Sevara Urinbayeva
2.54K subscribers
9.87K photos
1.16K videos
23 files
4.42K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Iqtibos

"Bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri bu davlat organlarining soni. Birgina qurilish sohasini nazorat qilishga 4 ta davlat organi mas`ul. Yoki mahsulotlarning sifati va xavfsizligiga 8 ta alohida tashkilot mas`ul. Buni qaytadan ko`rib chiqish va optimallashtirish masalalari ko`ndalang turibdi".

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov

@adliyangiliklari
#Iqtibos

"Bitta masala — bitta idora" tamoyilini amalga oshirish kerak. Ya`ni fuqaro idoraga murojaat qilganida idora shunday funksiyalarga ega bo`lishi kerakki, toki bir o`zi fuqaroning masalasini to`liq hal qila olsin".

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov

@adliyangiliklari
#Iqtibos

"Unumdorlik juda katta masala. Masalan fuqarolik ishlari bo‘yicha bitta sudyaga bir oyda o‘rtacha 170 ta ish to‘g‘ri keladi. Nega nizolar bunchalik ko‘p? Biz har bir sudga qo‘shimcha qilib yana 10 ta shtat bersak ham sudlardagi bu ish yuklamasini kamaytira olmasligimiz mumkin. Biz nizoga olib kelayotgan holatlarni tahlil qilib, nizoni kamaytirishimiz kerak".

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov

@adliyangiliklari
#Iqtibos

"Ijtimoiy siyosatda reglament aniq bo‘lishi kerak. U tomon (davlat) ham bu tomon (fuqaro) ham o‘zining majburiyatlarini aniq bilishi kerak. Aks holda ijtimoiy himoya sohasidagi davlat siyosatining amalga oshishi u yoki bu davlat xizmatchisining ichki kechinmalari, kayfiyatiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Bu chidab bo‘lmaydigan holat".

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov

@adliyangiliklari
#Iqtibos

Ruslanbek Davletov, adliya vaziri:

Biz, huquqshunoslar milliy g‘oya sifatida, aholini qonun ustuvorligi g‘oyasi atrofida birlashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi, deb hisoblaymiz. Chunki qonun odamlarning ahloqiy, siyosiy qarashlaridan qat'iy nazar yagona talablarni belgilaydi, barcha uchun majburiy me'yorlarni o‘rnatadi.

Qonun ustuvorligi esa shunday me'yorki, fikrlar xilma-xil bo‘lsa ham munosabat, yondashuv bir xil bo‘ladi, shu bilan birga qonun ustuvorligi turli xil fikrlarni ham hurmat qiladi, muammolar bir yoqlamalik bilan emas huquqiy vositalar bilan hal etiladi.

@adliyangiliklari
🗣💬👍"Oʻzbekiston yuridik xizmatlar bozori dunyo yuridik xizmatlar bozori talablari asosida rivojlanib bormoqda."

Akbar Tashkulov, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri

📺 Jonli efir...

🗣💬👍"Рынок юридических услуг Узбекистана развивается исходя из требований мирового рынка юридических услуг."

Акбар Ташкулов, министр юстиции Республики Узбекистан

📺 Прямой эфир...

🗣💬👍 • "The legal services market of Uzbekistan is developing based on the requirements of the world legal services market."

Akbar Tashkulov, Minister of Justice of the Republic of Uzbekistan

📺 Live...

👍 ❤️ 📩 @tsulofficial #iqtibos #цитата #quote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos

RICHARD BOK, Xalqaro notariuslar ittifoqining Xalqaro hamkorlik komissiyasi Prezidenti:
O‘zbekiston rekord darajada qisqa vaqtda notariat tizimini zamonaviy talabda isloh qilgan davlat hisolanadi.

@adliyangiliklari
#Iqtibos

Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov:

— Bugungi kunda "pro bono" doirasida advokatlar tomonidan ham bepul, beg‘araz yuridik yordam ko‘rsatib kelinmoqda, yuridik sohada ta'lim beruvchi oliy ta'lim muassalari qoshida tashkil etilgan yuridik klinikalar va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan ham aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish sohasida samarali ishlar olib borilmoqda.

Masalan, 2023-yilning birinchi yarmida 100 ming nafardan ortiq fuqarolarga “Madad” NNT tomonidan bepul yuridik yordam ko‘rsatilgan. 2022-yilda advokatlar tomonidan 111 055 nafar fuqarolarga "pro bono" doirasida bepul beg‘araz yuridik yordam ko‘rsatilgan.

Adliya vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi loyihalari ham ushbu sohaning rivojlanishi uchun o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

@adliyangiliklari