Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Hamkorlik
#Onlayn_muloqot

✴️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi bitiruvchilari va Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlikda turk tili o'qituvchisi Mustafo Bedir bilan onlayn suhbat tashkil qilindi.

✳️ Suhbat davomida Turkiya davlatidagi Xalqaro universisetlariga hujjat topshirish, imtihon tartibi, xorijiy talabalarning yashash sharoiti va ular uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma'lumotlar berildi.

❇️Mustafo Bedir Turkiya Davatining 158 ta universitetiga xorijiy talabgorlar dekabr va may oylarida onlayn hujjat topshirishi mumkinligi aytib o'tdi. O'quvchilarimiz bu suhbat orqali o'zlari qiziqqan barcha savollarga javob olishdi.



🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram| web sayt| facebook| youtube
#Onlayn_trening

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, psixologlar va tarbiyachi-pedagoglar uchun onlayn o‘quv seminarlarining 2-kuni nihoyasiga yetdi.

Bugungi o'quv-seminarlarida Psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi psixologlari Samira Rahimova, Gulbahor Yusupova, Yoqutoy O‘ktamovalar ishtirok etishdi.

✔️Trening doirasida o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga adaptatsiya jarayonlarini tashkil etish va stress holatiga tushib qolishining oldini olish kabi mavzularda ma'ruzalar hamda amaliy mashg'ulotlar bo'lib o'tdi.

📌Shuningdek, maktablarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning olib borilishi haqida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yoqutoy Jamalova va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sevara Shakirovaning taqdimotlari tinglandi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn_darslar
#Ijod_maktablari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida onlayn darslar davom etmoqda.

💻 Dars jarayonlarida https://classroom.google.com/h platformasi va Zoom dasturlaridan keng foydalanilmoqda.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube
#Live
#Onlayn_uchrashuv

Ayni paytda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida nazmga qiziquvchi yoshlar uchun Òzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi òrinbosari, shoir G'ayrat Majid tomonidan "Mahorat darsi " bòlib òtmoqda.

❇️"Òzbek va jahon bolalar adabiyotini qiyosiy òrganish" mavzusida bòlib òtayotgan ushbu dars Abdulla Qodiriy ijod maktabi hamda Òzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
#Onlayn_ochiq_muloqot
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣📣DIQQAT, E’LON!

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga pedagog-kadrlarni saralab olish tanlovi yakunlari yuzasidan ONLAYN OCHIQ MULOQOT tashkil etiladi!

✔️Unda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktorining birinchi o’rinbosari Dilshod Kenjayev va Xalq ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxo’jayev ishtirok etishadi.

❗️Onlayn ochiq muloqotda qatnashib, o’zingizni qiziqtirgan barcha savollarga mas’ullardan to’g’ridan-to’g’ri javob olishingiz mumkin.

📍
Ochiq muloqot Prezident ta’lim muassasalari agentligining FACEBOOKdagi rasmiy sahifasida bo’lib o’tadi.

Vaqti: 26-IYUL 15:00

👉Ulanish uchun:
https://www.facebook.com/piima.uz
#Onlayn_uchrashuv

Bugun, 5-yanvar soat 11:00 da Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan “60 daqiqa kitobxonlik” loyihasi orqali o‘z topishmoqlari bilan o‘quvchilar qalbidan joy olgan shoir Nabijon Ermat bilan onlayn ijodiy uchrashuv o‘tkaziladi.

📚Shoirning “Adabiy topishmoqlar”, “Toʻqson toʻqqiz topishmoq” kabi bolalar uchun mo‘ljallangan bir-biridan qiziq kitoblari chop etilgan.

📝Nabijon Ermatning topishmoqlarini o‘zlaridan eshitgisi kelgan aziz kitobxon o‘quvchilar! Topishmoqlar javobini topishga tayyormisiz?

❄️Qishki ta’tilni topishmoqlar orqali biz bilan yanada zavqli o‘tkazing!

Onlayn uchrashuvga ulanish
uchun Zoom havolasi


Подключиться к конференции Zoom
https://us02web.zoom.us/j/2244184021?pwd=YzZaWVloZjlzeS9HZnJLNHM3RVJqZz09
Идентификатор конференции: 224 418 4021
Код доступа: RBK23

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn_vebinar
#1_kun

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan joriy yilning 8-9-10-yanvar kunlari tizimdagi barcha maktablarning pedagog xodimlari uchun
onlayn vebinar o'tkaziladi.

Mazkur vebinarda pedagog xodimlarga ta'limda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, o'quvchi psixologiyasi va darsda ijobiy muhit yaratish, ularning pedagogik mahoratini oshirish hamda loyihaga asoslangan ta'limni tashkil etish bo'yicha metodik yordam ko'rsatish nazarda tutilgan.

✔️Bugun vebinarning 1-kunida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining barcha pedagog xodimlari ishtirok etib, trener Shuhrat Ismoiljonovning "Ta'limda axborot texnologiyalari" nomli darsni tinglashdi va zarur bilim hamda ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#onlayn_vebinar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan onlayn vebinar tashkil etildi

Unda Agentlik tizimidagi 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda hududiy boshqarmalar mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Onlayn vebinar bevosita ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish, reytingi va akademik o‘zlashtirishi tizimli pasayib ketgan o‘quvchilar bilan individual ish olib borish, o‘quvchini maktabdan chetlatish tartibi va unga doir hujjatlarni rasmiylashtirish hamda bob va chorak bo‘yicha summativ baholash tahlillari natijalari asosida o‘quvchilarning ta’lim olishdagi ehtiyojlarini belgilab olishga qaratildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Onlayn_vebinar

🔰Avval xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan joriy yilning 8-9-10-yanvar kunlari tizimdagi barcha maktablarning pedagog xodimlari uchun
onlayn vebinar o'tkazilmoqda.

Mazkur vebinarda pedagog xodimlarga ta'limda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, o'quvchi psixologiyasi va darsda ijobiy muhit yaratish, ularning pedagogik mahoratini oshirish hamda loyihaga asoslangan ta'limni tashkil etish bo'yicha metodik yordam ko'rsatish nazarda tutilgan.

✔️Bugun vebinarda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining barcha pedagog xodimlari ishtirok etib, trener Adiba Parpiyevaning "Loyiha ishi va uning fanlararo integratsiyasi" nomli darsni tinglashdi va zarur bilim hamda ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#onlayn_vebinar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tizimdagi Ijod maktablarning pedagog xodimlari uchun onlayn vebinar o‘tkaziladi.

Mazkur vebinar pedagog xodimlarga ta’limda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, o‘quvchi psixologiyasi va darsda ijobiy muhit yaratish, ularning pedagogik mahoratini oshirish hamda loyihaga asoslangan ta’limni tashkil etish bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish va kasbiy rivojlanishga qaratildi.

Ma’lumot uchun, onlayn vebinar joriy yilning 8-9-10-yanvar kunlari bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Mahorat_darsi
#Onlayn

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Jumagul Suvonova tomonidan belgilangan rejaga asosan mahorat darsi o'tildi.

📚Shoira J.Suvonovaning "Binafsha" esdalik guldastasi, "Tillaqosh", "Yig’layotgan ohu", "Men sig’magan dunyo", "Olovli fasl", "Odamqush qo’shig’i", "Tuproq isi" nomli she’riy hamda "Umr karvoni", "Qirmiz qizning qissasi" nomli nasrdagi nazm va hikoyalar to’plamlari chop etilgan.


Mahorat darsida "Poetik ko'chimlar" mavzusida so'z bordi. Jumagul Suvonova oʻzbek adabiyotida yaratilgan ijodiy asarlar misolida poetik ko'chimlarni tahlil etib berdi. Shuningdek, u bu tasniflarni oʻzbek adabiyoti misolida izohlab berdi.

Darsda ijodiy to'garak rahbari, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi T.Tillayev hamda maktabning ijodga qiziquvchi o'quvchilari ishtirok etishdi.
O'quvchilar o'z ijod namunalaridan o'qidilar.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Mahorat_darsi
#Onlayn

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, adabiyotshunos olim Suvon Meliyev tomonidan belgilangan rejaga asosan mahorat darsi o'tildi.

📚Suvon Meliyev olim, munaqqid, filologiya fanlari doktori. O'zbek adabiyotshunosligi rivojiga ulkan hissa qo'shib kelayotgan olim. O'zbek adabiyoti, adib va shoirlarning ijodiga oid tahliliy-tanqidiy, o'tkir maqolalari bilan mashhur.


Mahorat darsida "Yozuvchining badiiy mahorati" mavzusida so'z bordi. Suvon Meyliyev oʻzbek adabiyotida yaratilgan ijodiy asarlar misolida yozuvchilarning badiiy mahoratini tahlil etib berdi. Shuningdek, u milliy adabiyotimizdagi nasr an'analari, bugungi adabiy muhit va bu muhitda yosh ijodkorlarning tutgan o'rni haqida so'zlab berdi.

Darsda maktabning ijodga qiziquvchi o'quvchilari ishtirok etishdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Onlayn_seminar

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ona tili, adabiyot, ingliz tili, tarix, matematika fani o'qituvchilari online seminarda ishtirok etishmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan " Natijaga asoslangan yondashuv: tahlil va tavsiyalar" mavzusida tashkil etilgan ushbu seminar 5-9- noyabr kunlari belgilangan grafik asosida bo'lib o'tmoqda.
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram