Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.22K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.57K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Ота_оналар_йиғилиши

🔰Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "а", 7 "b", 8 "а", 8 "b"-sinf o'quvchilarining ota-onalari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilish har bir sinfning o'z sinfxonasida tashkil etildi. Mazkur yig'ilishni o'tkazishdan asosiy maqsad o'quvchilarni summativ, ya'ni choraklik summativ baholash natijalaridan ota-onalarini xabardor qilish, har bir o'quvchiga individual yondashgan holda ularning baholari, darsni o'zlashtirish darajasi, yutuq va kamchiliklari tahlilini o'tkazishdan iborat edi.

Ushbu yig'ilishlarda maktab rahbariyati, xususan, maktab direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova ham qatnashib, ota-onalar muntazam ravishda farzandlarining baholari, dars o'zlashtirish holatlari haqida qiziqishlari, nazorat qilib turishlarini ta'kidladi.

📆Ertaga maktabning 9-10-11-sinflar o'quvchilari ota-onalari uchun ham yig'ilish bo'lib o'tadi.

🎯Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| facebook| youtube |Instagram
#Ота_оналар_йиғилиши

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining faollar zalida 7-11-sinf o'quvchilarining ota-onalari bilan yig'ilish o'tkazildi. Unda maktab rahbariyati, tarbiyachilar, sinf rahbarlari ishtirok etishdi.

❇️ Yig'ilishni ijod maktabi direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova kirish so'zi bilan ochib berib, kun tartibidagi masala, ya'ni 3-chorak yakunlariga va boshqa masalalar bilan yig'ilish ishtirokchilarini tanishtirdi.

☑️ Yig'ilishda 3-chorak yakunlari tahlil qilindi. O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Javohir Sharipov o'quvchilarning fanlardan o'zlashtirishi, tartib-intizomi borasida so'z yuritdi. Yig'ilishda o'quvchilarning tanlovlardagi faolliklari va erishgan yutuqlari e'tirof etildi.

O'z navbatida, ota-onalarning bildirgan takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi va savollarga atroflicha javob berildi.

✔️Faollar zalidagi yig'ilishdan so'ng ota-onalar farzandlari ta'lim-tarbiya olayotgan sinfxonalarda bo'lishdi. Sinf rahbarlari har bir o'quvchilarning ota-onalari bilan birga individual suhbat o'tkazib, o'quvchilarning choraklik summativ baholash natijalari tahlil qilindi.

📚Ijod maktabing foyesida 2-aprel - Xalqaro bolalar kitoblari kuni munosabati bilan "Farzandimga kitob sovg'a qilaman!" nomli aksiya tashkil etildi. Unda barcha ota-onalar faol ishtirok etib, farzandlariga kitob sovg'a qildilar. Shuningdek, ular o'zlari uchun ham kitob xarid qilishdi.

📌Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram