Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.35K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Mahorat_darsi

🔰Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga "Adabiyot haftaligi" doirasida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o'rinbosari, shoir G'ayrat Majid, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi rahbari G'.Abdiyev, mutaxassis D.Sultonlar tashrif buyurdi.

📚G‘ayrat Majid 1976-yil, 14-yanvarda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Xo‘jailmkoni qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. G‘ayrat Majidning “Gul sanam”, “Hech kimga o‘xshamaysan”, “Ko‘zlaringni sog‘inaman”, “Ko‘ksimdagi yulduzlar”, “Ishqqa borar yo‘l” kabi kitoblari nashr etilgan.

Ayniqsa, "Bunda bulbul kitob o‘qiydi" nomli kitobida Abdulla Oripov, Isʼhoqxon To‘ra Ibrat, Hamid Olimjon va Zulfiya, Ibroyim Yusupov, Erkin Vohidov hamda Muhammad Yusuf kabi ijod maktablari faoliyati haqida so‘z yuritadi. Kitobdan, shuningdek, ushbu maktablar o‘quvchilari ijodidan namunalar ham o‘rin olgan.

❇️ Dastavval Abdulla Oripov muzeyida ijodkor o'quvchilar bilan suhbat bo'lib o'tdi. G'ayrat Majid maktab kutubxonasi uchun 60 dan ortiq kitoblarni taqdim etdi. Ijodkor o'quvchilar o'z ijodlaridan namunalar o'qidi.

✔️G'.Majid adabiyot fanida ishtirok etib, dars mavzusi "Shukur Xolmirzayev ijodi" haqida o'quvchilarga o'z saboqlarini berdi, xususan, atoqli adib Shukur Xolmirzayev va Abdulla Oripov ijodi va hayoti, ular bilan qilgan suhbatlari haqida qiziqarli ma'lumotlarni berdi.

Suhbat davomida ijodkor o'quvchilarining ijod namunalarini ham ko'zdan kechirib, o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Mahorat_darsi
#Onlayn

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, adabiyotshunos olim Suvon Meliyev tomonidan belgilangan rejaga asosan mahorat darsi o'tildi.

📚Suvon Meliyev olim, munaqqid, filologiya fanlari doktori. O'zbek adabiyotshunosligi rivojiga ulkan hissa qo'shib kelayotgan olim. O'zbek adabiyoti, adib va shoirlarning ijodiga oid tahliliy-tanqidiy, o'tkir maqolalari bilan mashhur.


Mahorat darsida "Yozuvchining badiiy mahorati" mavzusida so'z bordi. Suvon Meyliyev oʻzbek adabiyotida yaratilgan ijodiy asarlar misolida yozuvchilarning badiiy mahoratini tahlil etib berdi. Shuningdek, u milliy adabiyotimizdagi nasr an'analari, bugungi adabiy muhit va bu muhitda yosh ijodkorlarning tutgan o'rni haqida so'zlab berdi.

Darsda maktabning ijodga qiziquvchi o'quvchilari ishtirok etishdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Forwarded from Sobir Sodiqov
⚡️ IELTS 9 natijasiga ega ustozlardan mahorat darsiga taklif qilamiz

💫 “Yangi O‘zbekiston” universitetida 5-aprel kuni IELTS 9 natijasiga ega 4 nafar ustoz ishtirokida mahorat darsi tashkil etiladi. Unda yurtimizdan ilk IELTS 9 natijaga erishgan Bekzod Mirahmedov ham qatnashadi.

Mahorat darsida siz ingliz tilini mukammal o‘rganish va IELTS dan yuqori natijaga erishish sirlarini egallashingiz mumkin.

👉 Mahorat darsiga ro‘yxatdan o‘ting.

Vaqti: 5-aprel, soat 14:00
📍 Manzil: “Yangi O‘zbekiston” universiteti

🎗Barchani mahorat darsiga taklif qilamiz.

🔁 English

#mahorat_darsi #IELTS9

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mahorat_darsi

🔰Bugun filologiya fanlari doktori, dotsent Abdulla Ulug‘ov tomonidan “Yozuvchining badiiy mahorati” mavzusida Abdulla Oripov, I.Yusupov, M.Ogahiy, Abdulla Qodiriy va Erkin Vohidov nomidagi ijod maktablari o'quvchilariga onlayn
mahorat darsi o‘tkazildi.

📚Dars davomida professor o’quvchilarga o'zbek romanchiligi asoschisi, XX asr adabiyotining eng muhim namoyondalaridan biri Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi, badiiy, publitsistik asarlari haqida qimmatli ma’lumotlar berdi.

✔️ Ijod maktabining ijodkor o'quvchilari o’z ijodiy mashqlaridan namunalar o’qidi, shu bilan birga, Abdulla Ulug‘ovdan adabiyotshunoslikka oid bilimlarni o'zlashtirishdi.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Mahorat_darsi

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʻzosi Sharofat Ashurova tomonidan belgilangan rejaga asosan mahorat darsi o'tildi.

Mahorat darsida "Badiiy asar gʻoyasi" mavzusida so'z bordi. Sharofat Ashurova oʻzbek adabiyotida yaratilgan hikoyalar misolida badiiy asar gʻoyasi haqida ma'lumotlar berdi.

Darsda ijodiy to'garak a'zolari va adabiyotning nasr yo'nalishiga qiziquvchi o'quvchilari ishtirok etishdi. Dars so'nggida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

📚Sh.Ashurova ijod maktabi kutubxonasiga o'z kitoblaridan taqdim etdilar.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Mahorat_darsi

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʻzosi, yozuvchi Jumaqul Qurbonov tomonidan belgilangan rejaga asosan mahorat darsi o'tildi.

Mahorat darsida "Badiiy asar asosida taassurot yozish" mavzusida so'z bordi. Jumaqul Qurbonov oʻzbek adabiyotida yaratilgan asarlar misolida oʻz taassurotlarni yozish, taassurotda asar borasidagi qarashlari hamda oʻz fikr-mulohazalarini bayon etish haqida ma'lumotlar berdi.

Darsda ijodiy to'garak a'zolari va adabiyotning nasr yo'nalishiga qiziquvchi o'quvchilari ishtirok etishdi. Dars so'nggida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

📚Darsda Ixtisoslashtirilgan fanlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Baxtiyor Elmurodov va tarbiyachi Tursunova Lobar ham ishtirok etdilar.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Mahorat_darsi
#Qaror_ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-147-sonli qaroriga muvofiq Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘qituvchilarining kasbiy va ilmiy-ijodiy mahoratini oshirish bo‘yicha "Ustoz-shogird" an'analariga asoslangan masofaviy mahorat darsi o‘tkazildi.

"Maqom cholg‘u ijrochiligi" kafedrasi professori Salohiddin Azizboyev va "Maqom xonandaligi" kafedrasi mudiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dotsent Nodira Pirmatova tomonidan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilariga o‘zbek milliy mumtoz musiqa namunalarini o‘rganish va o‘rgatish mahorati bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.

🌐 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Rektor kanali | Telegram | Instagram | YouTube | ilm-fan kanali
#Mahorat_darsi

📚  Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o'quvchi-yoshlarga "Mahorat darsi" tashkil etildi.

✍️  "Mahorat darsi" ni  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, publisist va jurnalist G'ulom Abdiyev olib bordi.

📘 “She'riy asarlarda ramziy obrazlarning qo‘llanilishi” mavzusida o‘tkazilgan ushbu darsda 7,8,9-sinf o'quvchilari, ijodiy to'garak rahbari, tarbiyachi-pedagoglar qatnashdilar.
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Qaror_ijrosi
#Mahorat_darsi_va_ijodiy_uchrashuv
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-147-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Y.Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti Doston ijrochiligi kafedrasi mudiri Hayitov Zafar Soatovich va kafedranng katta o‘qituvchisi Safarov Bekzod tomonidan “Baxshichilik san’ati” mavzusida Mahorat darsi hamda o‘quvchi-yoshlar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

Mehmonlar "Zakovat" bilimdonlari uchun "Musiqiy tanaffus" da o'quvchi-yoshlarga yaxshi kayfiyat ulashishdi. 🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Mahorat_darsi
#Matnshunoslik
#Qaror_ijrosi

Mumtoz adabiyotimizning boy ilmiy merosini o'rganish maqsadida ijod maktabida amaldagi tayanch o'quv rejasi asosida 7-8-sinflarda "Matnshunoslik" darslari o'tilmoqda.

Bugun ijodiy to'garak darslari doirasida Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti O'zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi, f.f.f.d. Z.Nomozova o'quvchilarga “Alisher Navoiy asarlari tahlilida eski o'zbek yozuvining ahamiyati” mavzusida
Mahorat darsi otdi. Mahorat darsida Alisher Navoiyning “Hayratu-ul-abror” dostonidagi dastlabki bobi sharhlandi va asar sharhida eski o'zbek alifbosining tutgan o'rni tahlil qilindi.
Mahorat darsi ilmiy va metodik jihatdan yuqori saviyada tashkil etildi. Taqdim etilgan ma'lumotlar o'quvchilar uchun ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo'ldi.
#Mahorat_darsi

📚  Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o'quvchi-yoshlarga "Mahorat darsi" tashkil etildi.

✍️  "Mahorat darsi" ni  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nilufar Umarova olib bordi.

📘 “Hikoya tushunchasi. Hikoyada badiiy obrazlilik” mavzusida o‘tkazilgan ushbu  darsda 7,8,9-sinf o'quvchilari qatnashdilar.
                                                                                                                                

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Live
#Mahorat_darsi

🔴Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, jurnalist Dadaxon Muhammadiyevning "Badiiy asar, adabiy-badiiy, badiiy asar" mavzusida " Mahorat darsi " bo'lib o'tmoqda.

🔵Bizni ijtimoiy  tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Mahorat_darsi

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʻzosi, yozuvchi Jumaqul Qurbonov tomonidan mahorat darsi o'tildi.

Mahorat darsi "Adabiyot va badiiy asarlarni tahlil qilish" mavzusida o'tkazildi.

Darsda ijodiy to'garak a'zolari va adabiyotning nasr yo'nalishiga qiziquvchi o'quvchilari ishtirok etishdi. Dars so'nggida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

📚Darsda Ijodiy to'garak rahbari Rahimova Nilufar ishtirok etdi
.
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram