Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.27K subscribers
13.8K photos
1.39K videos
104 files
4.1K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Yoz_ilhomlari
#Ijodiy_tògarak

* * *
Doʻstim,
Uzoq ketma mendan yiroqqa
Ogʻzimdagi ilon qilsa ham hamla.
Hujumin qaytarar posbon tishlarim,
(Ammo abad davom etmas bu qamal).

Oʻrgimchak toʻriday nafis qalbingga
Alining tigʻidek nayzam tegmasin.
Doʻstim,
Bir panjara bilan oʻrab qoʻy
Alpomish kelbatli yurak tegrasin.

Doʻstim,
Seni sevdim Qodiriy kabi,
Soʻngsiz dushmanlaring menga ham dushman.
Sen mangu yonimda boʻlsang agarda,
Osmonni hech kimga bermas bir qushman.

Oshnolarim ichra vafosiz hamda
Men uchun havodek kerakli doʻstim!
Isming Haqiqatdir, men seni koʻrmay,
Senga gʻoyibona ishq bilan oʻsdim.

Doʻstim, uzoq ketma mendan yiroqqa...

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi Boyqobilov Hikmatbek.
🔥13👍76
#Muzeylar_haqida

Shahrisabzdagi Oqsaroy haqida 10 ta fakt

1. Saroyning qurilishi 1380 yili boshlanib 1386 yili tugallangan, lekin pardozlash ishlari 1404 yilgacha davom etgan. Bu saroy Amir Temurning onasi Takinaxotun xotirasiga bag‘ishlab qurilgan. Bizning davrimizga saroyning bir qismi yetib kelgan xolos.
2. Oqsaroyni asosan Xorazm, Eron va boshqa joylardan keltirilgan usta quruvchilar bunyod etganlar. Masalan, asosiy peshtoqning morpech bezagida koshinkor usta Muhammad Yusuf Tabriziyning nomi ikki marta takrorlangan. U 20 yil davomida qurilgan noyob durdona bo‘lib, bugungi zaif holati ham kishilarni hayratga soladi.
3. U dastlab 73 metr balandlikka ega bo‘lgan. Saroy tomi tepasiga ishlangan hovuzga suv Taxtaqoracha dovonidan qo‘rg‘oshin quvurlar orqali oqib kelib, undan sharshara hosil qilib pastga tushirilgan. Saroyda suv tozalash, havo almashishi, nur va soya yorug‘ligini muvofiqlashtirib turadigan texnik, me’moriy-badiiy yechim ishlab chiqilgan.
4. Oqsaroy poydevori g‘ishlariga oltin qumi aralashtirilgan. Poydevor ancha chuqur bo‘lib bir necha qatlamlardan iborat, ular saroyning uzoq turishi va nam o‘tkazmaslikka mo‘ljallangan murakkab usullarni mujassam etadi.
5. Oqsaroy devorlaridagi ranglar jilosi, tarixiy, falsafiy va diniy mavzudagi, kufiy, suls yozuvlari, koshinkori bezaklar, islimiy, girih naqshlarning o‘zaro uyg‘unligi binoga ajoyib va sehrli mazmun bag‘ishlagan. Yetti xil (haft rangi) rangdagi tabiiy naqshlar bilan bezatilgan Oqsaroy peshtoqida “Sulton Allohning yerdagi soyasidir” degan mazmundagi yozuvlar bitilgan.Oqsaroy peshtoq ustunining old tomonida, cho‘zilgan oltiburchak shaklida arab tilda “Adolat–davlat asosi va hukmdorlarning shioridir”-deb o‘qiladigan yozuv olti marta takrorlangan. Oqsaroyning old tomonidagi cho‘zilgan peshtoqida arab tilining “kufiy” uslubida va tilla suvi yugurtirilgan matnda shunday o‘qiladi: “Podsholarning so‘zi so‘zlar orasida podshodir”. Shuningdek, Oqsaroyda  “Bizning qudratimizga shubha qilsangiz biz qurgan imoratlarni boqing”, “Oqil o‘z amaliga suyanadi, johil esa orzu-umidiga” kabi hikmatli so‘zlar bitilgan.
6. Bobur ma’lumotlariga ko‘ra, hovli o‘rtasida hovuz, to‘rida gumbazli katta xona — devonxona, yonlarida maslahatchilar uchun kichik xona, hashamatli ravoqli bostirmalar, ichki tomonida haram va amirning xonasi joylashgan.
7. Devonxona peshtog‘ida arslon va quyosh tasviri va Temur davlatining 3 halqa shaklidagi nishoni bo‘lgan. Gumbaz ichi va yonlariga, burchaklardagi minoralarga koshin-g‘ishtlardan qalqon shaklidagi girih naqshlar ishlangan. Bu naqshlar silliqlangan g‘isht va feruza rangli sirkor parchindan yozilgan kufiy xatlar zamini yo‘g‘on ko‘k belboqqa o‘xshash mujassamotni tashkil etgan.
8. Ranglarning oy yorug‘ida jilolanib oqarib ko‘rinishidan bino Oqsaroy deb nomlangan.
9. 1707 yilda Buxoro xoni Ubaydullaxon Oqsaroy peshtog‘i ostida toj kiyib, taxtga o‘tirganligi peshtoqning o‘sha paytda butun ekanligidan darak beradi.
10. 1973— 75 yillarda arxeologik tadqiqotlar, 1994-96 yillarda konseravsiya ishlari olib borilgan bo‘lsa, 2002 yilda YUNESKOning homiyligida Shahrisabz shahrining 2700 yilligi nishonlanishi munosabati bilan qayta ta’mirlangan.
👍172🎉1
25🔥7👏2😍2
🇺🇿VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN!

🇺🇿 Vatanimiz Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan ZUKKO_KITOBXON tanloviga start beramiz.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
barcha bilimdon o‘quvchilarni ushbu tanlovida ishtirok etishga chorlaydi!
1-tur – 27-iyul, soat 8:00 dan 23:00 gacha davom etadi.

📍 Tanlov maktabning rasmiy Telegram kanalida – @abdullaoripov_ijodmaktabi – botli test tarzida o‘tkaziladi.

📖 Savollar quyidagi asarlar asosida bo‘ladi:
Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramasi
Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostoni


🎁 Mukofotlar:
1–3-o‘rin sohib(a)lari Milliy sertifikatga tayyorlanish uchun maxsus kitoblar bilan taqdirlanadi!

❗️Tanlovda qatnashish shartlari: Yuqorida berilgan 2 ta badiiy asarni puxta oʻqib chiqish hamda @milliy_sertifikat_sirlari_bot dan oʻz ismingiz bilan roʻyxatdan oʻtish. Shu bot orqali natijangizni bilib olishingiz mumkin.

💫Zukko bo‘lishga tayyormisiz? Ishtirok eting va bilimingizni sinab ko‘ring!
👍165
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#Prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

✔️ Joriy yilning 6-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi.

Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/J25-preselection-results/

Quyidagi halova orqali ham natijalaringizni bilishingiz mumkin: https://portal.piima.uz/page/ps1

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
🥰74👍4🎉31
🇺🇿 Таvаllud ayyomingiz muborak bo'lsin, Hurmatli Prezidentimiz!

Bugun 24-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev 68 yoshni qarshi oldi.

Davlatimiz rahbariga mustahkam sog'lik tilaymiz! Xalqimiz baxtiga doimo omon bo'lsinlar!

🇺🇿Umringiz uzoq bo'lsin!🇺🇿
🎉19👍91🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli Prezidentimiz!

Tavallud ayyomingiz bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.


Millat ma’rifati, xalq ma’naviyatini yuksaltirish mas’uliyatini o‘ziga olish - saodatli ish, jasoratli qadam.

Davlatimiz rahbari bu yo‘lda tom ma’noda millat yetakchisi. Mamlakatda ilk bor Prezidentimiz Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi bo‘ldi. Bu milliylik, qadriyatlarni qadrlashni yangi bosqichga ko‘tarish, asrash, kelgusi avlodga yetkazishda muhim qaror bo‘ldi.

Samimiy, ochiq ko‘ngil xalqimiz bilan suhbatda ular o‘zgarishlarning o‘zagi aynan Prezidentimizning xalqchil siyosati ekanini tez-tez takrorlaydi, hayotlari misolida aytib beradi.

Qaysidir manzillarda yillar davomida o‘z vatanida begonadek yashab, yangi davr tufayli uning bir bo‘lagiga, fuqarosiga aylangan insonlarning quvonch ko‘z yoshini ko‘ramiz. Qay bir hududda yaxshi qo‘shnichilik siyosati sabab yon qo‘shni mamlakatda yashaydigan jigarlari bilan diydor ko‘rishayotganlarning xursandchiligi bor.

Eng ko‘p eshitganimiz, ota-onalarning so‘zlari. Hammasi farzandlari bilan bog‘liq. Kimdir bog‘cha qamrovi oshganini aytsa, kimdir farzandining talaba bo‘lish imkoniyati kengayganidan xursand.
2017-yilda maktabgacha ta’limda qamrov darajasi 30 foizdan kamroq bo‘lgan bo‘lsa, bu yilga kelib bu ko‘rsatkich 75 foizdan oshdi.

O‘zbek desa – paxta, paxta desa – o‘zbek tushuniladigan qora kunlarni ko‘rdik. Afsuski, bundan tezda xalos ham bo‘lmadik. Eng yomoni ta’lim paxta dalasida qurbon qilindi.
Shu sabab paxta mahsulotimizni 300 dan ortiq xalqaro brend va riteylerlar boykot qilgan edi. Kuchli siyosiy iroda sabab xalqaro boykot bekor qilindi. Bu xalqimiz uchun tarixiy voqea bo‘ldi.

Ziyolilarning esa o‘tmish xatosini to‘g‘irlashdek dilida armon, tilida afsus ko‘p edi. Janob Prezident jasorati bilan tarixiy adolat tiklandi.
2021–2024-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 1 ming 200 dan ziyod siyosiy qatag‘on qyrbonlarining nomlari oqlandi.


Xalq manfaati oddiygina plastik kartadagi o‘z pulini yana pul berib, naqd qilib olishi, valyuta konvertatsiyasidayoq paymol bo‘lar edi. Bu nohaqlikka chek qo‘yildi, xalqning peshona teri bilan topganiga baraka kirdi. Tadbirkorning faoliyati rivojlandi, erkin biznes muhiti paydo bo‘ldi.

Qayta tiklanadigan energiya sohasidagi transformatsion o‘zgarishlar mamlakatni Markaziy Osiyoda ushbu sohadagi yetakchi davlatga aylantirdi.

Bu kabi erta emas, bugun xalq farovon yashashiga zamin bo‘layotgan o‘zgarishlar ko‘p. Eng muhimi, bu o‘zgarishlar to‘xtamasligi, ortga qaytmasligiga esa mamlakat yetakchisining siyosiy irodasi tufayli ishonch baland, ko‘ngil to‘q.

Hurmatli Prezidentimizga bu yo‘lda mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, kuch-g‘ayrat tilab qolamiz.


Biz esa ular bilan birga, yelkama yelka shu Vatan taraqqiyoti, xalq baxti, farzandlar kamoli yo‘lida xizmat qilishdan doim shodmiz.

Zero, Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun barchamiz birlashsak, yuksak marralarga yetamiz!

@otabek_khasanov
👍1553🎉3👏1🤩1
🔥 Bitta kitob oʻqib, 6.000.000 so’m yutib olishni xohlaysizmi?

••• “Mutolaachi” tanlovida qatnashing, ham pul yutib oling, ham “Yosh kitobxon”ga tayyorlaning.


• Birgina kitob oʻqib 10 million soʻmlik sovrinlarni yutib olishni xohlaysizmi?
• “Yosh kitobxon” tanloviga qatnashasizmi?
• “Yosh kitobxon”da gʻolib boʻlib, BYD elektromobilini yutib olishni xohlaysizmi?


🎉 Unda, “Mutolaachi 4.0” tanloviga qatnashing!

• 10.000 ta BEPUL Mutolaa Premium
• 10 millionlik sovg’alar
• “Yosh kitobxon”da BYD yutib olish sirlari

Barchasi ushbu kanalda, obuna boʻling:
https://t.iss.one/+Mc4YA_vEnDs5YTM6
https://t.iss.one/+Mc4YA_vEnDs5YTM6
https://t.iss.one/+Mc4YA_vEnDs5YTM6
👍4🔥21
Forwarded from Yosh kitobxon - Online
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Yosh kitobxon" tanlovida bu yil sizlarni nima kutmoqda?
👍4🔥1
O‘rta asrlarda ilm-fan rivojlangan davrlarda fanlarga oid bilimlar quyidagicha nomlangan:

🔹 Ilmi adib – filologiyaga oid bilimlar.
🔸 Ilmi bahs – mantiq va dialektika ilmi.
🔹Ilmi istifo – hisob- kitob ilmi.
🔸 Ilmi kalom – aql bilan isbotlaydigan ilm, teologiya.
🔹 Ilmi kimyo – ximiya ilmi.
🔸 Ilmi lison – lingvistika ilmi.
🔹Ilmi mantiq – logika ilmi.
🔸 Ilmi manozir va maroyo – optika fani.
🔹 Ilmi maodin – ma’danshunoslik ilmi.
🔸 Ilmi masohat – geodeziya fani.
🔹 Ilmi majlis – muomala ilmi.
🔸 Ilmi musallasot – trigonometriya ilmi.
🔹 Ilmi muhosabat – buxgalteriya ilmi.
🔸 Ilmi nabotat – botanika fani.
🔹 Ilmi nujum – astronomiya fani.
🔸 Ilmi sarf – morfologiya ilmi.
🔹 Ilmi tabokotul arz – geologiya ilmi.
🔸 Ilmi tabiiy – tabiatshunoslik fani.
🔹 Ilmi hayvonot – zoologiya fani.
🔸 Ilmi jabru muqobala – algebra fani.
🔹 Ilmi jarri askol – mexanika ilmi.
🔥721
#eslatma
#imtihon_2025

🔔 IMTIHON JAVOBLARI TEZ KUNLARDA EʼLON QILINADI

7-, 8-, 9-iyul kunlari boʻlib oʻtgan ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 29-iyul kunigacha;

📶 10-, 11-, 12-iyul kunlari boʻlib oʻtgan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 1-avgust kunigacha;

🔺 12-iyul kuni boʻlib oʻtgan ijod maktablariga 3-bosqich kirish imtihonlarining natijalari esa shu yilning 2-avgust kunigacha eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.


🔎 12-iyul kuni boʻlib oʻtgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktabining 1-bosqich kirish imtihoni natijalari eʼlon qilindi.

📝Prezident maktablariga 6-iyul kuni o‘tkazilgan 1-bosqich imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi.

🏛 Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichi 27-iyul kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.

👉 Qabul-2025 yangiliklari 👈
👍104🥰1🎉1🤩1
Forwarded from Ta'lim nazorati
⚡️ Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi

Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etgan abituriyentlar 15 kun davomida quyidagilarni tanlashi lozim:

oliy taʼlim muassasasi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishi mavjud OTM);
bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalish);
taʼlim shakli (turli ta’lim shakllarini tanlash mumkin);
tanlov ustuvorligi (“Davlat granti” yoki “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorliklaridan biri).

📱 Abituriyentlar test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin.

🌎 Sayt manzili: my.uzbmb.uz (“Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi => “OTM tanlash”)

📆 Muddat: 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar (shu kunlari ham)

📝 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51
“Ixtirochilikka qadam” — bilimdonlar bellashuvi!

Agentlik direktori Sevara Shokirova tanlov g‘oliblari bilan uchrashib, ularni tabrikladi.

Prezident farmoni asosida ilk bor o‘tkazilgan “Ixtirochilikka qadam” tanlovida 8 319 ta loyiha ishtirok etdi. Finalda 42 ta loyiha bellashdi.

🏆 G‘oliblar:

🥇 Andijon shahri, 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari:
Barkamol G‘anijonov
Bexruz Abduvaliyev
Odilbek Abdulazizov
➡️ Loyiha: “Eksperimental muhandislik laboratoriya platformasi”

🥈 Toshkent shahri, Yashnobod tumani, 307-maktab o'quvchisi Javdat Xudanov
➡️ Loyiha: “Aqlli uy modeli”

🥉 Toshkent viloyati, Qibray tumani, 25-maktab o'quvchisi Sevinch Shoxruxova
➡️ Loyiha: “Qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshirishda innovatsion qo‘riqchi”

💡 Tanlovda eng yaxshi deb topilgan 10 ta loyiha Ilm-fanni moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan amaliyotga tatbiq etish uchun tavsiya etildi.

📌Eslatib o'tamiz, tanlov yo‘nalishlari: IT, ekologiya, iqlim, yashil energiya, ta’lim, qishloq xo‘jaligi.

🔗Siz ham qatnashmoqchimisiz? O‘quv yili boshida ixtirochi.piima.uz saytida ro‘yxatdan o‘ting!

📣 Yosh ixtirochilarning ilk qadami — katta yutuqlarga eltadi!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥21
#Dolzarb_90_kun

⚡️⚡️⚡️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi “Musiqa” to‘garagi rahbari Zavqiddin Boboxo‘jayev tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlab “VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN” shiori ostida “Vatanimni kuylayman!” musiqiy ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi.

🎤 Tanlov sharti: Vatanga muhabbat, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini madh etuvchi qo‘shiqlar video shaklida qabul qilinadi.

🎺 Ishtirokchilar:
Maktabning barcha sinf o‘quvchilari qatnashishlari mumkin.

🎻 Ijodiy ishlar qabul qilish muddati:
📆 1-avgustdan 20-avgustgacha qabul qilinadi va
https://t.iss.one/Zavqiddin_boboxojayev ga yuborishingiz mumkin.
🥇 G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
|telegram| veb sayt| facebook| youtube |Instagram
👍841
🇺🇿VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN!

🇺🇿 Vatanimiz Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan ZUKKO_KITOBXON tanloviga start beramiz.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
barcha bilimdon o‘quvchilarni ushbu tanlovida ishtirok etishga chorlaydi!
1-tur – 27-iyul, soat 8:00 dan 23:00 gacha davom etadi.

📍 Tanlov maktabning rasmiy Telegram kanalida – @abdullaoripov_ijodmaktabi – botli test tarzida o‘tkaziladi.

📖 Savollar quyidagi asarlar asosida bo‘ladi:
Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramasi
Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostoni


🎁 Mukofotlar:
1–3-o‘rin sohib(a)lari Milliy sertifikatga tayyorlanish uchun maxsus kitoblar bilan taqdirlanadi!

❗️Tanlovda qatnashish shartlari: Yuqorida berilgan 2 ta badiiy asarni puxta oʻqib chiqish hamda @milliy_sertifikat_sirlari_bot dan oʻz ismingiz bilan roʻyxatdan oʻtish. Shu bot orqali natijangizni bilib olishingiz mumkin.

💫Zukko bo‘lishga tayyormisiz? Ishtirok eting va bilimingizni sinab ko‘ring!
73
RUHLAR ISYONI + SOHIBQIRON.pdf
165.9 KB
📝📝Test boshlandi.

Test muallifi:
Xurshid Jo`rayev

Fan: Badiiy asarlar.
Savollar soni: 30 ta
Test kodi: 12663


Javoblaringizni @milliy_sertifikat_sirlari_bot ga quyidagi ko'rinishlarda yuborishingiz mumkin:

12663*abcdabcd...
yoki
12663*1a2b3c4d5a...

☝️ Eslatma!
Avval botdan o'z ismingiz bilan ro'yxatdan o'tishingiz kerak. G'oliblikka da'vogarlar bir xil ball to'plashsa, birinchi javoblarni jo'natgan g'olib deb topiladi. Barchaga OMAD!
🔥1221
#Saralangan_satrlar

Hayot o‘zingni topishdan emas, o‘zingni yaratishingdan iborat.

©Bernard Shou
141
#Yangi_avlod_jadidlari

✍️Jadidchilik harakati va milliy uyg‘onish

🔶 “Jadid” arabcha so‘z bo‘lib, “yangi” degan ma’noni anglatadi.
🔶 Shuning uchun ham yangilik va islohotchilikka intiluvchi, yangilik yaratuvchi faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lgan taraqqiyparvar, ilg‘or ruhdagi milliy ziyolilar tarixda “jadid” degan nomga musharraf bo‘ldilar.
🔶 Ularning harakati esa jadidchilik deb nomlandi.
🔶 Bu harakatning paydo bo‘lishi bevosita o‘sha davrdagi ichki muhit hamda tashqi xalqaro maydondagi ijtimoiy-siyosiy va demokratik yangilanishlar bilan bog‘liq bo‘ldi.


🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
|telegram| veb sayt| facebook| youtube |Instagram
2
📣 DIQQAT TANLOV!

“JADID BOBOMGA MAKTUB” RESPUBLIKA TANLOVI E'LON QILINADI!


✍️ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-maʼrifiy va ijtimoiy gazetasi hamkorligida o‘tkazilayotgan ijodiy tanlov!

📌 Tanlovning asosiy maqsadi:
🔹“Dolzarb 90 kun” doirasida o‘quvchilarda ijodiy fikrlash va badiiy tasavvurini rivojlantirish
🔹 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi g‘oyalarini targ‘ib qilish
🔹 Milliy qadriyat va an’analarni yoritish
🔹 Jadid bobolarning ibratli faoliyatini yodga olish va talqin qilish


📝 Tanlov shartlari:
📌 Jadid bobolardan biriga qo‘lda, husnixat bilan yozilgan insho (daftar
varagʻining 80 qatordan oshmagan)

📌 Insho bilan birga:
▪️ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi
▪️ Yashash manzili
▪️ Maktabi va sinfi haqida ma’lumot yuboriladi


📬 Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 60-uy, “Jadid” gazetasi tahririyati

📅 Qabul muddati: 2025-yil 20-avgustgacha

🚫 Belgilangan muddatdan keyin kelgan ishlar ko‘rib chiqilmaydi

📢 Tanlovga taqdim etiladigan asar(insho)lar ilgari hech qayerda eʼlon qilinmagan bo‘lishi kerak!

🏆 Mukofotlar:
🥇 1-o‘rin – 5 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin (2 ta) – 4 000 000 so‘mdan
🥉 3-o‘rin (3 ta) – 3 000 000 so‘mdan

Vaqtni boy bermang – ijodingizni “Jadid” bobolarga bag‘ishlang!

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
|telegram| veb sayt| facebook| youtube |Instagram
🔥21👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

"Ma'naviyat ko'zgusi"

O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo'limi faoliyati va "Zomin" seminari ishtirokchilari haqida.
#24july
🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
|telegram| veb sayt| facebook| youtube |Instagram
🔥43👍3