Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.02K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.58K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Ота_оналар_йиғилиши

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining faollar zalida 7-11-sinf o'quvchilarining ota-onalari bilan yig'ilish o'tkazildi. Unda maktab rahbariyati, tarbiyachilar, sinf rahbarlari ishtirok etishdi.

❇️ Yig'ilishni ijod maktabi direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova kirish so'zi bilan ochib berib, kun tartibidagi masala, ya'ni 3-chorak yakunlariga va boshqa masalalar bilan yig'ilish ishtirokchilarini tanishtirdi.

☑️ Yig'ilishda 3-chorak yakunlari tahlil qilindi. O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Javohir Sharipov o'quvchilarning fanlardan o'zlashtirishi, tartib-intizomi borasida so'z yuritdi. Yig'ilishda o'quvchilarning tanlovlardagi faolliklari va erishgan yutuqlari e'tirof etildi.

O'z navbatida, ota-onalarning bildirgan takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi va savollarga atroflicha javob berildi.

✔️Faollar zalidagi yig'ilishdan so'ng ota-onalar farzandlari ta'lim-tarbiya olayotgan sinfxonalarda bo'lishdi. Sinf rahbarlari har bir o'quvchilarning ota-onalari bilan birga individual suhbat o'tkazib, o'quvchilarning choraklik summativ baholash natijalari tahlil qilindi.

📚Ijod maktabing foyesida 2-aprel - Xalqaro bolalar kitoblari kuni munosabati bilan "Farzandimga kitob sovg'a qilaman!" nomli aksiya tashkil etildi. Unda barcha ota-onalar faol ishtirok etib, farzandlariga kitob sovg'a qildilar. Shuningdek, ular o'zlari uchun ham kitob xarid qilishdi.

📌Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
📸 Ota-onalar yig'ilishidan fotoreportaj
📸2-aprel - Xalqaro bolalar kitoblari kuni munosabati bilan "Farzandimga kitob sovg'a qilaman!" nomli aksiyadan fotoreportaj
2⃣-aprel - “Xalqaro bolalar kitoblari kuni”

➡️Bolalar va o‘smirlar adabiyoti xalqaro kengashi (International Board on Books for Young People — IBBY) tashabbusi bilan 1967-yildan buyon har yili 2-aprelda Hans Kristian Andersenning tug‘ilgan kunida bolalarda kitob o‘qishga mehr uyg‘otish va e’tiborni jalb qilish maqsadida Xalqaro bolalar kitoblari kuni nishonlanadi.

📑IBBY Nizomiga muvofiq har bir davlatda Milliy sho‘ba tashkil etilishi mumkin, uning asosiy maqsadi — bolalar va yoshlar uchun milliy adabiyotni xalqaro miqyosda rivojlantirish va ommalashtirishga ko‘maklashish maqsadida ijodiy va ijtimoiy kuchlarni birlashtirishdan iborat.

📂2022-yil yanvar oyidan boshlab AOKA tashabbusi bilan IBBYda O‘zbekiston Respublikasining Milliy sho‘basi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu sho‘ba tarkibida Respublika bolalar kutubxonasi ham bor.

📚
Qadrli ota-onalar, muhtaram Ustozlar! Bugun, ushbu kun munosabati bilan bolalarga kitob sovg‘a qilib, ularga ma’naviyat ulashishda o‘z hissangizni qo‘shing!

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_4

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz.

❗️Bugungi audiobayonotimizda, jumladan quyidagi savollarga javob olishingiz mumkin:

▶️ Vazirlik tasarrufidagi “Mehrli maktab”ning joylardagi filiallari qaysi tuman va shaharlarda ochiladi? Unda ishlash uchun qanday talablar mavjud?
▶️ Ayrim hududlardagi maktablarda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlayotgan ayol o‘qituvchilarga ma’lum ustama to‘lanayotgan ekan. Bu kabi ustamalar kimlarga beriladi, uning berilish va bekor bo‘lish shartlari qanday?
▶️ “Tarbiya” va “Huquq” fanlaridan ham kelgusida milliy sertifikat joriy qilish nazarda tutilganmi?

Bayonotlarimiz davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"ҚАШҚАДАРЁ АХБОРОТИ" Янгиланаётган Конституция – Янги Ўзбекисондаги кенг кўламли ислоҳотларнинг янги босқичи.

#30mar #qashqadaryo_trk
📱Расмий телеграм каналимиз
👉
https://t.iss.one/qashqadaryo_trk
#9_aprel_Amir_Temur_tavallud_kuni
#Апрель_буюк_алломалар_меросини_ўрганиш_ойлиги

⚔️Amir Temur Oʻrta, Janubiy va Gʻarbiy Osiyo, shuningdek, Kavkaz, Povoljya va Rus tarixida muhim oʻrin tutgan Oʻrta Osiyolik turkiy hukmdor, sarkarda va zobit. Sarkarda, poytaxti Samarqand boʻlgan Temuriylar saltanati (1370-yil) asoschisi.

✳️ Amir Temur
hukmronligi 35 yil davom etgan (1370 - 1405). U Ind va Gangdan Sirdaryo va Zarafshongacha, Tyan Shandan Bosforgacha boʻlgan katta saltanatni yaratgan. Hayotining katta qismini yurishlarda oʻtkazgan.

Amir Temur tarix sahifalarida Iskandar Maqduniy, Yuliy Sezar kabi yirik sarkardalar bilan bir qatorda turadi.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Pedagogik_kengash

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida navbatdagi pedagogik kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig‘ilishda maktab rahbariyati, o'qituvchilar, to'garak rahbarlari, tarbiyachilar ishtirok etishdi.

✔️Yig‘ilishda o'quv yilining 3-choragi yakuni, o'quvchilar bilan olib borilgan ishlar, 4-chorakdagi vazifalar, fan va ixtisoslashtirilgan to'garaklar tahlili, bitiruvchilarni OTMlariga tayyorlash va boshqa masalalar ko'rib chiqildi.

☑️ Kun tartibidagi masalalar yuzasidan ijod maktabi direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova, o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Javohir Sharipov so'zga chiqdilar.

Majlis tanqidiy-tahliliy, ochiq muloqot tarzida o'tdi.

✳️ Unda tarbiyachi-pedagoglar, sinf rahbarlari, to'garak rahbarlari hamda har bir fan o'qituvchilari faoliyatidagi kamchiliklar tahlil etildi, shuningdek, erishgan yutuqlari e'tirof etildi.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram