Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.26K subscribers
13.8K photos
1.39K videos
104 files
4.1K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#9_aprel_Amir_Temur_tavallud_kuni
#Апрель_буюк_алломалар_меросини_ўрганиш_ойлиги

⚔️Amir Temur Oʻrta, Janubiy va Gʻarbiy Osiyo, shuningdek, Kavkaz, Povoljya va Rus tarixida muhim oʻrin tutgan Oʻrta Osiyolik turkiy hukmdor, sarkarda va zobit. Sarkarda, poytaxti Samarqand boʻlgan Temuriylar saltanati (1370-yil) asoschisi.

✳️ Amir Temur
hukmronligi 35 yil davom etgan (1370 - 1405). U Ind va Gangdan Sirdaryo va Zarafshongacha, Tyan Shandan Bosforgacha boʻlgan katta saltanatni yaratgan. Hayotining katta qismini yurishlarda oʻtkazgan.

Amir Temur tarix sahifalarida Iskandar Maqduniy, Yuliy Sezar kabi yirik sarkardalar bilan bir qatorda turadi.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
👍4🤩1
#9_aprel_Amir_Temur_tavallud_kuni
#Апрель_буюк_алломалар_меросини_ўрганиш_ойлиги

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 9-aprel - buyuk sarkarda va davlat arbobi, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligiga bag'ishlab "Amir Temur va temuriylar davri madaniyati" mavzusida ochiq ma'naviyat soati bo'lib o'tdi.

Ochiq dars davomida Bog'dagul Jamolova rahbarligidagi 8 "B"-sinf o'quvchilari "Temur tuzuklari" dan yod aytishdi. O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning "Sohibqiron" dramasidan sahna ko'rinish ijro etdilar.

📚"Amir Temur faoliyati va ilm-fan homiysi" mavzusida videorolik namoyish etildi, o'quvchilar interaktiv o'yinlar orqali Amir Temur va temuriylar madaniyati bo'yicha o'z bilimlarini mustahkamladilar.

♻️ Dars adabiyot, tarix, tarbiya, musiqa, informatika fanlari bilan o'zaro integratsiyalashgan holda olib borildi.

📌Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
1👍1🔥1🥰1👏1
#9_aprel_Amir_Temur_tavallud_kuni
#Апрель_буюк_алломалар_меросини_ўрганиш_ойлиги

🔰9-aprel - Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan Sohibqiron Amir Temur markazlashgan milliy davlatchilik asoschisi g'oyasi asosida o'quvchilarda mustaqillikni qadrlash, xalqparvarlik, adolatparvarlik va bunyodkorlik tuyg'ularini tarbiyalash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchilari va o'qituvchilari Shahrisabz shahriga sayohat qilishdi.

Ijod maktabi jamoasi dastavval bugungi kunga butun dunyo sayyohlarini hayratlantirib kelayotgan Oqsaroy majmuasida bo'ishdi, bu yerdagi Shahrisabz muzey qo'riqxonasi, Oqsaroy inshooti, Amir Temur haykali bilan yaqindan tanishishdi.

❇️ O'z navbatida, Dor-ul-tilovat majmuasi, masjid, Amir Temur va otalarining piri bo'lgan Shayx Shamsiddin Kulol maqbarasi, Gumbazi Sayyidon majmualari ziyorat qilindi.

⚡️ Ayniqsa, o'quvchilar va ularning ustozlari "Amir Temur va temuriylar davri - ibrat maktabi" mavzusida avstraliyalik sayyohlar bilan ingliz tilida Amir Temur va temuriylar davri tarixi, madaniyati, ularning dunyo taraqqiyoti hamda sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasiga doir suhbat xorijlik sayyohlarda ulkan taassurot qoldirdi.

💥Amir Temurning otalari Tarag'ay Bahodir va to'ngich farzandi Jahongir qabrlari ziyorat qilindi.

✳️ Tarix o'qituvchisi Ravshan Xolov tomonidan o'quvchilarga Temur va temuriylar davri, tashrif qilingan maskanlar tarixi bo'yisha batafsil ma'lumotlar berildi.

🔷
Ta'kidlash joiz, mazkur sayohat o'quvchilarning nafaqat tarix, balki adabiyot, siyosat, madaniyat va ma'naviyat, bunyodkorlik sohalaridagi bilimlarini yanada mustahkamlagani bilan ahamiyatli bo'di.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
😍4
#Апрель_буюк_алломалар_меросини_ўрганиш_ойлиги

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rahbariyat, o'qituvchiyu ishchi-xodimlaridan iborat jamoasi Aprel - Buyuk allomalar merosini o'rganish oyligi va "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil!" dasturi doirasida Yer
yuzining sayqali - Samarqanddagi muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarni ziyorat qilish maqsadida qadimiy shaharga sayohat uyushtirishdi.

Sayohat davomida ijod maktabi jamoasi Samarqand turizm markazi hududida eski Samarqand qiyofasini takrorlaydigan “Boqiy shahar” tarixiy majmuasiga tashrif buyurishdi. Bu majmua oʻzining betakrorligi, u yerda qad rostlagan binolarda ishlatilgan rang va bezaklari bilan ajralib turadi. Majmua dizayni “Ming bir kecha” ertaklariga monand shaklda bunyod etilgan bo'lib, ushbu maskanga kelgan har bir sayyoh oʻzini koʻhna moziyga qaytgandek his qiladi va oʻsha muhit ichra yashaydi.

🕌Shuningdek, ijod maktabi jamoasi mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov yodgorligida bo'lishdi, ko'hna va muazzam Samarqand shahrining yuragi boʻlmish Registon maydoni va unda qad rostlagan uch madrasaning koʻrki, salobatidan hayratlandilar, “Samarqand marvaridi” degan nomga sazovor boʻlgan Shohizinda ansamblini tomosha qilishdi.

🕍Xalqimizda "Yurgan daryo, o'tirgan buyra" degan naql bor. Shu ma'noda, ijod maktabi jamoasi nafaqat Samarqanddagi tarixiy qadamjolarni ziyorat qilishdi, balki shaharning bugungi kundagi zamonaviy ko'rinishi, arxitekturasi, bozorlar, umuman olganda, shaharda kechayotgan jarayonlar bilan yaqindan tanishishdi va olam-olam taassurotlarga ega bo'lishdi.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
🔥7👍1🥰1