Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.36K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Mahorat_darsi
#Matnshunoslik
#Qaror_ijrosi

Mumtoz adabiyotimizning boy ilmiy merosini o'rganish maqsadida ijod maktabida amaldagi tayanch o'quv rejasi asosida 7-8-sinflarda "Matnshunoslik" darslari o'tilmoqda.

Bugun ijodiy to'garak darslari doirasida Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti O'zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi, f.f.f.d. Z.Nomozova o'quvchilarga “Alisher Navoiy asarlari tahlilida eski o'zbek yozuvining ahamiyati” mavzusida Mahorat darsi otdi. Mahorat darsida Alisher Navoiyning “Hayratu-ul-abror” dostonidagi dastlabki bobi sharhlandi va asar sharhida eski o'zbek alifbosining tutgan o'rni tahlil qilindi.
Mahorat darsi ilmiy va metodik jihatdan yuqori saviyada tashkil etildi. Taqdim etilgan ma'lumotlar o'quvchilar uchun ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo'ldi.