Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.27K subscribers
13.8K photos
1.39K videos
104 files
4.1K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Jadidlar_izidan_tanlovi


“Jadidlar izidan ” tanlovini viloyat bosqichi o'tkazilmoqdaQASHQADARYO
👍5
#Live
#Jadidlar_izidan_tanlovi

“Jadidlar izidan ” tanlovini viloyat bosqichi ochilish marosimidan lavhalar...
👍11🥰2👏1
#Live

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova va Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning umumta’lim, musiqa va san’at maktablaridagi pedagoglar bilan jonli muloqoti boshlandi.

📍Tadbir poytaxtimizdagi Sinpoziumlar saroyida bo‘lib o‘tmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Live
#Mahorat_darsi

🔴Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, jurnalist Dadaxon Muhammadiyevning "Badiiy asar, adabiy-badiiy, badiiy asar" mavzusida " Mahorat darsi " bo'lib o'tmoqda.

🔵Bizni ijtimoiy  tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
👍8👏1
#Tanlov
#Ajiniyoz_tavalludining_200_yilligi
#Live

🔴O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” PQ-258-sonli qarori ijrosini ta’minlash, yosh avlodni milliy qadryatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, qoraqalpoq adabiyotining so‘z zargari, qoraqalpoq klassik shoiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li asarlarini chuqur o‘rganish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi va Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi tomonidan respublikamizdagi ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Ajiniyoz shoir asarlarini o‘rganamiz” mavzusida online insholar tanlovi bo'lib o'tmoqda.

❇️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-11-sinflaridan saralangan o'quvchilar ushbu tanlovda ishtirok etmoqdalar.

O'quvchilarimizga omad tilab qolamiz!
👍8🎉1
#Live

🔴Ayni paytda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining bir guruh o'quvchilari "San'at" fani ustozi hamrohligida Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida rejissor F.Boynazarovning "Muhabbat "spektakli premyerasida ishtirok etmoqdalar.

❇️Ushbu spektakl O'zbekiston Qahramoni, muallima Muhabbat Sharopova haqida bo'lib, yozuvchi Sh.Xudoynazarovaning " Muhabbatga yo'g'rilgan umr" asari asosida sahnalashtirilgan.
👍7
#Live
#Jadidlar_izidan

🔴 Ayni vaqtda poytaxtimizdagi “Turkiston” sanʼat saroyida “Jadidlar izidan” respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtmoqda.

Shuningdek, tadbir doirasida “Barkamol avlod bolalari” festivalining yakuniy hisobot konsert dasturi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

👉 Jonli efir

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
#Live
#Jadidlar_izidan

"Jadidlar izidan” respublika tanlovi gʻoliblari Germaniyaga ta'lim sayohatini qo'lga kiritishdi

Avval xabar qilinganidek, hozirda poytaxtimizda boʻlib oʻtayotgan “Jadidlar izidan” respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi qizgʻin davom etmoqda.

⚡️
Tadbirda har bir sinf toifasi boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan 7 nafardan (6-, 7-, 8-sinflar va 9-10-sinflarlar o'rtasida) jami 14 nafar quyidagi oʻquvchilar gʻolib, deb topildi.

👉
6-7-8-sinf o'quvchilari o'rtasida

Yoʻldoshaliyeva Farzonabonu Erkinboy qizi (Fargʻona viloyati)

Boxodirov Shoxjahon Kamoliddin oʻgʻli (Toshkent viloyati)

Boboxonov Akbar Sardor oʻg'li (Xorazm viloyati)

Sharapova Madinabonu Farruxovna (Buxoro viloyati)

Musulmanova Diyora Baxrom qizi (Toshkent shahar)

Abdumutalifova Sugʻdiyona Xushnudjon qizi (Namangan viloyati)

Komilova Zilola Faxriddin qizi (Navoiy viloyati)

👉
9-10-sinf o'quvchilari o'rtasida

Azimova Jasmina Toʻlqin qizi (Qashqadaryo viloyati)

Qodirov Bobur Dilshod oʻgʻli (Sirdaryo viloyati)

Rohataliyeva Dilnura Alisher qizi (Farg'ona viloyati)

Qoʻchqarova Ziyoda Mansurjon qizi (Namangan viloyati)

Ergasheva Farangiz Bahriddin qizi (Navoiy viloyati)

Raxmatjonova Shodiyobonu Xabibulla qizi (Andijon viloyati)

Yunusova Roʻzixon Burxon qizi (Toshkent viloyati)

❗️
Eslatib oʻtamiz: tanlov Nizomiga koʻra, mazkur gʻolib oʻquvchilar Germaniya davlatiga taʼlim sayohatiga yuboriladi hamda u yerda jadid bobolarimiz taʼlim olgan oliygoh faoliyati bilan tanishadi.

👉 Shuningdek, maʼrifatparvar jadidlar hayotiga doir koʻplab tarixiy maskanlarga sayohat qilishadi, mavzuga doir turli tadbirlar, jonli muloqot va uchrashuvlarda qatnashadi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3
#LIVE

🔴 Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda ta’kidlanganidek, Adaptiv sport turlari assosiatsiyasi A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan yoshlarni sport bilan qamrab olish bo‘yicha ilmiy asoslangan metodika va standartlarni ishlab chiqadi. Universitetning Toshkentdagi filialida adaptiv sport bo‘yicha alohida fakultet ochiladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
#Live
#Mahorat_darsi

🔴Ayni paytda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida filologiya fanlari doktori, professor, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Nafas Shodmonovning "Adabiy asarda shakl va mazmun birligi" mavzusida " Mahorat darsi " bo'lib o'tmoqda.   


🔵Bizni
ijtimoiy  tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
👍5👏21🔥1🤩1
#live

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablari “Turon” maktab teatr jamoalari oʻrtasida "Teatr – ibratxonadir" shiori ostidagi teatr tanlovining Qashqadaryo viloyat bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#xalqaro_konferensiya
#live

⚡️XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA BOSHLANDI

🤩Bugun, 4-aprel kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan ilk bor tashkil etilgan “Ijodiy pedagogika: ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuv” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻz ishini boshladi.

🗣Konferensiyaning ochilish marosimida Fargʻona viloyat hokimligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mutasaddilari, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati, masʼul xodimlari, taniqli ijodkorlar, ilmiy soha vakillari, oʻqituvchilar va iqtidorli oʻquvchilar ishtirok etmoqda.


Mazkur yirik anjuman dunyo bo‘ylab tadqiqotchilar, pedagoglar va amaliyotchilarni bir joyga jamlab, ta’lim jarayonida tanqidiy fikrlash malakasini shakllantirish va rivojlantirish usullari hamda strategiyalari, raqamli ta’lim muhitida XXI asr o‘qituvchilari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar, loyihaga asoslangan ta’lim orqali nazariy bilimlarini amaliyotga joriy etish metodikasi, mezonlarga asoslangan baholash tizimi kabi masalalar bo‘yicha tadqiqot natijalari, tajriba va g‘oyalarini muhokama qilish, fikr almashishga imkon yaratadi.

📍 Konferensiyaga Agentlik tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi mezbonlik qilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥1🎉1
#ijodiy_olimpiada
#Respublika_bosqichi
#live

⚡️IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARI OʻRTASIDA IJODIY OLIMPIADANING RESPUBLIKA BOSQICHI OʻTKAZILMOQDA

🤩 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida "Ijodiy olimpiada"ning Respublika bosqichi boshlandi.

Ijod maktablarida taʼlim olayotgan oʻquvchilarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, oʻz isteʼdodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilishiga keng imkoniyat yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining 8-9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Ijodiy olimpiada” oʻtkazilmoqda.


Respublika bosqichida hududlardan saralagan 18 nafar oʻquvchi ishtirok etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
#Turon_yoʻlbarslari
#Respublika_bosqichi
#LIVE

⚡️"TURON YOʻLBARSLARI": RESPUBLIKA BOSQICHI BOSHLANDI

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar vatanparvarlik harakatiga aʼzo oʻquvchilari oʻrtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining Respublika bosqichiga start berildi.

Ayni vaqtda musobaqaning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi mutasaddilari, tizimdagi maktablar jamoalari, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.


🗺“Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining Respublika bosqichiga Chirchiq shahridagi Oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti mezbonlik qilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
#ijod_yoshlari
#live
#yakuniy_bosqich
#1_kun

"IJOD YOSHLARI" RESPUBLIKA TANLOVINING YAKUNIY BOSQICHI BOSHLANDI

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida "Ijod yoshlari" tanlovining yakuniy bosqichi boshlandi.

🗣Bugun, 6-may kuni tanlovning yakuniy bosqichida tuman (shahar) bosqichida 1-, 2-, 3-oʻrinni egallagan 4-, 5-, 6-sinf oʻquvchilari "ijodiy matn" yoʻnalishida bilimlarini sinamoqda.

Maʼlumot oʻrnida, “Ijodiy matn” yoʻnalishida:
O‘quvchilarga bir xil tartibdagi qisqa videorolik ikki marta qo‘yib beriladi. Videorolik mazmuniga mos ijodiy matn yaratilishi talab etiladi. Bunda ishtirokchi ijodiy matn, hikoya, she’r, esse shakllaridan birini erkin tanlashi mumkin.

Ijodiy matn yaratish uchun o‘quvchilarga 60 daqiqa vaqt beriladi.

❗️Eslatma, ertaga 7-may kuni tanlov ishtirokchilari “ijodiy suhbat” yoʻnalishi boʻyicha sinovdan oʻtkaziladi.

🤩 Yakuniy bosqich jarayonlarida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev ishtirok etib, tanlov qatnashchilariga omad tiladi.

📍Toshkent  shahri va Toshkent viloyati oʻquvchilari uchun tanlov Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida boʻlib oʻtmoqda.

📸 Suratlarda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida boʻlib oʻtayotgan tanlov jarayonlari.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
#Seminar_trening
#Live


🔴Ayni vaqtda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi  hamda “Zamin” xalqaro jamoat fondi bilan hamkorlikda  "Inklyuziv ta’lim muassasalarida muloqot etikasi va tamoyillari“ mavzusidagi  seminar – trening bo'lib o'tmoqda.

Ushbu treningda Qarshi shahridagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (kar va zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 17-sonli  maxsus maktab-internati va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o‘qituvchi va tarbiyachi-pedagoglari ishtirok etmoqda
.
-------
❇️В настоящее время в Творческой школе имени Абдуллы Орипова совместно с Представительством ЮНИСЕФ в Узбекистане, Министерством дошкольного и школьного образования и Международным общественным фондом «Замин» проходит семинар-тренинг на тему «Этика и принципы коммуникации в инклюзивных образовательных учреждениях».

В тренинге принимают участие педагоги и воспитатели специализированной школы-интерната № 17 для детей с особыми образовательными потребностями (глухих и слабослышащих) города Карши и творческой школы имени Абдуллы Орипова.

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
👍5
#LIVE
#bitiruvchilar_quriltoyi

🤩 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar Bitiruvchilar qurultoyining ochilish marosimi boshlandi.

Tadbirni quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🖤 JONLI EFIR

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰3
#qabul_2025
#brifing
#LIVE

⚡️ 2025/2026-o‘quv yili uchun Prezident, ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktablar hamda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktabiga hujjatlar qabuli yuzasidan

AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim mussasalari agentligi Axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ishtirokida shu mavzuda brifing boshlandi.

Quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin:

📹 Jonli efir

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
#Imtihon
#Live 🔴

🇺🇿Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish bo‘yicha qabul imtihonlarining birinchi bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Imtihon jarayonlaridan fotoreportaj
🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
|telegram| veb sayt| facebook| youtube |Instagram
👍144🔥2
#Imtihon
#Live 🔴

🇺🇿Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga 2025-2026-o'quv yiliga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish bo‘yicha qabul imtihonlarining birinchi bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Imtihonning 2-navbati jarayonlaridan fotoreportaj   
                                                                                                                                                                                                 🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
|telegram| veb sayt| facebook| youtube |Instagram
👍10🔥42