#Тренинг
OAV: so‘z erkinligi, huquq, senzura
2021 yil 17 noyabr kuni Toshkent davlat yuridik universiteti magistrantlari uchun Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O'rinboyeva ishtirokida "Ommaviy axborot vositalari sohasida senzura, jurnalistlarning huquqlari ta'minlanishi va ushbu sohada Adliya vazirligining faoliyati" mavzusida
master-klass o’tkazildi.
Master-klass zoom platformasi orqali bo'lib o'tdi va ”Magistratura va sirtqi ta’lim” fakulteti, “Ommaviy axborot vositalari huquqi” hamda “Intellektual mulk va axborot texnologiyalari huquqi” magistrantlari ishtirok etishdi.
Master-klass davomida magistrantlar tomonidan ochiq sud majlislarida OAV hodimlarining ishtiroki, rasmiy majlislarga OAV vakillarining jalb etilishi, jurnalistlar faoliyatiga va shaxsiga nisbatan tazyiqlar, blogerlik faoliyati hamda OAV sohasidagi xalqaro tajriba bilan bog’liq savollarga mutahassis tomonidan to'liq va asoslantirilgan javoblar berildi.

#DIQQAT
Ertaga, 18-noyabr soat 12:00 da AOKA anjumanlar zalida matbuot anjumani boʻlib oʻtadi.
Mavzu: “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarorida belgilangan vazifalar.
Matbuot anjumanida Adliya vazirligi mutasaddilari ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob beradi.
Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga joʻnatishingiz mumkin.
OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.
Anjuman “UzReport TV” va “Oʻzbekiston 24” telekanallari hamda Youtube tarmogʻi orqali onlayn yoritiladi.

#Adliya_aralashgach
O'qituvchilar uchun tibbiy ko'rikdan o'tish pullikmi yoki bepul?
Joriy yilning 27-avgust sanasida Jalaquduq tuman 27-sonli umumta'lim maktabi o'qituvchisi M.S. Murodaliyevich Jalaquduq tuman adliya bo'limiga yangi o'quv yili uchun tibbiy ko'rikdan o'tishga o'qituvchilardan muayyan miqdorda pul mablag'lari undirilayotgani (shu qatori o'zidan ham) va bu jarayonga huquqiy baho berilishini so'rab murojaat qildi.
Mazkur holat yuzasidan, Jalaquduq tuman adliya bo'limi tomonidan fuqaro M.S. manfaatini ko'zlab Andijon tumanlararo ma'muriy sudiga da'vo arizasi kiritildi. Sud tomonidan mazkur da'vo arizasi qanoatlantirilib, fuqaro M. S.ni belgilangan tartibda bepul tibbiy ko'rikdan o'tkazish majburiyati yuklatildi. Shuningdek, javobgar tomon sifatida Tuman tibbiyot birlashmasi va Tuman SEO va JS bo'limi tomonidan mazkur qonunbuzarlik uchun belgilangan miqdorda jarima to'lanishi belgilandi.
Batafsil: https://telegra.ph/Oqituvchilar-uchun-tibbiy-korikdan-otish-pullimi-yoki-bepul-11-16

Telegraph
O'qituvchilar uchun tibbiy ko'rikdan o'tish pullikmi yoki bepul?
Joriy yilning 27-avgust sanasida Jalaquduq tuman 27-sonli umumta'lim maktabi o'qituvchisi Sulaymonov Maqsudali Murodaliyevich Jalaquduq tuman adliya bo'limiga yangi o'quv yili uchun tibbiy ko'rikdan o'tishga o'qituvchilardan muayyan miqdorda pul mablag'lari…
#So'rovnoma
Hurmatli fuqarolar!
🌿Siz yashayotgan hududda qaysi faktorlar ekologiyani buzilishiga ta’sir ko‘rsatmoqda deb o‘ylaysiz?
🌏Sizningcha, mamlakatdagi ekologik vaziyatni yaxshilash uchun kimlar birinchi navbatda javobgar?
🌚Ekologik zararli korxonalarni shahar tashqarisidagi aholi kam hududlarga ko‘chirish kerakmi?
Ushbu savollar Sizni qiynayabdimi?
Unda, Siz Adliya vazirligi tomonidan ekologiyaga oid munosabatlarda inson huquqlariga rioya etilishi boʻyicha oʻtkazilayotgan soʻrovnomada ishtirok eting.
Maqsad: fuqarolarning ekologiya sohasiga oid huquqlarini himoya qilish, shuningdek, ekologiya sohasidagi qonunchilikning ijrosi qay darajada ekanligini baholashdan iborat.
Soʻrovnomada faol ishtirok eting.
✍️Sizning ishtirokingiz kelgusida ekologiya sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.
So‘rovda ishtirok etish uchun havola: https://tinyurl.com/rjc4e2hr

Forwarded from Huquqiy axborot
#Адлия_хабари
Йўл ҳаракати соҳасидаги ҳуқуқбузарликлар учун жарима миқдори камайтирилмоқда
Сенатнинг навбатдаги ялпи мажлисида “Транспорт ва молия соҳаларидаги айрим ҳуқуқбузарликларни содир этганлик учун маъмурий жазолар либераллаштирилиши муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш ҳақида”ги Қонун маъқулланди.
🔄 Қонун билан 5 та модда санкцияси миқдори камайтирилмоқда. Хусусан, транспорт воситалари эгалари томонидан суғурта полисини олмаганлик ёки муддати ўтган суғурта полиси ёки суғурта полисида назарда тутилмаган шахс автотранспорт воситасини бошқарганлиги, йўловчиларни лицензиясиз ташиш билан шуғулланганлиги, паспорт тизими қоидаларини бузганлиги, фуқаролар томонидан валюта қийматликларини ноқонуний олиш ёки ўтказиш учун жарима миқдори камайтирилмоқда.
🎧 Киритилаётган ўзгартиришга кўра, транспорт воситасини бошқариш вақтида ҳайдовчиларга “bluetooth”, қулоқчин ва бошқа қўлни банд қилмайдиган гарнитуралар фойдаланишга рухсат берилмоқда.
☑️ Транспорт воситаси салонининг олд қисмига монитор (дисплей) ўрнатиш учун жавобгарлик бекор қилинмоқда, шунингдек, транспорт воситалари ҳайдовчиларининг белгиланган ҳаракат тезлигини ошириб юборганда тезликни ўлчайдиган махсус ускуналар қайд этган тезликдан соатига 5 километр айириб ташлаб ҳисоблаш жорий этилмоқда.
❗️Бундан ташқари, Ички ишлар органлари ёки консуллик муассасаси томонидан берилган биометрик паспорт (ID-картаси) мавжуд бўлган тақдирда ҳайдовчидан транспорт воситасини бошқариш ҳуқуқини берувчи ҳужжат, транспорт воситасини рўйхатдан ўтказганлик тўғрисидаги, шунингдек транспорт воситасига эгалик қилиш, эгаси йўқлигида ундан фойдаланиш ёки уни тасарруф этиш ҳуқуқини тасдиқловчи ҳужжатлари, транспорт воситалари эгаларининг фуқаролик жавобгарлигини мажбурий суғурта қилиш бўйича суғурта полиси талаб этилмайди.
❕Мазкур Қонун Ўзбекистон Республикаси Президенти томонидан имзоланиб, белгиланган тартибда эълон қилингач кучга киради.
📍Lotin alifbosida o‘qing
Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot

Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️"Ijtimoiy tarmoqlarda yuzaga keladigan nizolar" mavzusida ovozli chat tashkil etiladi!
🎙Suhbat spikerlari:
🔹Xushnudbek Xudoyberdiyev – Huquqshunos, bloger;
🔹Shahnoza Soatova – Adliya vaziri maslahatchisi.
⏰Ovozli chat 19-noyabr soat 19:00da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.
📥Savollaringizni izohlarda qoldiring.
Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap

Forwarded from Adliya yangiliklari/Новости юстиции
#Adliya_xabari
Endi talaba davlat imtihonidan yiqilsa, bir yil kutmaydi
Mazkur yangi tartibni belgilash to‘g‘risidagi hujjat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Adliya vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 1963-3, 2021 yil 16 noyabr).
Unga ko‘ra, yakuniy davlat attestasiya sinovidan o‘ta olmagan shaxs keyingi har bir o‘quv yilida (3 yil davomida) o‘z arizasiga muvofiq 2 martagacha imtihonni qayta topshirish huquqiga ega.
Oldingi tartib bo‘yicha bitiruvchi yakuniy davlat attestasiyasi sinovidan o‘ta olmagan taqdirda keyingi yillarda qayta topshirish huquqiga ega edi. Ushbu holat talaba uchun birmuncha qiyinchiliklar, xususan uning bir yillik qimmatli vaqtini maqsadli sarflay olmasligiga sabab bo‘lib kelgan.
Endilikda talabalar tomonidan qayta topshirish to‘g‘risidagi arizalar yig‘ilishiga qarab bir o‘quv yilda ikki martagacha davlat imtihonlarini qayta topshirish imkoniyati yaratildi.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
@adliyangiliklari

Adliya vaziri BMTTDning Korrupsiya va davlat boshqaruvi masalalari bo‘yicha maslahatchisi bilan uchrashdi
Joriy yilning 19 noyabr kuni Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov hamda BMTTDning Korrupsiya va davlat boshqaruvi masalalari bo‘yicha maslahatchisi X. Xarutyunyan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat boshqaruvi sohalarini yanada isloh qilishda yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldilar.

⚡️Adliya aralashuvi bilan tadbirkor foydasiga 91 577 496 soʻm miqdoridagi qarzdorlik undiriladigan bo'ldi
✅Batafsil: 👉https://telegra.ph/adliya-11-19-4
✅Batafsil: 👉https://telegra.ph/adliya-11-19-4
#Adliya_aralashgach
Adliya aralashuvi bilan 23 nafar xodimlarning ish haqlari undirildi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasida mehnatga haq toʻlash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam boʻlishi mumkin emasligi belgilangan.
Batafsil👉https://telegra.ph/Xodimlarning-buzilgan-mehnat-huquqlari-sud-orqali-himoya-qilindi-11-22

#Қонунчиликдаги_янгиликлар
6 ойда суд эксперти бўлиш мумкин
Ҳукумат қарори (706-сон, 22.11.2021 й.) билан Суд экспертиза соҳасида дуал таълим бўйича кадрларни қайта тайёрлаш курсларини ташкил этиш тартиби тўғрисидаги низом тасдиқланди
🎓 Низомга мувофиқ, дуал таълим бўйича кадрларни қайта тайёрлаш ихтиёрий асосда суд-экспертизасининг муаян турида фаолият юритиш истагида бўлган талабгорлар учун пуллик шартнома асосида 6 ой давом этади.
🗓 Қайта тайёрлаш курслари йилига 2 марта октябрь ва февраль ойларида бўлади.
📂 Суд-экспертиза ташкилотлари курс ташкил этилиши тўғрисида 3 ой олдин эълон беради ва номзодларнинг ҳужжатларини қабул қилади.
📔Курсга қабул қилиш учун 7 кишидан иборат комиссия тузилади, курсларнинг 40 фоизи назарий, 60 фоизи амалий қисмдан иборат бўлади.
📌 Тингловчилар билими жорий, оралиқ ва якуний назорат бўйича баҳоланади.
💼 Курс битирувчилари келгусида суд эксперти сифатида ишлаши мумкин.

Forwarded from Расмий хабарлар I Официальные новости
⚡️Миллий боғ яқинида 4 қаватли Президент кутубхонаси қурилади
Тошкент шаҳрида амалга оширилиши режалаштирилган бунёдкорлик лойиҳалари тақдимоти ўтказилди.
Алишер Навоий номидаги адабиёт музейи, Ўзбекистон Миллий боғи яқинида Президент кутубхонаси тархларига алоҳида эътибор қаратилди.
Давлатимиз раҳбари бу мажмуаларни қуришда энг замонавий технологиядан фойдаланиш, билимсеварларга барча қулайликларни яратиш бўйича кўрсатмалар берди.
Ўзбекистон Миллий боғи яқинида Президент кутубхонаси қурилиши ҳам режалаштирилган. У 4 қаватли бўлиши, бир вақтда 1 минг 400 дан зиёд ўқувчига хизмат кўрсатиши кўзда тутилган. Кутубхонада 1 миллион 500 мингта китоб сақланиши билан бирга электрон адабиётлар, мультимедиа маҳсулотлари ҳам бўлади.
Тақдимотда Олимпия шаҳарчаси лойиҳаси ҳам кўриб чиқилди.
https://t.iss.one/Rasmiy_xabarlar_Official