Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.18K subscribers
8.65K photos
2.62K videos
99 files
7.5K links
Download Telegram
#uchrashuv

Kichik va o‘rta biznes vakillari bilan ochiq muloqot

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan kichik va o‘rta biznes vakillari bilan bevosita muloqot o‘tkazildi.

Unda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Erkin Narmanov xususiy sektor vakillarining mamlakat iqtisodiy rivojidagi muhim o‘rni, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Xususan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 19-mart kuni kichik va o‘rta biznes vakillari bilan sohaning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish va rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvida belgilangan maqsad va vazifalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Ta’kidlash joizki, kichik va o‘rta biznes yurtimizda ish o‘rni, investitsiya, innovatsiya, raqobat, qo‘shilgan qiymat va eksportni ko‘paytirishga eng katta turtki berayotgan yo‘nalish hisoblanadi. Shu bois mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan ishbilarmonlar safini yanada kengaytirish, faoliyatlarini rivojlantirishda biznes vakillarining mavjud muammo va takliflarini o‘rganish hamda ularga yechim topish muhim ahamiyatga ega.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda kichik va o‘rta tadbirkorlarning markirovkalash, soliq hisobotlarini topshirish, imtiyozlardan foydalanish va kadastr organlari bilan bog‘liq muammo va takliflari tinglanib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Surxondaryo viloyatida 30 mingdan ortiq kichik va o‘rta biznes subyektlari faoliyat yuritadi.

Tadbir yakunida mamlakatimiz iqtisodiyoti va xususiy sektor rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh namunali soliq to‘lovchilar “Eng koʻp soliq toʻlagan tadbirkorlik subyekti”, “Eng koʻp fiskal chek bergan tadbirkorlik subyekti”, “Eng koʻp eksportni amalga oshirgan tadbirkorlik subyekti”, “Eng koʻp ish oʻrni yaratgan tadbirkorlik subyekti”, “Eng intizomli soliq toʻlovchi” va “Eng yosh tadbirkor” sifatida taqdirlandi.

👉 Telegram
👍6
#antikorrupsiya

Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish lozim!

Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida Angor hamda Muzrabot tumani soliq inspeksiyalarida navbatdagi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Unda soliq xodimlariga har bir davlat xizmatchisi o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi, "Soliqchi-ko‘makchi" tamoyili asosida ish yuritishi, odob-axloq va ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya etishi kerakligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, soliqchilar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashish, to‘sqinlik qilish yoki ularning noqonuniy faoliyatiga homiylik qilish, xizmat sirlarini oshkor etish kabi huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari va belgilangan jazo choralari eslatib o‘tildi.

Angor tumanidagi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida o‘tkazilgan manzilli uchrashuvlarda esa xususiy biznes vakillariga soliq xodimlari bilan bog‘liq korrupsion holatlar kuzatilganda murojaat qilish tartiblari tushuntirilib, maxsus flayer va broshyuralar tarqatildi.

👉 Telegram
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulk_soligi #yer_soligi

Soliq mobil ilovasida soliqlar bor, lekin bu yil uchun qarzdorlik yo‘q?

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini teng ulushlarda 15-aprel va 15-oktabrgacha to‘laydi.

15-aprelgacha to‘lanishi lozim bo‘lgan summa allaqachon Soliq mobil ilovasida aks etmoqda, lekin hozircha qarzdorlik hisoblanmaydi.

15-apreldan so‘ng esa ushbu summa jismoniy shaxsning qarzdorligiga aylanadi va unga penya hisoblanadi.
__________
#налог_на_имущество #земельный_налог

В приложении Soliq налоги есть, а задолженности нет?

Физические лица уплачивают налоги на имущество и землю равными долями до 15 апреля и 15 октября.

Сумма, которую нужно заплатить до 15 апреля, уже отображается в мобильном приложении Soliq, но пока не считается задолженностью.

После 15 апреля эта сумма уже станет задолженностью физлица и на нее будут начисляться пени.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"ISHONCH" TV

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Telegram facebook 📹youtube 🌐instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍1👏1
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyat Xo‘jalik sudining qarori bilan 13 yil oldin faoliyati tugatilgan «Al-Charos AIS» xususiy korxonasi rahbari M.Aliboyevga 2024-yilning noyabr oyida aylanmadan olinadigan soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun 3 mln 750 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanilganligi to‘g‘risida murojaat e’lon qilindi.

Mazkur holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi. «Al-Charos AIS» xususiy korxonasi bugungi kunda Soliq monitoringi dasturi va Soliq to‘lovchilarning yagona reyestrida faoliyat ko‘rsatayotgan subyekt sifatida qayd etilgan hamda Aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha hisobot topshirish majburiyatiga ega. Korxona nomida Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Qoraxon MFY, Asrlar sadosi ko‘chasi, 3A-uy manzilida 476 m² yer maydoni mavjud.

Surxondaryo viloyati Xo‘jalik sudining 2012-yilgi qarori bilan korxona faoliyati tugatilganligi ta’kidlangan bo‘lsa-da, soliq tizimida korxona hali ham «faol» maqomda turibdi.

Shuning uchun hisobot taqdim etilmaganligi tufayli Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 2-qismiga muvofiq qo‘llanilgan jarima yuridik jihatdan asosli hisoblanadi.

Soliq ma’lumotlar bazasida korxona rahbarining telefon raqami mavjud bo‘lmaganligi sababli, korxona rahbari bilan bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga chiqish imkoni bo‘lmagan.

Shu munosabat bilan korxona rahbari tushunmovchiliklarni bartaraf etish yoki korxonani to‘liq tugatish jarayonini rasmiylashtirish masalasi bo‘yicha tegishli soliq organiga shaxsan murojaat qilishi lozim.

👉 Telegram
#uchrashuv

Kichik tadbirkorlar bilan uchrashuvlar respublikamiz bo‘ylab bo‘lib o‘tmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvda "Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – bizning strategik yo‘limiz" deya ta'kidlab, ushbu soha rivojiga alohida e'tibor qaratilayotganini qayd etdi.

Mazkur uchrashuvdan so‘ng, mamlakatimiz bo‘ylab kichik va o‘rta biznes vakillari bilan tashkil etilayotgan ochiq muloqotlar iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish, tadbirkorlarning o‘rnini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Bu kabi muloqotlar orqali soha vakillari o‘z fikrlarini bildirib, biznes muammolarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Kuni kecha uchrashuvlar quyidagi hududlarda bo‘lib o‘tdi:
📍Xorazm;
📍Buxoro;
📍Navoiy;
📍Jizzax;
📍Surxondaryo;
📍Sirdaryo;
📍Namangan;
📍Toshkent shahri.

Uchrashuvlar davomida kichik va o‘rta biznes vakillari o‘zlarining tajribalari, innovatsion g‘oyalari hamda kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdilar.

📌Eslatib o‘tamiz, bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Qashqadaryo, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida ochiq muloqotlar bo'lib o'tadi.

Davlat rahbarining tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan bunday ochiq va samimiy muloqotlar mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2