Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.33K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Dastur_ijrosi_amalda
#Oʻquvchi_almashish

⚡️ Ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Oʻquvchi almashish" dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

Ushbu haftada:
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida;

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Ogahiy nomidagi ijod maktabida;

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari esa Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida hafta davomida dastur doirasidagi barcha tadbirlarda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

#ijod_maktablari #Xorazm #Qashqadaryo #Sirdaryo #Fargʻona #Jizzax #Namangan

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dastur_ijrosi_amalda
#Oʻquvchi_almashish
#Muzeyga_sayohat

⚡️Avval xabar berganimizdek, ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan "
Oʻquvchi almashish" dasturi doirasida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Qarshi shahrida bo'lib turishibdi.

🏛 Bugun dastur doirasida farg'onalik o'quvchilar, ustozlari, shuningdek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchilari tarbiyachilar Po'latova Shahnoza, Berdiyev Bahodir hamrohligida Qarshi shahridagi "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyiga sayohat uyushtirishdi.

📚O'quvchilar sayohat davomida jami 11 bo'limdan iborat bo‘lgan ushbu muzeyda Turkiston o'lkasida olib borilgan mustamlakachilik siyosati haqida hamda qatag'on qurbonlarini aks ettirgan noyob fotosuratlar, xarita, ashyolar va boshqa manbalar bilan yaqindan tanishdilar.

Eng muhimi, bu boradagi bilimlarini yanada boyitib, mustahkamlab olishganidan sayohat ular uchun foydali kechganini anglash mumkin.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Dastur_ijrosi_amalda
#Oʻquvchi_almashish

🔰"
Oʻquvchi almashish" dasturi doirasida Erkin Vohidov va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablari o'quvchilari Qarshi shahridagi "Vatanparvarlar bog'i"ga ham sayohat uyushtirishdi.

“Vatanparvarlik bogʻi”dagi amfiteatr, harbiy xandaq, tir va lukodrom, harbiy kichik muzey, parashyutdan sakrash minorasi ham o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

✔️Bularning barchasi yoshlarning tarix haqidagi bilimlarini oshirib, mamlakatimizdan, ajdodlarimizdan, milliy armiyamizdan gʻururlanish tuygʻularini kuchaytirishga xizmat qiladi.

🏛Shuningdek, mehmonlar uchun avtobusda Qarshi shahrining markaziy ko'chalari bo'ylab sayohat uyushtirilib, shaharning diqqatga sazovor joylarini ko'zdan kechirishdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#oʻquvchi_almashish_dasturi
#ikkinchi_kun

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o‘zaro o‘quvchilarni almashishdi.

🗺Dastur doirasida Xiva, Namangan, Qarshi, Sirdaryo, Fargʻona va Jizzax shaharlarida boʻlib turgan oʻquvchilarimiz mashg‘ulotlardan soʻng ushbu hududlarning qadimiy va madaniy maskanlariga sayohat qilishdi.

#ijod_maktablari #oʻquvchi_almashish #Xiva #Namangan #Qarshi #Sirdaryo #Fargʻona #Jizzax

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻquvchi_almashish_dasturi
#Musiqa_toʻgaragi

🔰Maʻlumki, ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "
Oʻquvchi almashish" dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

Yakunlanayotgan hafta mobaynida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "
Oʻquvchi almashish" dasturi doirasida Jizzax shahridagi Hamida Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari mehmon boʻlishdi.

🎻 Bugun maktabning faollar zalida jizzaxlik mehmonlar uchun "Musiqa" toʻgaragi rahbari - Zavqiddin Boboxoʻjayev va aʼzolari tomonidan musiqiy kompozitsion konsert dasturi namoyish etildi. Eʼtiborlisi, ushbu dastur jizzaxlik oʻquvchilar hamkorligida tashkil etildi va ular faol ishtirok etishdi.


🎻 Xususan, konsert repurtuarida milliy, zamonaviy, estrada va mumtoz yo'nalishda asosan jonli ijro etilgan kuy va qo'shiqlar tadbir ishtirokchilariga zavq-u shavq ulashdi, o'qituvchi-yu o'quvchilar madaniy hordiq olishdi.

🏆 Shuningdek, tadbir davomida Agentlikning "Oʻquvchi almashish" dasturi doirasida ijod maktabimizda bir hafta davomida mehmon bo'lgan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Rustam Mardiyev va o'quvchilar maktabimizdagi o'quv jarayonlari va darsdan tashqari tadbirlarda faol ishtirok etganlari uchun maktab rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram