Qolaversa, bu yerda o‘quvchilarimiz botanika, biologiya darslarida amaliy mashg‘ulotlarni ham o‘tashlari mumkin.


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
👍61
🔴 HAFTA DAYJESTI

17-23-mart kunlari boshqarma telegram kanalida e'lon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti


❇️TA’LIM MUASSASALARI RAHBARLARI VA PEDAGOGLARI MAS’ULIYATINI OSHIRISHGA QARATILGAN VEBINAR TASHKIL ETILDI

❇️TA’LIM MUASSASALARINI YASHIL MAKONGA AYLANTIRISH HARAKATLARI QIZGʻIN DAVOM ETMOQDA

#мактабгача_таълим
❇️PEDAGOG-XODIMLAR SALOHIYATINI OSHIRISH MAQSADIDA ONLAYN DARSLAR YO‘LGA QO‘YILDI

❇️BOSHQARMA BOSHLIGʻI VOYAGA YETMAGANLARGA IJTIMOIY-HUQUQIY YORDAM KO‘RSATISH MARKAZIDA BO‘LDI

❇️Olis hududdagi umumta’lim maktablarining o'zbek (davlat) tili va ingliz tili fanlari o‘qituvchilari uchun vebinar tashkil etiladi

❇️MAKTAB O‘QUVCHILARI HARBIY POLIGONDA AMALIY MASHGʻULOTLARNI O‘TASHMOQDA

❇️BUXORO VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI RAHBARIYATI YANGI TARKIBDA

BOSHQARMA BOSHLIGʻI GʻIJDUVON TUMANIDA TASHKIL ETILADIGAN MOBIL GURUHLARI UCHUN AJRATILGAN MAYDONCHALAR HOLATI BILAN TANISHDI

❇️O‘quvchilar bilimlari yangi baholash tartibi asosida baholanmoqda

#Bayram_shukuhi
❇️QADRIYATLARING BOQIY BO‘LSIN NAVRO‘Z!

❇️Vobkentning oddiy oilasidan chiqqan yosh kitobxon

#Viloyat_seminari
❇️Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘ba metodistlari уbilimi sinovdan o’tkazildi

#Tashabbus
❇️MAKTABDA TEJAMKOR ISSIQXONA FAOLIYAT BOSHLADI

#Bayramfa_tuhfa
❇️MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

#ATTESTATSIYA_2025
❇️KO‘PCHILIKNI QIZIQTIRADIGAN SAVOLLAR

#Bayram_shukuhi
NAVRO‘Z~MILLIYLIGIMIZ RAMZI!

❇️BARCHA MAKTABLARDA OTA-ONALAR YIGʻILISHI BO‘LIB O‘TDI

#Ota_onalarga_tavsiya
❇️Ta’til kunlarida farzandingizni e’tiborsiz qoldirmang!

❇️Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamza ELLIYEVning bayram tabrigi

#Ofarin!
G’IJDUVONLIK O’QUVCHI MUDDATIDAN OLDIN TALABA BO’LISH IMKOTIYATINI QO’LGA KIRITDI

❇️Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamza Elliyev Buxoro shahridagi taьlim muassasalari faoliyatini o‘rganmoqda.

Yashil O‘zbekiston – yashil makonda, birga yashaylik!

❇️BITIRUVCHI SINF O‘QUVCHILARINING OLIY O‘QUV YURTLARIGA KIRISH IMTIHONLARIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI SINOVDAN O‘TKAZILADI

❇️O‘QITUVCHILARGA METODIK YORDAM KO‘RSATISH MAQSADIDA “METODIK MARAFON” TADBIRLARI TASHKIL ETILADI

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
👍29🤯2
#Tashabbus
#Shofirkon
🔰UMUMTA’LIM MAKTABLARI O‘Z ISSIQXONALARIGA EGA

🍀Shofirkon tumanida ta’lim tizimi nafaqat o‘quvchilarga bilim berish, balki ularni hayotga tayyorlash, mehnatga o‘rgatish yo‘lida ham amaliy qadamlar tashlamoqda. Bugungi kunda tuman maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari hududida mavjud yer maydonlaridan oqilona foydalanish orqali ijtimoiy-iqtisodiy natijalarga erishilmoqda.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-03-25-2

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
👍9🔥1
#Tashabbus
❇️“TELEFONSIZ MAKTAB” – TARTIB VA SAMARADORLIK SARI QADAM

🔹Buxoro shahridagi 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim sifatini oshirish, dars jarayonlarida tartib-intizomni mustahkamlash hamda o‘quvchilarning diqqatini chalg‘ituvchi omillarni bartaraf etish maqsadida “TELEFONSIZ MAKTAB” loyihasi amaliyotga joriy etildi.


🔹Ushbu tashabbus doirasida, eng avvalo, ota-onalar bilan uchrashuv o‘tkazilib, mazkur g‘oyaning ahamiyati va maqsad-muddaolari atroflicha tushuntirildi. Ota-onalarning taklif va mulohazalari inobatga olingan holda, loyihani samarali tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

🔹Dars paytida telefondan foydalanmaslikka doir qoidalar joriy etilib, bu jarayonni nazorat qilish uchun maktab ma’muriyati tomonidan mas’ul xodim tayinlandi.

🔹“TELEFONSIZ MAKTAB” – bu faqatgina telefonsizlik emas, balki bilim olishga bo‘lgan mas’uliyat, o‘quvchi tarbiyasida oila va maktab hamkorligining yorqin namunasidir.

Boshqarma kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍18😱1
🔴 HAFTA DAYJESTI

14-20-aprel kunlari boshqarma telegram kanalida e'lon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti


#olimpiada_gʻoliblari
❇️FAN OLIMPIADASI – IMKONIYATLAR ESHIGI


❇️BUXORO VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI BOSHLIGʻIning OTA-ONALAR va TIZIM PEDAGOGLARIGA MUROJAATI

❇️Buxoro viloyatida malaka (test) sinovlariga start berilmoqda

#hamkorlik
❇️BOLALAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH – MUHIM MASALA


#Bolalarga_yo‘l_bering!
#Chellenj


#Korrupsiyaga_qarshimiz
❇️MAKTABDA TARGʻIBOT TADBIRI TASHKIL ETILDI


❇️Maktab o'quvchilari o'rtasida "Zakovat" intellektual o‘yinlari davom etmoqda

"Yilning eng yaxshi tarbiyachisi - 2025" tanlovining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi

#мактабгача_таълим
❇️“Shaxmat festivali” ning shahar va tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda


❇️Buxoroda “Iqtidor” maktab ansambli tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

❇️Buxoro viloyatida malaka (test) sinovlari bo’lib o'tmoqda

❇️TANLOV GʻOLIBLARIGA OLIY TA'LIM OLISH VA MAGISTRATURADA O‘QISH IMKONIYATINI BERUVCHI 207 MILLION SO‘MLIK VAUCHERLAR TAQDIM ETILDI

#Natija
❇️“Iqtidor” maktab ansambli tanlovining Buxoro viloyati bosqichi gʼoliblari aniqlandi


#maktab_va_institut
❇️“RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI


#Xushxabar
❇️Buxorolik o‘quvchi xalqaro festival g‘olibi bo‘ldi


❇️Shofirkonda “Kasbim – kelajagim” shiori ostida ochiq eshiklar kuni bo'lib o'tdi

❇️XALQARO SAT VA IELTS SERTIFIKATIGA EGA BO‘LGAN DIANA MUDDATIDAN OLDIN TALABA BO‘LISH IMKONIYATINI QO‘LGA KIRITDI

❇️BUXOROLIK O‘QITUVCHI TEST SINOVLARIDA 94 BALLNI QAYD ETDI

❇️OLOT TUMANIDA MAKTAB BITIRUVCHILARI ISHTIROKIDA "LOYIHALAR VA MEHNAT YARMARKASI" TASHKIL ETILDI

❇️Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Hamza Elliyev Shofirkon tumanida bo‘lib, hududdagi 3-7 yoshli bolalarning ta’limga qamrov holatini o‘rgandi


❇️BUXOROLIK O‘QITUVCHI MALAKA TEST SINOVLARIDA 96 BALLNI QAYD ETDI

❇️BUXOROLIK O‘QITUVCHI MALAKA TEST SINOVLARIDA 98 BALLNI QAYD ETDI

#Tashabbus
❇️“TELEFONSIZ MAKTAB” – TARTIB VA SAMARADORLIK SARI QADAM


❇️BUXOROLIK O‘QITUVCHI MALAKA TEST SINOVLARIDA 100 FOIZLIK NATIJANI QAYD ETDI

❇️“BILIMDON O‘QUVCHILAR” TANLOVI IKKINCHI BOSQICHI GʻOLIBLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI

✳️Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’ining tizimdagi muammolarni o‘rganish va ularni joyida bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan navbatdagi sayyor qabuli Qorovulbozor tumanida bo‘lib o‘tdi.

❇️Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamza Elliyev Qorovulbozor tumanidagi ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘lingh:👇
Telegram | Facebook
👍13
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tashabbus
#Attestatsiya
❇️BUXORODA “BILIM VA MALAKA SINOV MARKAZI” TASHKIL ETILDI

🔹Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan umumiy o‘rta, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglari ishtirokida o‘tkaziladigan joriy yilgi attestatsiya jarayonlarini sifatli tashkil qilish maqsadida maxsus “Bilim va malaka sinov markazi” tashkil etildi.

🔹Bu yerda sinov jarayonlarining sifatli o‘tishini ta’minlash maqsadida barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

🔹Jumladan, zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan, yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ega 150 o‘ringa mo‘ljallangan test sinovi xonasi tashkil etilgan bo‘lib, bir kunda 1000 nafargacha pedagogni qabul qilish imkoniyati mavjud.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-04-22

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍6
#Tashabbus
❇️MAKTABDA “SPELLING BEE” MUSOBAQASI TASHKIL ETILDI

🔹Maktablarda o‘tkaziladigan musobaqalar, olimpiadalar o‘quvchilarning iqtidor va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.


🔹Buxoro tumanidagi 3-umumta’lim maktabida 2- va 4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ingliz tili fanidan “Spelling Bee” musobaqasi tashkil etildi.

🔹O‘quvchilarning ingliz tilidagi imlo ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularning lug‘at boyligini oshirish hamda chet tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish maqsadiga yo‘naltirilgan ushbu musobaqa tashabbuskorlari ingliz tili fani o‘qituvchilari D. Narziyeva hamda O. Sanoyeva bo‘lib, ular o‘quvchilarni musobaqaga puxta tayyorlashdi va tadbirni yuqori saviyada o‘tkazilishiga munosib hissa qo‘shdilar.

🔹Musobaqada har bir sinfdan eng faol va bilimli o‘quvchilar ishtirok etib, o‘zlarining eslab qolish qobiliyati va lug‘at boyligini namoyon etdilar.

🔹Musobaqa yakunida g‘oliblar aniqlanib, munosib taqdirlandilar.


Telegram | Facebook |
3🔥1
#tashabbus
❇️OLIS HUDUDLARDAGI UMUMTA’LIM MAKTABLARI PEDAGOGLARIGA METODIK YORDAM KO‘RSATIMOQDA

🔹Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatimizning olis hududlaridagi umumta’lim maktablari o‘qituvchilariga metodik yordam ko‘rsatish, o‘quvchilarning bilim sifatini oshirish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔹Salohiyatli o‘qituvchilar, tajribali metodistlar tomonidan o‘qituvchilar uchun onlayn vebinarlar, o‘quvchilar uchun fanlar kesimida repititorlik mashg‘ulotlari muntazam ravishda olib borilmoqda.


🔹Bugun "Pedagog xodimlarga muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning psixologik asoslari " mavzusida o‘qituvchilar uchun navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
👍2
Forwarded from Hilola Umarova
#tashabbus #ulashing

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Tashabbus 3 asosiy yoʻnalishda amalga oshiriladi:

Al-Beruniy xalqaro maktabi – unga yurtimiz boʻylab eng iqtidorli oʻquvchilar saralab olinadi. Ular uchun dunyoning ilgʻor tajribalari asosida yuqori darajada taʼlim beriladi. Darslarni xorijdan jalb qilingan malakali ustozlar olib boradi.

“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi – unga Oʻzbekiston boʻylab 3 000 nafar iqtidorli oʻquvchi tanlab olinadi va oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalar bilan qurollantiriladi. Har yili “Renessans” oromgohida xorijiy ustozlar bilan 3 haftalik intensiv sessiyalar tashkil etiladi. Ushbu ikki yoʻnalishdagi oʻquvchilar Harvard, Yale, Princeton, UPenn, Cornell kabi yetakchi universitetlarga qisqa muddatli kurslarga yuboriladi. Agar ular shu universitetlarga oʻqishga qabul qilinsa, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi oʻqish xarajatlarini moliyalashtiradi.

Prezident iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamjamiyati – u mamlakatning eng salohiyatli intellektuallarini bir joyga jamlaydi. Ularga Oʻzbekistondagi islohotlarda bevosita ishtirok etish, oʻz gʻoyalari va tashabbuslarini ilgari surish imkoniyati yaratiladi. Hamjamiyat aʼzolari vazirliklar, idoralar va yirik kompaniyalar bilan bevosita muloqotda boʻladi.

Aziz yoshlar, aziz vatandoshlar, endi siz kuzatuvchi emas, bu tarixiy jarayonning faol ishtirokchisi boʻlishingiz mumkin.

Agar siz tajribali IT yoki xalqaro aloqalar mutaxassisi boʻlsangiz yoki “TOP-100” universitetda tahsil olib, ushbu oliygohlarga kirish borasida bilim va tajribangiz bilan boshqalarga yoʻl koʻrsata olsangiz Biz aynan sizni qidiryapmiz!

Safimizga qoʻshilishni istasangiz oʻzingiz haqingizdagi maʼlumotlarni ilova qilgan holda @uzedu_vazirbot manziliga yuboring, takliflaringizni ham yoʻllashingiz mumkin.

Iqtidorli, gʻoyalarga boy yoshlar, keling, safimizda qoʻshiling!

@hilola_umarova
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident iqtidorli farzandlari tashabbusi: birgalikda dunyoni zabt etamiz

⚡️ Davlatimiz rahbari tomonidan Prezident iqtidorli farzandlari tashabbusiga start berildi. Mazkur loyiha 3 ta asosiy yo'nalishni o'z ichiga oladi.

Yoshlarimizning orzularini haqiqatga aylantiruvchi ilk yo'nalish Prezident iqtidorli farzandlari Milliy dasturi hisoblanadi. Milliy dastur orqali har yili respublika miqyosida 1500 nafar 9-sinf bitiruvchilari imtihon asosida saralab olinib, dunyoning top-100 oliygohlariga tayyorlanadi.

💫Shuningdek, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati ham tashkil etilib, unda zamonaviy ta'lim bilan bir qatorda o'quvchilar dunyoning top-10 oliygohlariga tayyorlanadi.

💥 Ushbu yoshlarimiz salohiyatidan unumli foydalanish va ularni jamiyatimiz bilan bog'lash maqsadida Prezident iqtidorli farzandlari hamjamiyati ham faoliyat yuritadi.

🎗Prezident iqtidorli farzandlari tashabbusiga qo'shiling va o'z bilimingiz bilan dunyoni zabt eting.

🔁 English

#milliydastur #hamjamiyat #tashabbus

Bizga qo'shiling
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Tashabbus
🤩OLIS OLOT TUMANIDA MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETINING FILIALI ISH BOSHLADI

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Buxoro davlat pedagogika instituti hamkorligida viloyatimizdagi olis Olot tumanida maktabgacha ta’lim sifati samaradorligini oshirish maqsadida keng ko‘lamli amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, direktor o‘rinbosarlari va tarbiyachilarining salohiyatini oshirish maqsadida tumandagi 23-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida BDPI ning maktabgacha ta’lim kafedrasi filiali tashkil etildi. Filial to‘liq metodik qo‘llanmalar va zaruriy o‘quv materiallari bilan ta’minlandi.

Kafedrada boshqarma mutaxassislari va institutning tajribali professor-o‘qituvchilari tomonidan dastlabki o‘quv tashkil etilib, unda MTTlardagi 5 ta faollik markazlari faoliyati va sog‘lomlashtirish oyligini samarali tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
🔴 HAFTA DAYJESTI
16-22-iyun kunlari boshqarma telegram kanalida e'lon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti


❇️Ayni paytda Buxoro viloyatidagi barcha ta’lim muassasalarida “Dolzarb 90 kun” doirasida oʼquvchilarni boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🔹Buxoro shahridagi 7-umumta’lim maktabida ham turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu yerda o‘quvchilarga o‘z qiziqishlari asosida fan, kasb-hunar va sport yo‘nalishlarida tajribali pedagoglar tomonidan mashg‘ulotlar olib borilmoqda.


#Barkamol_avlod
❇️BADIIY GIMNASTIKA BO'YICHA VILOYAT_OCHIQ_TURNIRI BO'LIB O'TDI


#Tahlil
❇️MAKTAB RAHBARLARINING O‘QUV YILI YAKUNI VA ISTIQBOL REJALARI BO‘YICHA HISOBOT-TAQDIMOTLARI O‘RGANILMOQDA


🟢BUXORO VILOYATIDAGI MAKTABLARDA KASB MARKAZLARI FAOLIYAT YURITMOQDA!

❇️ KASB-HUNARGA O‘QITISHNING YANGI TIZIMI JORIY ETILGAN 13 TA MAKTAB BITIRUVCHILARI UCHUN YAKUNIY IMTIHON O‘TKAZILMOQDA

#Jarayon
🟢”DOLZARB 90 KUN" – IMKONIYATLAR VA RIVOJLANISH DAVRI


#Dolzarb_90_kun
🟢BILIM, MAHORAT VA FAOLIYAT UYGʻUNLIGI

#Xalqaro_hamkorlik
🟢Buxorolik maktab o‘quvchilari uchun xorijlik professor-o‘qituvchilari tomonidan onlayn kurslar tashkil qilindi

#Tashabbus
🟢OLIS OLOT TUMANIDA MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETINING FILIALI ISH BOSHLADI

#Ofarin!
🟢Buxorolik o‘quvchilar – xalqaro tanlov g‘oliblari!


🟢GRACE” dasturini joriy etishga qaratilgan tuman seminari tashkil etildi

#yangi_loyiha
🟢Kimyo fani ustozlari uchun metodik va ilmiy yordam!

#Xushxabar
🟢Buxorolik o’quvchi— Uch karra Jahon chempioni!


🤩BUXORODA “HOKIM SOVRINI UCHUN” FAN OLIMPIADASI BO’LIB O’TMOQDA

#MilliyDuppiChallenge
🟢Milliy do‘ppi – millat iftixori!

🤩BITIRUVCHILAR KASBIY TA’LIM FANLARIDAN YAKUNIY IMTIHON TOPSHIRISHMOQDA

❇️ BUXORODA “HOKIM SOVRINI UCHUN” XORIJIY TILLARDAN FAN OLIMPIADASI BO‘LIB O‘TDI

🟢BUXOROLIK O‘QUVCHILAR JAMOASI “TURON” MAKTAB TEATRI TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI GʻOLIBLARI QATORIDA!

🟢BUXOROLIK IQTIDORLI OQUVCHILAR JAMOASI “IQTIDOR” MAKTAB ANSAMBLI TANLOVINING MUTLAQ GʻOLIBI BO‘LDI

🟢”TURON” MAKTAB TEATRI TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI GʻOLIBLARI MUNOSIB KUTIB OLINDI

#Onlayn_muloqot
🟢DIREKTOR JAMGʻARMASIDAN SAMARALI FOYDALANISH TARTIBI:MUAMMO VA YECHIMLAR

🔠 Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiя kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#Tashabbus
#Vobkent
🟢MAKTAB TOMORQASIDAN OLINAYOTGAN DAROMAD HISOBIDAN O‘QITUVCHILAR XONASI UCHUN JIHOZ VA MUSIQA ASBOBLARI SOTIB OLINDI

🍀Tuman markazidan 16 kilometr uzoqlikda joylashgan 38- umumta’lim maktabi
zamonaviy usulda jihozlangan fan kabinetlari, o‘quv-laboratoriya va sinf xonalariga ega bo‘lish bilan bir qatorda ko‘rgan ko‘zni quvontiradigan bog‘-tomorqasiga ham ega.


🫐Maktabning yordamchi xo‘jaligiga aylangan tomorqasi 50 sotixdan ortiq maydonni egallagan bo‘lib, hozirda mo‘jazgina 3 sotix maydonida loviya, 3 sotixiga oshqovoq, 8 sotixiga baqlajon, 1 sotixiga qalampir, 3 sotixiga gibrit makkajo‘xori va gullar bog‘ sifatida tashkil etilgan. Bir tomonda esa tokzor barpo qilingan bo‘lib, unda har yili xushxo‘r uzumning bir necha xilidan yetishtirib kelinadi.

🍀Shuningdek, maktab atrofidagi yerlarda o‘rik, olma, gilos, shaftoli, behi, qaroli kabi mevali daraxtlardan ham har yili pishiqchilik mavsumida shiraga to‘lgan hosil olinayotgani maktab va o‘quvchilar manfaatiga xizmat qilmoqda.

🟢Bu yerda yetishtirilayotgan meva-sabzavotlar hosilidan olinayotgan daromad hisobidan kutubxona uchun moddiy-texnik jihozlari va kitoblar bilan birgalikda kitobxonlik tanlovlari sovrindorlari uchun esdalik sovg‘alari, velosipedlar xarid qilinmoqda.

💠Yaqinda esa ushbu mablag‘lar hisobidan 10 million so‘m ajratilib, o‘qituvchilar xonasi uchun jihozlar va musiqa asboblari sotib olindi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
#Tashabbus
🟢MAKTAB YANGI O‘QUV YILIGA SHAY!

📍Vobkent tumanidagi 19-umumta’lim maktabida bugungi kunda 210 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Mazkur ta’lim maskani 1989-yilda 240 o‘rinli qilib qurilgan bo‘lib, 2022-yilda “Obod qishloq” dasturi doirasida tubdan ta’mirlandi va zamonaviy sport zali binosi barpo etildi.


💎Maktabda har yili yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari mahalliy imkoniyatlar va byudjetdan tashqari yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobidan samarali amalga oshirib kelinmoqda. Bu yil ham ta’mirlash ishlari maktab hududidagi ekinzor va mevali daraxtlar hosilidan olingan 4 million 300 ming so‘m mablag‘ evaziga amalga oshirildi. Shu bilan birga, Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan ham zarur bo‘yoqlar ajratildi.

🟢Maktab hovlisi obodonlashtirilib, yangi gullar ekilib, yashil maydonchalar tashkil etildi. Sinfxonalar esa zamonaviy ko‘rgazmali qurollar bilan to‘liq jihozlandi.Maktab 2025-2026 o‘quv yiliga tayyor!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🔴HAFTA DAYJESTI
14-20-iyul kunlari boshqarma telegram kanalida e'lon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti


#Jarayon
🏐Maktab oromgohi faoliyati qizg‘in pallada!

🟢Maktab kutubxonalari faoliyatini samarali tashkil etish omillari” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi

🟢VAZIRLIK ISHCHI GURUHI BUXORO VILOYATIDAGI TA’LIM MUASSASALARINING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATINI O‘RGANMOQDA

🟢Yoz — bolalarning sog‘lomlashuvi va ijodiy rivojlanishi uchun eng munosib mavsum!

🟢BOSHQARMA BOSHLIGʻI YOSHLAR MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA

#Бошқарма_бошлиғи_ҳудудларда
🟢YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI O‘RGANILMOQDA

#Dolzarb_90_kun
🟢TA’TIL ZAVQLI DAVOM ETMOQDA

🟢”Dolzarb 90 kun”- yangi imkoniyatlar davri

#Tashabbus
🟢MAKTAB YANGI O‘QUV YILIGA SHAY!

🟢”Barkamol avlod” – iste’dodlar maskani, orzular ro‘yobga chiqadigan makon!

#Jasorat_maktabi
🟢Buxoroda “Jasorat maktablari"ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo’lib o’tmoqda

🟢Maktabgacha ta’lim tashkilotlari qamrovini oshirish imkoniyatlari o‘rganilmoqda

#Dolzarb_90_kun
🟢 BUXORODA “HOKIM SOVRINI UCHUN” NAVBATDAGI FAN OLIMPIADASI BO‘LIB O‘TDI

#Investitsiya
#Bunyodkorlik
🟢Gʻijduvondagi 5 ta ta’lim muassasasida qurilish-ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda

#Мактaбгача_таълим
🫥Yozgi sog‘lomlashtirish oyligi — bolajonlar uchun chiniqish va rivojlanish davri!

🗣Vobkent: “Koʻlxatib” mahallasida zamonaviy bogʻcha qurilmoqda

🟢BUXORO VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI HAMDA BUXORO DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

🫥BUXORO VILOYATIDAGI 26 TA MAKTABGA ZAMONAVIY KOMPYUTERLAR JAMLANMASI TOPSHIRILDI

🟢XALQARO va RESPUBLIKA FAN OLIMPIADALARI GʻOLIBLARI VA ULARNING USTOZLARI MUNOSIB TAQDIRLANDILAR

🟢“IQTIDOR” MAKTAB ANSAMBLI VA “TURON” MAKTAB TEATRI TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI GʻOLIBLARI VILOYAT HOKIMI E’TIROFIDA!

🔠 Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
kanallariga a’zo bo‘ling👇

Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5