Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Muzeyga_sayohat

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-8-sinf o‘quvchilari tarix fani o'qituvchisi, to'garak rahbari Ravshan Xolov rahbarligida Qashqadaryo viloyat madaniyati va tarixi davlat muzeyiga sayohat qildilar. Sayohat davomida viloyatimiz tarixi, boy madaniy merosi haqida ma'lumotlarga va katta taassurotga ega bo'ldilar.

@abdullaoripovmaktabi
#Dastur_ijrosi_amalda
#Oʻquvchi_almashish
#Muzeyga_sayohat

⚡️Avval xabar berganimizdek, ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan "Oʻquvchi almashish" dasturi doirasida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Qarshi shahrida bo'lib turishibdi.


🏛 Bugun dastur doirasida farg'onalik o'quvchilar, ustozlari, shuningdek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchilari tarbiyachilar Po'latova Shahnoza, Berdiyev Bahodir hamrohligida Qarshi shahridagi "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyiga sayohat uyushtirishdi.

📚O'quvchilar sayohat davomida jami 11 bo'limdan iborat bo‘lgan ushbu muzeyda Turkiston o'lkasida olib borilgan mustamlakachilik siyosati haqida hamda qatag'on qurbonlarini aks ettirgan noyob fotosuratlar, xarita, ashyolar va boshqa manbalar bilan yaqindan tanishdilar.

Eng muhimi, bu boradagi bilimlarini yanada boyitib, mustahkamlab olishganidan sayohat ular uchun foydali kechganini anglash mumkin.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Muzeyga_sayohat

⚡️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi hamda Qarshi shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari   hududdagi  tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya
bilan yaqindan tanishish maqsadida tarixiy obida va muzeyga sayohat qildilar.

🏛 Ta'lim muassasalari ustozlari hamrohligida Qarshi shahridagi "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyi va Odina obidasiga sayohat uyushtirildi.

📚O'quvchilar sayohat davomida jami 11 bo'limdan iborat bo‘lgan ushbu  muzeyda Turkiston o'lkasida olib borilgan mustamlakachilik siyosati haqida hamda qatag'on qurbonlarini aks ettirgan noyob fotosuratlar, xarita, ashyolar va boshqa manbalar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, o'quvchilarga "Istibdoddan istiqlolgacha" hujjatli filmi namoyish etildi.
#ILM_JAVHARDUR
#Muzeyga_sayohat

🇺🇿 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari respulikamizdagi muqaddas qadamjolardan biri , vatandoshimiz,  ulug' alloma, kalom ilmining asoschisi Abu Muin Nasafiy majmuasiga sayohat qildilar.

O'quvchilar buyuk allomaga bag‘ishlangan  muzeyda bo'ldilar. XII asrda barpo etilgan toshquduq,  xonaqolar haqida ma'lumotlar oldilar. Muzeydagi katta devorda "Ilm-javhardur" deb nomlangan san'at asari va barcha eksponatlar o'quvchilarga katta taassurot qoldirdi.
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Dastur_ijrosi_amalda
#Muzeyga_sayohat

⚡️Avval xabar berganimizdek, ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan "Oʻquvchi almashish" dasturi doirasida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Qarshi shahrida bo'lib turishibdi.


Dastlab andijonlik o'quvchilar, ustozlari, shuningdek, mezbon o'quvchilar hamda tarbiyachilar hamrohligida O'zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti Islom Karimov haykali poyiga ehtirom ko'rsatdilar. So'ng "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyiga sayohat qildilar.

📚Sayohat davomida jami 11 bo'limdan iborat bo‘lgan ushbu  muzeyda Turkiston o'lkasida olib borilgan mustamlakachilik siyosati haqida hamda qatag'on qurbonlari aks ettirilgan fotosuratlar, xarita, ashyolar va boshqa manbalar bilan yaqindan tanishdilar.