Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.18K subscribers
8.61K photos
2.61K videos
98 files
7.47K links
Download Telegram
#seminar

Taksi agregatorlari faoliyati to‘g‘risida seminar bo‘lib o‘tdi

Soliq qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan yo‘lovchi tashish xizmati, xususan taksi agregatorlari faoliyati yuzasidan onlayn seminar o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyatidagi “Denov tezkor taksi”, “Bek taksi”, “Krikland Farg‘ona Termiz” hamda “Lider taksi Surxondaryo” agregatorlari rahbarlari ishtirok etdi.

Seminar davomida “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq mijozlarni izlash bo‘yicha maxsus dasturlarni Soliq qo‘mitasining elektron axborot bazasiga integratsiyalash lozimligi, integratsiyalashgan onlayn-agregatorlar orqali yo‘lovchi tashish xizmati uchun to‘lovlarga elektron fiskal chek shakllanayotganligi qayd etildi.

Shuningdek, onlayn taksi-agregatorlar orqali yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatayotgan fuqarolar “Soliq” mobil ilovasi orqali o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi va yo‘lovchi tashishni amalga oshirishga ruxsat beruvchi litsenziyaga ega bo‘lishi kerakligi tushuntirildi.

Ma’lumot uchun, 2024-yilning o‘tgan vaqti davomida Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan 4637 nafar taksi haydovchilari o‘zini o‘zi band qildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3738 taga yoki 515,8 % ga ko‘pdir.

👉 Telegram
👍5
#seminar

Qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan bevosita muloqot o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ishtirokida navbatdagi seminar tashkil etildi. Unda soliq qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarish va yangiliklar, xususan “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida so‘z bordi.

Qarorga ko‘ra, pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ish turlari, hajmlari va qiymatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etilgan elektron hisobvaraq-fakturalar asosida shakllantirgan holda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga yuborish tartibi joriy etilmoqda.

Endilikda Soliq qo‘mitasi tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining axborot tizimlariga bir qancha ma’lumotlar taqdim etib boriladi.

Xususan, “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasiga mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogidagi qurilish resurslariga oid (mahsulot nomi o‘lchov birligi, narxi) ma’lumotlari, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga esa budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlar doirasida bajarilgan qurilish-montaj ishlarini tasdiqlovchi EHFlar va ularga ilovalar, shuningdek loyiha va pudrat tashkilotlarining JShODS hisobotlaridagi ishchi xodimlar haqidagi ma’lumotlari joylab boriladi.

Seminar davomida tadbirkorlarga ochiq va shaffof biznesni yo‘lga qo‘yish, ishchi-xodimlar sonini yashirmaslik, barqarorlik reytingida yuqori natijalarga erishib, berilayotgan imtiyozlardan unumli foydalanish yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarning tadbirkorlar faoliyatini baholab boruvchi mezonlar haqidagi fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi.

👉 Telegram
👍4
#seminar

Viloyat kasaba uyushmalari Kengashida soliq qonunchiligiga oid yangiliklar yuzasidan seminar o‘tkazildi

Viloyat kasaba uyushmalari Kengashi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining “Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qo‘yish tartibi belgilanayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va soliq qonunchiligiga oid boshqa yangiliklar yuzasidan tizim xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

Hududiy kasaba uyushma tashkilotlari, turli tarmoq korxona, tashkilot va muassasalarining boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari rahbarlari hamda faollari ishtirok etgan tadbirda Soliq kodeksining 127-moddasi “Adliya organlarida hisobga qo‘yilgan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalariga va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlariga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami ularning ixtiyoriga ko‘ra beriladi” – degan mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilganligi tushuntirildi.

Shuningdek tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida ham batafsil ma’lumotlar berildi.

👉 Telegram
👍3
#raqamlashtirish #seminar_trening

Soliq qo‘mitasi xodimlari IBM Cognos Analytics platformasidan foydalanish kurslarini yakunladi

Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasi doirasida soliq tizimining 40 nafarga yaqin xodimi IBM Cognos Analytics platformasida maʼlumotlarni to‘plash, tahlil qilish, grafik va diagrammalar orqali vizualizatsiya qilish hamda tezkor hisobotlar shakllantirish bo‘yicha o‘quv kurslarini yakunladi.

Loyiha doirasida xalqaro ekspertlar guruhi soliq sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarni IBM Cognos Analytics tizimidan samarali foydalanish va Business Intelligence (BI) tahlilchilari sifatida tayyorlashga yo‘naltirilgan o‘qitish ishlarini olib bordi.

Soliq tizimi xodimlarining olgan bilimlari kelgusida maʼlumotlarni yig‘ish va modellashtirish orqali murakkab jarayonlarni soddalashtirish, katta hajmdagi maʼlumotlarni tezkor tahlil qilish asosida iqtisodiyotda xufiyona aylanmalar darajasini qisqartirish, shuningdek, soliq to‘lovchilarga yangi, zamonaviy va qulay xizmatlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1
#seminar

Tadbirkorlar uchun navbatdagi soliq imtiyozlari

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida umumiy ovqatlanish hamda mehmonxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ishtirokida soliq qonunchiligiga oid so‘nggi yangiliklar va o‘zgarishlarga bag‘ishlangan o‘quv seminar tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy ovqatlanish, mehmonxona va turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantirish va ularning qonuniy ishlashi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

2024-yilning 1-oktabridan turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga — budjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foizi qaytarilishi, bunda turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun chet el valyutasidagi tushumlar barcha tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumning kamida 80 foizini tashkil etishi kerakligi qayd etildi.

2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga ularning oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasining naqd pulsiz qismi miqdoriga qarab to‘langan QQSning 40 yoki 20 foizi qaytarilishi tushuntirildi.

Ma’lumot uchun Surxondaryo viloyatida 686 ta umumiy ovqatlanish, 79 ta mehmonxona va 61 ta turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda.

Seminarda shuningdek soliq qonunchiligiga oid so‘nggi normativ-huquqiy hujjatlar, Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimachalar to‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi.

👉 Telegram Facebook
👍3
#seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar!


Ertaga, 13-yanvar kuni Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkaziladi.

Seminarda Soliq qo‘mitasi hamda Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati va mas’ullari ishtirok etadi.

📍Manzil: Taraqqiyot ko‘chasi 9-uy.

🕙 Boshlanish vaqti - 11:00

Barcha tadbirkorlik subyektlari hamda OAV vakillarini ushbu seminarga taklif etamiz.

👉 Telegram
👍6
#seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar!


Bugun, 13-yanvar kuni Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlab o‘tkaziladigan seminar ayrim sabablarga ko‘ra soat 11:00 dan 15:00 ga ko‘chirildi.

Seminarda Soliq qo‘mitasi hamda Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati va mas’ullari ishtirok etadi.

📍Manzil: Taraqqiyot ko‘chasi 9-uy.

🕒 Boshlanish vaqti - 15:00

Barcha tadbirkorlik subyektlari hamda OAV vakillarini ushbu seminarga taklif etamiz.

👉 Telegram
👍7
#seminar

Ayni damda Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida Soliq qo‘mitasi hamda viloyat soliq boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida  tadbirkorlar uchun soliq qonunchiligiga oid yangiliklar, o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan seminar bo‘lib o‘tmoqda.

👉 Telegram
👍9
#seminar

Tadbirkorlar bilan bevosita muloqot: soliq qonunchiligiga oid yangiliklar va o‘zgarishlar

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan soliq solish tartibiga kiritilgan o‘zgartishlar mazmun-mohiyatini tadbirkorlar, OAV vakillari hamda keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi.

🔗 Batafsil

👉Telegram Facebook
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

🔵"ISHONCH" TV

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan soliq solish tartibiga kiritilgan o‘zgartishlar mazmun-mohiyatini tadbirkorlar, OAV vakillari hamda keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi.

👉Telegram facebook youtube instagram
👍7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

🔵 "SURXONDARYO" TV

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan soliq solish tartibiga kiritilgan o‘zgartishlar mazmun-mohiyatini tadbirkorlar, OAV vakillari hamda keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi.

👉Telegram Facebook Youtube Instagram
👍9🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

🔵"ISHONCH" TV

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan soliq solish tartibiga kiritilgan o‘zgartishlar mazmun-mohiyatini tadbirkorlar, OAV vakillari hamda keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi.

👉Telegram Facebook Youtube Instagram
👍8🔥1👏1
#seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar!


Ertaga, 16-yanvar kuni Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkaziladi.

Seminarda Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati va mas’ullari ishtirok etadi.

📍Manzil: Taraqqiyot ko‘chasi 9-uy.

🕒 Boshlanish vaqti - 15:00

Barcha tadbirkorlik subyektlari hamda OAV vakillarini ushbu seminarga taklif etamiz.

👉 Telegram Facebook
👍5
#seminar

Soliq kodeksining 30 dan ortiq moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida 2025-yil 1-yanvardan soliq solish tartibiga kiritilgan o‘zgartishlar mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida navbatdagi seminar o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan Soliq kodeksining 32 ta moddasiga kiritilgan o‘zgartishlar, joriy yilgi soliq stavkalari, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida berilayotgan soliq imtiyozlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bandligini ta’minlash, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish va barqarorlik reytingida yuqori toifada bo‘lgan tadbirkorlarni rag‘batlantirish borasidagi soliq imtiyozlari tushuntirib o‘tildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga oydinlik kiritishdi.

👉 Telegram Facebook
👍6
#seminar #soliq_siyosati_2025

Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminarlar bo‘lib o‘tdi

🗓Joriy yilning 13–17-yanvar kunlari respublikamizning barcha hududlarida 2025-yilga mo‘ljallangan soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazildi.

Seminarlar Soliq qo‘mitasi hamda hududiy soliq boshqarmalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Unda soliq to‘lovchilar va tadbirkorlik subyektlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishib, soliq ma’murchiligidagi o‘zgarishlar hamda qo‘shimcha imtiyozlar haqida ma’lumotlar bilan tanishdi.

Quyidagi viloyatlarda seminarlar o‘tkazildi:
📱 Xorazm viloyati
📱 Qashqadaryo viloyati
📱 Navoiy viloyati
📱 Samarqand viloyati 
📱 Surxondaryo viloyati
📱 Jizzax viloyati
📱 Buxoro viloyati
📱 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📱 Farg‘ona viloyati

Bu kabi seminarlar soliq to‘lovchilar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tezkor hal etishda va ularga uslubiy ko‘mak ko‘rsatishda katta ahamiyatga ega.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Tashkilot ijobiy imidjini shakllantirishda ochiqlik va axborot siyosatining o‘rni


Soliq qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bo‘lim boshlig‘i Sadoqat Aslanova seminar-trening o‘tkazdi.

Dastlab videkonferensaloqa orqali hududiy soliq boshqarmalari Matbuot xizmati xodimlari ishtirokida “Davlat xizmatida media va axborot savodxonligi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Trening davomida S.Aslanova sohaga oid dolzarb mavzularda maʼruza qildi.

Xususan, seminarda –

🔵ommaviy axborot vositalari va blogerlar bilan ishlash;
🔵tashkilot imijini yaratish;
🔵rasmiy munosabat bildirish;
🔵mediakontent yaratishda eʼtibor qaratish zarur bo‘lgan jihatlar;
🔵inqirozli vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish;
🔵vizual kontent, uning matnga nisbatan samaradorligi;
🔵tashqi kommunikatsiya vositalaridan foydalanish haqida maʼlumotlar berildi.

Shundan so‘ng, Markaziy apparat xodimlari uchun offlayn shaklda "Davlat organlari ochiqligini taʼminlashda samaradorlik va natijadorlik" mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida S.Aslanova olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalari haqida tezkor, xolis hamda birinchi manbaa sifatida to‘liq axborot yetkazish, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan faol muloqot o‘rnatish, eʼlon qilinayotgan tanqidiy materiallarga o‘z vaqtida va sifatli munosabat bildirish tashkilot faoliyati ochiqligini taʼminlashda muhim vazifa ekanligini taʼkidladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar davom etmoqda

Termiz shahrida Surxondaryo viloyati hokimining tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda vohamizda faoliyat yuritayotgan 1000 dan ortiq tadbirkorlar hamda mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida xususiy sektor vakillari uchun seminar-trening tashkil etilib, mamlakatimizda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida berilayotgan keng imkoniyatlar, xususan soliq sohasiga oid imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Viloyat soliq boshqarmasi mutaxassislari tomonidan 2025-yildan soliq solish tartibiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, soliq stavkalari, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini baholash tartibi – barqarorlik reytingi atroflicha tushuntirilib, ishtirokchilarning soliq sohasiga oid savollariga batafsil javoblar berildi.

👉 Telegram
👍4
#seminar_trening

Davlat organlari va tashkilotlarida inson resurslarini rejalashtirish: kadrlar salohiyati va ish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan yangicha yondashuv

Soliq qoʻmitasida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakillari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

Uchrashuvda kadrlar malakasini bosqichma-bosqich oshirish, vakant lavozimlar oʻrnini ochiq tanlov asosida toʻldirish, xodimlarning ish samaradorligini yaxshilash boʻyicha KPI indikatorlari haqida soʻz yuritildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan inson resurslarini rejalashtirish tushunchasi va uning maqsadi, davlat organlarida ushbu yoʻnalishdagi muammolar, inson resurslarini rejalashtirishda strategik yondashuvni joriy etishning afzalliklari haqida maʼlumot berildi.

Maqsadli kadrlar zaxirasini shakllantirish uchun xodimlarning kelgusida soliq sohasi boʻyicha dunyoning yetakchi universitetlarida taʼlim olishini tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Shu bilan birga trening yakunida davlat fuqarolik xizmatida inson resurslarini strategik rejalashtirish va professiografik tahlil mavzularida fikr-mulohazalar almashilib, so‘rovnomalar ham o‘tkazildi. Qatnashchilar guruhlarga bo‘linib, berilgan maʼlumotlar yuzasidan tushunchalarini mustahkamladi.

Ishtirokchilarga hrm.argos.uz platformasiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida tushuntirishlar ham berib o‘tildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#seminar

Viloyat soliq boshqarmasida navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini soliq xodimlariga yetkazish maqsadida viloyat soliq boshqarmasida o‘quv seminar tashkil etildi.

Unda Soliq qo‘mitasi mutaxassislari Sulton Obidov hamda Sarvar Niyozovlar mazkur qarorga muvofiq xizmatlar sohasini rivojlantirish maqsadida berilgan soliq imtiyozlari muddatining uzaytirilishi va mazkur imtiyozdan foydalanish shartlari to‘g‘risida ma’lumotlar berishdi.

Shuningdek, 2025-yil 1-apreldan boshlab soliq organlari xodimlari tomonidan ularga biriktirilgan korxonalarda yoki mahallalardagi tadbirkorlik subyektlarida :

◽️Nazorat-kassa texnikasini va (yoki) hisob-kitob terminallarini qo‘llash tartibini buzish;
◽️Mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarni hamda mehnatga haq to‘lash fondini soliq hisobotida aks ettirmaslik;
◽️Yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanish;
◽️Foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olish yoki qazib olingan foydali qazilmalar hajmini soliq hisobotida to‘liq aks ettirmaslik kabi soliq huquqbuzarliklari aniqlanganda ko‘riladigan choralar to‘g‘risida tushuntirish berildi.

👉 Telegram
👍5
#seminar

Mustahkam bilim, muhim qadam: soliq boshqarmalari boshliqlari malakasini oshirdi

Davlat boshqaruv akademiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyat soliq boshqarmalari boshliqlari uchun 4 kunlik o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi.

Seminardan asosiy maqsad – Soliq organlari faoliyatini "Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi" tamoyili asosida tashkil etish, soliq yig‘uvchanligini oshirish, iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash, korrupsiyaga qarshi murosasiz fikrni shakllantirish hamda yashirin iqtisodiyotni bartaraf etishga oid bilimlarni yanada mustahkamlashdir.

O‘quv dasturida bir qator muhim va dolzarb mavzularga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, seminar davomida yashirin iqtisodiyot va uning O‘zbekiston iqtisodiy xavfsizligiga tahdidi kabi masalalarga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, yashirin iqtisodiyotni qisqartirishda tahlillar va idoralararo o‘zaro hamkorlikning o‘rni haqida ham chuqur tahlillar olib borildi. Soliq ma'murchiligini takomillashtirish, soliq undiruvchanligini oshirishni samarali yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Seminar yakunida qatnashchilarga Soliq qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari U.Sadullayev tomonidan sertifikatlar topshirildi. Bu esa o‘z navbatida rahbarlarning malakalarini oshirish va yangicha yondashuvlar bilan soliq tizimini takomillashtirish borasida yangi imkoniyatlar yaratishda katta turtki berdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads