BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18.1K subscribers
35.4K photos
3.24K videos
181 files
14.4K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Jasorat_maktabi

📣 Hurmatli ota-onalar!

Ertaga — 10-iyul kuni "Jasorat maktablari"ga kirish imtihonlari bo'lib o'tadi!

⚡️ Imtihonlarda quyidagi tartib-qoidalarga amal qilishingiz so‘raladi:

farzandingizni imtihon o‘tkazilishi belgilangan manzilga o‘z vaqtida olib kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz lozim;

issiq ob-havoni inobatga olib, farzandingizni yengil va qulay kiyimlarda kiyintiring;

imtihonga kelishdan oldin farzandingiz to‘yimli va yengil nonushta qilganiga e’tibor bering (yog‘li, hazm qilishni qiyinlashtiradigan taomlardan saqlaning).

Imtihonda “yordam” berishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang, bu firibgarlikdir. Farzandingizning bilimi — uning yagona natijasidir!

👉 Imtihonlar soat 8:00 da boshlanadi va bir smenada bo‘lib o‘tadi.

❗️Ma‘lumot uchun: talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari shart.

📞 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun tel: 1206

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#Jasorat_maktabi

📣 Hurmatli ota-onalar!

Joriy yilning 17-18-iyul kunlari "Jasorat maktablari"ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich — jismoniy tayyorgarlik sinovlari boʻlib oʻtadi!

⚡️ Jarayonlar ertaga — 17-iyul kuni soat 8:00 da quyidagi manzillarda boshlanadi.

Maʼlumot uchun: ushbu sinovlarda har bir oʻquvchiga 5 tadan jismoniy mashq beriladi hamda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining turlari va mezonlariga muvofiq 50 ballik tizim asosida baholanadi.

❗️ Bu muhim: talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari shart.


📞 Qoʻshimcha maʻlumotlar uchun: 1206

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ayni_paytda
#Jasorat_maktabi
🟢BuxorodaJasorat maktablari"ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo’lib o’tmoqda

🔹Bugun, yurtimiz bo‘ylab “Jasorat maktablari"ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi — jismoniy tayyorgarlik sinovlariga start berildi.


🔹Ushbu muhim jarayon Buxoro viloyatida ham qizg’in davom etmoqda.

🔹Ushbu sinovlarda har bir oʻquvchiga 5 tadan jismoniy mashq beriladi hamda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining turlari va mezonlariga muvofiq 50 ballik tizim asosida baholanadi.

🔹Ma’lumot uchun: “Jasorat maktablari” viloyatning 13 ta tuman, shaharlarida tashkil etilgan bo'lib, har bir tumandagi maktablarga 26 nafardan o'quvchi qabul qilinadi.

🔹Jasorat maktablari" Imtihonlarida qatnashish uchun Buxoro viloyatidan jami 699 nafar 5-sinf o‘quvchilari ro‘yxatdan o‘tgan.

Fotolavhalarda Buxoro shahridagi 16-maktabda bo‘lib o‘tayotgan jarayonlar aks etgan

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
#Jasorat_maktabi
🫥JASORAT SINOVLARI QIZGʻIN RUHDA KECHDI

🫥Buxoro viloyatining barcha tumanlarida bo‘lgani kabi, Gʻijduvon tumanidagi 47- hamda Qorovulbozor tumanidagi 1-maktabda ham “Jasorat maktablari”ga kirish uchun jismoniy tayyorgarlik sinovlari yuqori ruhda bo‘lib o‘tdi.

💿Talabgorlar 5 turdagi jismoniy mashqlarni bajarib, o‘z salohiyati va irodasini namoyon etmoqda. Ular amalga oshirayotgan har bir harakat belgilangan aniq mezonlar asosida 50 ballik baholash tizimida baholanmoqda.

🫥Sinov jarayonlari shaffof va adolatli tarzda, mutaxassislar tomonidan nazorat qilinib, har bir ishtirokchining natijasi inobatga olinmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
🔴HAFTA DAYJESTI
14-20-iyul kunlari boshqarma telegram kanalida e'lon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti


#Jarayon
🏐Maktab oromgohi faoliyati qizg‘in pallada!

🟢Maktab kutubxonalari faoliyatini samarali tashkil etish omillari” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi

🟢VAZIRLIK ISHCHI GURUHI BUXORO VILOYATIDAGI TA’LIM MUASSASALARINING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATINI O‘RGANMOQDA

🟢Yoz — bolalarning sog‘lomlashuvi va ijodiy rivojlanishi uchun eng munosib mavsum!

🟢BOSHQARMA BOSHLIGʻI YOSHLAR MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA

#Бошқарма_бошлиғи_ҳудудларда
🟢YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI O‘RGANILMOQDA

#Dolzarb_90_kun
🟢TA’TIL ZAVQLI DAVOM ETMOQDA

🟢”Dolzarb 90 kun”- yangi imkoniyatlar davri

#Tashabbus
🟢MAKTAB YANGI O‘QUV YILIGA SHAY!

🟢”Barkamol avlod” – iste’dodlar maskani, orzular ro‘yobga chiqadigan makon!

#Jasorat_maktabi
🟢Buxoroda “Jasorat maktablari"ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo’lib o’tmoqda

🟢Maktabgacha ta’lim tashkilotlari qamrovini oshirish imkoniyatlari o‘rganilmoqda

#Dolzarb_90_kun
🟢 BUXORODA “HOKIM SOVRINI UCHUN” NAVBATDAGI FAN OLIMPIADASI BO‘LIB O‘TDI

#Investitsiya
#Bunyodkorlik
🟢Gʻijduvondagi 5 ta ta’lim muassasasida qurilish-ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda

#Мактaбгача_таълим
🫥Yozgi sog‘lomlashtirish oyligi — bolajonlar uchun chiniqish va rivojlanish davri!

🗣Vobkent: “Koʻlxatib” mahallasida zamonaviy bogʻcha qurilmoqda

🟢BUXORO VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI HAMDA BUXORO DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

🫥BUXORO VILOYATIDAGI 26 TA MAKTABGA ZAMONAVIY KOMPYUTERLAR JAMLANMASI TOPSHIRILDI

🟢XALQARO va RESPUBLIKA FAN OLIMPIADALARI GʻOLIBLARI VA ULARNING USTOZLARI MUNOSIB TAQDIRLANDILAR

🟢“IQTIDOR” MAKTAB ANSAMBLI VA “TURON” MAKTAB TEATRI TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI GʻOLIBLARI VILOYAT HOKIMI E’TIROFIDA!

🔠 Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
kanallariga a’zo bo‘ling👇

Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
#Jasorat_maktabi

📣 Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilindi

Xabaringiz bor, joriy yilning iyul oyida “Jasorat maktablari”ga kirish uchun ikki (test, jismoniy tayyorgarlik) bosqichli imtihonlar boʻlib oʻtgan edi.

Mazkur sinovlar yakuniy natijalari bilan
ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Izoh: roʻyxatdagi alohida rang belgilari quyidagi maʼnoni anglatadi:

🟢 yashil rang — oʻqishga qabul qilingan;
🟡 sariq rang — nomzodning egallagan bali boshqa nomzodlar bilan teng kelganligi sababli qoʻshimcha ravishda jismoniy tayyorgarlik imtihoni topshirish talab etiladi;
⚪️ oq rang — oʻqishga kirishga tavsiya etilmagan.

👉 Maʼlumot uchun: imtihon yakuniy natijalariga koʻra, kvota doirasida ballari teng boʻlgan nomzodlar uchun jismoniy tayyorgarlikdan qoʻshimcha sport sinovlari boʻlib oʻtadi.

✍️ Uning oʻtkazilish vaqti va joyi haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jasorat_maktabi

📣 Hurmatli ota-onalar!

Joriy yilning 29-iyul kuni "Jasorat maktablari"ga kirish imtihon natijalari boʻyicha teng ball toʻplagan nomzodlar uchun jismoniy tayyorgarlik sinovlari boʻlib oʻtadi!

⚡️ Jarayonlar joriy yilning 29-iyul kuni soat 8:00 da ushbu havoladagi manzillarda boshlanadi.

Maʼlumot uchun: ushbu sinovlarda har bir oʻquvchiga 5 tadan jismoniy mashq beriladi hamda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining turlari va mezonlariga muvofiq 50 ballik tizim asosida baholanadi.

Natijalar yuzasidan qiziqtirgan savollar bo'lgan taqdirda belgilangan tartibda tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida tashkil etilgan komissiyaga murojaat etishi mumkin.

❗️ Bu muhim: talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 soat oldin tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari shart.


📞 Qoʻshimcha maʻlumotlar uchun
tel: 1206


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM