Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.36K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Pedagogik_kengash

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida navbatdagi
pedagogik kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig‘ilishda maktab rahbariyati, o'qituvchilar, to'garak rahbarlari, tarbiyachilar ishtirok etishdi.

✔️Yig‘ilishda o'quv yilining 3-choragi yakuni, o'quvchilar bilan olib borilgan ishlar, 4-chorakdagi vazifalar, fan va ixtisoslashtirilgan to'garaklar tahlili, bitiruvchilarni OTMlariga tayyorlash va boshqa masalalar ko'rib chiqildi.

☑️ Kun tartibidagi masalalar yuzasidan ijod maktabi direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova, o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Javohir Sharipov so'zga chiqdilar.

Majlis tanqidiy-tahliliy, ochiq muloqot tarzida o'tdi.

✳️ Unda tarbiyachi-pedagoglar, sinf rahbarlari, to'garak rahbarlari hamda har bir fan o'qituvchilari faoliyatidagi kamchiliklar tahlil etildi, shuningdek, erishgan yutuqlari e'tirof etildi.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Pedagogik_kengash
#Sarhisob

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 2022-2023-o'quv yilidagi so'nggi
pedagogik kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig‘ilishda maktab rahbariyati, o'qituvchilar, to'garak rahbarlari, tarbiyachilar ishtirok etishdi.

☑️ Kun tartibidagi masalalar yuzasidan ijod maktabi direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova, o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Javohir Sharipov so'zga chiqdilar.

✔️Yig‘ilishda 2022-2023-o'quv yilida erishilgan yutuqlar, o'quv yili avvalida belgilangan maqsadli rejalarga erishish darajasi, bu boradagi muammo va kamchiliklar, maktabning pedagogik faoliyati, sinfdan-sinfga o'tish jarayoni tahlil qilindi, shuningdek, dars mashg'ulotlari va choraklik imtihonlarida past natija o'zlashtirgan o'quvchilar bilan ishlash strukturasi o'qituvchilarga taqdim etildi.

O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Javohir Sharipov choraklik yakunlari, ya'ni har bir chorakdagi CHSBlarga to'xtaldi. Monitor ekranida aks etgan har bir choraklikdagi natijalar, ballar, pasayish va o'sishlar qiyosiy tahlil qilindi.

🔶 Maktab direktori v.b. Yoqutoy Djamalova tomonidan har bir pedagog xodim va o'qituvchilarga yangi o'quv yili uchun o'z istiqbol rejasini tuzishi va uni taqdimot qilishi yuzasidan topshiriq berildi. Bunda "Hayot davomida o'qish" tamoyiliga rioya qilish zarurligi va bu zamon talabi ekani, har bir pedagog muntazam ravishda o'z ustida ishlashi, izlanishi lozimligi ta'kidlab o'tildi. Shuningdek, o'quvchilarni yozgi dam oldirish va sog'lomlashtirish bo'yicha "Oromgoh-2023" lohiyasi doirasida bajarilishi kerak bo'lgan ishlar belgilab berildi.

🔷O'z navbatida, o'qituchilarning takliflari tinglandi. Yo'l qo'yilgan kamchiliklar va muammolar yuzasidan tegishli tavsiya hamda ma'lumotlar berildi.

✳️ E'tiborlisi, ijod maktabida har chorak yakunida eng yaxshi ko'rsatkichlarga erishgan, faol o'qituvchilar maktab rahbariyati tomonidan e'tirof etilishi an'anaga aylangan. Shu ma'noda, bugungi yig'ilish so'nggida yosh avlodni bilimli, ma'naviy yetuk qilib ta'lim-tarbiya berishdagi samarali mehnati va o'quvchilarning o'z iqtidorini ro'yobga chiqarishga qo'shgan hissasi uchun Shavkat Boboyev hamda Otabek Ahmedovlar maktab rahbariyati tomonidan esdalik sovg'alari va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Majlis tanqidiy-tahliliy, ochiq muloqot tarzida o'tdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Pedagogik_kengash

🔰Joriy yilning 31-avgust kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 2023-2024-o'quv yilidagi birinchi
pedagogik kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig‘ilishda maktab rahbariyati, o'qituvchilar, to'garak rahbarlari, tarbiyachilar, texnik xodimlar ishtirok etishdi.

Kengashda maktabda sifatli ta'lim borasida ustuvor vazifalar belgilab olindi, har bir sinf rahbari, tarbiyachilar, fan o'qituvchilari, to'garak rahbarlarining ish rejalari tasdiqlandi. Shuningdek, maktabning ichki tartib-qoidalari, Nizomi va ustavi belgilanib, qaror bilan tasdiqlandi.

Maktab direkrtori Yoqutoy Djamalova maktabdagi vakant o'rinlarga o'tkazilgan tanlov g'oliblari bo'lgan ona tili va adabiyoti, tarix, tarbiya, ingliz tili fani o'qituvchilarini jamoaga tanishtirdi.

Shuningdek, maktabga qabul qilingan 60 nafar o'quvchilarning sinf rahbarlari e'lon qilindi, ularning maktab muhitiga moslashishi bo'yicha psixolog tavsiyalari tinglandi.

Joriy yilning 28-30-avgust kunlari Jizzax shahrida - Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida o'tkazilgan seminar ishtirokchilari trening davomida orttirgan tajriba va bilimlarini o'rtoqlashishdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Pedagogik_kengash

🔰Ijod maktabida navbatdagi
pedagogik kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda maktab rahbariyati, o'qituvchilar, to'garak rahbarlari, tarbiyachilar, texnik xodimlar ishtirok etishdi.

Kengashda CHSBning 1-chorakdagi natijalari, xususan, CHSBda past natija ko'rsatgan o'quvchilar, shuningdek, o'qituvchilarning mehnat samadorligi tahliliy-tanqidiy muhokama qilindi.

Yig'ilishda maktab psixologi va hamshirasi so'zga chiqib, o'quvchilarning sog'lom turmush tarzi va sog'lom ovqatlanishi yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdi.

Fan olimpiasida yuqori natijalarni qayd etgan o'quvchilarning ustozlari e'tirof etilgan bo'lsa, aksincha, past ko'rsatkich qayd etgan o'quvchilarning ustozlari ogohlantirildilar.

Yig'ilish davomida o'qituvchilarning takliflari tinglandi, tegishli qaror qabul qilindi va kelgusi vazifalar belgilab olindi.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Pedagogik_kengash

🔰Ijod maktabida navbatdagi
pedagogik kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda maktab rahbariyati, o'qituvchilar, to'garak rahbarlari, tarbiyachilar, texnik xodimlar ishtirok etishdi.

Kengashda CHSBning 2-chorakdagi natijalari, tashqi va ichki monitoring imtihonlari, xususan, CHSB va imtihonlarda past natija ko'rsatgan o'quvchilar, shuningdek, o'qituvchilarning mehnat samadorligi tahliliy-tanqidiy muhokama qilindi.

O'quvchilarning xalqaro va mahalliy xorijiy tillar sertifikatlarini qo'lga kiritish natijalari, joriy o'quv yili bitiruvchi sinf o'quvchilarining tayyorgarliklari va boshqa masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, 3-chorakdagi maqsad va vazifalar belgilab olindi.

Yig'ilish davomida o'qituvchilarning takliflari tinglandi, tegishli qaror qabul qilindi va kelgusi vazifalar belgilab olindi.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram