Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Dastur_ijrosi_amalda

⚡️Ma'lumki, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi ijod maktablari o‘rtasida o‘zaro o‘quvchi almashish dasturi joriy etilgan.

Dasturning asosiy maqsadi maktab o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, sifatli ta'lim olishlariga keng imkoniyatlar yaratish, o‘quvchilarni hududlardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy an'analar, etnografiya hamda folklor bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

📍Dastur doirasida, Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabi o'quvchilari bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurishdi.

📌Ikki tomonlama almashinuv dasturi doirasida bir qator uchrashuvlar va ma'nafiy-ma'rifiy tadbirlar ko‘zda tutilgan.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Dastur_ijrosi_amalda

📍Almashinuv dasturi doirasida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga kelgan Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ijod maktbida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va to‘garaklar xonalari bilan yaqindan tanishishdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Dastur_ijrosi_amalda

⚡️Avval xabar berganimizdek, Agentlik tizimidagi ijod maktablari o‘rtasida o‘zaro o‘quvchi almashish dasturi doirasida Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida bo'lib turishibdi.

📌 Bugun dars mashg'ulotlaridan so'ng sirdaryolik o'quvchilar o'z ustozlari hamda ijod maktabining 9-sinf òquvchilari, shuningdek tarbiyachi ustozlar hamrohligida Qarshi shahrining diqqatga sazovor joylaridan biri - mamlakatimizning Birinchi prezidenti Islom Karimov haykaliga borib, yod etdilar.

🎭Shuningdek, o'quvchilar viloyat musiqali drama teatrida dramaturg Shukurullo Mahkamov asari asosida sahnalashtirilgan "Aqldan ozish hech gap emas" nomli spektaklini tomosha qildilar.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Dastur_ijrosi_amalda

⚡️Bugun Agentlikning almashish dasturi doirasida Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyoti fani bo'yicha oliy toifali o'qituvchisi Shohsanam Qarshiyeva Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinfiga "Rasm asosida matn yaratish. Shaxs otlari va shaxs nomlari" mavzusidaт dars o'tdi.

🖥 Dars zamonaviy turdagi axborot texnologiyalari vositasida o'tkazildi.

Shohsanam Qarshiyeva dars davomida "O'yla, izla, top", "Savodxonlik vaqti" ta'limiy o'yinlaridan foydalandi. Shuningdek, noan'anaviy tarzda o'tkazilgan darsda 21-oktyabr - O'zbek tili bayrami munosabati bilan tabriknoma yo'llash, tabrik xati tayyorlash kabi topshiriqlar ham bajarildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Dastur_ijrosi_amalda

⚡️Bugun Agentlikning almashish dasturi doirasida Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabining o'quvchilari O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov muzeyida bo'lib, shoir ijodi va hayotiga oid turli eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi.

❗️Eslatma:
Almashish dasturi doirasida Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabi 9-sinfining 10 nafar o'quvchilari hamda ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Shohsanam Qarshiyeva bir hafta davomida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quv-tarbiya jarayonlari, darsdan tashqari mashg'ulot hamda tadbirlarda faol ishtirok etishdi.

✔️Bugun mehmonlarni kuzatish marosimi bo'lib o'tdi. Unda ijod maktabi direktori Yoqutoy Djamalova mehmonlarning kelgusi faoliyatlariga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

❇️ Ta'kidlash joiz, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilayotgan bu kabi loyihalar ijod maktablari o'rtasida o'zaro tajriba almashish hamda do'stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Dastur_ijrosi_amalda

⚡️Agentlik tizimidagi ijod maktablari o‘rtasida o‘zaro o‘quvchi almashish dasturi doirasida Farg'onadagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi ustozlari hamda o'quvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga yetib kelishdi.


Hafta davomida "Ma'naviyat va ma'rifat dasturi" doirasidagi barcha tadbirlarda ishtiroklari rejalashtirilgan.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Dastur_ijrosi_amalda
#Oʻquvchi_almashish

⚡️ Ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Oʻquvchi almashish" dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

Ushbu haftada:
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida;

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Ogahiy nomidagi ijod maktabida;

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari esa Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida hafta davomida dastur doirasidagi barcha tadbirlarda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

#ijod_maktablari #Xorazm #Qashqadaryo #Sirdaryo #Fargʻona #Jizzax #Namangan

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dastur_ijrosi_amalda
#Oʻquvchi_almashish
#Muzeyga_sayohat

⚡️Avval xabar berganimizdek, ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan "Oʻquvchi almashish" dasturi doirasida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Qarshi shahrida bo'lib turishibdi.


🏛 Bugun dastur doirasida farg'onalik o'quvchilar, ustozlari, shuningdek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchilari tarbiyachilar Po'latova Shahnoza, Berdiyev Bahodir hamrohligida Qarshi shahridagi "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyiga sayohat uyushtirishdi.

📚O'quvchilar sayohat davomida jami 11 bo'limdan iborat bo‘lgan ushbu muzeyda Turkiston o'lkasida olib borilgan mustamlakachilik siyosati haqida hamda qatag'on qurbonlarini aks ettirgan noyob fotosuratlar, xarita, ashyolar va boshqa manbalar bilan yaqindan tanishdilar.

Eng muhimi, bu boradagi bilimlarini yanada boyitib, mustahkamlab olishganidan sayohat ular uchun foydali kechganini anglash mumkin.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Dastur_ijrosi_amalda
#Oʻquvchi_almashish

🔰"Oʻquvchi almashish" dasturi doirasida Erkin Vohidov va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablari o'quvchilari Qarshi shahridagi "Vatanparvarlar bog'i"ga ham sayohat uyushtirishdi.


“Vatanparvarlik bogʻi”dagi amfiteatr, harbiy xandaq, tir va lukodrom, harbiy kichik muzey, parashyutdan sakrash minorasi ham o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

✔️Bularning barchasi yoshlarning tarix haqidagi bilimlarini oshirib, mamlakatimizdan, ajdodlarimizdan, milliy armiyamizdan gʻururlanish tuygʻularini kuchaytirishga xizmat qiladi.

🏛Shuningdek, mehmonlar uchun avtobusda Qarshi shahrining markaziy ko'chalari bo'ylab sayohat uyushtirilib, shaharning diqqatga sazovor joylarini ko'zdan kechirishdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Dastur_ijrosi_amalda

Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga "O'quvchi almashlash "dasturi bo'yicha Jizzaxdagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari va ustozlari tashrif buyurdular.

Bir hafta davom etadigan ushbu dastur doirasida o'quvchilar ta'lim-tarbiya jarayonida bevosita ishtirok etadilar. O'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli tadbirlar, sayohatlar rejalashtirilgan.

🔰Bugun mehmonlar ijod maktabining o'quvchilari bilan birga O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov muzeyiga sayohat qildilar.
#Dastur_ijrosi_amalda

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga "O'quvchi almashlash "dasturi bo'yicha Andijondagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari va ustozlari tashrif buyurishgan.

Bir hafta davom etadigan ushbu dastur doirasida o'quvchilar ta'lim-tarbiya jarayonida bevosita ishtirok etadilar. O'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli  tadbirlar, musobaqalar, sayohatlar rejalashtirilgan.

🇺🇿Bugun barcha sinflar o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i q'abul qilinganligining 33 yilligiga bag'ishlab "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.

❇️Yakuniy xulosalarga ko'ra, 1-o'rinni "Diktatorlar" (10-A sinf), 2-o'rinni "Pifagor"(8-A sinf), 3-o'rinni "Mo'jiza" (9-"B"-sinf) jamoalari qo'lga kiritdilar.
#Dastur_ijrosi_amalda
#Muzeyga_sayohat

⚡️Avval xabar berganimizdek, ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan "Oʻquvchi almashish" dasturi doirasida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Qarshi shahrida bo'lib turishibdi.


Dastlab andijonlik o'quvchilar, ustozlari, shuningdek, mezbon o'quvchilar hamda tarbiyachilar hamrohligida O'zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti Islom Karimov haykali poyiga ehtirom ko'rsatdilar. So'ng "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyiga sayohat qildilar.

📚Sayohat davomida jami 11 bo'limdan iborat bo‘lgan ushbu  muzeyda Turkiston o'lkasida olib borilgan mustamlakachilik siyosati haqida hamda qatag'on qurbonlari aks ettirilgan fotosuratlar, xarita, ashyolar va boshqa manbalar bilan yaqindan tanishdilar.
#Dastur_ijrosi_amalda
#Mushoira

⚡️Avval xabar berganimizdek, ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan "Oʻquvchi almashish" dasturi doirasida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida bo'lib turishibdi.


Bugun har ikkala ijod maktabining o'quvchilari ustozlari hamrohligida O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov muzeyiga sayohat qildilar. Sayohat davomida muzeyda mushoira ham uyushtirildi. Unda o'quvchilar Abdulla Oripov va Muhammad Yusuf she'rlaridan o'qish bilan birga bu ikkala ijodkorning o'zbek adabiyoti rivojiga qo'shgan hissasi hamda ijodiy hamkorligi haqida fikr almashdilar.