Sevara Urinbayeva
2.5K subscribers
9.89K photos
1.17K videos
23 files
4.43K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Adliya_audiopodkast

Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning @huquqiy_gap telegram kanalidagi podkastda aytgan asosiy fikrlari tezisi

Korrupsiyaga qarshi eng yaxshi chora qaysi?

Ko‘pchilik o‘lim jazosi deydi. Qonun ustuvorligi yuqori va korrupsiya darajasi past davlatlar qonunchiligini ko‘rsangiz, birontasida o‘lim jazosi yo‘q. Ular zamonaviy, madaniy usullar bilan bu natijalarga erishgan. Hamma Singapurni misol keltiradi. Singapurda korrupsiya uchun eng yuqori qamoq muddati 7 yilgacha qilib belgilangan. Bizda esa 15 yil, lekin korrupsiya ko‘rsatkichi yuqori. Ko‘rinadiki, gap jazoning katta-kichikligida emas, muqarrarligida. Jazo kattayu kichik baliqlarga birdek muqarrar bo‘lishi kerak.

Oyliklarni ko‘tarish-chi, chora bo‘la oladimi? Qisman, ammo mutlaq emas. Bu korrupsiya ko‘rsatkichini kamaytirishi mumkin. Lekin nohalol xodimlarga nisbatan ish bermaydi. Li Kuan Yu aytadi: “Men muttaham xodimlarga ko‘p oylik bersam, ular ko‘p oylik olib ham muttahamligini qilaveradi”. Shuning uchun oyliklarni oshirish bilan birga, ish jarayonlarni tahlil qilib borish va qat’iy tozalash ishlarini olib borish lozim.

Masalan, biz notariat sohasida oyliklarni oshirish bilan birga talabni ham qattiq qo‘ydik, ya’ni “agressiv kadr siyosati”ni olib bordik. Bu obrazli qilib aytganda “boshini shart olib tashlash” degani.

Xususan, FHDYO tizimi hokimiyatdan bizga o‘tgach, xodimlarni ochiq-shaffof attestatsiya qildik, shunda ayrim hududlarda hattoki 50 foiz xodim attestatsiyadan o‘tolmadi. Bu jarayonda ko‘p ta’na-yu noroziliklar bo‘ldi bizga nisbatan, lekin tizimni tozalash yo‘lida prinsiplarimizda qat’iy turdik. Nohalol xodim ishlagandan ko‘ra o‘sha joy bo‘sh turgani yaxshi. Notariatda, davlat xizmatlari sohasida ham shu yo‘lni tutdik.

Ko‘plar diniy ta’lim bersak, halol haromni o‘rgatsak, korrupsiya chekinadi deydi. Lekin diniy ta’limni tug‘ilganidan miyasiga quyadigan davlatlarni ko‘rsak, ularning korrupsiyaga qarshi kurash natijalari havas qilarli emas. Biz buni o‘rganganmiz, tahlil qilganmiz, diniy voizlarni jalb etganmiz, ular ma’ruzalar qilishgan. Bu ham ma’lum bir qatlamga, ma’lum bir jarayonda ta’sir qiladi.

Shuningdek, madaniyat va milliy mentalitet ham korrupsiyaga ta’sir qiladi. Urug‘-aymoqchilik, mahalliychilik, traybalizm kabi omillarning salbiy ta’sirini rad etolmaymiz. Demak, rivojlanishimizga salbiy ta’sir qiladigan odatlar bo‘lsa, ulardan voz kechish kerak. Mana, to‘ylardagi odatlarni xalqning o‘zi ham tanqid qiladi, odamlar o‘zi ham bu urf-odatlardan norozi-ku. Xitoyda ham siyosatchilar prokuror, sudyalar va advokatlar orasida norasmiy munosabatlar borligini tan olib, umuman shu insonlar uchun shaxsiy munosabatlarni taqiqladi.

Demak, muammoni tan oldi va shunga qarshi zarba berdi.

Shuning uchun korrupsiyaga qarshi kurashda konkret bitta usul samarali deyish noto‘g‘ri. Hukumat bu masalaga institutsional, tizimli va kompleks yondoshishi, katta ijtimoiy tadqiqotlar qilinishi, institutlar ishlashi kerak. Ya’ni muammo ilmiy yondashilgan holda hal etilishi muhim.

@adliyangiliklari
#Iqtibos

"Unumdorlik juda katta masala. Masalan fuqarolik ishlari bo‘yicha bitta sudyaga bir oyda o‘rtacha 170 ta ish to‘g‘ri keladi. Nega nizolar bunchalik ko‘p? Biz har bir sudga qo‘shimcha qilib yana 10 ta shtat bersak ham sudlardagi bu ish yuklamasini kamaytira olmasligimiz mumkin. Biz nizoga olib kelayotgan holatlarni tahlil qilib, nizoni kamaytirishimiz kerak".

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov

@adliyangiliklari
#Adliya_audiopodkast

Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning @huquqiy_gap telegram kanalidagi podkastda aytgan asosiy fikrlari tezisi

Ijtimoiy himoya siyosati: muammo nimada?

Adliya tizimi sayyor qabullarga chiqqanda joylarda odamlar o‘z muammolari bo‘yicha ijtimoiy yordam so‘rashadi. Biz ijtimoiy himoya vazirligi emasmiz, ijtimoiy yordam bilan shug‘ullanmaymiz. Huquqiy tushuntirish berishimiz mumkin, shunday bo‘lsa-da qo‘ldan kelgancha ayrimlariga homiylarni jalb qilib yordam beramiz. Ularni bitta-bittalab hal qilib tugatish va samaraga erishish mumkin emas. Bu yerda fundamental masalalar bor.

Olaylik, odamlar uyning tomini yopishga, operatsiyaga, bolalarga kiyimga va hk. pul so‘rab hokimliklarga murojaat qilishadi. Masalan, amaldor yurak yetishmovchiligi bor bemorga yordam berganini ijtimoiy tarmoqda piar qiladi, hamma keyin uni maqtaydi. Biroq chuqurroq qarasak, respublikada, olaylik, 20 mingta yurak yetishmovchiligi mavjud bolalar yashayapti.

Ular fuqaro emasmi? Boshqa kasalliklar-chi? Ya’ni ijtimoiy yordam amaldorlarning hissiyotlari, kayfiyati yoki rahmdilligiga qarab hal etilishi kerak emas. Yoki kim qattiqroq janjal qilsa, masalasini ijtimoiy tarmoqqa olib chiqsa, o‘shanga yordam berilar ekan, ijtimoiy yordam tizimi rivojlanmaydi. U manziliga yetib bormaydi va inson omili qurboni bo‘ladi.

Aslida mahalliy byudjet pullari aniq reglament asosida ochiq va shaffof taqsimlanishi kerak. Tizim aniq mezonlar asosida ishlashi, yordam miqdori va ko‘lami aniq bo‘lishi, fuqaro davlatdan nimani, qanday va qayerdan so‘rashi va talab qila olishi aniq bo‘lishi kerak. Shunda hamma nimani talab qilib nimaga erisha olishini tushunib yetadi, barqarorlik bo‘ladi va huquqiy mexanizmlar ishlaydi, ya’ni ijtimoiy himoya davlatning ijtimoiy siyosati chegaralari va ko‘lami doirasida amalga oshirilishi kerak.

@adliyangiliklari
#Iqtibos

"Ijtimoiy siyosatda reglament aniq bo‘lishi kerak. U tomon (davlat) ham bu tomon (fuqaro) ham o‘zining majburiyatlarini aniq bilishi kerak. Aks holda ijtimoiy himoya sohasidagi davlat siyosatining amalga oshishi u yoki bu davlat xizmatchisining ichki kechinmalari, kayfiyatiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Bu chidab bo‘lmaydigan holat".

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov

@adliyangiliklari
#Adliya_audiopodkast

Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning @huquqiy_gap telegram kanalidagi podkastda aytgan asosiy fikrlari tezisi

Huquqiy bilim va targ‘ibot masalasida

Inson hamma huquqlarni bila olmaydi, undan buni talab qilmaslik kerak.

To‘g‘ri, bugun odamlarimizning huquqiy ongi ancha oshdi. Lekin hammaga hamma qonunni o‘rgatish va o‘rganishni talab qilish mumkin emas. Xorijda fuqarolarning davlat bilan munosabatlari qulay, korrupsiya va byurokratiya kamligini ko‘ramiz, qonunlari ham yaxshi ishlaydi. Ular hamma qonunlarni yoddan biladimi? Yo‘q albatta. Davlat organlari qonun asosida, soat mexanizmidek aniq ishlaydi!

O‘ttiz besh million odamning huquqiy ongini ko‘tarish osonmi yo davlat xizmatida ishlaydigan bir necha ming insonnimi? Demak, asosiy urg‘u davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga berilishi lozim.

Ommada huquqiy madaniyatni oshirish uchun esa umumiy savod va madaniyat darajasini ko‘tarish kerak. Biz maktabning ahamiyatini yuqori baholashimiz lozim. Asli jamiyatdagi asosiy va muhim jarayonlar maktabda yoki maktab atrofida bo‘lishi lozim, chunki millatni tarbiyalash maktabda bo‘ladi. Jumladan, huquqiy bilimlarning asosini ham maktabda berish maqsadga muvofiq.

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Adliya_xabari

🔰 Qonunosti hujjatlariga rasmiy sharh berish tartibi joriy etilmoqda

“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy sharhini nazarda tutadi.

Konstitutsiya va qonunlari normalariga rasmiy sharh Konstitutsiyaviy sud tomonidan beriladi.

Biroq, amaldagi qonunchilikda qonunosti hujjatlariga rasmiy sharh berish tartibi nazarda tutilmagan, bu esa oʻz navbatida mazkur amaliyotni toʻliq rivojlantirishga imkon bermaydi.

🛡 Adliya vazirligi tomonidan qonunosti hujjatlariga rasmiy sharh berish tartibini belgilashni nazarda tutuvchi Prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Ushbu loyiha lingvistik, tizimli, mantiqiy va tarixiy usullarni qoʻllash orqali rasmiy sharh tushunchasi va turlarini, shuningdek vakolatli organlarning harakatlari tartibini, arizani koʻrib chiqish muddatlarini, tegishli hujjatning loyihasini rasmiy sharh berish va ishlab chiqish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishni belgilaydi.

Quyidagi havola orqali loyihaning muhokamasida ishtirok eting:

👉 regulation.gov.uz/oz/d/52330

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Diqqat_muhim #Adliya_so'rovnoma

📣📣📣Hurmatli fuqarolar!!!

✍️📋Adliya vazirligi tomonidan respublika miqyosida ekologiyaga oid munosabatlarda inson huquqlariga rioya etilishi bo‘yicha onlayn tarzda o‘tkaziladigan so‘rovnomada faol ishtirok etishga chaqiramiz!

📝 Soʻrovnomani o‘tkazishdan maqsad fuqarolarning ekologiya sohasiga oid huquqlarini himoya qilish, shuningdek, ekologiya sohasidagi qonunchilikning ijrosi qay darajada ekanligini baholashdan iborat.

✍️Sizning ishtirokingiz kelgusida ekologiya sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.

So‘rovnoma anketasi mana bu yerda 👇
https://tinyurl.com/rjc4e2hr
Ijtimoiy tarmoq va Telegram messenjerida Adliya vazirligi nomidan turli manbalar ochilgan. Ularning orasida bir qator feyk kanallar ham mavjudligi aniqlanmoqda.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini va Telegram messenjeridagi kanallarini eslatib o‘tmoqchimiz:

▫️Facebook
https://www.facebook.com/groups/adliya
https://www.facebook.com/minjustuz

▫️Twitter
https://twitter.com/minjustuzb

▫️Instagram
https://www.instagram.com/adliyanews

▫️Youtube
https://www.youtube.com/c/Adliya

▫️Telegram
@huquqiyaxborot
@huquqiyaxborot_lotin
@pravoinf
@leginf
@adliyangiliklari

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFZCEkvVhtOzezh5Hw
#Timbilding #yashil_makon

Adliyadan ming ko‘chat🌿🌲

Ehtimol, daraxtlar kislorod ishlab chiqarishi haqida eshitgandirsiz, lekin bir daraxt qancha kislorod ishlab chiqarishi haqida qiziqib ko`rganmisiz?

Daraxt tomonidan ishlab chiqariladigan kislorodning miqdori daraxtning turi, yoshi, sog'lig'i va atrof-muhitinining holati kabi bir necha omillarga bog'liq.

Internetdagi ochiq ma'lumotlarga tayanadigan bo`lsak o'rtacha kattalikdagi 2 ta daraxt yiliga to'rt kishilik oilani yetarli kislorod bilan ta'minlar ekan.

Biz ham jamoamiz bilan yer yuzi yashil makonga aylanishiga o‘z hissamizni qo‘shdik🍁🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari #Yashil_makon

📹 Adliya vazirligida “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekish aksiyasi tashkil etildi.

Adliya vazirligi xodimlari jamoaviy mehnat mobaynida 1000 yaqin daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

🌱Joylardagi adliya organlarida “Yashil makon” loyihasi davom etmoqda.

@adliyangiliklari
#Huquqingizni_biling

⚡️Har bir shaxsning shaxsiy hayot daxlsizligi kafolatlanadi

❗️O‘zbekiston Respublikasi Kostitusiyasining 25-moddasiga ko‘ra, har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egadir. Ya’ni har bir shaxs kim bo‘lishidan qat’iy nazar erkin yashash huquqi hamda shaxsiy hayot daxlsizlik huquqi kafolatlanadi.

Shuningdek, Fuqarolik kodeksining 99-moddasida belgilanishicha shaxslarning quyidagi huquqlari tortib olinmaydi va boshqa shaxsga berilmaydi:
 shaxsning hayoti va sog’lig’i;
 sha’ni va qadr-qimmati;
 shaxsiy daxlsizligi;
 ishchanlik obro‘si;
 shaxsiy hayotining daxlsizligi;
 xususiy va oilaviy siri;
 nomga va tasvirga bo‘lgan huquqi;
 mualliflik huquqi va boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlar
 tug’ilganidan boshlab yoki qonunga muvofiq fuqaroga tegishli bo‘lgan boshqa nomoddiy ne’matlar.

📌Shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig’ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish hamda uning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish fuqarolarga BHMning 3 baravaridan
5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - 5 baravaridan 10 baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Agarda ushbu harakatlar takroran sodir etilsa yoki og’ir oqibatlarga olib kelsa Jinoyat kodeksida belgilangan normalar asosida javobgarlik belgilanadi.
Shuningdek, har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga egadir (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 27-moddasi).

⛔️Turar joyga unda istiqomat qiluvchilarning xohish-irodasiga xilof ravishda noqonuniy tarzda kirish uchun javobgarlik belgilangan.
Биринчи қор билан 😊
#Adliya_xabari

⚡️Notarial tartibda tasdiqlangan aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv ijro varaqasi kuchiga ega boʻladi.

Batafsil
👉🏻https://www.minjust.uz/uz/press-center/news/102789/