Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.18K subscribers
8.62K photos
2.62K videos
98 files
7.48K links
Download Telegram
#uchrashuv

Sariosiyo tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida bo‘lib, kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazmoqda.

Tadbirkorlar safini yanada kengaytirish, yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishlarini ta’minlash maqsadida tashkil etilayotgan uchrashuvlarda soliq qonunchiligiga oid o‘zgarish va yangiliklar haqida ma’lumotlar berilib,xususiy sektor vakillarining mavjud muammo va takliflari o‘rganilmoqda.

Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Erkin Narmanovning Sariosiyo tumanidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida ham soliq sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar, xususan Prezidentimizning joriy yil 19-martdagi “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Tadbirkorlarning cheklarni tahrirlash, zargarlik va baliqchilik faoliyati bilan bog‘liq soliq imtiyozlaridan foydalanish to‘g‘risidagi muammo va takliflari tinglanib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

👉 Telegram
👍3
#uchrashuv

Uzunlik tadbirkorlar safi kengaymoqda

Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan kichik va o‘rta biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlash, taklif va mulohazalarini tinglash, muammolarini o‘rganish va ularga yechim topishga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazilayotgan navbatdagi ochiq muloqot Uzun tumanida bo‘lib o‘tdi.

Viloyat markazidan qariyb 200 km uzoqlikda joylashgan mazkur tumanda ayni damda 2100 dan ortiq tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda. Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Erkin Narmanov xususiy sektor vakillari bilan uchrashuvda hudud aholisining tadbirkorlik salohiyatini alohida e’tirof etdi.

Bugungi kunda Uzun tumanida investitsiyalarni jalb etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Xususan qandolatchilik klasterini tashkil etish, zamonaviy savdo komplekslarini bunyod etish hamda mavjud savdo markazlari faoliyatini kengaytirish maqsadida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yil boshidan 20 dan ziyod bo‘sh turgan obyektlar ishga tushirilishi natijasida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari soni ortib, ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Ochiq muloqot davomida tadbirkorlik rivojida muhim ahamiyat kasb etayotgan soliq imtiyozlari va soliq qonunchiligidagi so‘nggi yangiliklar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Ishtirokchilarning onlayn nazorat-kassa texnikalari, soliq hisoboti, elektron hisob-faktura hamda ortiqcha soliq to‘lovlari bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi. Ayrim masalalar yuzasidan tushuntirish berildi va o‘rganishni talab qiladigan murojaatlarni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

👉 Telegram
👍3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

6 mingga yaqin kichik va o‘rta biznes vakillari bilan muloqot: muammolar tinglandi, yechimlar belgilandi

Kichik va o‘rta biznes vakillari uchun qulay muhit yaratish, ularning  muammolarini bevosita eshitish maqsadida, Soliq organlari tomonidan respublika hududlarida ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

Ushbu uchrashuvlarda Soliq qo‘mitasi hamda hududiy soliq organlari rahbariyati ishtirok etib, tadbirkorlarning dolzarb masalalarini o‘rganish, ularni joyida hal etishga alohida e’tibor qaratmoqda.

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍Andijon viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Namangan viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Toshkent viloyati
📍Toshkent shahri
📍Qashqadaryo viloyati
📍Farg'ona viloyati
📍Xorazm viloyati

Joriy yilning aprelidan boshlab respublika bo‘ylab o‘tkazilgan 130 ga yaqin uchrashuvlarda 5700 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
#uchrashuv

Qumqo‘rg‘on tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, faoliyatlari bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish va biznes rivoji uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati tomonidan joylarda kichik va o‘rta biznes vakillari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda.

Qumqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan uchrashuvda ham tadbirkorlarning faoliyatlariga to‘siq bo‘layotgan muammolarga yechim izlandi. Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Erkin Narmanov xususiy sektor rivojining mamlakat iqtisodiyotidagi muhim o‘rni haqida to‘xtalar ekan, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va berilayotgan soliq imtiyozlari to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Ishtirokchilarning markirovkalash, cheklarni tahrirlash, onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanish bo‘yicha murojaatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida tadbirkorlarga soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish, ishchi xodimlar sonini yashirmaslik va xarid qilingan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xarid cheklarini berish kerakligi eslatib o‘tildi.

👉 Telegram
👍6
#uchrashuv

Sho‘rchi tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga 2 mlrd so‘m QQS qaytarildi

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Erkin Narmanov hamda Sho‘rchi tumani hokimi Akbarali Ishmurzoyev tumanda faoliyat yuritayotgan kichik va o‘rta tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Xususiy sektor vakillarini qo‘llab-quvvatlash, faoliyatlarini rivojlantirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida tashkil etilgan ochiq muloqotda tadbirkorlik subyektlarini qiynab kelayotgan muammolar o‘rganildi.

Aksariyat murojaatlar qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)ning salbiy farq summasini qoplash mavzusida bo‘lganligi sababli, tadbir ishtirokchilariga QQSni qaytarish tartiblari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Xususan Vazirlar Mahkamasining “Umumiy ovqatlanish, mehmonxona va turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantirish va ularning qonuniy ishlashi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga to‘langan QQS qanday shartlar asosida qaytarilishi tushuntirildi.

Ta’kidlanganidek, joriy yilning yanvar-may oylarida viloyatda faoliyat yuritayotgan 140 ta tadbirkorlik subyektiga 57 mlrd 408 mln so‘m QQS qaytarilgan. Shundan sho‘rchilik tadbirkorlarga qaytarilgan QQSning umumiy summasi qariyb 2 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga soliqlarning mamlakat rivoji va xalq farovonligini ta’minlashdagi muhim o‘rni va soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishning ahamiyati eslatib o‘tildi.

👉 Telegram
👍7
#uchrashuv

Ayni damda Prezidentning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida hunarmandchilik va zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish, import qilish va sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Bojxona qo‘mitasi, Hunarmandlar, Zargarlar va Kichik biznes uyushmalari rahbariyati ishtirok etmoqda.

Tadbir doirasida Prezidentning “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-207-sonli yangi qarori mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan ochiq muhokamalar olib borilmoqda.

Yig‘ilish YouTube orqali 👉to'g'ridan to'g'ri efirda namoyish etilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
#uchrashuv

Sherobod tumanida 3000 dan ortiq kichik va o‘rta tadbirkorlar faoliyat yuritmoqda


Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati tomonidan tadbirkorlik subyektlarini soliq qonunchiligidagi o‘zgarish va yangiliklardan xabardor qilish, faoliyatlari davomida duch kelayotgan muammolarni o‘rganish va ularga amaliy yechim topishga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazilayotgan navbatdagi ochiq muloqot Sherobod tumanida bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda tumanda 3100 dan ortiq tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularning aksariyati kichik va o‘rta tadbirkorlardir. Uchrashuv davomida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Yadgarov kichik va o‘rta toifadagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida berilayotgan soliq imtiyozlari va yengilliklar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Ta’kidlandiki, 2025-yil 1-maydan o‘z faoliyatini o‘rta yoki yirik biznes toifasigacha yiriklashtirgan tadbirkorlik subyektlariga – 1 yil davomida QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) 7 kun muddatda tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.

Shuningdek, 2025-yil 1-iyuldan 2028-yil 1-yanvarga qadar kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun qo‘shimcha talablar va majburiyatlarni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga moratoriy eʼlon qilinadi. Kichik tadbirkorlik subyektlari birinchi faoliyat yili davomida ilk bor sodir etgan savdo va tadbirkorlik sohalariga oid maʼmuriy huquqbuzarlik uchun maʼmuriy javobgarlikdan ozod etiladi.

Tadbir davomida tadbirkorlarning soliq stavkalari, cheklarni tahrirlash, soliq imtiyozlari va soliq majburiyatlarini bajarish tartiblari bilan bog‘liq savollari yuzasidan tushuntirish berilib, umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismini qaytarish, deklaratsiya, soliq qarzini bo‘lib-bo‘lib to‘lash hamda soliq imtiyozlaridan foydalanish kabi murojaatlarni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

👉 Telegram
👍5
#uchrashuv

⭕️Ayni damda Toshkent shahrida savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv boshlanmoqda.

Uchrashuv Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida oʻtkazilmoqda. Maqsad — sohadagi tizimli muammolarni aniqlash, ularni hal etish va samarali yechimlar ishlab chiqish.

📊 Hozirgi kunda Respublika boʻyicha:
▪️146,8 mingta tadbirkor savdo sohasida,
▪️19,5 mingta tadbirkor umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritmoqda.

Bu yuz minglab ish oʻrinlari va aholi farovonligi bilan bevosita bogʻliq yoʻnalishlardir.


Muloqotda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov hamda Biznes ombudsman, “Savdo va servis” uyushmasi, Kichik biznes uyushmasi rahbarlari va tegishli vazirlik-idoralar vakillari ishtirok etmoqda.

☄️ Dolzarb masalalar, ochiq muloqot va aniq yechimlar — barchasi bugun toʻgʻridan-toʻgʻri jonli efirda!
_________
#встреча

⭕️В данный момент в Ташкенте начинается встреча с предпринимателями сферы торговли и общественного питания

Встреча проводится в рамках подготовки к открытому диалогу Президента с предпринимателями. Цель – выявление системных проблем в сфере и выработка эффективных решений.

📊 В настоящее время по республике осуществляют деятельность предприниматели:
▪️146,8 тыс. – в сфере торговли,
▪️19,5 тыс. – в сфере общественного питания.

Эти направления напрямую связаны с предоставлением рабочих мест и благосостоянием населения.


В диалоге участвует председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев, председатель Торгово-промышленной палаты Даврон Вахабов, Бизнес-омбудсман, а также руководство Ассоциации "Торговли и сервиса", Ассоциации малого бизнеса и ответственные сотрудники других соответствующих ведомств.

☄️ Актуальные вопросы, открытый диалог и конкретные решения – все в рамках прямого эфира!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#uchrashuv

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda: navbat qurilish sohasi vakillariga

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan bo‘ladigan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilayotgan uchrashuvlar davom etmoqda.

⭕️Ayni damda Toshkent shahrida qurilish sohasi vakillari ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuvda Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Biznes ombudsman rahbariyati, Prezident huzuridagi tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi aʼzolari va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Maqsad – sohada mavjud muammolarni ochiq muhokama qilish, ularning amaliy yechimlari yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda davlat va biznes o‘rtasida samarali muloqot platformasini shakllantirish.

📱 Muloqotni toʻgʻridan-toʻgʻri efirda tomosha qilishingiz mumkin.
________
#встреча

Открытые диалоги с предпринимателями продолжаются: следующие в очереди представители сферы строительства

Встречи, организуемые в рамках подготовки к предстоящему открытому диалогу Президента с предпринимателями, продолжаются.

⭕️Прямо сейчас в Ташкенте проходит очередной открытый диалог с участием представителей сферы строительства.

Во встрече принимают участие председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев, председатель Торгово-промышленной палаты Даврон Вахабов, специалисты Министерства строительства и жилищно-коммунального хозяйства, Бизнес-омбудсман, члены Общественного совета при Президенте по поддержке предпринимательства и представители других ответственных ведомств.

Цель – открыто обсудить существующие в сфере проблемы, выработать практические предложения по их решению, а также сформировать эффективную платформу для диалога между государством и бизнесом.

📱 Следите за трансляцией в прямом эфире

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

8,3 mingdan ortiq kichik va o‘rta biznes vakillari bilan muloqot: muammolar tinglandi, yechimlar belgilandi

Kichik va o‘rta biznes vakillari uchun qulay muhit yaratish, ularning  muammolarini bevosita eshitish maqsadida, Soliq organlari tomonidan respublika hududlarida ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

Ushbu uchrashuvlarda Soliq qo‘mitasi hamda hududiy soliq organlari rahbariyati ishtirok etib, tadbirkorlarning dolzarb masalalarini o‘rganish, ularni joyida hal etishga alohida e’tibor qaratmoqda.

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍Andijon viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Namangan viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Toshkent viloyati
📍Toshkent shahri
📍Qashqadaryo viloyati
📍Farg'ona viloyati
📍Xorazm viloyati

Joriy yilning aprelidan boshlab respublika bo‘ylab o‘tkazilgan 180 dan ortiq uchrashuvlarda 8300 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
#uchrashuv

⭕️Ayni damda Davlat rahbarining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik koʻrish doirasida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi, qadoqlovchi va eksportyor tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazilmoqda.

Unda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov, Bojxona qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Biznes-ombudsman, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etmoqda.

📱 Muloqot toʻgʻridan-toʻgʻri jonli efir orqali jamoatchilikka uzatilmoqda.
____________
#встреча

⭕️ В рамках подготовки к открытому диалогу Президента с предпринимателями проходит встреча с предпринимателями, занимающимися выращиванием, переработкой, упаковкой и экспортом плодоовощной продукции.

Во встрече принимают участие председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев, председатель Торгово-промышленной палаты Даврон Вахабов, представители Государственного таможенного комитета, Министерства сельского хозяйства, Бизнес-омбудсмана, Агентства по карантину и защите растений, а также других профильных министерств и ведомств.

📱 Онлайн-трансляция для широкой общественности.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Toʻqimachilik sanoati vakillari bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtmoqda

Unda Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov, Biznes-ombudsman, "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Maqsad — toʻqimachilik sohasida yuzaga kelayotgan tizimli muammolarni muhokama qilish, faoliyatga toʻsqinlik qilayotgan masalalarni aniqlash va ularning yechimi boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Ushbu uchrashuv Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilgan.

Muloqot toʻgʻridan toʻgʻri efirda namoyish etilmoqda — kuzatib boring va faol ishtirok eting!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev:

Klasterlarning fermerlar oldida ancha qarzi toʻplanib qolgan. Uning oqibatida fermer soliq toʻlolmayapti, oylik berolmayapti, kreditini yopolmayapti.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
#uchrashuv

Bandixon tumanida 1300 dan ortiq tadbirkorlar faoliyat yuritadi

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida bo‘lib, kichik va o‘rta biznes vakillari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazmoqda.

Tadbirkorlar safini yanada kengaytirish, yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishlarini ta’minlash maqsadida tashkil etilayotgan uchrashuvlarda soliq qonunchiligiga oid o‘zgarish va yangiliklar haqida so‘z yuritilib, xususiy sektor vakillarining mavjud muammo va takliflari o‘rganilmoqda.

Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i E.Narmanov hamda Bandixon tumani hokimi A.Allamuradovning bandixonlik tadbirkorlar bilan uchrashuvida ham soliq sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar, xususan 5-toifadagi hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga berilayotgan soliq imtiyozlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Ta’kidlash joizki, Bandixon 5-toifadagi tumanlar tarkibiga kiritilgan bo‘lib, ushbu hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha (yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasa, budjet tashkiloti va davlat korxonasi, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno):

▫️foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz;

▫️yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 50 foizi miqdorida;

▫️Yakka tartibdagi tadbirkorlar esa jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summalarini hudud uchun belgilangan eng kam stavkaning to‘rtdan bir qismi miqdorida to‘laydi.

Ochiq muloqot davomida tadbirkorlarning soliq imtiyozlarini qo‘llash, noturar obyektlarga mol-mulk solig‘ini hisoblash, bank hamda kadastr organlari bilan bog‘liq muammo va takliflari tinglanib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

👉 Telegram
👍5
#uchrashuv

Soliq imtiyozlari tadbirkorlik rivojiga xizmat qilmoqda

Viloyatimizning Denov tumani kichik va o‘rta biznes yaxshi rivojlangan hamda vohamiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishda yetakchi o‘ringa ega hudud sanaladi. Ayni paytda tumanda besh mingdan ortiq tadbirkorlar faoliyat yuritmoqda.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Erkin Narmanovning tumandagi kichik va o‘rta biznes vakillari bilan navbatdagi uchrashuvida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va faoliyatlarini kengaytirishga ko‘maklashish maqsadida berilayotgan soliq imtiyozlari to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Qayd etildiki, joriy yilning yanvar-may oylarida denovlik tadbirkorlar 33 mlrd 622 mln so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Xususan 36 nafar tadbirkorlik subyektiga 9 mlrd 742 mln so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘idan hosil bo‘lgan salbiy farq summasi qaytarildi.

Ochiq muloqotda tadbirkorlarning soliq hisobotlarini topshirish, ortiqcha soliq to‘lovlarini qaytarish, noturar joylarga soliq hisoblash kabi masalalardagi murojaatlari tinglanib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarish, ishchi-xodimlar sonini yashirmaslik, onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanish, barqarorlik reytingidagi darajasini oshirish yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.

👉 Telegram
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Har bir uchrashuv – ochiqlik, ishonch va konstruktiv hamkorlik maydoni

Respublikamiz bo‘ylab soliq xizmati organlari rahbarlari tadbirkorlar bilan bevosita muloqot o‘rnatmoqda.

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍Andijon viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Namangan viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Toshkent viloyati
📍Toshkent shahri
📍Qashqadaryo viloyati
📍Farg'ona viloyati
📍Xorazm viloyati

Har bir uchrashuv – mavjud muammolar va takliflarni joyida o‘rganish, tahlil qilish va amaliy yechimlar ishlab chiqish imkoniyatidir.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#uchrashuv

📺 Ayni damda transport va logistika yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtmoqda.

Unda Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov, Biznes-ombudsman va Transport vazirligi masʼullari ishtirok etmoqda.

📱 Muloqot toʻgʻridan toʻgʻri efirda namoyish etilmoqda – kuzatib boring va faol ishtirok eting!

Uchrashuvda sohadagi mavjud muammolar va ularning amaliy yechimlari, shuningdek, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan takliflar muhokama qilinmoqda.
__________
#встреча

📺 В данный момент проходит встреча с предпринимателями сферы транспорта и логистики.

В ней принимают участие председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев, председатель Торгово-промышленной палаты Даврон Вахабов, Бизнес-омбудсман и представители Министерства транспорта.

📱 Открытый диалог транслируется в прямом эфире – присоединяйтесь и принимайте активное участие!

На повестке дня – обсуждение существующих проблем в сферах и выработка практических решений, а также изучение предложений, направленных на поддержку предпринимательства.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev:

QQSni qaytarish borasida bir taklifim bor. "AAA" reytingiga ega bo‘ling.

Agar tadbirkor ushbu reytingga ega bo‘lsa, soliq idorasi o'rganib ham o‘tirmasdan, QQS avtomatik ravishda qaytariladi.

“AAA” degani – bu Prezidentimiz shunaqa imkoniyat yaratib berganlarki, bu reytingga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvlariga buyruq chiqara olmaydi, ularni tekshirishga oid buyruq soliq organlarining dasturlarida shakllanmaydi. Shunaqa tizim o‘rnatilgan.

_________
#рейтинг_устойчивости

Для возврата НДС мой совет, достигнете категории "ААА".

У предпринимателей с рейтингом категории «ААА» сумма НДС возмещается автоматически.

Рейтинг "ААА" означает, что благодаря поддержке нашего президента предпринимателей этой категории: у налоговых органов нет возможности оформить приказ на проведение налоговой проверки. Система так установлена.

– отметил председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Transport va logistika sohasidagi korxonalari tomonidan joriy yilning birinchi yarmida budjetga 3,5 trln soʻm soliqlar toʻlangan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 trln soʻmga yaʼni 84 foizga oʻsganligini koʻrsatadi.

Тelegram
|Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
👍3
#uchrashuv

📺Ayni damda farmatsevtika, tibbiy asbob-uskunalar sanoati va savdosi sohasidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtmoqda.

Unda Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov, Biznes-ombudsman, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi va boshqa masʼul idoralar rahbarlari ishtirok etmoqda.

📱 Muloqot toʻgʻridan toʻgʻri efirda namoyish etilmoqda – kuzatib boring va faol ishtirok eting!

Uchrashuvda sohadagi mavjud muammolar va ularning amaliy yechimlari, shuningdek, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan takliflar muhokama qilinmoqda.
__________
#встреча

📺 В данный момент проходит встреча с предпринимателями сферы фармацевтики, производства медицинского оборудования и ее торговли.

В мероприятии принимают участие председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев, председатель Торгово-промышленной палаты Даврон Вахабов, Бизнес-омбудсман, ответственные руководители Агентства по развитию фармацевтической отрасли и других ведомств.

📱 Диалог транслируется в прямом эфире –присоединяйтесь и принимайте активное участие!

На повестке – обсуждение существующих проблем в сферах и выработка практических решений, а также изучение предложений, направленных на поддержку предпринимательства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM