Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.18K subscribers
8.65K photos
2.62K videos
99 files
7.5K links
Download Telegram
#bilasizmi

Gazlanmagan ichimliklar uchun aksiz solig‘i!

🗓 Tarkibida shakar va boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar mavjud bo‘lgan va iste’mol qadog‘iga qadoqlangan gazlangan ichimliklarning (bundan energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar mustasno) litriga 500 so‘m miqdorida belgilangan aksiz solig‘i 2025-yil 1-apreldan gazlanmagan ichimliklarga ham tatbiq etiladi.

Mevalar va (yoki) sabzavotlardan tayyorlangan, tabiiy shirin bo‘lgan hamda tarkibida qo‘shimcha shakar va boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar mavjud bo‘lmagan sharbatlarga nisbatan soliq qo‘llanilmaydi.

🔗 Soliq kodeksi 289 prim 3-modda

👉 Telegram
👍1🔥1
#QQS

Farmatsevtika yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanish uchun ariza yuborishlari lozim

2025-yil 1-apreldan
daromadidan qatʼiy nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar QQS to‘lovchisi bo‘ladi.
👉PF-229 27.12.2025-y.

QQS to‘lovchisi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tish my3.soliq.uz sayt orqali shaxsiy kabinetdan “Xizmatlar” oynasiga kiriladi;
- “Yuridik shaxslarni QQS to‘lovchilari sifatida ro‘yxatga qo‘yish” xizmati tanlanadi.
– “Majburiy tartibda ro‘yxatdan o‘tish” tanlanadi;
– asos qilib, "Farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar" tanlanadi
– asoslantiruvchi hujjatlarga litsenziya biriktirilib, “Yuborish” tugmasi bosiladi.
_________
#НДС

Компаниям в сфере фармацевтики или медуслуг следует подать заявление на переход НДС

С 1 апреля 2025 года
юрлица, реализующие фармацевтическую продукцию или оказывающие медицинские услуги, признаются плательщиками НДС независимо от их доходов.
👉УП№229 от 27.12.2024г.

Чтобы перейти на уплату НДС в кабинете налогоплательщика на my3.soliq.uz войти в раздел "Услуги";
- выбрать "Постановка на специальный учет плательщиков НДС юридических лиц";
- указать строку "Обязательный порядок";
- и выбрать пункт "Юридические лица, занимающиеся реализацией фармацевтической продукции или оказывающие медицинские услуги";
- в качестве подтверждающих документов следует прикрепить лицензию и нажать "Отправить".

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani #soliq_tushumlari

2024-yilda soliq organlarining faoliyatini raqamlashtirish davom ettirildi.

Soliq ma’murchiligini takomillashtirish va yashirin iqtisodiyotga barham berishga qaratilgan yangi dasturiy mahsulotlar joriy etildi. Ularning umumiy soni 74 taga yetdi.

60 ta vazirlik va tashkilotlar bilan elektron axborot almashish yo‘lga qo‘yildi, integratsiya yo‘nalishlari soni 238 taga yetdi.

201 ta marketpleys ro‘yxatga olindi.
_____________
#пресс_конференция #цифровизация

В 2024 году продолжена цифровизация деятельности налоговых органов.

Внедрены новые программные продукты, направленные на улучшение налогового администрирования и сдерживание теневой экономики. Их общее количество доведено до 74.

Налажено электронное информационное взаимодействие с 60 министерствами и организациями, количество интеграционных направлений достигло 238.

Зарегистрирован 201 маркетплейс.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1
#seminar

Viloyat soliq boshqarmasida navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini soliq xodimlariga yetkazish maqsadida viloyat soliq boshqarmasida o‘quv seminar tashkil etildi.

Unda Soliq qo‘mitasi mutaxassislari Sulton Obidov hamda Sarvar Niyozovlar mazkur qarorga muvofiq xizmatlar sohasini rivojlantirish maqsadida berilgan soliq imtiyozlari muddatining uzaytirilishi va mazkur imtiyozdan foydalanish shartlari to‘g‘risida ma’lumotlar berishdi.

Shuningdek, 2025-yil 1-apreldan boshlab soliq organlari xodimlari tomonidan ularga biriktirilgan korxonalarda yoki mahallalardagi tadbirkorlik subyektlarida :

◽️Nazorat-kassa texnikasini va (yoki) hisob-kitob terminallarini qo‘llash tartibini buzish;
◽️Mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarni hamda mehnatga haq to‘lash fondini soliq hisobotida aks ettirmaslik;
◽️Yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanish;
◽️Foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olish yoki qazib olingan foydali qazilmalar hajmini soliq hisobotida to‘liq aks ettirmaslik kabi soliq huquqbuzarliklari aniqlanganda ko‘riladigan choralar to‘g‘risida tushuntirish berildi.

👉 Telegram
👍5
#foyda_soligi

Foyda solig‘i bo‘yicha hisobot shakli to‘ldirildi

Foyda solig‘i hisob-kitobiga 2 satr qo‘shildi:
061 - Joylashgan hududga nisbatan pasaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha soliq solinadigan foyda;
071 - Pasaytirilgan soliq stavkasi.

Ushbu satrlar joylashgan hududiga qarab foyda solig‘ining pasaytirilgan stavkasini qo‘llaydigan soliq to‘lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida kiritilgan.

❗️2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar 5-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari foyda solig‘ini 1% stavkada to‘laydi.
👉
PF-287-son, 30.12.2022-y.


7-ilovada quyidagi satrlar nomi Soliq kodeksi 337-moddasiga asosan o‘zgartirilldi:
016 – Umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasini realizatsiya qilishdan olingan daromad;
036 – Umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasini realizatsiya qilishdan olingan foyda.

‼️ Umumiy quvvati 100 kVt gacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) qurilmalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasini realizatsiya qilishdan olingan foyda 0% stavkada soliqqa tortiladi.


Soliq to‘lovchilar ushbu foyda solig‘i hisobot shaklini 2025-yil I chorakdan boshlab taqdim etishlari mumkin.

Paket kodi – 10205_45.

2025-yil 21-aprel – I chorak uchun foyda solig‘i bo‘yicha hisobot topshirishning oxirgi kuni.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Tadbirkorlik subyektlari diqqatiga!

Ertaga, 3-aprel kuni Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Erkin Narmanov Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan kichik va o‘rta biznes subyektlari vakillari bilan uchrashadi.

Barchangizni viloyat soliq boshqarmasida o‘tkaziladigan mazkur uchrashuvga taklif etamiz!

📍Manzil: Taraqqiyot ko‘chasi 9-uy.

🕚 Boshlanish vaqti - 11:00

👉 Telegram
👍1
#deklaratsiya

Jismoniy shaxslar 2024-yilda olgan yillik daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etish tartibi

Jismoniy shaxs my3.soliq.uz shaxsiy kabineti orqali kirib,
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya” xizmati orqali 📱telefon raqamini kiritib, deklaratsiya turiga “Jami yillik deklaratsiya”, hisobot turiga “Hisobot” va davriga “Yillik” tanlanib, “Saqlash” tugmasi orqali keyingi qadamga o‘tiladi.

Hisobot shakli”dan “Foizlar, dividendlar va boshqa mulkiy daromadlar” tanlanib, noturar joylarni va (yoki) o‘ttiz olti oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotgan bo‘lsa, sotib olish bahosi bilan sotish qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq (daromad) summalarini 3.2 va (yoki) 3.3-satrlariga kiritgan holda “Saqlash” va “Keyingi” tugmalari bosish orqali keyingi qadamga o‘tiladi.

Hisobot shakllarini oxirgi jadvalidan “Deklaratsiya saqlash” tugmasini bosish orqali “Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasi hisob-kitobi” jadvaliga o‘tib, olingan daromad va budjetga qo‘shimcha to‘lanadigan soliq summalarini tekshirib ko‘rgan holda “Jo‘natish” tugmasini bosish orqali deklaratsiya taqdim etilgan hisoblanadi.

📌1-aprel - jismoniy shaxslar tomonidan jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya topshirishning oxirgi kuni.
———-
#декларация

Порядок подачи декларации о годовом доходе физических лиц за 2024 год

Физическое лицо в персональном кабинете на my3.soliq.uz выбирает услугу "Декларация о совокупном годовом доходе физического лица" указывает номер телефона,
выбирает тип декларации как "Годовая декларация", тип отчета "Отчет" и период как "Годовой". Нажимает "Сохранить" для перехода к следующему шагу.

В открывшейся форме выбирается "Проценты, дивиденды и прочие имущественные доходы".

В случае, если в декларации следует указать продажу недвижимого имущества, которое находилось в собственности менее 36 месяцев (или не жилое имущество), необходимо в строки 3.2 и (или) 3.3 ввести положительную разницу суммы реализации имущества над стоимостью его приобретения. После этого нажимаются на "Сохранить" и "Далее".

В последней форме декларации нажатием на "Сохранить декларацию" открывается "Расчет суммы налога на доходы физических лиц". Здесь следует проверить все показатели - общую сумму совокупного дохода, сумму налога, подлежащую к доплате в бюджет, и нажать на "Отправить", после чего декларация считается представленной в налоговые органы.

Последний день представления декларации о совокупном годовом доходе физических лиц — 1 апреля.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads